International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
41
O‘QUV JARAYONINI SIFATLI TASHKIL ETISH YUQORI
TA’LIM OLISH GAROVIDIR
Baxridinov Zafar Sharofiddinovich
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘quv
jarayoniga kirib keliyotgan interfaol metodlarini, zamonaviy o‘qitish shakllarini,
tizimdagi va sohadagi yangiliklar hamda o‘quv jarayonining samaradorligini
oshirishda xizmat qiladigan interfaol metodlar va ularning ishlanmalari yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim muassasasi, interfaol metod, venn diogramma, insert,
tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish.
Аннотация:
В данной статье освещены интерактивные методы,
внедряемые в учебный процесс в высших военных учебных заведениях,
современные формы обучения, инновации в системе и сфере, а также
интерактивные методы и их разработки, служащие повышению эффективности
учебного процесса.
Ключевые слова:
образовательное учреждение, интерактивный метод,
диаграмма Венна, вставка, системное мышление, сравнение, сопоставление,
анализ.
Abstract:
This article covers interactive methods being implemented in the
educational process at higher military educational institutions, modern forms of
teaching, innovations in the system and field, as well as interactive methods and their
developments that serve to increase the effectiveness of the educational process.
Keywords:
educational institution, interactive method, Venn diagram, insertion,
systemic thinking, comparison, juxtaposition, analysis.
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion
faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati
bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar,
zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf
etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi
tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini
ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish borasida
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ilgari surgan g‘oyalari amalda tatbiq etishga qaratilgan
qator vazifalarni qo‘ymoqda. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha
sohalarini
tubdan
yangilashga
qaratilgan
innovatsion
rivojlanish
yo‘liga
o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
42
borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga
tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani.
Hozirgi kunda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kirib
keliyotgan interfaol metodlarini, zamonaviy o‘qitish shakllarini, tizimdagi va
sohadagi yangiliklar bilan doimiy tanishish ulardan xabardor bo‘lish talab etiladi.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining
resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini
yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq
ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan
mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning
samaradorligini
oshirish
maqsadi
ham
ilg‘or
pedagogik
tadbirlardan,
texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.
Interfaol metodlar
– ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va axloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikda harakat qilishlarini
ta’minlovchi metodlar hisoblanadi. Bu turdagi metodlarning asosini interfaollik
tashkil etadi.
Interfaollik
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda
muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka
asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga ega bo‘lishlari demakdir. Bu turdagi
metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quvbilish faolligini oshirish,
ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha
shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan
asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud
mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish
imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida
o‘qituvchi (pedagog)lar tomonidan interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadli, samarali
qo‘llanilishi talabalarda muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish,
mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi
mantiqiy bog‘liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat
yaratadi. Ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash o‘quv materiallarining
talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bugungi kunda ta’lim
amaliyotida 700 ga yaqin interfaol metodlar qo‘llanilmoqda.
“Sindikat” strategiyasi. Dastlab tayanch tushunchaning mohiyati haqida so‘z
yuritiladi. “Sindikat” (yunon. “birgalikda harakat qilish”, “maslakdoshlik”)
strategiyasi o‘quvchilarda muammoni ijodiy o‘rganish, nazariy bilimlarni
umumlashtirish, tizimlash asosida fikrni qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini
tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir guruh yagona topshiriqni uch xil variantda hal
etishi lozim. Masalan: o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini
1
-guruh sxema
,
2-guruh
klaster, 3-guruh esa jadval tarzida ochib berishi kerak. Guruhlar topshiriqni bajarib
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
43
bo‘lishgach, ular tomonidan taqdim etilgan yechim (ishlanma)lar jamoa tomonidan
muhokama qilinadi.
Strategiyani qo‘llash tartibi quyidagicha:
“Venn diagramma” metodi – o‘rganilayotgan ob’ektlarning 2 yoki 3 jihatlarni
hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish
uchun qo‘llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Venn diagrammasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
Alohida kichik guruhlarda Venn diagrammani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni
to‘ldiradilar.
Uzatmalar qutisi va tarqatish qutisining o‘ziga xos tomonlari va umumiy
jihatlarni topish.
O‘qituvchi kursantlarni strategiyaning mohiyati bilan tanishtiradi
Kursantlar uchta kichik guruhlarga bo‘linadi
Kichik guruhlarga topshiriqlar beriladi
Topshiriqni bajarish uchun vaqt hajmi (10-15 daqiqa) belgilanadi
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, kichik guruhlar o‘z ishlarini namoyish qiladi
Kichik guruhlarning ishlari jamoa tomonidan o‘qituvchi
rahbarligida tahlil qilinadi va
eng yaxshi ish aniqlanadi
O‘qituvchi jamoa fikriga tayangan holda eng yaxshi ishni e’lon qiladi
O‘qituvchi guruhlar ishini baholab, mashg‘ulotni yakunlaydi
Qo‘shimcha va
yordamchi jihozlarning
yuritmasiga quvvatni
olib berish
Tarqatish qutisi vazifasi
.
Tarqatish qutisi quyidagi
vazifalarni bajarish uchun
mo‘ljallangan: -burovchi
momentni miqdori va
yo‘nalishini o‘zgartirgan
holda yetaklovchi
ko‘priklarga tarqatib
berish.
Uzatmalar qutisi vazifasi.
Uzatmalar qutisi
quyidagi vazifalarni
bajarish uchun
mo‘ljallangan: -yo‘l
sharoitlarig aasosan
avtomobil tezligini va
tortish kuchini
o‘zgartirish; -ishlab
turgan dvigatelni
transmissiyadan uzoq
vaqtga ajratib turish;
-avtomobilni orqaga
harakatlanishini
ta’minlash
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
44
“Insert” metodi –
yangi mavzu bo‘yicha talabalarning muayyan tushunchalarga
egaliklarini aniqlash, ularda mavzuga oid ma’lumotlarda nisbatan tahliliy yondashish
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo‘llashda kursantlar quyidagi
sxemalar bilan ishlaydi:
Maxsus belgilar
Maxsus belgilarning ma’nosi
*
Avtomobil transmissiyasi haqida guruhlar tomonidan
bildirilgan fikrlar o‘z aksini topgan bo‘lsa
-
Avtomobil
transmissiyasiiga
oid
ma’lumotlarda
guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini
topmagan bo‘lsa
+
Avtomobil
transmissiyasiga
oid
ma’lumotlarda
guruhlar tomonidan bildirilgan yangi fikrlar mavjud
bo‘lsa
?
Avtomobil transmissiyasiga oid ma’lumotlar bilan
tanishish
jarayonida
savollar
tug‘ilsa
(tushunmovchiliklar yuzaga kelsa)
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion
tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib,
texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda
davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning
innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilmfan
davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda innovatsion
texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh
avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib ulg‘aysa, davlatimizning ertangi
istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
2. Ступина С.Б. Технологии интерактивного обучения в высшей школе /
Учебно-метод. пособие. – Саратов: Издателский центр “Наука”, 2009. – 52 с.
3. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.
– Toshkent: Fan, 2006. – 260 b.
4. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va
amaliyot. – Toshkent: “Fan”, 2005. – 205 b.
5. Psixologik-pedagogik atamalar izohli lug‘ati. – T.: O‘R Qurolli Kuchlari
Akademiyasi, 2019 y. –116 b.
