Авторы

  • Нодирбек Xурсаналиев
    Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Биография автора

  • Нодирбек Xурсаналиев , Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
    ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.78094

Ключевые слова:

Mentalitet mafkuraviy immuunitet spektakl oftoba qumg’on samovar hakalakovush eksponat qo‘biz.

Аннотация

Ushbu maqolada Namangan viloyat tarix va madaniyati davlat muzeyining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-sonli “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish” qaroriga muvofiq amalga oshirilgan ko‘chma ko‘rgazmasi faoliyati va u bilan birgalikda Navoiy nomli teatr spektakllarini namoyish qilish bilan bog’liq bo‘lgan fikrlar bayon qilingan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 224 ~

MILLIY ME’ROSIMIZNI KELAJAK AVLODLARGA YETKAZISH

YO‘LIDA

Hursanaliyev Nodirbek Raxmatali o‘g’li

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi

nodirbekhursanaliyev@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Namangan viloyat tarix va madaniyati davlat

muzeyining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-

sonli “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish” qaroriga muvofiq amalga

oshirilgan ko‘chma ko‘rgazmasi faoliyati va u bilan birgalikda Navoiy nomli teatr

spektakllarini namoyish qilish bilan bog’liq bo‘lgan fikrlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar

: Mentalitet, mafkuraviy immuunitet, spektakl, oftoba, qumg’on,

samovar, hakalakovush, eksponat, qo‘biz.

Inson yaralibdiki doimiy harakatda bo‘ladi, o‘sadi, unadi, dunyoqarashini

kengaytiradi. Unda milliy o‘zlikni anglash, mentalitet, ajdodlariga hurmat va

mafkuraviy immunitet tushunchalari paydo bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya, bilim,

ko‘nikmalarni sohibi bo‘lib, kelgusida o‘z vataniga munosib xizmat ko‘rsatadi. Uning

keyingi galdagi vazifalari insonlarni har tomonlama tarbiyalash, madaniy saviyasini

oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga

yordamlashuvchi tadbirlar va dasturlar tashkil qilishdan iborat. Bunday dasturlarning

ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼrifiy, gʻoyaviy masalalar bilan harakterlanishi juda

ham muhim bo‘ladi. Ma’naviy marifiy ishlarni tashkil qilishda klub tashkilotlari,

ommaviy kutubxonalar, madaniyat va istirohat bogʻlari faoliyatlari, shuningdek,

muzey, kinoteatr, teatr va boshqa muassasalar faoliyatlari, hamda radio va

televideniye muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday muassasalar ”Ma’rifat markazlari”

deya nomlanib 1994-yilda tashkil qilingan. Shuningdek uning viloyatlar, tumanlar va

shaharlardagi boʻlimlari tashkil qilindi. Bunaqangi markazlarga Respublika

maʼnaviyat va maʼrifat kengashi boshchilik qiladi. Madaniy va ma’rifiy


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 225 ~

munosabatlarni tartibga keltirish hamda yanada rivojlantirish uchun bir qator chora-

tadbirlar amalga oshirildi. “Respublikamizning barcha viloyatlari, yirik shaharlari va

tumanlarida ish olib borayotgan madaniy-maʼrifiy muassasalar ishtirokida katta xalq

sayillari, hosil bayramlari, "Mustaqillik", "Navroʻz", "Mehrjon" bayramlari, "Sharq

taronalari" xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining

koʻrik tanlovlari, "Oʻzbekiston Vatanim manim" qoʻshiq konkursi va boshqa koʻrik

tanlovlar oʻtkazilmoqda[3, B.81].

Shunday tadbirlardan bir nechtasi joriy yilning may oyida Namangan viloyati va

bir qator tumanlarda bo‘lib o‘tdi. Bu albatta prezidentimizning 2022-yil 27-maydagi

PQ-261-sonli “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish” qaroriga asosan amalga

oshirildi. Unga muvofiq Namangan viloyat tarix va madaniyati davlat muzeyi,

Navoiy milliy teatri hamda Mahalla jamg’armalari bilan hamkorlikda “Ma’naviyat va

ma’rifat oyini mazmunli o‘tkazish” maqsadida teatr spektakllari va muzey ko‘chma

ko‘rgazmalari tashkil qilindi. Bu tadbirlar mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi.

Teatr spektakllarini mashhur artistlar va yosh aktyor aktrisalar ijro etib kelganlarning

ko‘pchiligini mehrini qozondilar. Spektakllar barcha tumanlar madaniyat

markazlarining tomosha zallarida bo‘lib o‘tdi. Viloyat va tumanlarda o‘tkazilgan teatr

sahnaviy ko‘rinishlarda asosan, “To‘ylar muborak”, “Aziz”, “Bu chollar” kabi

spektakllar qo‘yildi. Bu sahna asarlarini aktyor va aktrisalar mahorat bilan ijro

qildilar va mehmonlarning kayfiyatini ko‘tarinki ruhda bo‘lishini ta’minladilar.

Bizning milliy va umumbashariy qadriyatlarimizni ko‘rsatuvchi qanchadan qancha

sahna asarlarimiz, kinofilmlarimiz dunyo yuzini ko‘rgan. Buyuk bobokalonlarimiz

ayniqsa, jadid bobolarimiz o‘z xalqining kelajagini o‘ylab, teatrlar tashkil qilib, sahna

asarlarini bu teatrlarda qo‘yganligi bejizga emasdi, albatta.

Har bir tomosha zalida

ikki yuzdan ziyod o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, ko‘ngilochar dasturlarning barchasi

uchun sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, Norin, Mingbuloq, Uychi tumanlaridagi

madaniyat markazlarida yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Namangan, Chust,

Uchqo‘rg’on, Yangiqo‘rg’on, Pop, Chortoq tumanlarida esa aksincha. Ba’zi

tumanlarning madaniyat uylarida ahvol yomonroq. Buning sababi madaniyat

markazlari binolari yangilanmagan yoki rekonstruksiya qilinmagan. Kerakli asbob


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 226 ~

anjomlar yetishmaydi. Masalan, partalar, stol va boshqalar. Pop va Chortoq

tumanlarida yuqorida sanab o‘tilgan omillar ko‘zga tashlanadi.

“Ma’naviyat va ma’rifat oyi”ni yanada mazmunli o‘tkazish maqsadida Navoiy

nomli teatr bilan birgalikda Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

ham o‘z ekspozitsiyalari bilan faol qatnashdi. Bu ko‘chma ko‘rgazma shaklida tashkil

qilinib, unga uch kishidan iborat ilmiy xodimlar va bir xaydovchi mas’ul qilib

belgilandi. Muzey fond mudiri tomonidan o‘ttiz ikkita eksponat ajratilib,

hujjatlashtirildi va ilmiy xodimlar ixtiyoriga topshirildi. Shu kabi qabul qilib olingan

eksponatlar asosan sharq misgar hunarmandlari tomonidan yasalgan bo‘lib, ular

orasida mis ko‘za, oftoba, qumg’on, samovar, tog’oralar, tova va mis chilopchin,

shuiningdek bir qasqonli manti qozonni ham uchratishingiz mumkin[1,B.38]. Bular

bilan bir qatorda hakalakovush, chiroqlar, ip yigirish uskunasi, cho‘yan dazmollar,

omoch va uning temir tishi hamda patefon apparati ham o‘rin olgan. Shundan keyin

belgilangan kunlarda ko‘chma muzey muntazam faoliyat olib bordi. Markazlardagi

tomosha zallariga kiraverishda muzey ekspozitsiyalari namoyish etildi. Buni

ko‘pchilik zo‘r qiziqish bilan qarshi oldi. Ayniqsa, nuroniy otaxon-u onaxonlar bu

antikvarlarni tomosha qila turib o‘zlari yashagan qiyin paytlarni esladilar. Bu

vositalardan hozirda ham foydalanayotganlarini ta’kitladilar. Qiyinchilik mahallarida

ota-onalari va boshqa oila a’zolari bilan och nahor kunlarni, qimmatchilik paytlarini

esga oldilar hamda keyingi biroz yumshagan kolxozlashtirish davrlarini hozirgi

mustaqillik davri bilan solishtirib, shu kunlarni ko‘rib turganlariga shukronalar

aytishdi. Muzey hodimlari ko‘zlangan natijaga erishdilar desak mubolag’a bo‘lmaydi.

Mehmonlarning ko‘pchiligi hakalakovush patefonga yuksak qiziqish bildirishdi.

Ayniqsa, patefonga ruslar va bir qator chet el fuqarolari boshqacha ta’riflar berishdi.

Hakalakovush esa yoshu qarining birdek ko‘nglini ko‘tardi. Joriy yilning fevral oyida

esa “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida muzey tomonidan

eksponatlar jamlangandi. Bunda bir qancha cholg’u asboblari muzey fond xazinasiga

topshirildi. Ular orasida karnay, surnay, doira, tanbur, rubob va qo‘biz ham mavjud.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bu sa’y harakatlar tariximizni saqlab qolish, uni

kelgusi avlodga yetkazishga xizmat qiladi.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 227 ~

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirzaliyev E. Namangan viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi: Kecha va bugun,

“Farg’ona” nashriyoti. Namangan. 2010

2. Yusupov I. Tamaddun silsilasi. Namangan, “Istedod ziyo press” nashriyoti,

2020.

3. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Библиографические ссылки

Mirzaliyev E. Namangan viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi: Kecha va bugun, “Farg’ona” nashriyoti. Namangan. 2010

Yusupov I. Tamaddun silsilasi. Namangan, “Istedod ziyo press” nashriyoti, 2020.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil