Авторы

  • Гульафруз Не’матова
    Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universiteti

Биография автора

  • Гульафруз Не’матова, Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universiteti
    assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.72549

Ключевые слова:

Allergiya toksikomaniya Carum carvi Umbrelliferae efir moyi mushaklar spazmi diurez.

Аннотация

Ushbu maqolada biz qora ziraning dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatidagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Shuningdek, bu maqola orqali sintetik kimyoviy dorilardan farqli ravishda inson organizmiga tabiiy foydali ta’sir ko‘rsatadigan qora ziraning turli qismlaridan foydalanish, hamda, damlamalar va qaynatmalar tayyorlashni bilib olishimiz mumkin.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

84

QORA ZIRANING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevna

Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universiteti assistenti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada biz qora ziraning dorivorlik xususiyatlari, xalq

tabobatidagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Shuningdek, bu
maqola orqali sintetik kimyoviy dorilardan farqli ravishda inson organizmiga tabiiy
foydali ta’sir ko‘rsatadigan qora ziraning turli qismlaridan foydalanish, hamda,
damlamalar va qaynatmalar tayyorlashni bilib olishimiz mumkin.

Kalit so‘zlar.

Allergiya, toksikomaniya, Carum carvi, Umbrelliferae, efir moyi,

mushaklar spazmi, diurez.

MEDICINAL PROPERTIES OF BLACK CUMIN

Annotation.

In this article, we can learn about the medicinal properties of black

cumin and its role in folk medicine. Also, through this article, we can learn about the
use of different parts of black cumin, which have a natural beneficial effect on the
human div, as well as the preparation of infusions and decoctions, unlike synthetic
chemical drugs.

Keywords:

Allergy, toxicomania, Carum carvi, Umbrelliferae, essential oil,

muscle spasm, diuresis.


KIRISH. So‘nggi yillarda dorivor giyohlarga bo‘lgan talabning keskin oshishi

natijasida butun dunyoda sintetik kimyoviy dorilardan voz kechib, tabiiy giyohlarga
o‘tish jarayoni ro‘y beryapti. Chunki, sintetik yo‘l bilan sanoat asosida olinadigan
dorilar har doim ham kasalga tom ma'noda davo boʻlolmaydi. Ular ayrim
kasalliklarni davolagani holda, ko'pgina yangi kasalliklarni ham keltirib chiqarishi
mumkin. Jumladan, allergiya, narkomaniya, toksikomaniya va boshqalar shular
qatoriga kiradi.

Xalq tabobati tarixi juda uzoq-uzoq zamonlarga borib taqaladi. Inson tabiat

ne'matlaridan bahramand boʻla boshlaganidan buyon dorivor giyohlardan
foydalangan.

O‘zbekiston tabiati oʻzining betakror goʻzalliklari, quyoshi, havosi,tuprog'i va

suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning o'simliklar dunyosi g'oyat
boy.

Qora zira (Carum carvi) soyabondoshlar Umbrelliferae oilasiga kiruvchi ikki

yillik o‘t o‘simlik. Bo‘yi 30-80 sm ga yetadi. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar,
ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

85

silindrsimon, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli,
poyadagilari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargi 2 va 3 marta
chiziqsimon barg bo‘laklariga ajralgan. Gullari mayda bo‘lib, murakkab soyabonga
to‘plangan. Kosachabarglari aniq bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda,
otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastda joylashgan. Mevasi-cho‘ziq qo‘shaloq
pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi.

Qora zira yovvoyi holda Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyoda uchraydi. U Kichik

Osiyoda eramizga qadar bo‘lgan ko‘hna zamonlardayoq madaniylashtirilgan.
O‘simlik XIX asrga kelib Yevropa mamlakatlarida yetishtirila boshlandi. Hozirda
qora zira keng tarqalgan o‘simliklardan biri bo‘lib, Angliya, Gollandiya, Daniya,
Polsha, Vengriya, Norvegiya kabi Yevropa mamlakatlarida hamda AQShda,
shuningdek o‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida va o‘tloq yerlarda yovvoyi holda o‘sadi.
Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o‘rmon va o‘rmon cho‘l
zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida
uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus davlatlarida o‘stiriladi.

Carum carvi - oddiy qora zira

KIMYOVIY TARKIBI. Meva tarkibida 3-7% efir moyi, 14-22% yog‘, 20-23%

oqsil moddalar, flavonoidiar (kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar
bo‘ladi. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qora
ziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,905-0,915; refraksiya soni
1,4840-1,4890.

Qora zira tarkibida moddalar iqlim sharoiti va tuproq strukturasiga qarab

o‘zgarib turishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan qora zira Yevropa
hududida madaniy ravishda yetishtirilganiga nisbatan kimyoviy tarkibi bo‘yicha farq
qiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

86

Qora zira xalq tabobatida atroflicha qo‘llaniladi. Chunonchi, zira urug‘ining

qaynatmasi

kamqonlikda,

me’da og‘riganda, dizenteriya, surunkali jigar

kasalliklarida, ona suti kamligida, qabziyatda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Abu Ali
ibn Sino qora ziraning mevasini yurak bezovtalanishini to‘xtatuvchi, hiqichoq
qoldiruvchi, yel va gijja haydovchi, ovqatni hazm qilishga yordam beruvchi,
terlatuvchi omil sifatida tavsiya etgan.

Xalq tabobati amaliyotida qora zira qaynatmasi bachadon kasalliklarini

davolashda qo‘llaniladi, u ko‘zga quvvat bag‘ishlovchi omil silatida ham ishlatiladi.
Qora ziraning balg‘am ko‘chiruvchilik xususiyatidan ham foydalaniladi.

QORA ZIRA GULLARI.
Tibbiyot amaliyotida zira mevasi odamning me’da-ichak sistemasi faoliyatini

yaxshilash, bezlar sekretsiyasining ishini uyg‘unlashtirish uchun tavsiya qilinadi.
Qora zira moyi organizmdagi zararli mkroblarga qiron keltiradi. Uning ijobiy
tomonlaridan yana biri - ovqat hazm qilishini osonlashtiradi, o‘t ajralishiga yordam
beradi. Qora ziradan tayyorlanadigan damlama qabziyatda, metiorizmda, kolit va
boshqa surunkali ichak kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega.

A.D. Turovaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, qora zira nafaqat ishtahaga

baraka beribgina qolmasdan, me’da atrofidagi noxush og‘riqlardan, silliq mushaklar
spazmasidan xoli qiladi (ichak, bachadon, qovuq va boshqa), diurezni oshiradi, sut
bezlarining faoliyatini uyg‘unlashtiradi, balg‘am ajralishiga yordam beradi.

TADQIQOT NATIJALARI.
Uy sharoitida qora zira asosida damlama tayyorlash uchun 1 osh qoshiq

miqdorida qora zira olinib, 200 g qaynoq suv bilan 30 minut davomida yopib
qo‘yiladi. Uning sharbatidan 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

87

Qora zira asosida ishtaha ochuvchi damlama tayyorlash uchun quyidagicha

amaldan ham foydalanish mumkin. Buning uchun ermon o‘ti, ugir ildizi, uchbarg
yaproqlari teng miqdorda olinib, yaxshilab aralashtiriladi. Aralashmadan bir osh
qoshiq olib, 200 g qaynagan suvda 20 minut damlanadi, keyin suzib, ovqatlanishdan
15 minut avval bir qoshiqdan ichiladi.

Farmasevtika amaliyotida tayyorlanadigan dorilarning hidini yaxshilash uchun

qora zira mevalaridan olingan efir moyi qo‘shiladi.

Qora zira aksariyat mushtarak-kombinatsiya holida boshqa o‘simlik mahsulotlari

bilan ham ishlatiladi Jumladan, qora zira valeriana, botqoq sushinitsasi,
moychechaklar bilan birga qo‘llanishi mumkin.

Qora zira moyi yengil oquvchi, tiniq modda bo‘lib, rangsiz yoki biroz sarg‘imtil.

Zira moyi havo tegishi hamda quyosh nuri ta’sirida qo‘ng‘ir tus oladi. Zira moyidan
1-3 tomchi qandga tomizilgan holda kuniga bir necha bor iste’mol qilinishi mumkin.

Zira suvi nomi bilan yuritiladigan dorivor preparat ham mavjud bo‘lib, uni

bolalarning ichak og‘riqlarida, shuningdek tashqi muolaja sifatida qo‘llaniladi

Qora zira mevalarining kunjarasi 20-25 % oqsil saqlaganligi uchun

qoramollarning qimmatbaho ozuqasi sifatida qadrlanadi. Qora zirani qishloq
xo‘jaligidagi ahamiyati katta. Jumladan, beda bilan qora zira ekib o‘stiriladigan
dalalarda boqilgan mollar va biyalar qanchalik to‘ymasin, bo‘kib qolmaydi, balki
vazni ortib, suti ko‘payadi va u shifobaxsh bo‘ladi.

XULOSA.
Qora zirani bizning respublikamizda ham ekib o‘stirish mumkin, XVI asrda

yashab ijod etgan ulug‘ hakim Davoiy al-Giloniy o‘zining "Favoyid al-inson
("insonlarga foydalar") kitobida zira haqida shunday misralar bitib qoldirgan:

Me’da uchun uning manfaati bor,
Urug‘likda o‘rni uchinchi miqdor:.
Undan yana pushtning kuchi o‘sadi,
Haydash xislati bor, yana kesadi.
Undan ikki dirham ichish kifoya,
Yiringli yaralar topar nihoya.
Ziraning suvi bilan yuz yuvilsa u tiniq boʻladi, uning iste’mol qilinishi ma'lun

miqdorda bo‘lishi kerak, agarda ko‘p iste’mol qilinsa, yuzni sarg‘aytirdi. Zirani sirka
bilan ezib hidlaganda, shuningdek uni ezib, burab burunga tiqilganda burundan qon
ketishini to‘xtatadi.

Suv bilan aralashtirilgan sirkaga solib ichilsa, nafas olishning qiyinlashishida

foyda qiladi. Uning o‘zi, ayniqsa, yovvoyisi toshni maydalaydi. Tomchilab siyish,
qon siyish va ichakning burab og‘rishida hamda qorin ko‘pchishida foyda qiladi.
Qora zira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga
ega.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

88

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Dudchenko L.G., Kozyakov A.S., Krivenko V. V. Achchiq-aromatik va

achchiq ta’mli o‘simliklar,- K.: Naukova Dumka. 1989.-304p.- 100000 nusxa,- ISBN
5-12-000483-0

2.

SSSR florasi. 30 jildda / Akad rahbarligida va bosh murrirligida

boshlangan, V.l.KOMAROVA: Ed. B. K. Shishkin jildlari,- M.-L.: SSSR Fanlar
akademiyasining nashriyoti, 1951, - T. XVII.-S.121. – 390 B. -3500 NUSXA

3.

Uralov A.I., Pechenitsin V.P. Zavisimost semennoy produktivnosti

lukovichnix vidov ALLIUM L., ot kolichestva listyev na generativnom pobege.
Dokladi AN Ruz, 2015,74-77s.

4.

Yomgirovna, R. G. (2024). Role of Medicinal Plants in Nature and

Human Life. EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND
PRACTICE, 4(5), 140-143.

5.

Rahimova, G. (2023). MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O

‘QITISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(10 Part 3), 103-109.

6.

Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF

BENTONITE IN AGRICULTURE. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(9), 126-130.

7.

Rakhimovna, T. D., & Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL

PROPERTIES OF BENTONITE IN AGRICULTURE. Conferencea, 9-14.

8.

Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF

BENTONITE IN AGRICULTURE. Gospodarka i Innowacje., 40, 179-183.

Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF

BENTONITE IN AGRICULTURE. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(9), 126-130.

Библиографические ссылки

Dudchenko L.G., Kozyakov A.S., Krivenko V. V. Achchiq-aromatik va achchiq ta’mli o‘simliklar,- K.: Naukova Dumka. 1989.-304p.- 100000 nusxa,- ISBN 5-12-000483-0

SSSR florasi. 30 jildda / Akad rahbarligida va bosh murrirligida boshlangan, V.l.KOMAROVA: Ed. B. K. Shishkin jildlari,- M.-L.: SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 1951, - T. XVII.-S.121. – 390 B. -3500 NUSXA

Uralov A.I., Pechenitsin V.P. Zavisimost semennoy produktivnosti lukovichnix vidov ALLIUM L., ot kolichestva listyev na generativnom pobege. Dokladi AN Ruz, 2015,74-77s.

Yomgirovna, R. G. (2024). Role of Medicinal Plants in Nature and Human Life. EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE, 4(5), 140-143.

Rahimova, G. (2023). MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O ‘QITISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(10 Part 3), 103-109.

Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF BENTONITE IN AGRICULTURE. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(9), 126-130.

Rakhimovna, T. D., & Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF BENTONITE IN AGRICULTURE. Conferencea, 9-14.

Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF BENTONITE IN AGRICULTURE. Gospodarka i Innowacje., 40, 179-183.

Yomgirovna, R. G. (2023). AGROBIOLOGICAL PROPERTIES OF BENTONITE IN AGRICULTURE. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(9), 126-130.