Авторы

  • Дилшодбек Хомидов
    Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi

Биография автора

  • Дилшодбек Хомидов , Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
    ekskursovodi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.78098

Ключевые слова:

GULAG Vyazma lageri Moskva-Minsk trassasi mahbus qatag‘on.

Аннотация

Sovet davlati yirik qurilishlarni amalga oshirishda GULAG lagerlaridagi mahbuslarning mehnatidan keng foydalangan. Maqolada Vyazma mehnat-tuzatuv lageri, undagi Markaziy Osiyoliklar haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan holda ilk bor o‘zbek tilida ilmiy iste’molga kiritilmoqda.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 243 ~

“TRASSA ARMIYACHILARI” – MARKAZIY OSIYODAN VYAZMA

LAGERIGA YUBORILGAN MAHBUSLAR

(O. V. Kornilovaning “Как строили автомагистрал Москва – Минск (1936–

1941 гг.)” (Смоленск: Свиток, 2014) kitobi asosida)

Xomidov Dilshodbek Ilxomjon o‘g‘li

Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari

xotirasi muzeyi ekskursovodi

herosmith757@gmail.com

Annotatsiya:

Sovet davlati yirik qurilishlarni amalga oshirishda GULAG

lagerlaridagi mahbuslarning mehnatidan keng foydalangan. Maqolada Vyazma

mehnat-tuzatuv lageri, undagi Markaziy Osiyoliklar haqidagi ma’lumotlar

umumlashtirilgan holda ilk bor o‘zbek tilida ilmiy iste’molga kiritilmoqda.

Kalit so‘zlar:

GULAG, Vyazma lageri, Moskva-Minsk trassasi, mahbus,

qatag‘on.

Kirish.

Sovet davlati inqirozga uchragach uning qatag’on siyosati, GULAG

lagerlaridagi mehnat munosabatlari haqidagi bor haqiqatni oshkor aytish mumkin

bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M. Mirziyoyev ajdodlarimiz haqida

shunday degan edi “o‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz bizni avvalo o‘z

tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-

qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar

solgani tarixdan yaxshi ma’lum. Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir

sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob

qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini –

milliy g‘ururini saqlab qoldi”. [1. B. 164] Turli sabablar bilan qamalgan ajdodlarimiz,

o‘z ona vatanlariga qaytish uchun qiyin mehnat sharoitlarida ham astoydil harakat

qilganlar[2].


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 244 ~

Muammoning o‘rganilganlik darajasi va metodlari.

Markaziy Osiyodan

GULAG lagerlariga yuborilgan mahbuslarning hayoti va taqdiri t.f.d., prof. R.T.

Shamsutdinov[3], J.Xasanovlarning[4] tadqiqotlarida yoritilgan. Biroq ularning

tadqiqotlarida Markaziy Osiyodan Vyazma lageriga yuborilgan mahbuslarning hayoti

va faoliyati alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmagan. Tadqiqotda

muammoviy-xronologik metoddan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari.

Tarix fanlari nomzodi, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati

a’zosi Oksana Kornilovaning “Как строили автомагистрал Москва – Минск

(1936-1941 гг.)” nomli kitobida Moskva–Minsk avtomagistralining qurilish tarixi,

unda mahbuslarning mehnatidan foydalanish holatlari har tomonlama ko‘rsatib

berilgan. Kitobda Sovet davlati hududida yashagan boshqa millatlar qatori,

o‘zbeklarning ham Vyazma lageridagi faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

1929–1930-yillarning so‘ngida, SSSR Xalq Komissarlari Kengashining 1929-yil

11-iyuldagi “Jinoiy javobgarlikka tortilgan mahbuslarning mehnatidan foydalanish

to‘g‘risida” qarori bilan sovet qamoqxona tizimi tarixida “GULAG davri” deb

nomlanuvchi davr boshlandi. 1929-yil oxirida G‘arbiy Sibir mintaqasida Sibir mehnat

tuzatuv lageri, Uzoq Sharq lageri, Pechora daryosi havzasida Maxsus qo‘riqlanadigan

shimoliy lagerlar boshqarmasi tuzildi. Dastlabki lagerlarni tashkil etishdan asosiy

maqsad mamlakat chekka hududlarining tabiiy resurslarini o‘zlashtirish edi. SSSR

xalq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha Ikkinchi besh yillik (1932–1937) rejasida

“mahalliy budjet xisobiga yo‘l qurilishini kengaytirish” belgilab berildi. Keyinchalik,

“Yo‘l qurilishiga ishlatiladigan sarf harajatni maksimal darajada kamaytirish”

maqsadida SSSR NKVD 1936-yil 10-yanvarda “Yo‘l qurilishida yollanib ishlayotgan

ishlayotgan ishchi kuchini mahbuslar bilan almashtirish” to‘g‘risidagi №0012 qarorni

qabul qildi.

1936-yil 5-fevralda SSSR NKVDning №0050 mutlaqo mahfiy qarori bilan

Moskva-Minsk va Moskva-Kiyev dastlabki magistral yo‘llari qurilishi boshlandi. Bu

magistral yo‘llarni qurish uchun Vyazma va Kaluga mehnat-tuzatuv lagerlari tashkil

etildi.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 245 ~

Lagerda

chop

etilgan

“За автомагистрал” gazetasida mahbuslar

“Трассоармейсы” ya’ni, “Trassa armiyachilari” deb atalgan. Gazetada lagerda

mehnat qilayotgan mahbuslar haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. Masalan,

gazetaning 30-sonida “milliy kolonnada mehnat qilayotgan mahbuslarning “S”

shtabiga ko‘chma qizil bayroq berildi” va 7-bo‘linma 7-kolonnasi shifokor

yordamchisi Makarovskiy 12 kundan beri ishga chiqmadi, kasal sifatida o‘ziga

murojaat qilgan mahbuslarning hammasini yolg‘onchilikda ayblamoqda” degan

xabarlarni o‘qishimiz mumkin.

1937-yil oktyabrida Vyazma lagerida 31615 nafar mahbus bo‘lgan, ulardan

1199 nafari o‘zbek, 239 nafari qozoq, 112 nafari tojik, 104 nafari turkman, 500 nafari

qirg‘iz, 1342 nafari turk millatiga mansub deb ko‘rsatilgan. Bu o‘rinda yana bir faktni

ham qayd etish kerakki, sovet davlatida ozarbayjon, turkman, qozoq va o‘zbeklar

ham turk deb qayd etilgan. 1938-yil mart-aprel oylarida lagerga O‘zbekiston SSRdan

bir ming nafar, Qozog‘istondan 2 ming nafar mahbus yuborilgan. 1938-yil mart-aprel

oylarida Vyazma lageriga yuborilishi kerak bo‘lgan 14900 nafar mahbuslardan 3900

nafari (26 foizi) Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tatariston va Boshqirdiston

respublikalaridan jo‘natilishi lozim edi. 1938 yil iyunida lagerga kelgan 10 ming

mahbusdan 2 mingtasi O‘rta Osiyo lageridan yuborilgan edi. 1941-yil 1-yanvar

holatiga ko‘ra Vyazma lagerida 99 nafar o‘zbek mahbus qolgan bo‘lib, ular

mahbuslar umumiy sonining 1 foizini tashkil etardi. Bu paytda lagerda 76 nafar

qozoq millatiga mansub mahbuslar ham bor edi.

Vyazma lagerida “milliy kolonna”lar ham tuzilgan bo‘lib, bir millat vakillari

alohida otryadlarda ishga safarbar qilingan. “За автомагистрал” gazetasida qayd

etilishicha “Zveno aravachilari Xidir Ahmad Umirzoq va Qorabekovlar kunlik

topshiriqni 241 foiz bajarganlar”. Kargopol lageriga olib kelingan o‘zbek mahbuslari

“o‘zbek milliy liboslari – chopon, yaktak kiyimlarida kelganlar. Kiyimlari tortib

olingan, poyabzallari yetishmaydigan odamlar yo‘q”. Xulosa qilish mumkinki,

lagerga birinchi marta kelgan odamlar dastlabki vaqtlarda o‘zlarining kiyimlarida

ishlaganlar, keyinchalik ularga lager kiyimi berilgan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 246 ~

Mahbuslarning mehnat rejalarini bu darajada orttirib bajarishlarining

sabablaridan biri bu muddatidan oldin ozodlikka chiqish imkoniyati bo‘lgan. Chunki

1931-yil 30-iyuldagi “Lagerlardagi ish kunlarini hisobga olish to‘g‘risida”gi qarorga

ko‘ra, ayrim toifadagi mahbuslarning mehnat normasini uch kun davomida ortig‘i

bilan bajarishi, 4 kunlik mahbuslikda o‘tkazilgan vaqtga, ayrim toifa vakillarining 4

kun davomida mehnat normasini ortig‘i bilan bajarishi, 5 kunlik mahbuslik hayotiga

tenglashtirilgan[5. B. 79-80]. Natijada ona vataniga qaytish istagida bo‘lgan ko‘plab

vatandoshlarimiz og‘ir mehnat sharoitlariga qaramasdan, astoydil mehnat qilganlar.

Vyazma lagerida O‘rta Osiyo xalqlari vakillarining ko‘pligini sababi sifatida shuni

ko‘rsatish mumkinki, lager atrofida aholi ko‘p yashagan va o‘rta osiyolik mahbus

qochsa uni aholi orasida tanib olish oson bo‘lgan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlash mumkinki, sovet davlati

jazolash organlari mahbuslar mehnatidan foydalanish, ularni majburiy mehnatga jalb

qilish natijasida juda katta natijalarga erishganlar. Sovet davlati hududida amalga

oshirilgan katta qurilish ishlari mahbuslarning uzoq hududlarga yuborilishiga,

ularning ko‘pchiligini o‘z ona vatanidagidan farqli iqlim sharoitlarida mehnat

qilishlariga sabab bo‘lgan. Mahbuslarning mehnatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida

ularning jazo muddatlarini qisqartirishi, mahbuslarning ona vatani, yaqin

qarindoshlari oldiga qaytishiga imkoniyat yaratgan. Shunday bo‘lsa-da ko‘plab

mahbuslar og‘ir mehnat sharoitlari tufayli jazoni ijro etish muassasalarida vafot

etganlar va o‘sha joylarga dafn etilganlar. Sovet davlati davrida qamoqqa olingach

bedarak yo‘qolgan ayrim shaxslar haqidagi ma’lumotlar GULAG lagerlarining joriy

arxividan topilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ш.М. Мирзиёев. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари.

Тошкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2020. 456 б.

2. Корнилова О. В. Как строили автомагистраль Москва – Минск (1936–

1941 гг.). – Смоленск: Свиток, 2014. –248 с.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 247 ~

3. Шамсутдинов Р.Т. Совет давлатининг қатағон сиёсати ва унинг

оқибатлари. – Тошкент, “Шарқ”, 2012. – 432 б.

4. Хасанов Ж.М. «Москва – Волга» канали қурилиши тарихшунослигига

доир // Водийнома, 2021 №1. Б. 46-51.

5. История сталинского Гулага. Конец 1920-х — первая половина 1950-х

годов: Собрание документов в 7-ми томах. Т. 3. Экономика Гулага. – Москва:

РОССПЭН, 2004. – 674 с.

Библиографические ссылки

Ш.М. Мирзиёев. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. Тошкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2020. 456 б.

Корнилова О. В. Как строили автомагистраль Москва – Минск (1936–1941 гг.). – Смоленск: Свиток, 2014. –248 с.

Шамсутдинов Р.Т. Совет давлатининг қатағон сиёсати ва унинг оқибатлари. – Тошкент, “Шарқ”, 2012. – 432 б.

Хасанов Ж.М. «Москва – Волга» канали қурилиши тарихшунослигига доир // Водийнома, 2021 №1. Б. 46-51.

История сталинского Гулага. Конец 1920-х — первая половина 1950-х годов: Собрание документов в 7-ми томах. Т. 3. Экономика Гулага. – Москва: РОССПЭН, 2004. – 674 с.