International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
18
BOLALARDA DEZMETOBOLIK NEFROPATIYA KECHISHINI
BAHOLASH
Qurbonov Tuktash Alimovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi
Katta o‘qituvchisi PhD
Annotasiya:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati kesimida bolalarda
dezmetobolik nefropatiya kilinik kechishini va erta tashxisotini baholashni oldimizga
maqsad qilib olindi. Tadqiqot uchun 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 300 nafar
bemor bolalar orasidan siydik tahlilida oksaluriya aniqlangan 90 ta bola tanlab olindi.
Dizmetabolik nefropatiyalar bu modda almashinuvi buzilishi bilan kechadigan xafli
kasallik bo‘lib,, jiddiy e’tiborni talab qiladi. Bolalarda asosan qorinda og‘riq, ko‘p
chanqash, terlash, bosh og‘rig‘i, ertalab qovoqlarining shishi, terining quruqlashishi,
jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, siydik PH muhitining ishqoriy tomonga
o‘zgarishi, giperstenuriya, kristalluriya, mikrogematuriya, intermettirlovchi
leykotsituriya, yengil proteinuriya va kundalik diurezning kamayishi aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
Bolalar, dezmetobolik nefropatiya, siydik tahlili, giperstenuriya,
kristalluriya, mikrogematuriya, proteinuriya.
ОЦЕНКА ТЕЧЕНИЯ ДИСМЕТАБОЛИЧЕСКОЙ НЕФРОПАТИИ У
ДЕТЕЙ
Курбанова Тукташа Алимовича
Термезский университет экономики и сервиса
Кафедра медицинских фундаментальных наук
Старший преподаватель PhD
Аннотация:
Аннотация: Целью данной статьи является оценка
клинического течения и ранней диагностики дисметаболической нефропатии у
детей в Сурхандарьинской области. Для исследования были отобраны 90 детей
с оксалурией в анализе мочи из 300 больных детей в возрасте от 3 до 17 лет.
Дисметаболические нефропатии - это опасное заболевание, связанное с
нарушениями обмена веществ, требующее серьезного внимания. У детей в
основном наблюдались боли в животе, повышенная жажда, потливость,
головная боль, отечность век по утрам, сухость кожи, отставание в физическом
развитии, изменение pH мочи в щелочную сторону, гиперстенурия,
кристаллурия, микрогематурия, интермиттирующая лейкоцитурия, легкая
протеинурия и снижение суточного диуреза.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
19
Ключевые слова:
Дети, дисметаболическая нефропатия, анализ мочи,
гиперстенурия, кристаллурия, микрогематурия, протеинурия.
ASSESSMENT OF THE COURSE OF DYSMETABOLIC NEPHROPATHY
IN CHILDREN
Qurbonov Tuktash Alimovich
Termez University of Economics and Service
Department of Medical Fundamental Sciences
Senior Lecturer, PhD
Abstract:
This article aims to evaluate the clinical course and early diagnosis of
dysmetabolic nephropathy in children within the Surkhandarya region. For the study,
90 children with oxaluria were selected from 300 patients aged 3 to 17 years.
Dysmetabolic nephropathies are dangerous diseases associated with metabolic
disorders, requiring serious attention. In children, the following symptoms were
primarily observed: abdominal pain, excessive thirst, sweating, headache, morning
eyelid swelling, dry skin, delayed physical development, alkaline changes in urine
pH, hyperstenuria, crystalluria, microhematuria, intermittent leukocyturia, mild
proteinuria, and a decrease in daily diuresis
Keywords:
Children, dysmetabolic nephropathy, urine analysis, hypersthenuria,
crystalluria, microhematuria, proteinuria.
Muammoning dolzarbligi:
Bolalar salomatligi holatida - atrof-muhitning
o‘zgarishi eng sezilarli ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda
dismetabolik nefropatiya rivojlanishiga turli xil xavf omillari yig‘indisi (ekzogen va
endogen omillar) sabab bo‘l-moqda. Dizmetabolik nefropatiya moddalar almashinuvi
natijasida kelib chiquvchi kasallik bo‘lib, davo choralari o‘tkazilmasa interstitsial
nefrit, surunkali buyrak yetishmovchiligi, ikkilamchi pielonefrit, buyrak tosh kasalligi
rivojlanishiga olib ke-lishi mumkin. Dismetabolik nefropatiyalarning yaqqol klinik
belgilarsiz namoyon bo‘luvchi boshlang‘ich bosqichining mavjudligi shifokorlardan
ushbu kasallikni erta tashhislash va davo-reabilitatsiya va profilaktik choralarni o‘z
vaqtida olib borish ke-rakliligini talab qiladi.
XXI asrning sal kam chorak yili o‘tganiga qaramay surunkali buyrak kasalligi
(SBK) ning kechish xususiyatlari va davolash bo‘yicha muammolar o‘z echimini
etarlicha topmagan [1-3].
Nefropatiya, ya’ni buyrak kasalliklari, bolalar o‘rtasida ko‘plab salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin [5-7-8].
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
20
Surxondaryo viloyatida bu kasallikning tarqalishi va unga nisbatan samarali
kurashish uchun ayniqsa dolzarbdir. Nefropatiyaning erta bosqichlarda aniqlanishi va
uning kechishining baholanishi, bolalarning salomatligini saqlash va kasallikning
og‘ir oqibatlaridan himoya qilish uchun muhimdir.
Hozrgi nefrologiya fani oldiga turgan global muammolardan biri bu katta yoshli
bemorlarda surunkali buyrak kasalligi (SBK) muammosidir [2-4]. (A.V. Smirnov
bo‘yicha).
Surunkali buyrak kasalligi (SBK) bilan og‘rigan bolalar va katta yoshdagi
bemorlarda kamqonlikni bartaraf etishga qaratilgan davolash va tashxis choralari
so‘nggi o‘n yil davomida faol ravishda ishlab chiqilmoqda [4-9-6].
AQShdagi har 7 ta katta yoshli kishidan biri, taxminan 35,5 million kishi yoki
14% foizi kishilar SBKga chalingan deb hisoblanmoqda [14]. SBKga chalingan har
10 ta katta yoshli kishidan 9 tasi o‘zida bu kasallik borligini bilmaydi. Og‘ir
darajadagi SBK bilan kasallangan har 3 ta katta yoshli kishidan bittasi o‘zida SBK
borligidan bexabar bo‘lib qolmoqda [15-16].
Dizmetabolik nefropatiya tashxisi ortida turli etiologiya va patogenezli katta
nefropatiyalar guruhi tushiniladi. Ularning kelib chiqish sabablari metabolizmning
buzilishidir. Dizmetabolik nefropatiya pielonefrit, interstitsial nefrit va siydik tosh
kasalligini keltirib chiqaradi. Dismetabolik nefropatiyalarni boshlang‘ich, xali klinik
ko‘rinishi namoyon bo‘lmagan vaqtda, xavf guruhidagi bolalarni aniqlash, profilaktik
tadbirlar o‘tkazish dolzarb muammo hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi:
Surxondaryo viloyati kesimida bolalarda dezmetobolik
nefropatiya kilinik kechishini va erta tashxisotini baholashdan iborat.
Tekshirish usullari va materiallari:
O‘tkazilgan tadqiqot ishi Surxondaryo
viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifoxonasi va Angor tuman tibbiyot
birlashmasi bolalar kasalliklari bo‘limida yotib davolangan bemorlar asosida olib
borildi.
Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifoxonasi va Angor tuman tibbiyot
birlashmasiga murojat qilib kelgan 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 300 nafar bemor
bolalar orasidan siydik tahlilida oksaluriya aniqlangan 90 ta bola tanlab olindi.
Barcha bolalarning anamnezlari, genetik moyilligi, turmush tarzi va ovqatlanish
tartibi o‘rganib chiqildi. Nazorat guruhini tegishli yoshdagi, nisbatan sog‘lom bolalar
tashkil qildi.
Barcha
bemor
bolalarda
tekshiruv o‘tkazilish vaqtida
dezmetobolik
nefropatiyani klinik manzarasi yaqqol kuzatildi. Qo‘yilgan vazifalarga mos xolda,
hamma bemorlarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganildi: Asosiy guruhga 90 nafar (64%)
dezmetobolik nefropatiya aniqlangan bolalar va nazorat guruhiga 50 nafar (36%)
sog‘lom bolalar olindi. Har ikkala guruh bolalarda dezmetobolik nefropatiya kechishi
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
21
va kasallikning klinik kechish jixatlariga ta’sir qiluvchi yondosh kasalliklari
o‘rganildi.
Bemor bolalar jinsiy tarkibi bo‘yicha o‘rganilganda asosiy guruhda o‘g‘il
bolalar 48 nafarni (53%), qiz bolalar 42 nafarni (47%), nazorat guruhida esa o‘g‘il
bolalar 26 nafarni (52%) va qiz bolalar 24 nafarni (48%) tashkil etdi. Jinsiy tarkibi
bo‘yicha guruhlarda statistik ahamiyatli farqlar kuzatilmadi.
Tadqiqot davomida jinsiy tarkibi bo‘yicha barcha bolalar o‘rganilganda o‘g‘il
bolalar 74 nafarni (53%), qiz bolalar 66 nafarni (47%) tashkil etdi. Jinsiy tarkibi
bo‘yicha guruhlarda statistik ahamiyatli farqlar kuzatilmadi.
Tadqiqot natijalari:
Dezmetobolik nefropatiyaning asoratlari, odatda,
kasallikning og‘ir shakllari bilan kasallangan bolalarda rivojlandi.
Kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishi, to‘g‘ri davolash, bemorning yoshi,
kasallikning og‘irlik darajasi va yondosh kasalliklarning mavjudligi dezmetobolik
nefropatiya kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikdan so‘ng siydik ajratish tizimida
funksional buzilishlarni oldini olishga etibor qaratmoq zarur.
Bugungi kunda bolalar o‘limi darajasi 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarda 15,6%
to‘g‘ri kelishiga qaramasdan bolalar tug‘ilishi ko‘rsatkichi juda past, ya’ni 9,1%
tashkil qilmoqda [11-12-13].
Siydik tahlilida oksaluriya aniqlangan bolalarda shikoyatlar yoki kasallikning
aniq klinik belgilari aniqlanmadi. Shartli axborot entropinin usuli yordamida ba’zi
tibbiy-biologik, nasliy, klinik-laborator, individual ekzogen xavf omillari tahlil
qilindi. Tahlil natijalariga binoan 5 ta muhim (ustuvor) xavf omillari ajratildi:
dispeptik o‘zgarishlar ( ya’ni bolalarda qabziyat va diareyani uchrashi, qorindagi
sababsiz og‘riqlar) (30,7%); qarindoshlarida buyrak kasalligi borligi (38,6%); UTTda
aniqlangan buyrak kasalliklari (39,3%); 2 chi va keyingi homiladorlikdan (52,8%);
ekssudativ - kataral diatez (38,7%). Xozirgi adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga
ko‘ra, dizmetabolik nefropatiya buyrakning turli kasalliklar fonida rivojlanadi va
keyinchalik buyrak-tosh kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Asosiy guruxdagi
bolalarning qarindoshlarida siydik tosh kasalligining uchrashi nazorat guruxidagi
bolalarga nisbatan 1,9 marta ko‘pligi aniqlandi. Dezmetobolik nefropatiyaning erta
belgilari aniqlangan bolalarda sutkalik diurezning kamayganligi, siydik PH ning
o‘zgarishi va giperstenuriya aniqlandi. Buyrakni UTT orqali tekshirilganda asosiy
guruxdagi
bolalarning
buyraklarida
giperexogen
soyalar
borligi,
buyrak
exogenligining oshganligi aniqlandi. Bundan tashkari bolalarni ratsionida ko‘proq
oksalatga boy bo‘lgan maxsulotlardan pomidor va undan tayyorlangan mahsulotlar,
shokoladni ko‘p iste’mol qilishlari ma’lum bo‘ldi. Dizmetabolik nefropatiyalarda
kasallik belgilari bemorlarda namoyon bo‘lmaydi, lekin bu kasallik siydik tosh
kasalligi kabi salbiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
22
Xulosa:
Dizmetabolik nefropatiyalar bu modda almashinuvi buzilishi bilan
kechadigan kasallik xisoblanib, jiddiy e’tiborni talab qiladi va bemorlarga dieta qilish
tavsiya qilinadi. Ular purin va shavel kislotasi ushlovchi maxsulotlarni kam iste’mol
qilishlari kerak.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bolalarda kasallikning erta klinik-laborator
belgilari aniqlandi: bolalar qorinda og‘riq, ko‘p chanqash, terlash, bosh og‘rig‘i,
ertalab qovoqlarining shishi, terining quruqlashishi, jismoniy rivojlanishdan orqada
qolish, siydik PH muhitining ishqoriy tomonga o‘zgarishi, giperstenuriya,
kristalluriya, mikrogematuriya, intermettirlovchi leykotsituriya, yengil proteinuriya
va kundalik diurezning kamayishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Каримов М.М., Даминов Б.Т., Каюмов У.К. Хроническая болезнь почек
как медико-социальная проблема и факторы риска и развития // Вестник
Ташкентской медицинской академии. – Ташкент, 2015. - № 2. – С. 8-12.
2. Лысова Е.В., Савенкова Н.Д. “Лечение синдрома анемии у детей с
хронической болезнью почек (обзор литературы)” // Нефрология. 2015. Том 19.
№3.
3. Рогова И. В., Фомин В. В., Дамулин И. В., Шашкова Е. В. Особенности
когнитивных нарушений у больных хронической болезнью почек на
додиализных стадиях: научное издание// Терапевтический архив. - 2015. - Том
85 № 6. - C. 25-30.
4. Смирнов АВ, Добронравов ВА, Каюков ИГ и др. Проблема
модификatsiи классификatsiи хронической болезни почек. Нефрология 2010;
15(2):7-15.
5. Томилина Н.А. Эпидемиология хронической почечной недостаточности
и новые подходы к классификatsiи и оценке тяжести хронических
прогрессирующих заболеваний почек / Н.А. Томилина, Б.Т. Бикбов //
Тер.архив. – 2015. - № 6. – С. 87-92.
6. Практические клинические рекомендaтции KDIGO по анемии при
хронической болезни почек 2012. Нефрология и диализ 2012; 15 (1): 14-53.
7. Bauer С. Erythropoietin - from gene structure to therapeutic applications // J.
Perinat. Med. - 1995. - 23. - 77-81.
8. Drawz P., Rahman M. In the clinic Chronic kidney disease // Ann. Intern.
Med. - 2009. - 150. - ITC2-1-15. quiz ITC12-16.
9. Ene-Iodache B., Perico N., Bikbov B et al. CKD and cardiovascular risk in six
regions of the world (ISN-KDDC) // Lancet Glob Health. - 2016. — 4 (5). – e 307 19.
10 Koshy SM, Geary DF. Anemia in children with chronic kidney disease.
Pediatr Nephrol. 2008; 23: 209–219.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
23
11. Sultonov R. K., Sodiqova Z. S., Uchqun o‘g‘li B. S. Dynamics of Fat Cells
of the Bronchial Tree Mucosa in Postnatal Ontogenesis //Central Asian Journal of
Medical and Natural Science. – 2021. – T. 2. – №. 4. – S. 182-184.
12. Van Stralen K.J., Krischock L., Schaefer F., Verrina E., Groothoff J.W. et al.
Prevalence and predictors of the sub-target Hb level in children on dialysis //
Nephrol. Dial. Transplant. - 2012. - 27 (6). doi: 10.1093/ndt / gfs 178.
13. Diabetes in CKD.
3/24/2023.
14. National Institutes of Health. Health Information: Chronic Kidney Disease
website.
https://www.niddk.nih.gov/health-information/kidney-disease
kidney-disease-ckd. Accessed 3/24/2023
15. Kidney Disease: Improving Global Outcomes CKD Work Group. KDIGO
2012 clinical practice guideline for the evaluation and management of chronic kidney
disease. Kidney Inter. 2013;3(1)(suppl):1–150.
16. United Stated Renal Data System 2022 Annual Data Report.
. niddk.nih.gov 2022. Accessed 3/24/2023.
