Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 209 ~
MODDIIY-MAISHIY HAYOT BILAN BOG’LIQ IZOGLOSSALAR TAHLILI
SHEROBOD TUMANI “QIZILOLMA” MAHALLASI MISOLIDA
Ergashova Yasmina
TerDU magistranti
Annotatsiya:
Tilshunoslikda yangi va rivoj topayotgan sohalardan biri areal
lingvistika hisoblanadi. Ushbu maqolada belgilangan areal hudud doitasidagi
izoglossalarning qisqacha lug’ati shakllantirilgan bo‘lib, so‘zlar leksik, fonetik,
morfemik tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Izoglossa, areal lingvistika, izofon, izomorf, izoleks, dialect,
sheva, lahja.
O‘zbek tilshunosligida areal lingvistika kam rivojlangan soha. Bu sohada
sanoqli ilmiy xodimlargina tadqiqot ishi olib bordilar va bu minimal holat hozir ham
saqlanib turibdi. O‘zbekiston Respublikasida areal lingvistikaning lingvistik
geografiya yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlar nisbatan ko‘proq olib borilgan. Bu borada
V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov, T.Aydarov, Y.Ibrohimov,
Q.Muhammadjonov, N.Murodova, Z.Ibrohimovalar faoliyat ko‘rsatdilar. Shu o‘rinda
T.Aydarovning tadqiqotlarini ham e’tiborga olish lozim. U o‘zbek tili massivida
qozoq tili arealining xususiyatlarini tadqiq etdi.
Areal tadqiqotlarning ma’lum bir
davrda olingan lisoniy hodisa (qonuniyat)ning qarindosh va yondosh tillar amalda
bo‘lgan turli hududlarni aniqlash hamda bu hududlarni bir arealga lisoniy hodisaning
tarqalish maydoniga birlashtirishdir. Uning tadqiq usuli sifatida turli mintaqalarddagi
til shevalarida o‘xshash hodisalarni aniqlash va ularning qo‘llanish maydonini aniq
belgilashdan iboratdir.
Areal lingvistikada tayanch bo‘ladigan bir necha tushunchalar bor. Bular areal,
izoglossa, takson, innovatsiya, zona, kontinuum va boshqalardir. Lingvistik
8
Айдаров, Т. 1991. Проблемы диалектной лексикологии и лингвистической географии. Алма-Ата: Рауан.
9
Murodova N. O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal tadqiqi – T:, Fan. 2006. 222-b.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 210 ~
geografiya shevalarni o‘rganishning bir metodi hamdir. Lingvistik geografiyani
qo‘llash orqali shevalardagi izoglossalar belgilanadi
. Izoglossa
lotincha izo -teng,
glossa- til degan ma’nolarni bildiradi va bir dialekt yoki lahja doirasidagi yoki bir til,
qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarni o‘xshashlik
darajasiga ko‘ra shartli belgilarda turli ranglardan foydalangan holda xaritada
belgilab chiqiladi.
Surxondaryo viloyati, xususan, Sherobod tumani o‘ziga xos dialektik
farqlanishlari bilan ajralib turadi. Asosan, qipchoq shevasiga mansub aholi istiqomat
qiluvchi “Qizilolma” mahallasida buning yorqin misolini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu
arealdagi izoglossalar quyidagicha tasniflab o‘rganildi:
Uy-ro‘zg’or va xo‘jalikda ishlatiladigan izoleks nomlar: tom
– uy,
manja/kichchi karavut
– bir kishilik qattiq sim to‘r tutilgan kravat.
Tirnaq shoxa
–
xaskash,
panshoxa
– xaskashdan ko‘ra kattaroq besh tishli xaskash; somon va
hokazolarni to‘plash uchun ishlatiladi,
misrapka
– go‘sht qiymalagich,
keli
–
hovoncha,
chaydish/chovka
– chovgun, qumg’on,
shiraxolat/shirayetak
– fartuk,
belcha
– xokandoz,
pilatensa
– sochiq,
umvalnik
– qo‘l yuvgich,
jomilchi
–
yopinadigan katta ko‘rpa,
qorma
– mollarga somonni qaynoq suvga ivitib, kepak
sepib maxsus tayyorlangan yem,
ko‘mma
– itlar uchun tayyorlangan tandir cho‘g’iga
ko‘mob pishirilgan non,
ko‘pkan
– tandir non,
halinchak
– arg’imchoq,
satil
–
chelak, qirg’ich – kapkirt, katalak - kastryulka.
Izofon nomlar
:
piyala
– payola,
kasa
– kosa,
shibirtki
– supurgi,
dostiq
–
yastiq,
ottova
– oftoba,
tilbizir
– televizor,
tobaq
– tovoq,
vo‘chaq
– o‘choq,
qoychi
– qaychi,
yeshik
– eshik,
dostirxan
– dasturxon,
tarilka/lali
– tarelka/lagan,
pichaq
– pichoq,
vo‘xlov
– o‘qlov,
to‘rba
– to‘rva,
toxta
– taxta.
Izomorf nomlar: tovg’a
– tog’ga
Izoleks fe’llar: qushur
– yop,
chiramitlap
– tusmollab, taxminla.
suv
jog’alamoq
– suv yoqalamoq, sog’orish jarayonida suvni nazorat qilib turishga
nisbatan ishlatiladi;
moy jog’ib jemoq
– moyni surtib yemoq;
Izofon fe’llar: sovdi
– sog’di,
bayladi
– bog’ladi,
oytti
– aytdi,
berib juvardi
–
berib yubordi,
shipir
– supur,
yeshitmoq
– eshitmoq,
ko‘baymoq
– ko‘pay
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 211 ~
Izoglossalarning
leksik xususiyatlari
. Leksemalar qipchoq shevasining yorqin
namunalari bo‘lib, asosan, umumturkiy so‘zlardan tashkil topgan. Ayrim o‘rinlarda
rus tilining ta’siri seziladi: malato‘k – bolg’a, varenni - murabbo .
Morfemik xususiyatlari.
I shaxs ko‘plik –k qo‘shimchasi –q tarzida aytiladi:
bordiq – bordik jediq – yedik.
Fonetik xususiyatlari.
Eng ko‘p uchraydigan holat barcha qipchoq shevasi
egalariga xos bo‘lgan J lashish. Shuningdek, O tovusning a ga; a ning o ga o‘zgarish
holatlari ko‘p: kasa – kosa, torbiz – tarvuz. O‘ harfi bilan boshlanadigan so‘zlar
oldidan v tovushining qo‘shib aytilishi: vo‘chaq, vo‘xlov, vo‘t.
Adabiyotlar:
1.
Айдаров, Т. 1991. Проблемы диалектной лексикологии и
лингвистической географии. Алма-Ата: Рауан.
2.
Ashirboyev, S. 2016. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent: Navro‘z.
3.
Murodova N. O‘zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
tadqiqi – T:, Fan. 2006
