Авторы

  • Иродахон Одилжонова
    ADPI
  • Гульноза Зияудинова
    ADPI
  • Ирода Одилжонова
    Andijon davlat pedagogika instituti

Биографии авторов

  • Иродахон Одилжонова, ADPI
    asisstent o‘qituvchisi
  • Гульноза Зияудинова , ADPI
    asisstent o‘qituvchisi
  • Ирода Одилжонова, Andijon davlat pedagogika instituti
    o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 4- bosqich (sirtqi) talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.76154

Ключевые слова:

yolg‘iz yorug‘ iz sog‘inch dardi ko‘hna kulba temir tobut marmartosh achchiq qismat

Аннотация

: Ushbu maqolada Qo‘chqor Norqobilning “Urushning surati” hikoyasi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada asarning bosh g‘oyasi yoritib beriladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

56

“URUSHNING SURATI” HIKOYASIDA SOG‘INCH AZOBI

Odiljonova Irodaxon Zohidjon qizi
Ziyaudinova Gulnoza Iqboljon qizi

ADPI asisstent o‘qituvchisi

Iroda Odiljonova

Andijon davlat pedagogika instituti, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

4- bosqich (sirtqi) talabasi

irodausman25@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qo‘chqor Norqobilning “Urushning surati”

hikoyasi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada asarning bosh g‘oyasi yoritib beriladi.

Аннотатция:

В данной статье рассказывается о рассказе Кочкора

Норкабила «Урушнинг сурати». Основная идея работы раскрыта в статье.

Abstract:

This article talks about the story " Urushning surati" by Kochkor

Norqabil. The main idea of the work is explained in the article.

Kalit so‘zlar:

yolg‘iz, yorug‘ iz, sog‘inch dardi, ko‘hna kulba, temir tobut,

marmartosh, achchiq qismat


Shoir, yozuvchi, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor

Norqobil ijodiga yana bir bor nazar solishni lozim topdik. Shu o‘rinda yozuvchining
qalamiga mansub “Urushning surati” hikoyasi haqida yozishni joiz deb bildik. Bu
asarni yozishga yozuvchini nima undadi? Har gal Qo‘chqor Norqobil asarlaridagi
urush vaxshatlari-yu uning ayanchli oqibatlari sabab bag‘ri qon bo‘lgan
begunohlarning achchiq qismati hikoya qilinganda, nega bu qadar alam chekamiz?
Axir, urushning daxshatlari, voqealari yoritilgan o‘nlab, yuzlab, balki minglab asarlar
mavjudligi hech birimizga sir emas. Bu kichik hikoya orqali biz yana bir farzand
dog‘idan kuygan mushfiq otaning alamlari, mushtipar onayizorning sog‘inch dardida
chekkan iztiroblariga guvoh bo‘lamiz. Demak, asar haqida bizning fikrlarimiz
bunday…

Bugungi tanqidiy va tahliliy yillarda nazm, ayniqsa nasrda ijod qilish birmuncha

qiyin. Biz bugun asl mohiyatini oq varoqqa tushirish istagida bo‘lgan asarimiz bu
kungi adabiyot zarvaraqlarida muqim o‘rin olsa ajab emas. Asarning boshlanishi,
xuddi yakunida kimdir yolg‘izlanib qolishidan darak berayotgandek, “Yolg‘iz”ning
yolg‘iz farzand ekanligini bildirish ila qoralandi.

“Yolg‘iz – yolg‘iz o‘g‘il. G‘ulom bobo bilan Oysara xolaning yolg‘izi, ortida

qoladigan yorug‘ izi…”, - deb boshlangan hikoyaning oxiri baxayr bo‘lsin deya
yurak yutasan kishi. Bu yorug‘ izning harbiyga chaqiruvi kelishi, so‘ng afg‘on
urushiga olib ketilishi sabab, bechora onaning ko‘zlaridan nur ketishi farzand


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

57

sog‘inchida yig‘layverib ko‘zlari ko‘rmay qolishi, bari juda achinarli. Oysara xola:
“Hali o‘g‘lim kelsa, ko‘zlarim ochilib ketadi”, - deb qo‘yardi. Xalqimiz: “Farzand
dog‘i yondirar, Payti kelsa kuydirar”, - deb bejiz aytmagan. Sog‘inch dardi-yu tahlika
azobidan yurak bag‘ri qon bo‘gan onaning ich-ichidan kuygani, hasratlarini va bu
qiynoqlarga dosh berolmay bir yil o‘tar-o‘tmay omonatini topshirgani haqidagi xabar
o‘quvchini bu daxshatni tushunishiga zamin yaratadi. Endi G‘ulom boboning holi ne
kechadi? Ham ko‘zlarining oq-u qorasi bo‘lmish, endigina yigitlik yoshiga yetgan
arslondek Yolg‘izining ayovsiz urushda qon kechib yurgani, bir tomonda esa yolg‘iz
yelkadoshi, hamrohidan judo bo‘lganligi azobini anglash uchun bunday g‘amni
boshdan kechirmoq lozim. Endi uning mungli ko‘zlari eshikka tikildi, faqat eshikni
ko‘rdi, Yolg‘izning yo‘liga ko‘z tikdi…

“Paxsa devorga omonat ilingan pastak eshik tiq etsa, boboning yuragi shig‘

etadi. Joni halqumiga keladi. Nurab, to‘kilib ketaman deb turgan ozurda ko‘hna
kulbadan otilib chiqib, yalangoyoq yugurgilaydi”. Qariganda endigina farzandining
rohatini ko‘radigan mahal boboning bu achchiq qismatiga afsus chekishdan boshqa
iloj yo‘q. ovuldoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarining: Keladi, bobo, keladi, Yolg‘izingiz
keladi…”, - degan daldalari bilan yashab, o‘g‘lining qaytishini kutayotgan boboga
Yolg‘izning temir tobuti keldi… bobo garangsib, esi kirdi-chiqdi bo‘lib qoldi. Oradan
bir hafta o‘tib boboning oldiga qishloq maktabining direktori kelib, maktabni
o‘g‘lining nomi bilan Yolg‘iz Xolboyev nomi bilan atashi, marmartosh o‘rnatib,
ta’ziyanoma yozmoqchiligini aytganda, uning beozor, mungli ko‘nglidan nimalar
o‘tmadi ekan? U ichkari uyga kirib, eni bo‘yi yarim quloch keladigan marmar lavhga
o‘ralgan Yolg‘izning suratini olib chiqdi. Direktor marmartoshdagi Yolg‘izning
suratini hamda “Men otamdan oldin o‘lganman…” degan yozuvni ko‘rganda ko‘z
oldi qorong‘ulashib, ichidan o‘kirik kelgani, so‘ng undan uzr so‘ragani beixtiyor ko‘z
oldimizda gavdalanadi.

-

Uf-f… Kecha… Kecha rayon markaziga berib o‘zim tayyorlatib keldim. Shuni

qo‘yaman, - dedi bobo.

Voqeani hikoya qilayotgan yozuvchi boboning joni toshligi, boshi toshdanligi

uchun uzoq yashagani. Bu shafqatsiz dunyoga qasdma-qasd yashagani va yuz yoshga
yaqinlashib vafot etganini yozadi. Ammo, G‘ulom bobo singari qismatning achchiq
zahmatini, qiyinchiligini totgan inson uchun bu yorug‘ olamda yaqinlarisiz uzoq
hayot kechirish haqiqiy jahannamdir.

Hikoya qilguvchi xotira va qadrlash bayramida qishloqda bo‘lgani,

qabristonning kunbotarida Yolg‘iz yotgan qabr boshida askar kiyimida jilmayib
turgan o‘g‘lonning surati tagida: “Men otamdan oldin o‘lganman…” degan yozuvni
o‘qib o‘zini arang qo‘lga olgani, ammo G‘ulom boboning qabri boshidagi marmar
lavhga ko‘zi tushgach, ichidan ko‘pirib toshgan og‘riqli bo‘ronni to‘xtatolmay o‘kirib
yig‘lab yuborgani ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgandek go‘yo… Marmar lavhda G‘ulom


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

58

boboning achchiq qismatidan so‘z ochguvchi alamli iztirob yozilgan edi: “Men
bolamdan keyin o‘lganman…”

Xulosa qilib aytganda, hozirgi yosh avlod hayot, tinchlik va albatta, ota-ona

qadriga yetishi lozimligini eslatish shart! O‘zbek oilasida otaning o‘ziga xos o‘rni
bor. U oilaning sarbonidir. Otaning oiladagi o‘rnini o‘lchaydigan tosh-u tarozi yo‘q.
Farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi va faxrlanadi. Faqat otalargina
farzandini hayotdagi barcha og‘irliklarni aql-idrok, sabr-chidam, g‘ayrat va iroda
bilan yengib o‘tishga o‘rgata oladi.

Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo‘lishi, farzandlarning sog‘lon

va barkamol bo‘lishi, oilada sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzining mavjudligi
har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas’uliyatli va sharafli
vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag‘rur ko‘tarib, hayot qiyinchiliklariga
o‘zida kuch topib atrofdagilarga madadkor inson bu mo‘tabar onalarimiz. Haqiqatdan
ham, hamma kechasi uxlasa ham birgina zot farzandi haqida xavotirlanadi…
Uxlamaydi, qachon kelsa ham mijja qoqmay kutib o‘tiradi, xotirjam bo‘lmaydi
Ona… Qanday bebaho inson bo‘ldiki? Kechalari uyqusini kutishga almashsa.
Onalarni borida qadriga yetish kerak!

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

“Yoshlik” jurnali, 2017-yil, 4-son

2.

Qo‘chqor Norqobil. Urush surati (kichik hikoyalar)

3.

O‘zbek xalq maqollari

Библиографические ссылки

“Yoshlik” jurnali, 2017-yil, 4-son

Qo‘chqor Norqobil. Urush surati (kichik hikoyalar)

O‘zbek xalq maqollari