International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
24
УДК: 616.345-053.2-07
BOLALARDA DOLIXOSIGMA KASALLIGIDA ANTROPOMETRIK
KO‘RSATKICHLAR TADQIQOTINI OLIB BORISH
Amirqulova Gulhayo Murodullayevna
Salimova Gulixayo Shavkatovna
Turon universiteti Tibbiyot kafedrasi katta o‘qituvchilari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli
tibbiyot markazida 2021-2022 yil II-chorakda kelgan bemor bolalarda dolixosigma
kasalligida antopometrik ko‘rsatkichlarni baholashda tadqiqot ishlari olib borildi.
Tadqiqotda bolalar kasalliklari orasida dolixosigma kasalligi 32% gacha
aniqlanayotganligi kuzatilmoqda.
Dolixosigma kasalligida antropometrik ko‘rsatkichlar: Bo‘y uzunligi, ko‘krak
qafasi aylanasi, bosh aylanasi, qo‘l va oyoq uzunligi o‘g‘il bolalarda 58,8%, tana
vazni o‘g‘il bolalarda 59,7% ortda qolishi aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
Bolalar, yo‘g‘on ichak kasalligi, antropometrik ko‘rsatkich, tana
massasi, o‘yqusizlik, ishtaxasizlik.
ПРОВЕДЕНИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ АНТРОПОМЕТРИЧЕСКИХ
ПОКАЗАТЕЛЕЙ У ДЕТЕЙ С ДОЛИХОСИГМОЙ
Амиркулова Гульхаё Муродуллаевна
Салимова Гулихаё Шавкатовна
Туронский университет Старший преподаватель кафедры медицины
Аннотaция:
В данной статье проведено исследование по оценке
антопометрических показателей долихосигмы у детей, обратившихся в
Кашкадарьинский областной детский многопрофильный медицинский центр во
II квартале 2021-2022 гг. В исследовании среди детских заболеваний
отмечается до 32% долихосигмы.
Антропометрические показатели при долихосигме: рост, окружность
груди, окружность головы, длина рук и ног выявлены у мальчиков 58,8%, у
мальчиков 59,7%.
Ключевые слова:
Дети, заболевания толстой кишки, антропометрический
индекс, масса тела, отсутствие аппетита, отсутствие аппетита.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
25
CONDUCTING RESEARCH ON ANTHROPOMETRIC INDICATORS IN
CHILDREN WITH DOLICHOSIGMA
Amirqulova Gulhayo Murodullayevna
Salimova Gulihayo Shavkatovna
Turon University Senior Lecturers of the Department of Medicine
Abstract:
This article presents a study conducted at the Kashkadarya Regional
Children's Multidisciplinary Medical Center to assess the anthropometric parameters
in children with dolichosigma admitted during the second quarter of 2021-2022. The
study observed that among childhood diseases, dolichosigma is detected in up to 32%
of cases.
Anthropometric indicators in dolichosigma: It was found that height, chest
circumference, head circumference, and arm and leg length in boys were 58.8%
below normal, while div weight in boys was 59.7% below normal.
Keywords:
Children, large intestine disease, anthropometric indicator, div
mass, sleeplessness, loss of appetite.
Muammoning dolzarbligi:
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga
ko‘ra, qabziyat maktabgacha yoshdagilarning 3% ida, maktab yoshdagilarning 1-
2%da uchraydi. Umuman, bolalarda dolixosigma kasalligida qabziyatni uchrashi 5-
10% ga yetadi (Librizzi J., Flores S., Morse K., Kelleher K., Carter J., Bode R. 2017)
va bu holat ushbu patologiyani ijtimoiy ahamiyatli muammolar qatoriga qo‘shadi.
“Rossiya Federatsiyasida qabziyat barcha tekshirilgan bolalarda 30% va
gastroenterologik patologiyasi bor bemorlar ichida 49% uchraydi” (Komarova Ye.
V., Petrova A. V., Potapov A. S., va boshq. 2007).
Surunkali qabziyat-Bolalar gastroentrologiyasining dolzarb muamolaridan biri
xisoblanadi. Qabziyat bilan murojat pediatr shifokorlarga 3% va bolalar
gastroentrolog 25% ni tashkil qiladi [2, 3, 4, 5]
To‘g‘ri ichakning butun prolapsasi qalinligi va ichakni ichki devorlari bilan anal
teshik orqali to‘g‘ri ichak devorining barcha qatlamlarining dumaloq chiqishi. Yillik
kasallanish 100 000 kishiga 2,5 ta holat odamlarda uchrab, asosan keksa odamlar
orasida kasallanish jins bo‘yicha erkaklar va ayollar nisbati taxminan 1:92 teng [10]
Zamonaviy proktologiyada, yangi jarrohlik usullarining mavjudligi chanoq
a’zolarining prolapsasi xususan, to‘g‘ri ichak prolapsi ichaklarda jarrohlik
proktologiyasi masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda, bu kasalliklarning ko‘p tarqalishi
va yagona maxsus davolash usulining yo‘qligi bilan bog‘liq. Yaqin yillar davomida
turli xil takomillashtirilgan eksplantlar yordamida rektopeksiyaga ustunlik berildi [8,
9, 11].
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
26
Sulaymonov A.S. (1998 yil) keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston
sharoitida dolixosigma kasalligi 25% ga yaqin bolalarda uchraydi [1].
Jahon sog‘liqni saqlash ma’lumotlariga ko‘ra dunyo tibbiyot soxasida bolalar
o‘limi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda bolalar o‘limi
darajasi 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarda 15,6% to‘g‘ri kelishiga qaramasdan bolalar
tug‘ilishi ko‘rsatkichi juda past,yani 9,1% qilmoqda. Jumladan 5 yoshgacha bolalar
o‘lim ko‘rsatkichi O‘zbekistonda 2018 yilda 9,8 ming nafarni tashkil qilmoqda [6, 7]
Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi statistik ma’lumotlariga
ko‘ra, bolalar kasalliklari orasida dolixosigma kasalligi 32% gacha aniqlanayotganligi
kuzatilmoqda.
Shu boisdan dolixosigma kasalligida mavjud bo‘lgan morfofunksional
o‘zgarishlar va uning asoratlari: qabziyat, disbakterioz va uning korreksiya qilishda
yangicha yondoshuv hamda bolalarning jismoniy rivojlanishini ko‘rsatib beruvchi
antropometrik ko‘rsatkichlarni kompleks o‘rganish mavzuning dolzarbligini
ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot maqsadi:
Bolalarda dolixosigma kasalligida yuzaga keladigan
antropometrik ko‘rsatkichlarni baholashdan iborat.
Tekshiruv usullari va meteriallari:
Tadqiqot material sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli
tibbiyot markazida 2022-2024 yil II-chorakda kelgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
75 nafar yo‘g‘on ichak kasalliklari mavjud bemor bolalar ustida olib borildi.
Tekshiruv uchun Dolixosigma kasalligi bilan yotib davo muolajalarini olgan
bemor bolalarni antropometrik ko‘rsatkichlari: Buy uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi,
oyoq-qullar uzunligi, tana massasi ko‘rsatkichlari asos qilib olindi.
Tadqiqotimizda instrumental (antropometrik tasma yordamida), massani o‘lchov
tarozisida, statistik usullari qo‘lanildi.
Dolixosigma kasalligi bilan yotib davolangan bemorlarning yoshi va jinsi
bo‘yicha materiallarning taqsimlanishi abs, %.
Yosh guruhlar
Umumiy bolalar,
nafar
Bolalar
O‘g‘il
Qiz
Erta bolalik
12
9 nafar (12%)
7 nafar (9,3%)
Bolalikni 1 davri
13
8 nafar (10,6%)
6 nafar (8%)
Bolalikni 2 davri
25
13 nafar (17,3%)
10 nafar (13,3%)
Katta maktab yoshi
davri
25
10 nafar (13,3%)
12 nafar (16%)
Jami
75
44 nafar (58,6%)
31 nafar (41,4%)
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
27
Tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlashda «Statistica for Windows 10,0»
personal kompyuterining amaliy dastur paketidan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari:
Bemorlar va ota-onalaridan surab-surishtiruv davomida
anamnezida ich kelishining buzilishi, ich qotish (qabziyat), asabiylik, o‘yqusizlik,
qorinda kuchli xurujsimon og‘riqlarga, ishtaxasizlik, kamqonlik va gipovitaminozga
shikoyatlar aniqlangan. Og‘riq sindromi bartaraf etilgandan keyin qabziyatlarning
etiopatogenezini aniqlash maqsadida bolalar tekshiruvdan o‘tkazildi. Bemor bolalarni
tekshirilganda kasallik anamnezi, davomiyligi, ich kelish chastotasi, ich bo‘shalishi
xarakteri, og‘riq sindromining ortishi, 1-1,5 yil davomida surunkali qabziyatdan
davolanishning samarasizligiga e’tibor qaratildi. Bolalarning barchasida klinikada
qabul qilingan standartlarga muvofiq o‘mumiy tekshiruv o‘tkazildi.
Dolixosigma kasalligi bilan kasallangan bemorlarning klinik kechinmalari
o‘rganilganda: 60 nafarida (80%) terining rangparligi holati, 64 nafarida (85,3%)
ishtaha yo‘qolishi, 51 nafarida (68%) jismoniy va psixoemotsional stressda tez
charchab qolish belgilari, 69 nafarida esa (92%) dispeptik belgilar (jig‘ildon
qaynashi, kekirish, ichini 3-4 mahal suyuq kelishi, qorin damligi, epigastral sohada
noqulaylik hissi) namoyon bo‘ldi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarda yo‘g‘on ichak kasalligining
rivojlanishida 100% ichaklar disbakteriozi rol o‘ynaydi.
Tekshiruvmizdagi bemor bolalarda antropometrik kursatkichlar vazning ortda
qolishi, bo‘y o‘zunligi, qo‘l va oyoq uzunliklarida nisbatan o‘zgarishlar aniqlandi.
Birinchi marotaba kasallikning subkompensatsiya va dekompensatsiya
bosqichlarida
jismoniy
rivojlanishni
belgilab
beruvchi
antropometrik
ko‘rsatkichlarini normadan ortda qolishi o‘rganilganda, ya’ni ularni bo‘y
ko‘rsatkichlari bo‘yicha 75 nafardan 34 nafarida (45,3%), shu jumladan, qiz bolalarda
14 nafar (41,2%), o‘g‘il bolalarda esa 20 nafar (58,8%), vazni bo‘yicha esa 75
nafardan 57 nafarida (76%), shu jumladan, qiz bolalarda 23 nafar (40,3%) va o‘g‘il
bolalarda esa 24 nafar (59,7%) ida ortda qolishi aniqlandi.
Xulosa:
Tadqiqot davomida o‘rganilgan bemor bolalarda yo‘g‘on ichak
devoridagi
morfofunksional
o‘zgarishlar bemor bolalarning antropometrik
kursatkichlariga
o‘zaro
bog‘liqligi
kasallikning
subkompensatsiya
va
dekompensatsiya bosqichlarining muntazam kechishida namoyon bo‘ldi.
Dolixosigma kasalligida birinchi marotaba bolalarning yoshi, jinsi va kasallikni
klinik kechinmalari hamda yo‘g‘on ichakning patomorfologik o‘zgarishlarini uch
bosqichda (kompensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya) kechishi
aniqlandi.
Dolixosigma kasalligida antropometrik ko‘rsatkichlar: Bo‘y uzunligi, ko‘krak
qafasi aylanasi, bosh aylanasi, qul va oyoq uzunligi o‘g‘il bolalarda 58,8%, tana
vazni o‘g‘il bolalarda 59,7% ortda qolishi aniqlandi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
28
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдужаппаров С.Б., Алимов И.Р., Муродова Д.С., Хамрокулов Б.Б.
Хирургическое лечение метастатических опухолей колоректального рака в
позвоночнике Проблемы биологии и медицины 2023, № 6 (150)
2. Белоусова.О.Ю. Аномалии развития толстой кишки в детской
гастроэнтерологической практике // Врачебн. практ. - 2004.-№3. - С. 14–17.
3. Лёнюшкин А.И., Баранов К.Н., Саруханян О.О. и др. Современные
критерии диагностики и показаний к хирургическому лечению хронического
колостаза у детей и подростков // Дет. хир. - 2002. - №1. - С. 4–8.
4. Лёнюшкин А.И. Детская колопроктология. - М.:Медицина, 2004. - С.
185–189.
5. Ривкин В.Л., Каппулер Л.Л., Белоусова Е.А. Колопроктология. - М.:
ГЭОТАР-Медиа, 2012. - С. 143-148.
6. Sultonov Ravshan Komiljonovich. Bir oylik chaqaloqlarda nafas yo‘llari
devorining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari // Toshkent tibbiyot
akademiyasi axbortnomasi jurnali. Toshkent, 2022, № 8– B.174-177.
7. Sultonov Ravshan Komiljonovich. Ilk bolalik davrida o‘pka o‘zani va bronx
daraxti taraqiyoti, o‘ziga xos tuzilishi // Tibbiyotda yangi kun. - Buxoro, 2021, № 4
(37). – B. 48-50.
8. Gaj F, Biviano I, Trecca A, Lai Q, Andreuccetti J. Yearly and late еffects of
the sequential transfixed stich technique for the treatment of the symptomatic
rectocele without rectal mucosa prolapse. Minerva Chir. 2020 Apr;75(2):83-91.
9. Koizumi N, Kobayashi H, Fukumoto K. Massive chronic irreducible rectal
prolapse successfully treated with Altemeier's procedure. J Surg Case Rep. 2018 Apr
3;2018(4):rjy064.
10. Mille M, Yengelhardt T, Stier A. Bleeding Duodenal Ulcer: Strategies in
High-Risk Ulcers. Visc Med. 2021 Feb;37(1):52-62.
11. Solari S, Martellucci J, Ascanelli S, Annicchiarico A. Predictive factors for
functional failure of ventral mesh rectopexy in the treatment of rectal prolapse and
obstructed defecation. Tech Coloproctol. 2022 Dec;26(12):973-979.
