Авторы

  • Шохрух Шамиев
    Invest Finance bank AJ

Биография автора

  • Шохрух Шамиев , Invest Finance bank AJ
    Iqtisodchi – moliyachi, tadqiqotchi, magistr, xodim

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.77781

Ключевые слова:

Kapital bozori emitent investor professional ishtirokchi aktiv majburiyat kredit depozit investitsion bank aksiya obligatsiya.

Аннотация

Maqolada bank tizimining moliya bozorida va xususan kapital bozoridagi ahamiyati yoritib berilgan. O‘zbekiston bank tizimining joriy ko‘rsatkichlari, kapital bozorida ular aksiyalariga talab va pul kredit siyosatining moliya bozoridagi roli tahlil qilingan. Investitsion banklar tashkil etilishi istiqbolda kapital bozorida savdoni yanada rivojlantirish omili sifatida ko‘rib chiqilgan va O‘zbekistonda ushbu turdagi banklarni tashkil etish taklif sifatida berilgan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 37 ~

BANK TIZIMINING KAPITAL BOZORIGA TA’SIRI TAHLILI

Shamiyev Shohruh Shakar o‘g‘li

Iqtisodchi – moliyachi, tadqiqotchi, magistr Invest Finance bank AJ xodimi

Annotatsiya:

Maqolada bank tizimining moliya bozorida va xususan kapital

bozoridagi ahamiyati yoritib berilgan. O‘zbekiston bank tizimining joriy

ko‘rsatkichlari, kapital bozorida ular aksiyalariga talab va pul kredit siyosatining

moliya bozoridagi roli tahlil qilingan. Investitsion banklar tashkil etilishi istiqbolda

kapital bozorida savdoni yanada rivojlantirish omili sifatida ko‘rib chiqilgan va

O‘zbekistonda ushbu turdagi banklarni tashkil etish taklif sifatida berilgan.

Kalit so‘zlar:

Kapital bozori, emitent, investor, professional ishtirokchi, aktiv,

majburiyat, kredit, depozit, investitsion bank, aksiya, obligatsiya.

Qimmatli qog‘ozlar bozori tizimining shakllanishi va faoliyat yuritishida banklar

qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga

nisbatan banklar juda qulay vaziyatga egaligi juda muhim o‘rin tutmoqda.

Birinchidan, banklarda an’anaviy tarzda moliya sohasida yuqori malakaga, jumladan,

fond bozori to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga ega yuqori malakali xodimlar faoliyat

yuritadi. Ikkinchidan, banklar to‘g‘risidagi qonunchilik aksiyadorlik jamiyati shaklida

tashkil etilishini, ya’ni aksiyadorlik jamiyati sifatida aksiya emissiya qilish orqali

fond bozoriga kirib kelishini nazarda tutadi. Uchinchidan, boshqa oddiy korxona va

tashkilotlardan farqli ravishda bugungi kunda banklarda fond bozoriga sezilarli ta’sir

ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik investor sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan, yirik

miqdorda ham xususiy, ham qarz mablag‘lari resurslari jamg‘arganligi o‘ziga xos.

Nihoyat, respublikamizda qonunchilikka asosan banklarning qimmatli qog‘ozlar

bozorida ishtiroki hech qanday usul bilan cheklanmagan bo‘lib, shuningdek, o‘z

mijozlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lish

orqali, bunday ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishda oddiy investorlarga nisbatan

sezilarli ustunlikka ega hisoblanadi.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 38 ~

Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirokining boshqa qimmatli

qog‘ozlar bozori ishtirokchilaridan farqli o‘ziga xos xususiyati uning quyidagi bir

nechta vazifalarda bir paytda ishtirok etishi mumkin:

1. Qonunlarda belgilangan tartibda aksiya, obligatsiya, deposit sertifikati va

bank vekseli emitenti kabi ko‘plab qimmatli qog‘ozlar emitenti sifatida;

2. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlarini

xarid qilish orqali investor sifatida;

3. Vositachilik xizmati, maslahat, o‘z mijozlariga depozit xizmatlari, qimmatli

qog‘ozlar bozori boshqaruvchisi vazifasini ko‘rsatish orqali fond bozorining

professional ishtirokchisi sifatida.

Albatta, tijorat banklari moliya sektori vakili bo‘lganligi, yuqori daromad

keltiruvchi, ishonchli, bankrotlik riski past bo‘lganligi sababli, ular tomonidan

emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar iqtisodiyotning boshqa sektorlariga nisbatan

sezilarli darajada yuqori jozibadorlikka ega hisoblanadi.

Tijorat banklari aholidan bo‘sh pul mablag‘larini omonat sifatida jalb etgan

holda ehtiyoji bor yuridik va jismoniy shaxslarga kredit berish orqali mamlakatdagi

pul resurslarni qayta taqsimlashda qatnashishdan tashqari, qarz qimmatli qog‘ozlari

emissiyasi bilan ham yirik miqdordagi mablag‘larni jalb qilishdan keng foydalanib

kelmoqda.

Tijorat banklari yirik resurslarga egalik qiladi. Albatta, davlat banklarining

xususiylashtirilishi va ma’lum bir shaxslarga egalikni o‘tkazilishi menejmentni, risk

appetitini va resurslar taqsimotini isloh qilgan holda samaradorlikni oshirishga, shu

bilan birga bank tizimida sog‘lom raqobatning yanada kuchayishiga olib keladi.

Sababi, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra davlat banklari resurslari umumiy bank

tizimida katta ulushni tashkil etadi, hamda tavakkalchilik darajasini ham yuqori

miqdorda belgilaydi.

2024 yil 1 yanvar va 2025 yil 1 yanvar sanalariga doir quyidagi jadvaldan

ko‘rish mumkinki, o‘tgan davda mamlakatimiz bank tizimi aktivlari 652 157,0 mlrd

so‘mdan 769 330,0 mlrd.so‘mga yoki 18,0 %ga, majburiyatlari 555 078,0

mlrd.so‘mdan, 654 538,0 mlrd.so‘mga yoki 18,5 %ga oshganligini ko‘rishimiz


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 39 ~

mumkin. Kredit qo‘yilmalarining depozitlarga nisbati esa 195 %dan, 173 %ga

tushganligi bank tizimi tavakkalchilik darajasi pasayganligini ko‘rsatmoqda.

1

jadval

Bank tizimi moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot. (mlrd.so‘mda)

Ko‘rsatkich

nomi

01.01.2024 y.

01.01.2025 y.

O‘tga

n yilga

nisbat

an

Jami

shundan:

Jami

shundan:

Davlat

ulushli

Boshqa
banklar

Davlat

ulushi

bor

Boshq

a

bankla

r

Aktiv/

majburiyat

117%

117%

119%

118%

116%

120%

Aktivlar

652
157

441 562 210 595

769
330

503 187

266
143

118%

Majburiyatlar

555
078

378 483 176 595

654
538

433 012

221
526

118%

Kredit/
depozit

195%

268%

118%

173%

237%

108%

Kreditlar

471
406

333 219 138 186

533
121

366 731

166
391

113%

Depozitlar

241
687

124 305 117 381

308
692

154 511

154
181

128%

Manba:

Markaziy bank rasmiy sayti –

www.cbu.uz

statistika bo‘limi.

Banklar omonat jalb qilish va kredit berish bilan resurslarni qayta qayta

taqsimlashda yaqqol peshqadam bo‘lib, REPO bitimlari, qarz va ulushli qimmatli

qog‘ozlar emissiyasi orqali yirik miqdordagi mablag‘lar aylanishida muhim o‘rin

tutsada birjada qimmatli qog‘ozlar savdosida ishtiroki ahamiyatli darajada faol

hisoblanmaydi. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki:

1.

Banklarning investitsiya faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar. 2019 yil 5

noyabrda qabul qilingan 580 sonli yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati

to‘g‘risida”gi qonunda bir qancha cheklovchi shartlar ko‘rsatib o‘tilgan.

2.

Ushbu qonunga muvofiq tijorat banklari sarmoyador sifatida ega

bo‘lishiga ruxsat etilgan soha tashkilotlari qimmatli qog‘oazlarini xarid qilish

jozibador hisoblanmaydi. Sababi, qonunda ruxsat etilgan soha tashkilotini xarid


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 40 ~

qilishdan ko‘ra bank nomi ishtirok etgan o‘z shaxsiy brendidagi yangi tashkilotni

ta’sis etish imkoniyati mavjudligi.

3.

Yuqori jozibadorlikka ega qimmatli qog‘ozlar tijorat banklari emissiya

qilgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi, shu sababli banklar qimmatli qog‘ozlarga

investitsiya qilishga nisbatan asosiy faoliyatidan yuqori daromad ko‘radi.

4.

Yuqoridagi qonunga asosan banklar ulushdor yoki aksiyador bo‘lishiga

ruxsat etilgan tashkilotlarda o‘ziga xoslikning, yangicha moliyaviy – texnologik

yechimlarning, innovatsiyalarning, aksiya yuqori narx o‘zgaruvchanligining mavjud

emasligi barcha turdagi investorlarda qiziqish yuqori bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi.

5.

Tijorat banklari tarixan institutsional investor hisoblanadi. Shu sababdan

yuqoridagi ro‘yxati keltirilgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar qimmatli

qog‘ozlari xarid qilinganda uzoq muddatga va yirik ulushi xarid qilinadi.

6.

Yuqoridagi ro‘yxati keltirilgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar

ustav kapitaliga yuqori talablar qo‘yilishi, ularning kam sonda ochilishiga olib

kelgan. Bunda asosiy faoliyati moliya sohasi bo‘lgan, salohiyatli kadrlarga ega

banklar o‘zlari ta’sischi sifatida ishtirok etgan holda ko‘pincha nazorat paketini

o‘zida saqlab qoladi.

7.

2019 yil 5 noyabrda qabul qilingan 580 sonli yangi tahrirdagi “Banklar

va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 22 moddasida boshqa bank aksiyalarni

olishda Markaziy bank va monopoliyaga qarshi davlat organi xulosasi olinishi talab

etilgan. Boshqa banklar aksiyalarini xarid qilishda 2 tagacha davlat nazorat

organlaridan ruxsat olinishi boshqa banklar aksiyalarini xarid qilishga bo‘lgan

qiziqishni ham pasaytiradi.

Jahon amaliyotida investitsion banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida muhim o‘rin

tutadi. Investitsion banklar kredit berish va omonat qabul qilish kabi mijozlar bilan

ishlash faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, balki brokerlar singari qimmatli qog‘ozlar

aylanmasida vositachilik faoliyati, hamda bevosita o‘z mablag‘i hisobiga qimmatli

qog‘ozlar xarid qilish bilan shug‘ullanadi. Investitsion banklar faoliyatini an’anaviy

tarzda Markaziy banklar emas, balki qimmmatli qog‘ozlar faoliyati nazorati organi

nazorat qilinadi.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 41 ~

Toshkent fond birjasi sayti ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yil davomida 11 109 ta

jami 857,9 mlrd.so‘mlik bitim tuzilgan bo‘lib, jami bitimlarning 5 065 tasi bank

sektoriga doir hisoblanadi. Bank sektori qimmatli qog’ozlari bilan bog’liq bitimlar

hajmi 815,9 mlrd.so‘mni yoki jami shartnomalarning 95,1 foizini tashkil etadi.

2025 yilning 1 yanvar holatiga “Toshkent” Respublika fond birjasida bank,

mikromoliya tashkiloti, lizing kompaniyasi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 7 ta

tashkilotning 13 ta qarz qimmatli qog‘ozlari mavjud. Ushbu 13 ta qimmatli qog‘oz

emissiyasi orqali 825,24 mlrd.so‘m mablag‘ jalb etilgan bo‘lsa, shundan 145,2

mlrd.so‘mi ya’ni jami emissiyaning 17,59 foizi 3 ta tijorat banklariga to‘g‘ri kelyapti.

Bundan ko‘rinib turibdiki, qarz qimmatli qog‘ozlarining barchasi moliya sohasida

faoliyat yurituvchi tashkilotlar tomonidan chiqarilgan bo‘lib unda banklar ulushi

salmoqli o‘rin tutmoqda.

2

jadval

O‘zbekistonda mavjud obligatsiyalar to‘g‘risida. (2025 yil 1 yanvar)

Emitent

Tikker

Emissiya
sanasi va

so‘ndirili

sh sanasi

Kupon

stavkasi

Bitta

bondning

nominal

qiymati

(so‘m)

Emissiy

a

qilinga

n

bondla

r soni

1

“Asia

Alliance

Bank” ATB

AABK1 15.07.201

9-

15.07.202

6

MB asosiy

stavkasiga

+4%

1 000 000,00

45 175

2

“Kapitalbank

” ATB

KPB4

13.05.202

0-

21.05.202

7

MB asosiy

stavkasiga

+5%

1 000 000,00

50 000

3

“Biznes

finans

mikromoliya

tashkiloti”

MChJ

BFMT3

16.09.202

2-

30.08.202

5

27,00%

1 000 000,00

6 565

4

BFMT3

V2

09.10.202

3-

13.09.202

6

27,00%

100 000,00

200 000

5

BFMT3

V3

29.11.202

4-

27,00%

100 000,00

300 000


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 42 ~

20.11.202

7

6

“Hamkor

invest lizing”

MChJ

HKIL3

25.04.202

3-

06.05.202

6

18,00%

1 000 000,00

17 500

7

“Hamkorbank

” ATB

HMBK1 01.05.202

4-

24.04.202

5

22,00%

1 000 000,00

50 000

8

“Imkon

finans

mikromoliya

tashkiloti” AJ

IFMT3

10.04.202

3-

25.03.202

6

28,00%

1 000 000,00

6 000

9

IFMT4

24.04.202

4-

09.04.202

7

28,00%

1 000 000,00

10 000

10

“O‘zbekiston

ipotekani

qayta

moliyalashtiri

sh

kompaniyasi”

AJ

IQMK3

08.08.202

4-

17.10.202

6

19,00%

1 000 000,00

140 000

11

IQMK3

V2

08.08.202

4-

08.07.202

7

19,00%

1 000 000,00

150 000

12

IQMK5E 16.09.202

4-

18.09.202

9

18,00%

1 000 000,00

50 000

13

IQMK3

V4

13.11.202

4-

17.11.202

7

19,00%

1 000 000,00

250 000

Tijorat banklari aksiyalari ishonchli va nisbatan yuqori daromadli bo‘lganligi

sababli jozibador hisoblanadi. Aksiyalar jozibador bo‘lganligi natijasida oldi sotdi

amaliyotlarida qatnashuvchilar soni ancha yuqori bo‘lganligi natijasida qimmatli

qog‘ozlar aylanmasi tezligi yuqori bo‘ladi va bu o‘z navbatida yuqori narxlar

o‘zgaruvchanligini keltirib chiqaradi.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 43 ~

Yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganib, milliy iqtisodiyot holatini hisobga

olgan holda mamlakatimizda investitsion banklar faoliyatiga bosqichma – bosqich

ruxsat berilishi kapital bozorining yanada rivojlanishining muhim omili bo‘ladi.

AQShda tarixan banklar an’anaviy bank faoliyati bilan birga investitsion faoliyat

bilan shug‘ullanib kelgan. 1929 yilda boshlangan iqtisodiy inqiroz – Buyuk

depressiya davrida jami banklarning 40 foizdan ortig‘i, 10 000 dan ortiq banklar

bankrot bo‘ladi. 1933 yilda investitsion va tijorat banklar faoliyati alohida bo‘lishi

lozimligi to‘g‘risida qonun qabul qilingan. Shu sababdan, hozirda mamlakatimizda

faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tijorat banklariga investitsion faoliyat bilan

shug‘ullanishga ruxsat berish ijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin.

3

jadval

Top 10 ta eng likvid qimmatli qog‘ozlar bozori narxi dinamikasi.

Emitent nomi

Tiker

Soni

1

O‘zbekiston Respublikasi Tovar – xomashyo birjasi

URTS

1 668

2

AT Aloqabank imtiyozli aksiyasi

ALKBP

1 001

3

AT Aloqabank oddiy aksiyasi

ALKB

701

4

Chilonzor buyum savdo kompleksi AJ

CBSK

605

5

Ipotekabank ATIB

IPTB

433

6

Uztelekom AK

UZTL

381

7

Ipak yo‘li bank ATIB

IPKY

363

8

O‘zbekneftgaz AJ

UZNGP

360

9

Turonbank ATB

TNBN

341

10

ChEKI Hamkorbank ATB

HMKB

324

Manba:

Toshkent fond birjasi sayti statistik ma’lumotlari

Aksiyalar narxlarining yuqori o‘zgaruvchanligi spekulyativ treyderlarni o‘ziga

jalb etadi natijada savdo hajmlari yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Top 10 ta qimmatli

qog‘ozlar ro‘yxatida 6 ta o‘rinni banklar qimmatli qog‘ozlari egallab turganligi

banklar aksiyalari jozibadorligi qanchalik ekanligini aniqlab bermoqda.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 44 ~

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Moliya bozori: Darslik / S.Elmirzayev va boshqalar; – T.: “Iqtisod-

moliya”, 2019. – 324 b.

2.

Korporativ moliya: Darslik / S.Elmirzayev; – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019.

– 364 b.

3.

Korporativ moliya strategiyasi: Darslik / S.Elmirzayev, H.Ahmedov; –

T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 192 b.

4.

Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar: Darslik / S.Elmirzayev va

boshqalar; – T.: “Diadema Nur Servis”, 2023. – 412 b.

5.

2019 yil 5 noyabrda qabul qilingan 580 sonli yangi tahrirdagi “Banklar

va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni

6.

2014 yil 12 sentabrdagi 375 sonli yangi tahrirdagi “Birjalar va birja

faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni

7.

2008 yil 22 iyuldagi 122 sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi

qonun

8.

O‘zbekiston Respublikasi fond birjasining 2024 yil iyul oyi Birjaviy

tahlil ma’lumotlari

9.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki statistik ma’lumotlari –

www.cbu.uz

10.

O‘zbekiston Respublikasi fond birjasi sayti -

www.uzse.uz

11.

Internet - ensiklopediya -

en.wikipedia.org

Библиографические ссылки

Moliya bozori: Darslik / S.Elmirzayev va boshqalar; – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 324 b.

Korporativ moliya: Darslik / S.Elmirzayev; – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 364 b.

Korporativ moliya strategiyasi: Darslik / S.Elmirzayev, H.Ahmedov; – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 192 b.

Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar: Darslik / S.Elmirzayev va boshqalar; – T.: “Diadema Nur Servis”, 2023. – 412 b.

2019 yil 5 noyabrda qabul qilingan 580 sonli yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni

2014 yil 12 sentabrdagi 375 sonli yangi tahrirdagi “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni

2008 yil 22 iyuldagi 122 sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonun

O‘zbekiston Respublikasi fond birjasining 2024 yil iyul oyi Birjaviy tahlil ma’lumotlari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki statistik ma’lumotlari – www.cbu.uz

O‘zbekiston Respublikasi fond birjasi sayti - www.uzse.uz

Internet - ensiklopediya - en.wikipedia.org