International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
29
MAKTAB O‘QUVCHILARINING MA’NAVIY TARBIYALASHDAGI
MUHIM TASHABBUS
Aminova Manzura Mutalibovna
Qo‘qon davlat Universiteti, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Hozirgi davr o‘zining global taraqqiyot darajasi, ilm fan sohasidagi yutuqlar,
inson turmush tarzining o‘sib borishi, o‘rtacha umrining uzayishi, “sun’iy aql” va
Nano texnologiyalari bilan insoniyat aql idrokining borgan sari o‘sib borayotganini
ko‘rsatadi. Ayni paytda hozirgi davr uchun avvalgi davrlardan farqli va borgan sari
avj olib borayotgan muammo yoshlar o‘rasida jinoyatchilikning o‘sib borishi va
ularning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasining zaiflashib borishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida
belgilab berilganidek:
“oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini
ta’minlash;
targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish,
soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy
muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy
qilish;
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya,
oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga
barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish,
g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-
matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish.” [1] bugunning asosiy
vazifasiga aylanib qoldi.
Mazkur muammoli holatlarning paydo bo‘lishini o‘ziga xos quyidagi sabablari
mavjud:
-
YOsh avlod uchun aniq ijobiy xarakterdagi hayotiy idealning yo‘qligi;
-
YOshlar va bolalar bilan olib borilayotgan madaniy- ma’rifiy ishlarning o‘ta
rasmiyligi;
-
Vatanparvarlik
tarbiyasining
yangi
davrga
mos
yo‘nalishlarini
yaratilmayotganligi;
-
Ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan ochiq qotillik va o‘lim xodisalari xaqidagi
tafsilotli xabarlarini ko‘payganligi;
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
30
-
YOshlar ongidagi ma’naviy dunyoqarashi ustidan moddiyatchilik, “tovar-pul”
munosabatlarining g‘olib kelayotganligi;
-
Turli televizion kanallardagi seriallarda va kinofilmlarda bosqinchilik va
shafqatsizlikni ko‘rsatib berilayotganligi;
-
Internet orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan pornografiya va vahshiylikning
ochiqdan-ochiq namoyish etilayotganligi.
Bunday xodisalarning mavjudligi oila va umuta’lim maktablari pedagoglari
oldiga yangi vazifalar ya’ni ijtimoiy hayotdagi xodisalarni to‘g‘ri baholay oladigan
va o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil etadigan, tevarak-atrofdagi kishilarning qiziqishlari
bilan xisoblashadigan mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
Bu vazifalarni hal etish yo‘llari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risidagi Qonun”ning yangi tahririda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6108-son Farmonida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-
4884-sonli qarorida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9
dekabrdagi 757-XII-sonli «Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish
haqida»gi qarorida, 2008 yil 7 yanvardagi O‘RQ-139-son “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilab berilgan.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2020 yil 30 iyundagi
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-sonli farmonida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli
qarorida,
Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 18 yanvardagi 23-son qaroar “O‘zbekustonda
yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlari” to‘g‘risida Qarorida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan ishlab chiqilgan besh tashabbus asosida xam O‘zbekiston umumta’limida
yoshlarni ma’naviy –ahloqiy tarbiyalashning dasturi belgilab berilgan. YUqoridagi
qonun va qonun osti xujjatlar hamda besh tashabbusdan ko‘zda tutilgan maqsad
yuksak ahloqli, mas’uliyatli, ijodkor, tashabbuskor, kreativ fikrlaydigan va salohiyatli
yoshlarni shakllantirishdir.
Bu maqsadlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
-
Faol dunyoqarashga ega yosh avlodni tarbiyalash;
-
Vatandan faxrlanish va undagi o‘zgarishlarga qatnashish istagini uyg‘otish;
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
31
-
Xalqimiz tarixi va madaniyatiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
-
Har bir o‘quvchi yoshlarda mexnatsevarlikni;
-
Inson huquqi va erkinliklarini hurmat qilish;
-
Atrof tabiatni sevish va muhofaza qilish;
-
Vatanni va o‘z oilasini sevish;
-
O‘quvchi yoshlarda o‘zining ijtimoiy vazifalarini anglash va ahloqiy etik
normalarga amal qilish;
-
Bolalar va yoshlarda xalqimizning madaniy va ma’naviy qadriyatlarini bilish
va hurmat qilish vazifalarini shakllantirishdir.
Mazkur xujjatlarni ichida besh tashabbus alohida o‘rin tutadi:
-
Yoshlarni
va
o‘quvchilarni
milliy
madaniyatimizning
va
milliy
qadriyatlarimizning saqlash va rivojlantirish yo‘lida xarakat qilish;
-
O‘quvchi yoshlarni estetik jihatdan nozik didli, faxm farosatli bo‘lib o‘sishi va
har qanday yovuzlik hamda zo‘ravonlikdan nafratlanishi;
-
Ularani jismonan sog‘lom va ruhan tetik salbiy xodisalarga nisbatan xushyor
va murosasiz bo‘lib o‘sishlarini ta’minlash;
-
Kelajakda nohaqlik va yovuzlikni xar qanday ko‘rinishiga qarshi tura olishi,
o‘z yurtini, xalqini va haqiqatni ximoya qila olishi;
-
Kompyuter texnologiyalarini to‘liq egallashi va bu sohada etarli bilimga ega
bo‘lishi;
-
O‘zini kelajagi uchun raqamli iqtisodga asoslangan IT texnologiyalari soxasida
bilim olishi uchun imkoniyatlarni yaratilishi;
-
Kitobni sevish orqali ma’nan va ahloqan yuksalishi;
-
O‘z so‘zi va bilimini fasohat bilan namoyon qilish, xalqimizning ma’naviy
boyliklari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirish;
-
O‘zining sevgan kasbi va xunariga ega bo‘lish orqali boqimandalikka
uchramaslik;
-
Halol rizq topish va bu yo‘lda o‘z kasb –koridan erkin foydalanish, mexnat
qilish orqali daromad topish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ayni paytda besh tashabbus doirasida ish olib borayotgan o‘qituvchilar
yoshlarni milliy qadriyatlarni bilishi, uni hurmat qilishi va unga amal qilishga xam
o‘rgatib borishlari lozim. Buning uchun avvalo qadriyatlarni turkumlab tushuntirib
borish lozim. Bu avvalo dunyoga qadriyat sifatida yondoshuv ya’ni:
-
Olam –er yuzi yagona qadriyat u barchamizning umumiy uyimiz demak uni
asrash, er yuzida turli yomonliklar qilishdan saqlanish zarur;
-
Dunyoda har xil irq va xalqlar bor, ular ham butun jahonning fuqarolari sifatida
umumiy uyimizda istiqomat qiladilar;
-
Faqat erni sevgan kishigina uning ne’matlaridan bahramand bo‘ladi, demak
erimizni parvarishlashimiz shart;
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
32
-
Inson hayoti eng oliy qadriyat- chunki u o‘lchovli va insonga faqat bir marta
beriladi;
-
Demak inson hayotini har bir daqiqasini qadrlashi va undan unumli
foydalanishi zarur;
-
Inson dunyodagi barcha ijobiy narsalar va fazilatlarni o‘zlashtirgandagina
hayoti o‘zi uchun ham o‘zgalar uchun ham qadrli bo‘ladi;
-
O‘z hayotida faqat yomonliklar, dangasalik, yovuzlik, xuquqbuzarlik, jinoyat
qilgan shaxsning o‘zi xam hayoti ham qadrsizdir.
-
Vatanni sevish umuminsoniy qadriyat
-
bu ma’naviy barkamollik ifodasidir;
-
Vatan bizga maskan, ota-ona, non suv, qon-qarindosh, o‘rtoqlar va bilim
bergan diyor;
-
U bizni sog‘ligimizni, ilm olishimizni, xunar o‘rganishimizni, xayotimiz
xavfsizligini ta’minlaydi;
-
Vatansizlik, vatangadolik bu inson uchun eng og‘ir jazo, bunday insonni xech
kimi yo‘q, u g‘arib va nochor odam;
-
So‘z qadri
–
insonni xamma kechinmalari, quvonchu iztiroblarini aytish
imkonini beradigan olijanob qadriyatlir;
-
Inson shirin so‘zga qancha boy bo‘lsa, u xalq ichida shuncha xurmatga sazovor
bo‘ladi;
-
Fasohat bilan so‘zlash, kishini holatiga qarab uni ko‘nglini ko‘tarish, uni xafa
qilmaslikka intilish bu so‘z qadrini bilish orqali yuzaga keladi;
-
So‘z qadrini tushunmagan kishi, so‘zining qo‘polligi tufayli, besharm so‘zlashi
tufayli, el orasida o‘z obro‘sni va qadrini ham yo‘qotadi.
-
Oila qadri- bu insonni turli falokatlardan asrovchi mustaxkam qo‘rg‘on;
-
Inson u erda hamdardlik, yordam va panoh topadi, u hech qanday davra bilan
taqqoslab bo‘lmaydigan tinchlik va halovat maskani.
-
U erda ota-onangiz, bobo-buvingiz, opa singilingiz, aka ukangiz bor, ular sizni
siz esa ularni yaxshi ko‘rasiz, bir biringizsiz yashay olmaysiz;
-
YAxshilik, bilim, go‘zallik,erkinlik, mehnat qilish ham insoniy qadriyatlar
bo‘lib
-
bu sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kishi komil inson deb ataladi va
barcha tomonidan xurmatga sazovor bo‘ladi.
Qadriyatlarni shu tariqa tushuntirish yoshlarni o‘z dunyoqarashlaridan kelib
chiqib o‘zliri uchun maqsadlar belgilashlari va hayotlari davomida bu qadriyatlardan
foydalanish imkonini beradi.
Hozirda O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar va yangilanish davri ketmoqda. Bu olib
borilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarda balki madaniy-ma’rifiy
sohada ham ulkan tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
33
CHunki, Prezidentimiz SH.Mirziyoev ko‘rsatib o‘tganlaridek, “Dunyoda terrorizm
tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch
ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan
emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda.
Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va
murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.
SHu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini
ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik
faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga etmagan
yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun
insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib
kamolga etishi bilan bog‘liq.
Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun
zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir.
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va
manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
lozim, deb hisoblaymiz.”[2]
Bizning fikrimizcha, yoshlarni hozirgi davrning zararli illatlaridan, bugungi kunda yoshlar
ongiga salbiy ta’sir etuvchi turli zararli g‘oyalardan saqlab qolishning asosiy yo‘llaridan biri,
maqolada ko‘rsatib o‘tilganidek, farzandlarimizni kichik maktab yoshidan boshlab milliy
an’analarimiz va qadriyatlarimizdan og‘ishmay tarbiyalashdir.
yo‘llaridan biri
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
5040-sonli qarori. www.Lex.uz
2. Mirziyoev SH.M. BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasidagi nutqi.
www. Lex.uz
