Авторы

  • М.А. Кучкаров
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  • О. Розиева
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Биографии авторов

  • М.А. Кучкаров, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
    “Kimyo va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsent v.b. PhD.
  • О. Розиева, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.77787

Ключевые слова:

Kimyo tarixi hayotiy tajribalar bioximyoviy jarayonlar qatiq ivitish sumalak tayyorlash mikrobiologiya fermentatsiya probiotiklar ekologiya tibbiyot.

Аннотация

Ushbu maqolada kimyoning inson kundalik hayotidagi qo‘llanilishi tarixi tahlil etilgan. Kimyo, qadim zamonlardan buyon insoniyatning turli sohalarida qo‘llanilib, jamiyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan. Kimyoning tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, kosmetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalardagi foydalanish tarixiga oid ilmiy faktlar va misollar keltirilgan. Tadqiqot, kimyoning insonning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rnini chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, u uning rivojlanish jarayonidagi muhim bosqichlarni yoritadi va hozirgi kunda kimyoning kundalik hayotda qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 69 ~

QADIMDAN INSON TURMUSHIDA KENG QO‘LLANILIB KELINGAN

KIMYOVIY JARAYONLAR

M.A.

Kuchkarov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Kimyo va uni o‘qitish

metodikasi kafedrasi dotsent v.b. PhD.

O. Ro‘ziyeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kimyoning inson kundalik hayotidagi

qo‘llanilishi tarixi tahlil etilgan. Kimyo, qadim zamonlardan buyon insoniyatning

turli sohalarida qo‘llanilib, jamiyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan.

Kimyoning tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, kosmetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa

ko‘plab sohalardagi foydalanish tarixiga oid ilmiy faktlar va misollar keltirilgan.

Tadqiqot, kimyoning insonning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rnini chuqur tahlil

qilishga qaratilgan bo‘lib, u uning rivojlanish jarayonidagi muhim bosqichlarni

yoritadi va hozirgi kunda kimyoning kundalik hayotda qanday ahamiyatga ega

ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Kimyo tarixi, hayotiy tajribalar, bioximyoviy jarayonlar, qatiq

ivitish, sumalak tayyorlash, mikrobiologiya, fermentatsiya, probiotiklar, ekologiya,

tibbiyot.

Kimyo tarixi insoniyatning eng qadimgi ilmiy sohalaridan biri sifatida, ilm-fan

va madaniyatning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Qadimda kimyo, alkimyo

shaklida mavjud bo‘lib, insonlar metallarning sirli o‘zgarishini va ularning boshqa

moddalar bilan reaksiyaga kirishish xususiyatlarini o‘rganishga intilishgan.

Alkimyoviy tajribalar, shubhasiz, zamonaviy kimyoning poydevorini yaratdi, chunki

bu jarayonlar ilmiy metodologiyaning rivojlanishiga olib keldi. Keyinchalik, Boyl

qonuni va Lavuazening kashfiyotlari kimyoning asosiysi bo‘lib, uni ilmiy talqin


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 70 ~

qilishga sabab bo‘ldi hamda bugungi kungacha ko‘plab jarayonlarni tushuntirishda

asosiy bilim manbaiga aylandi.

Kimyo va biologiya o‘rtasidagi kesishgan sohalar, xususan, biokimyoviy

jarayonlar, eng qiziqarli va dolzarb ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.

Biokimyoviy jarayonlar organizmdagi moddalar almashinuvini va energiya oqimini

o‘rganish uchun ilmiy asos bo‘lib, bu jarayonlarning aniqlanishi tibbiyot, ekologiya

va biotexnologiyalarda katta ahamiyatga ega. Odam tanasida amalga oshadigan

kimyoviy reaksiyalar va ular bilan bog‘liq energiya o‘zgarishlari, masalan,

fermentatsiya va oksidlanish-reduksion reaksiyalar, hayotning davomiyligini

ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega [1].

Odamlarning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan qatiq ivitish, mikrobiologiya

va probiotiklar bilan bog‘liq jarayonlar, asosan, fermentatsiya hodisasining misolidir.

Qatiq, dunyoning turli burchaklarida qadim zamonlardan beri tayyorlanadigan

mahsulotlardan biridir. Uning tayyorlanish jarayoni mikrobiologik va biokimyoviy

jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Sutga probiotik bakteriyalar qo‘shilganida, ular

sut shakarini (laktoza) fermentatsiya qilib, sut kislotasi va boshqa kimyoviy

birikmalar hosil qiladi. Natijada, sutning pH darajasi pasayib, kazein oqsili

koagulyatsiya qilishi tufayli qatiq hosil bo‘ladi. Qatiq ivitish jarayoni, sutdagi

laktozani laktobasillarning fermentatsiyasi orqali sut kislotasiga aylantirishni o‘z

ichiga oladi. Bu jarayon faqat mikroorganizmlar faoliyatini tushunish orqali

izohlanishi mumkin [2]. Qatiq tayyorlashda, mikroorganizmlar fermentatsiya orqali

sut tarkibidagi laktozani fermentatsiya qiladi va natijada sifatli probiotiklar hosil

bo‘ladi. Probiotiklar, o‘z navbatida, ichak mikroflorasining salomatligini saqlashda

va immun tizimining samarali ishlashida yordam beradi. Shunday qilib, qatiq ivitish

nafaqat ozuqa tayyorlash san’ati, balki inson salomatligini mustahkamlashdagi ilmiy

jarayon sifatida ham ahamiyatlidir.

Sumalak - Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy taomini tayyorlash

jarayonidir. Bu jarayon o‘zida bir necha biokimyoviy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

Fermentatsiya jarayoni, sumalakning xushbo‘y hidini va maxsus ta’mini beradi.

Fermentatsiya jarayoni davomida bug‘doydagi ozuqa moddalarining (qandlar,


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 71 ~

oqsillar, vitaminlar va minerallar) hosil bo‘lishi ko‘p miqdorda bo‘ladi, bu esa

sumalakni energiya bilan boyitadi va uning foydaliligini oshiradi.

Sumalak tayyorlash ham fermentatsiya jarayoniga asoslangan an’anaviy va

biokimyoviy jihatdan foydali bo‘lgan kashfiyotlardan biridir. Bu jarayonda, bug‘doy

ko‘kati (amilaza) ishtirokida un tarkibidagi kraxmal gidroliz qilinib glyukoza hosil

qilinadi. Sumalak tarkibidagi vitaminlar va minerallar, ayniqsa antioksidantlar,

organizmni yangilash va energiya bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi [3].

Mikrobiologiya, o‘z navbatida, mikroorganizmlar - bakteriyalar, zamburug‘lar

va viruslarning tabiati, xususiyatlari va ular bilan bog‘liq biologik jarayonlarni

o‘rganadigan ilmiy soha sifatida, kimyo va biologiyaning ajralmas qismiga aylangan.

Fermentatsiya jarayonining mikrobiologik asoslari ko‘plab biologik va sanoat

jarayonlarida qo‘llaniladi. Misol uchun, spirtli ichimliklar, non va pishiriqlar

tayyorlashda, fermentlar yordamida, tabiiy ravishda amalga oshiriladigan kimyoviy

o‘zgarishlar hayotimizning bir qismi bo‘lib qolgan. Fermentatsiya jarayonida

o‘simlik va hayvon hujayralarida energiya ishlab chiqarish uchun kislorod o‘rnini

olish jarayoni ro‘y beradi, bu jarayonlarning ko‘plari mikrobiologik tizimlar

tomonidan nazorat qilinadi.

Probiotiklar - bu sog‘liqni saqlashda muhim rol o‘ynaydigan, organizmdagi

foydali mikroorganizmlar. Ularning ekologik roli juda katta, chunki probiotiklar

ichak florasining muvozanatini saqlashga yordam beradi va shuning uchun ichakning

metabolik jarayonlarini optimallashtiradi. Probiotiklarning ekologik tizimdagi

ahamiyati, ular hayvonlar va o‘simliklar bilan o‘zaro ta’sirlashish va biologik

o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi. Shu tarzda, probiotiklar

nafaqat odam organizmida, balki tabiiy muhitda ham muhim o‘rin tutadi, chunki ular

ekologik zanjirning ajralmas qismi hisoblanadi.

Tibbiyotda

biokimyoviy

jarayonlarning

o‘rganilishi hayotning asosiy

jarayonlarini, shu jumladan genetik tizimlar, hujayra funksiyalari va metabolik

yo‘llarni tushunishga olib keladi. Biotexnologiya, o‘z navbatida, bu bilimlarni

sanoatda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. G‘oyat ilg‘or texnologiyalar, masalan,

genetik modifikatsiya qilingan mikroorganizmlar yordamida tibbiy dorilar ishlab


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 72 ~

chiqarish yoki kasalliklarni davolash, kimyo va biologiya o‘rtasidagi uyg‘unlikni

namoyon etadi. Kimyo va biotexnologiyaning rivojlanishi o‘zgaruvchan global

ekologik va ijtimoiy sharoitlarda inson salomatligini saqlashda samarali yechimlarni

taqdim etadi.

Kimyo, biologiya, mikrobiologiya, ekologiya va tibbiyot sohalarining o‘zaro

bog‘liqligi, insoniyatning hayotiy faoliyatini tushunishga, muammolarga yechimlar

topishga va tabiat bilan uyg‘un yashashga yordam beradi. Bu ilmiy tadqiqotlar va

tajribalar nafaqat ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga, balki ijtimoiy va

ekologik barqarorlikni saqlashga ham xizmat qilmoqda [4].

Bug‘doydan non yopish jarayonida bir qancha biokimyoviy jarayonlar sodir

bo‘ladi. Bug‘doy unida kraxmal, polisaxarid bo‘lib, non yopish jarayonida muhim

o‘zgarishlarga uchraydi. Amilaza ferment kraxmalni maltoza (ikki molekulali shakar)

va boshqa qisqa zanjirli shakarlarni hosil qilguncha parchalaydi. Maltoza, o‘z

navbatida, xamirturush tomonidan fermentlanadi va spirt hamda karbonat angidrid

(gaz) hosil qiladi, bu esa nonni ko‘pchishiga sabab bo‘ladi. Xamirturush non

tayyorlashda asosiy biologik vosita hisoblanadi. Maltoza va boshqa shakarlardan

foydalanib, xamirturush etil spirit va karbonat angidrid gazini hosil qiladi. Bu jarayon

alkogol fermentatsiyasi deb ataladi. Fermentatsiya jarayonida hosil bo‘lgan karbonat

angidrid gazlari xamirning ko‘tarilishiga olib keladi, nonning tuzilishini

shakllantiradi. Bu jarayon yuqori darajada kimyoviy reaksiyalarga asoslangan bo‘lib,

ko‘plab kichik o‘zgarishlar va energiya ajralishini ta’minlaydi.

Bug‘doyning unida mavjud bo‘lgan proteinlar (asosan glutenin va gliadin) suv

bilan aralashganda, ular elastik massa hosil qiladi, bu esa testoning tuzilishini beradi.

Testo qo‘lda yoğirilganda, gluten molekulalari bir-biriga bog‘lanib, kuchli va elastik

massaga aylanadi. Glutenning hosil bo‘lishi nonning tuzilishi va strukturasiga ta’sir

qiladi, uni to‘g‘ri hamda g‘ovak holga keltirishda yordam beradi. Nonni tayyorlash

jarayonida, uni ta’mini shakllantirish uchun saxaridlar va kislotalar kimyoviy

o‘zgarishga uchraydi. Nonning pishish jarayonida, xamirturush ta’sirida hosil bo‘lgan

moddalar (spirt va organik kislotalar) nonning o‘ziga xos xushbo‘y ta’mini

belgilaydi. Pishirish jarayonida yuzaga keladigan kimyoviy o‘zgarishlar ham juda


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 73 ~

muhim bo‘lib, harorat oshganda, xamirturush ta’siri to‘xtaydi va undan keyin

kraxmalning karamellanishi boshlanadi, bu esa nonning tashqi ko‘rinishini, rangini,

mazasini belgilaydi. Karamellanish jarayoni - bu aminokislotalar va shakarlar

o‘rtasida yuzaga keladigan kimyoviy reaktsiyadir. Bu reaksiyalarning natijasida

nonning tashqi qismi shirin va jozibali rangga ega bo‘ladi. Non yopish jarayonida,

ichki va tashqi namlik o‘zgaradi, ichki namlik bug‘lanadi hamda bu jarayonni to‘g‘ri

boshqarish nonning yaxshi pishishiga olib keladi. Yaxshi pishgan nonning ichki

qismi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi, tashqi qismi esa qattiq, oltin rangga ega bo‘ladi.

Pishirish jarayonida, xamirturush tomonidan ishlab chiqarilgan spirt bug‘lanadi. Bu

jarayonning natijasida, nonning ichki qismlarida spirtli gaz va karbonat angidrid

gazlari hosil bo‘ladi, bu esa nonning ko‘tarilishi va strukturasining o‘zgarishiga olib

keladi. Bu jarayon nonning yumshoq va g‘ovak bo‘lishiga yordam beradi. Nonni

tayyorlash, nafaqat kulinariya san’ati, balki ilm-fan nuqtai nazaridan ham juda

murakkab va qiziqarli jarayon hisoblanadi.

Foydalanilagn adabiyotlar:

1. Kuchkarov, M. (2023). Kimyodan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni

shakllantirishda turli mantiqiy yondashuvlardan foydalanish. Theoretical and

experimental chemistry and modern problems of chemical technology, 1(01).

2. Asamovich, K. M. (2023). Таълимда объект ва субъектлар орасидаги

муносабатларнинг фаоллик даражасига кўра қўлланиладиган метод шакллари.

In Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies (Vol. 2, No. 1,

pp. 165-168).

3. Кучкаров, М. А. (2010). Использование естественной продукции в

химическом эксперименте. Педагогические науки, (4), 27-28.

4. Yuldashevich, I. A., Asamovich, K. M., & Ergashovich, S. I. (2023).

Eksperimental tajribalar yordamida oʻquvchilarda tadqiqotchilik, amaliy va tabiiy-

ilmiy savodxonligini shakllantirish. Innovation: The journal of Social Sciences and

Researches, 1(5), 59-67.

Библиографические ссылки

Kuchkarov, M. (2023). Kimyodan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishda turli mantiqiy yondashuvlardan foydalanish. Theoretical and experimental chemistry and modern problems of chemical technology, 1(01).

Asamovich, K. M. (2023). Таълимда объект ва субъектлар орасидаги муносабатларнинг фаоллик даражасига кўра қўлланиладиган метод шакллари. In Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies (Vol. 2, No. 1, pp. 165-168).

Кучкаров, М. А. (2010). Использование естественной продукции в химическом эксперименте. Педагогические науки, (4), 27-28.

Yuldashevich, I. A., Asamovich, K. M., & Ergashovich, S. I. (2023). Eksperimental tajribalar yordamida oʻquvchilarda tadqiqotchilik, amaliy va tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish. Innovation: The journal of Social Sciences and Researches, 1(5), 59-67.