Авторы

  • Бакхром Норбаев
    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti
  • Абдурашид Джабборов
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti
  • Гульмира Нормуродова
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti

Биографии авторов

  • Бакхром Норбаев , Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti
    (PhD),
  • Абдурашид Джабборов , Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti
    Zoologiya kafedrasi biologiya fanlari doktori,professor
  • Гульмира Нормуродова , Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti
    Zoologiya kafedrasi tayanch-doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.77777

Ключевые слова:

sazan karp morfologik ko‘rsatkich akvakultura kenja tur zot venger karp baliq zoti veytnam karp baliq zoti mahsuldorlik.

Аннотация

Maqolada veytnam karp baliq zotining yaratilishi keltirilgan. Hozirgi vaqtda karpning quyidagi zot va zot guruhlari kelib chiqqan: venger, tatay, ukrain, ropshin,sarboyan, krasnodar, o‘rtarus, belorus, qozoq, nemis, vetnam, stavropol, va boshqa. Ancha keng tarqalgan zotlaridan venger, ukrain, chex va vetnam karp baliq zotlaridir. Mahalliy veytnam karplarining genetik ishlab chiqarish holatini yaxshilash maqsadida uchta genetik liniyali ya’ni mahalliy oq tusdagi karp × venger tangachali karp × indoneziya sariq tusdagi karpni o‘zaro chatishtirish yo‘li bilan yangi vetnam karp baliq zoti yaratilgan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 17 ~

VEYTNAM KARP BALIQ ZOTINING YARATILISHI

Norbaev Bakhrom Baxtiyorovich

(PhD), Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya

universiteti, Samarqand, Oʻzbekiston

Jabborov Abdurashid Rayimovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti

Zoologiya kafedrasi biologiya fanlari doktori,professor

Normurodova Gulmira G’ulom qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti

Zoologiya kafedrasi tayanch-doktoranti

Annotatsiya:

Maqolada veytnam karp baliq zotining yaratilishi keltirilgan.

Hozirgi vaqtda karpning quyidagi zot va zot guruhlari kelib chiqqan: venger, tatay,

ukrain, ropshin,sarboyan, krasnodar, o‘rtarus, belorus, qozoq, nemis, vetnam,

stavropol, va boshqa. Ancha keng tarqalgan zotlaridan venger, ukrain, chex va

vetnam karp baliq zotlaridir. Mahalliy veytnam karplarining genetik ishlab chiqarish

holatini yaxshilash maqsadida uchta genetik liniyali ya’ni mahalliy oq tusdagi karp ×

venger tangachali karp × indoneziya sariq tusdagi karpni o‘zaro chatishtirish yo‘li

bilan yangi vetnam karp baliq zoti yaratilgan.

Аннотация:

В статье описано создание вьетнамской породы карпа. В

настоящее время выведены следующие породы и породные группы карпа:

венгерский, татайский, украинский, ропшинский, сарбоянский, краснодарский,

среднерусский,

белорусский,

казахский,

немецкий,

вьетнамский,

ставропольский и другие. Среди наиболее широко распространенных пород –

венгерский, украинский, чешский и вьетнамский карп. С целью улучшения

генетической продуктивности местного вьетнамского карпа была создана новая

вьетнамская порода карпа путем скрещивания трех генетических линий:

местного белого карпа × венгерского чешуйчатого карпа × индонезийского

желтого карпа.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 18 ~

Abstract:

The article describes the development of the Vietnamese carp breed.

Currently, the following carp breeds and breed groups have been established:

Hungarian, Tatai, Ukrainian, Ropsha, Sarboyan, Krasnodar, Central Russian,

Belarusian, Kazakh, German, Vietnamese, Stavropol, and others. Among the most

widely distributed breeds are the Hungarian, Ukrainian, Czech, and Vietnamese carp.

To improve the genetic production quality of local Vietnamese carp, a new

Vietnamese carp breed was created through crossbreeding three genetic lines: local

white-colored carp × Hungarian scaled carp × Indonesian yellow-colored carp.

Kalit

so‘zlar:

sazan,karp,morfologik

ko‘rsatkich,akvakultura,kenja

tur,zot,venger karp baliq zoti,veytnam karp baliq zoti,mahsuldorlik.

Ключевые

слова:

сазан,

карп,

морфологический

показатель,

аквакультура, подвид, порода, венгерский порода, въетнамские порода,

рыбопродуктивность

Keywords:

Cyprinus carpio, carp, morphological indicator, aquaculture,

subspecies, breed, Hungarian carp, Vietnamese carp, fish productivity

KIRISH.

Sazan (Cyprinus carpio) – juda o‘zgaruvchan tur bo‘lib, turli yashash

akvatoriyalaridan ko‘plab turli xil populyatsion shakllarini o‘z ichiga oladi.

Morfologik ma’lumotlarga asoslanib, sazanning to‘rtta kenja turi aniqlangan ya’ni

Cyprinus carpio carpio (yevropa yoki ponto-kaspiy sazani), Cyprinus carpio

haematopterus (Amur daryosini basseynidan to Janubiy Xitoygacha), Cyprinus carpio

viridiviolaceus (janubiy veytnam sazani) va Cyprinus carpio aralensis (FAO, 2013;

Kirpichnikov, 1967). Mitoxodrial va mikrosatellit DNK tahlillariga asoslangan

keyingi genetik tadqiqotlar Cyprinus carpio aralensis ning kenja tur ekanligini

tasdiqlamadi.Chunki u genetik jihatdan Cyprinus carpio carpio ga yaqin. (Kohlmann

et al., 2003; Kohlmann et al., 2005; Memiş and Kohlmann, 2006).

Sazanning xonakilashtirilgan shakli karp deyiladi. Dastlab sazan 5000 yil oldin

Xitoyda

xonakilashtirilgan.

Xonakilashtirish

jarayonida

uning

morfologik

ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga olib kelgan. Tanasi kengayib, tana uzunligi qisqarib,

turli shakldagi tangachalar paydo bo‘lgan. Tangachalar tana bo‘ylab har joyga


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 19 ~

sochilgan yoki to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan. Hatto butkul tangachasizlarini ham

uchratish mumkin. Oynasimon (zerkalniy) karp juda katta tangachalarga ega, huddi

oynaga o‘xshash, nomi ham shundan kelib chiqqan. Katta tangachalar noto‘g‘ri qator

yoki tartibsiz joylashgan, shuningdek baliqning asosiy sezgi organi hisoblangan yon

chiziqlari bo‘ylab joylashgan.

Karp

(Cyprinus carpio L.) Karp dunyoning deyarli barcha, iliq chuchuk suv

havzalarida uchraydi. Sharqiy Yevropa va Osiyo davlatlari (Vengriya, Rossiya,

Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Vet’nam va boshqa) baliqchilik xo‘jaliklarida akvakultura

ob’ekti sifatida keng foydalaniladi.

Karp akvakultura sharoitida yetishtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda uchinchi

o‘rinda (oq amur, oqdo‘ngpeshona baliqlaridan keyin) tursa, O‘zbekiston va

Rossiyada birinchi o‘rinni egallaydi. FOA ma’lumotiga ko‘ra karp balig‘i 2022-yilda

dunyo bo‘yicha akvakultura sharoitida 4 mln tonnadan ortiq yetishtirilgan va 120

ming tonna ovlangan. Shu bilan birga akvakultura sharoitida karp balig‘ini

yetishtirish yildan yilga o‘sib bormoqda.

Hozirgi kunda karpning jahonda 100 ga yaqin zot va zot tiplari mavjud bo‘lib,

ular turli baliq yetishtirish joylarida yetilib standart talablarga javob beradi. Masalan,

yuqori darajada o‘sish va saqlanuvchanligi, qishni yaxshi o‘tkazishi, kasalliklarga

chidamligi va hakozalar. Ushbu xilma-xillik asosida karpning quyidagi zot va zot

guruhlari kelib chiqqan: venger, tatay, ukrain, ropshin (karp bilan amur sazani

gibridi), sarboyan, krasnodar, o‘rtarus, belorus, qozoq, nemis, vetnam, stavropol, va

boshqa. Ancha keng tarqalgan zotlaridan venger, ukrain, chex va vetnam karp baliq

zotlaridir. Vengriyada Akvakultura va baliq ovlash ilmiy-tadqiqot institutida karp

baliqlarining 30 dan ziyod zoti va krosslari yaratilgan. Rossiya Federatsiyasining

davlat regestr ro‘yhatiga karp baliqlarni 15 zoti, 3 zot tipi va 4 kross olingan.

Vetnam karp baliq zoti

Vetnam davlatida sanoat baliq ovlash va akvakultura sharotida karp balig‘ini

yetishtirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Vetnamning o‘zida karpning (Cyprinus

carpio) 8 ta mahalliy va 3 ta iqlimlashtirilgan shtamm (gibrid) va zotlari mavjud.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 20 ~

Vetnamning mahalliy (yovvoyi) karplari tropik iqlimga moslashgan bo‘lib,

tabiiy ozuqalarni yaxshi istemol qilishi, o‘simliklar va detritlar bilan ham oziqlanish

xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mahalliy vetnam karp baliqlari go‘shtining ta’mi

juda mazali bo‘lishi bilan birga, bir qancha kamchiliklari ham mavjud. Ularning tana

o‘lchami mayda, tovar baliq mahsuldorligi (riboproduktivnost) past va sekin

o‘sishidir.

Mahalliy vetnam karp baliqlarida 1969 yildan 1970 yilgacha ikki omil ya’ni

oziqlantirish va nasl ta’sirida baliqlarini ko‘payishida pasayish kuzatildi. Shu sababli

mahalliy vetnam karp baliqlarini yaxshi o‘sishini ta’minlash va tovar baliq

mahsuldorligini oshirish maqsadida Indoneziya sariq tusli sazan Vetnamga 1975

yilda oldin olib kelingan bo‘lsa, venger oynasimon karp C. Carpio 1970 yilda, venger

tangachali karpi esa 1975 yilda keltirilgan. Vetnamning nam tropik iqlim sharoitida

venger karp baliq zotlari kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lgan va yashovchanlik

ko‘rsatkichi past bo‘lgan. (Penman et al., 2005).

57-rasm. Vetnam karp baliq zoti

Hozir kundagi vetnam karpi uchta karp zotini chatishtirish natijasida kelib

chiqqan. Vetnamda yevropa karplarining yashovchanligini pastligi, tez o‘sishini

ta’minlash, baliq mahsuldorligini oshirish va mahalliy vetnam karplarining genetik

ishlab chiqarish holatini yaxshilash maqsadida uchta genetik liniyali ya’ni mahalliy

oq tusdagi karp × venger tangachali karp × indoneziya sariq tusdagi karpni o‘zaro

chatishtirish yo‘li bilan juftlash natijasida yangi vetnam karp baliq zoti yaratilgan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 21 ~

Shuning uchun vetnam karplari orasida sariq tusdagi (okraska) xillari ham uchrab

turadi. (Penman et al., 2005; Thai et al., 2006).

O‘zbekistonga birinchi marta vetnam karp baliq zoti 2016-2018 yillarda

vetnamlik investorlar tomonidan Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga, Samarqand

viloyati Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on tumanlariga va Navoiy viloyati Qiziltepa tumaniga

olib kelinib, xo‘jalik ekologik iqlim sharoitiga moslashtirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Норбоев Б. Четдан келтирилган карп балиқ зотларини Зарафшон

воҳасининг иссиқ ва қуруқ экологик иқлим шароитида иқлимлаштиришнинг

усуллари. Ж: Chorvachilik va naslchilik” 2020 yil № 4 son. – 34-36 betlar.

2. Норбоев Б.Б. Зарафшон дарёси сув ҳавзаларида товар балиқ

етиштиришда венгер карп балиқ зотидан самарали фойдаланиш. Дис. қ.х.ф.ф.д.

(PhD). Самарқанд – 2022. – 136 б.

3. Artem V. N. Genetic contribution of domestic European common carp

(Cyprinus carpio carpio) and Amur carp (Cyprinus carpio haematopterus) to the wild

Vietnamese carp population as revealed by ddRAD sequencing. Aquaculture, journal

/ Elsevier Volume 544, 15 November 2021, 737049

4. Klaus Kohlmann, Petra Kersten, Martin Flajšhans. Microsatellite-based

genetic variability and differentiation of domesticated, wild and feral common carp

(Cyprinus carpio L.) populations. Aquaculture, journal / Elsevier Volume 247, Issues

1–4, 30 June 2005, Pages 253-266

5. FAO.Rome/ The state of World fishirs and aquaculture/2024. – 234 p.

6. Thai B.T., Pham T.A., Austin C.M. Genetic diversity of common carp in

Vietnam using direct sequencing and SSCP analysis of the mitochondrial DNA

control region. Aquaculture № 258. journal / Elsevier B.V. 2006. -P. 228-240.

Библиографические ссылки

Норбоев Б. Четдан келтирилган карп балиқ зотларини Зарафшон воҳасининг иссиқ ва қуруқ экологик иқлим шароитида иқлимлаштиришнинг усуллари. Ж: Chorvachilik va naslchilik” 2020 yil № 4 son. – 34-36 betlar.

Норбоев Б.Б. Зарафшон дарёси сув ҳавзаларида товар балиқ етиштиришда венгер карп балиқ зотидан самарали фойдаланиш. Дис. қ.х.ф.ф.д. (PhD). Самарқанд – 2022. – 136 б.

Artem V. N. Genetic contribution of domestic European common carp (Cyprinus carpio carpio) and Amur carp (Cyprinus carpio haematopterus) to the wild Vietnamese carp population as revealed by ddRAD sequencing. Aquaculture, journal / Elsevier Volume 544, 15 November 2021, 737049

Klaus Kohlmann, Petra Kersten, Martin Flajšhans. Microsatellite-based genetic variability and differentiation of domesticated, wild and feral common carp (Cyprinus carpio L.) populations. Aquaculture, journal / Elsevier Volume 247, Issues 1–4, 30 June 2005, Pages 253-266

FAO.Rome/ The state of World fishirs and aquaculture/2024. – 234 p.

Thai B.T., Pham T.A., Austin C.M. Genetic diversity of common carp in Vietnam using direct sequencing and SSCP analysis of the mitochondrial DNA control region. Aquaculture № 258. journal / Elsevier B.V. 2006. -P. 228-240.