Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 414 ~
MAKTABGACHA TA’LIMDA RAQOBATBARDOSH KADRLAR
TAYYORLASHDA GENDER YONDASHUVNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK
ASOSLARI
Qoraboyeva Zohidaxon To‘lanboyevna
Namangan davlat pedagogik institute Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha
ta’lim sohasida malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlada talaba-qizlar o‘quv-bilish
faoliyatiga gender yondashuvning ijtimoiy-pedagogik asoslari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
gender tenglik; gender yondashuv; liderlik qobiliyati; kasbiy
kompetensiya; ijtimoiy-iqtisodiy omil; raqobatbardoshlik; raqobatbardosh kadr.
Аннотация:
в статье говорится о социально-педагогических основах
гендерного подхода к образовательной деятельности студенток при подготовке
квалифицированных конкурентоспособных кадров в сфере дошкольного
образования в педагогических вузах.
Ключевые слова:
гендерное равенство; гендерный подход; лидерские
способности; профессиональная компетентность; социально-экономический
фактор; конкурентоспособность; конкурентоспособный персонал.
Annotation:
the article talks about the socio-pedagogical basis of the gender
approach to the educational activity of female students in the training of qualified
competitive personnel in the field of preschool education in pedagogical higher
educational institutions.
Key words:
gender equality; gender approach; leadership ability; professional
competence; socio-economic factor; competitiveness; competitive staff.
Rivojlangan mamlakatlarda gender tenglikni ta’minlash davlatning barqaror
rivojlanishi va taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Xotin-
qizlarning ta’lim olish, mehnat va bandlik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish,
ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun zarur shart-sharoitlarni
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 415 ~
yaratish borasida qonunchilik asoslari yaratilib amaliyotga keng tadbiq etilmoqda.
Jumladan, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash Barqaror rivojlanish sohasining
beshinchi maqsadi sifatida belgilangan bo‘lib, unda gender tenglikni ta’minlash va
barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish[1] zarurligi
ta’kidlangan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy sohalarda faol va tashabbuskorlik bilan ishtirok etayotganligini guvohi
bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingandan keyingi
yillarda Respublikamizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sosial faolligini
oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi mavjud muammolarni bartaraf
etish maqsadida qabul qilindi va bu borada keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil iyun oyida Oliy Majlis Senatida
so‘zlagan nutqida: “...meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p o‘ylantiradi.
Biz doimo ayol – bu ona, oilamiz bekasi, deb ularni ulug‘laymiz. Ammo hozirgi
kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va
tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart[2]
ekanligi alohida ta’kidlangan edi.
Maktabgacha ta’limda uyg‘un rivojlangan shaxsni tarbiyalashda oila, xususan,
onalar bilan birgalikda pedagog – xotin qizlarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular bolalarni
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi, maktab ta’limiga tayyorlash,
bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish masalalarida jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
Shu bois, barcha sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning
huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ularda liderlik qobiliyatini shakllantirish,
ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu masalaning dolzarbligini oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan
talabalar tarkibida qizlarning soni yildan-yilga oshib borayotganligi bilan izohlash
mumkin.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 416 ~
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlarida xotin-qizlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan
huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ta’lim olishda gender tengligi tamoyillari
ustuvorligini ta’minlash, ...xotin-qizlarni oliy ta’limga keng jalb qilishga
yo‘naltirilgan targ‘ibot ishlarini olib borish, talaba-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish[3] masalalari alohida qayd etilgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kasbiy kompetensiyani shakllantirish tayanch
va fanlararo bosqichlarda amalga oshiriluvchi murakkab jarayon bo‘lib, u
umummalakaviy va umumkasbiy kompetensiyalar majiuini o‘z ichiga oladi[4,
B.396].
Ayniqsa oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-qizlar
ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonning tashkilotchisi va boshqaruvchisi sifatida
maxsus kasbga doir kompetensiyalarni mukammal egallashlari zarur. Bu esa oliy
ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash jarayonida talaba-qizlarning psixologik o‘ziga
xosliklarini e’tiborga olish va zamonaviy mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini
ta’minlashni taqozo etadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
jamiyatning barqaror rivojlanishi, bolalarning intellektual va ijtimoiy-ma’naviy
rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
O.S.Qahhorovning fikricha, ta’lim sohasidagi raqobatbardoshlikni oshirish
masalasi tayyorlanadigan oliy ma’lumotli mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari
ularning shaxs sifatida shakllanishida hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy omil ekanligi bilan izohlanadi. Shu sababli, tabiiyki, ko‘plab ilmiy
soha olimlari tomonidan ta’lim muammolarini, uning iqtisodiyot va jamiyat
taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligini doimiy tadqiq qilib keladilar[5].
Raqobatbardosh kadr eng avvalo maktabgacha ta’lim sifatini oshirishni
kafolatlay oladigan darajada malakaga ega bo‘ladi. Malakali pedagog har bir
bolaning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor qo‘ya olishi
mumkin, ya’ni raqobatbardosh kadrning faoliyati bolalarga beriladigan ta’lim va
tarbiya sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Chunki maktabgacha ta’lim bolaning kognitiv,
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 417 ~
ijtimoiy va psixologik taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lib, tarbiyachi-
pedagoglarning professional va raqobatbardosh bo‘lishi ularda mustaqil va tanqidiy
fikrlash,
ijtimoiy
ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni
shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shuningdek,
bo‘lajak
pedagoglarning
raqobatbardoshligining
muhim
ko‘rsatkichlaridan biri - jahon standartlariga mos innovasion ta’lim texnologiyalarini
o‘zlashtirganligi bilan belgilanadi. Dunyoda maktabgacha ta’lim sohasida xalqaro
standartlarga mos metodikalarning soni ortib bormoqdaki, ularni qadam baqadam
o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash olish uchun raqobatbardosh va innovasion
yondashuvlarga moyil pedagoglar zarur.
Bugungi davlat va jamiyatning taraqqiyoti ta’limga ko‘p jihatdan bog‘lik
ekanligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, uning yechimi ham raqobatbardosh kadrlarga
borib taqaladi, ya’ni ular ta’lim jarayonini takomillashtirish vazifasini ham uddalay
olishlari tabiiy holdir.
Raqbatbardosh kadr o‘z faoliyatida ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirar
ekan, yosh avlodning bilimli, faol va mas’uliyatli shaxslar bo‘lib shakllanishiga
munosib hissa qo‘shadi. Natijada davlat va jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy
jihatdan taraqqiy etadi.
Talabalik davrida odatda asosiy e’tibor umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga oid
nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga qaratiladi. Biroq bo‘lajak pedagoglarda
tashkilotchilik qobiliyati, rahbarlik salohiyatini, malakali mutaxassis sifatida zarur
bo‘ladigan ko‘nikma va malakalarni egallashlariga, ta’lim sub’yektlari va
atrofdagilarga pedagogik-psixologik ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlarini shakllantirishga
yetarlicha ahamiyat berilmaydi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari kelgusida maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tarbiyachi, metodist va direktor vazifasini bajarishlari mumkin bo‘ladi.
Amaliyotda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog-xodimlar sifatida asosan
xotin-qizlar faoliyat olib boradilar.
Respublikamizdagi pedagogik oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim
yo‘nalishida asosan qiz bolalar tahsil olishadi. Shuning uchun ham, bizning
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 418 ~
fikrimizcha, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida talabalar faoliyatida gender
yondashuvga alohida ahamiyat berish zarur.
Gender yondashuv talaba-qizlarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida
o‘g‘il bolalar qatori teng imkoniyatlar, kasbiy rivojlanish va shaxsiy karyera uchun
qulay muhit yaratishni nazarda tutadi. Gender yondashuv asosida qizlarning
tashabbuchkorligi, pedagogik qobiliyatlari va mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalari
rivojlantiriladi.
Jinsiy tavsifga ko‘ra ko‘pchilik talaba-qizlarda uchraydigan boshqalarga
bo‘ysunish, itoat etish, o‘ziga ishonmaslik, ikkilanish, irodasizlik, qo‘rqoqlik kabi
salbiy xususiyatlar kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik
qiladi va ular keyinchalik o‘zlarini ideal pedagog-tarbiyachi maqomida tasavvur qila
olmaydilar.
O‘ziga ishonadigan, qat’iyatli, irodali, faol va tashabbuskor, ko‘pchilikka
psixologik ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega talaba-qizlarda esa pedagogik qobiliyat
va mahoratni rivojtirish birmuncha oson kechadi. Oliy ta’limda shaxsning salbiy
xususiyatlarini bartaraf etish, insoniy fazilatlari va xislatlarini takomillashtirish
o‘zlarining shaxsiy va kasbiy salohiyatini to‘la namoyon qila olishi uchun qulay
imkoniyatlarhamda teng sharoitlarni yaratish lozim.
N.J.Sagindikova[6,B.120] o‘z tadqiqotlarida gender muammosi, o‘quv faoliyati
va talabalardagi gender xususiyatlar masalalarini o‘rganish natijasida talaba
qizlarning tahsiol olish jarayonida o‘quv faoliyati bilan birgalikda kelgusida ona,
beka, ayol vazifalariga munosib bo‘lishiga shu davrda shakllantiriladigan juda
ko‘plab fazilatlarga bog‘liqdir, shuning uchun ham xotin-qiz talabalarni oilada
kelinlik, onalik mas’uliyatiga o‘rgatib borish muhimdir, degan xulosaga kelgan.
Talaba-qizlarni
pedagogik
faoliyatga
tayyorlash
uchun
bakalavriat
bosqichidayoq ixtisoslik fanlari bo‘yicha nazariya bilimlarni o‘zlashtirish va ularni
amaliyotga tadbiq etishga integrasion yondashuv asosida o‘qitishni boshlash
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Buning uchun:
- 1 kursda talabalarning pedagoglik kasbiga munosabati va moyilliklarini
aniqlash;
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 419 ~
- talabalarda pedagogik faoliyatga ijtimoiy-pedagogik va psixologik jihatdan
tayyorlash imkoniyatini beruvchi shakl va vositalar (o‘quv jarayoni, malakaviy
amaliyot (4+2), to‘garaklar, tanlov fanlarini o‘qitish, seminar-treninglar, ilmiy
tadqiqotga yo‘naltirish)dan samarali foydalanish zarur.
Bo‘lajak mutaxassislar kelgusida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’muriy-
xo‘jalik, tashkiliy-pedagogik va metodik ishlarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarga ana shu yo‘nalishdagi ishlarni
bajara olish kompetensiyalarini rivojtirishga e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim va
tarbiya tizimining mazmuni, olib boriladigan ishlarni rejalashtirish va tashkil etish
mexanizmi, duch keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, pedagogik jarayonni to‘la tasavvur etishlari
uchun hayotiy vaziyatlar misolida tushuntirib borish zarur.
Talabalarga bo‘lajak pedagog-tarbiyachi sifatida bilishlari va bajarishlari zarur
bo‘lgan vazifalari xususida ma’lumot beribgina qolmasdan, ularda muayyan
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, kelgusida o‘z zimmasidagi vazifalarni to‘la-
to‘kis bajara olish qobiliyatlarini rivojlantirib borish lozim.
Talaba-qizlarni pedagoglik faoliyatiga yo‘naltirishda ularning qiziqishlari,
intilishlari, aqliy imkoniyatlari, saviyasi, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, o‘qishga va
atrofdagilarga munosabati, o‘zini-o‘zi va boshqalarni boshqara olish darajasini
o‘rganib, kuzatib borish lozim.Talaba-qizlar o‘qish-o‘rganish jarayonida duch
keladigan ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklarni oldini olish uchun yuqorida qayd
etilgan jihatlar qay darajada ekanligini aniqlash muhim.
Bu esa oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash jarayonida talaba-qizlarning
psixologik o‘ziga xosliklarini e’tiborga olishni taqozo etadi.
Talaba-qizlarda pedagoglik mahoratini shakllantirishda tabiatan ayollarda
mavjud bo‘lgan kuzatuvchanlik, maqsadga intilish, ziyraklik, tashabbuskorlik,
mehnatsevarlik, tirishqoqlik, yangiliklarga intilish kabi sifatlarga tayanish orqali
yetuk, irodali, adolatli rahbarlar tayyorlashga zamin yaratish mumkin.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 420 ~
Agar oliy ta’lim muassasalarida moslashuvchan o‘qish va mehnat qilish
sharoitlari, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ko‘rilsa, talaba-
qizlar o‘qish bilan birgalikda pedagogik faoliyatni uyg‘unlashtira olaishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik faoliyat faqat ta’lim sohasigina emas, balki
jamiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha
ta’lim yo‘nalishlarida raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashga gender
yondashuv XXI asrning zamonaviy talablari va ijtimoiy ehtiyoj va zaruriyatga mos
keladi.
Shunday ekan, talaba-qizlarni maktabgacha ta’lim sohasida pedagogik
faoliyatga tayyorlashda gender yondashuv ularning kelajakda kasbiy o‘zini-o‘zi
rivojlantiriga, pedagogik va boshqaruvchilik salohiyatini takomillashtirishga,
zamonaviy meg‘nat bozorida teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga va davlat va jamiyat
taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 20
октябрдаги “2030 йилгача бўлган даврда барқарор ривожланиш соҳасидаги
миллий мақсад ва вазифаларни амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги
841-сонли қарор // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2018
й., № 09/18/841/2081.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг Олий
Мажлис Сенатининг йигирманчи ялпи мажлисидаги НУТҚИ. "Халқ сўзи", 2019
йил 22 июнь.
3.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги
ПФ-5847-сон “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача
ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида»ги Фармонига 1-Илова.
4.
Тешабоев А.Ю. Замонавий ўқитувчининг касбий комптентлилигини
ривожлантиришга инновацион ёндашиш масалалари. / Замонавий ўқитувчи
компетентлилигини ривожлантиришнинг илмий-методик асослари. –Т.: “Fan va
texnologiya”, 2016, 396-б.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 421 ~
5.
Қаҳҳоров О.С. Олий таълим муассасаларида рақобатбардош
кадрларни тайёрлаш. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий
электрон журнали. № 6, ноябрь-декабрь, 2018 йил №6.
6.
Сагиндикова Н.Ж. Талабалар ўқув фаолиятида масъулиятнинг
гендер
хусусиятлари.
–Т.:
“Fan
va
texnologiya”,
2016,
120-б.
https://kitobxon.com/uz/online-reader/4022
