Авторы

  • Умиджон Холиков
    Guliston davlat pedagogika instituti
  • Фарангиз Ко’чкорова
    Guliston davlat pedagogika instituti

Биографии авторов

  • Умиджон Холиков , Guliston davlat pedagogika instituti
    “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, v.b. dotsent
  • Фарангиз Ко’чкорова , Guliston davlat pedagogika instituti
    Texnalogik ta’lim yo’nalishi 5-24-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.78128

Ключевые слова:

diqqatni jamlash idrok obrazli tafakkur mantiqiy xotira shaxmat shaxmat uyini qunt matonat qatiyatlilik bardoshlilik o’z o’zini tahlil qilish sabr toqatlilik.

Аннотация

Tezisda maktabgacha yoshdagi qiz bolalarni kompetentsiyaviy talablar asosida har tomonlama rivojlantirish, ularning diqqat, mantiqiy xotira, ijodiy tafakkur, qunt matonat, qatiyatliliк, bardoshliliк, o’z o’zini tahlil qilish, sabr toqatliliк va tasavvurlarini o’stirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiluvchi shaxmat o’yinining ahamiyati asoslab berilgan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 461 ~

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA

QIZLARNI TARBIYALASHDA

SHAXMAT O’YININING AHAMIYATI

Xoliqov Umidjon Qo‘chqarovich

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, v.b. dotsent

Guliston davlat pedagogika instituti

Qo’chqorova Farangiz Umidjon qizi

Guliston davlat pedagogika instituti

Texnalogik ta’lim yo’nalishi 5-24-guruh talabasi

Annotatsiya:

Tezisda maktabgacha yoshdagi qiz bolalarni kompetentsiyaviy

talablar asosida har tomonlama rivojlantirish, ularning diqqat, mantiqiy xotira, ijodiy

tafakkur, qunt matonat, qatiyatliliк, bardoshliliк, o’z o’zini tahlil qilish, sabr toqatliliк

va tasavvurlarini o’stirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiluvchi shaxmat o’yinining

ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so’zlar:

diqqatni jamlash, idrok, obrazli tafakkur, mantiqiy xotira,

shaxmat, shaxmat uyini, qunt matonat, qatiyatlilik, bardoshlilik, o’z o’zini tahlil

qilish, sabr toqatlilik.

Аннотация.

В данном тезисе обоснована роль шахмотной игры как

вожнейшего средство в всестороннему развитию девушек дошкольного

возроста основано на компетентностных требованиях, служащих важным

инструментом развития их внимания, логической памяти, творческого

мышления, усидчивости, толерантности, самоанализа, терпения и воображения.

Значение игры в шахматы оправдано

Ключевые слова:

сосредоточенность, восприятие, образное мышление,

логическая память, шахматы, шахматный дом, настойчивость, стойкость,

самоанализ, терпение.

Annotation.

The thesis explains how chess is an important tool for helping

preschool girls develop in many ways. It shows that chess can improve their focus,

memory, creative thinking, patience, determination, self-control, and imagination.

Key words:

concentration, intelligence, figurative thinking, logical memory,


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 462 ~

chess, a game of chess, hard work, endirance, stamina, self-analysis, patience

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy bo’g’ini –

farzandlarimizni ham ma’nan ham jismonan etuk qilib voyaga etkazishdir. Zero,

farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur. Sog’lom farzand esa sog’lom onadan

dunyoga keladi. Shu sababdan yurtimizda sportga, ayniqsa, ayollar sportini

rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda

.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi «O’zbekiston

Respublikasida shaxmatni shaklantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar

to’g’risida»gi PQ-3906-son va 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada

shaklantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4954-son Qarorlarida «... umumiy

o’rta ta’lim maktablarida shaxmatga o’qitishni bosqichma-bosqich qamrab olish,

yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash, shaxmat klublari va umumiy o’rta

ta’lim maktablari shaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash”, “...

tegishli 1000 ta umumiy o’rta ta’lim maktabida 2, 3 va 4-sinf yoshlarini “Jismoniy

tarbiya” fani doirasida 18 soatlik reja asosida shaxmatga o’qitish yo’lga qo’yiladi

hamda ularga metodik yordam” ko’rsatilishi nazarda tutilgan. [1]

Qiz bolalar hayotida o’yin faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa

bog’cha yoshidagi qizlarda buni ko’p kuzatishimiz mumkin. Qizlar odatda

o’yinqaroq bo’lishadi. Ular biz kattalarga «Keling, birga o’ynaylik» degan takliflar

bilan kuniga bir necha bor murojat etadilar. Bunga ko’nib, hamma ishimizni bir

necha daqiqa nariga surib, charchog’imiz, turmush tashvishlarimizni bir chetga surib,

- «Bo’pti, qanday o’yin o’ynaymiz?» - desak, bormi? Ularga bir olam quvonch va

shodyona hadya etgan bo’lamiz. Bir zumda biz yo’lovchi, haydovchi, o’quvchi,

shaxmatchi, ochko’z bo’ri, qo’rqoq quyon va boshqa personajlarga aylanishimizga

to’g’ri keladi. To’g’risini aytish kerak, qizlar bilan o’ynar ekanmiz, albatta biz

ularning xohish-istaklari bo’yicha harakat qilamiz. Ularning o’zi bizga nima qilish

kerakligini ko’pincha o’rgatib, aytib turadilar. Bizning bu paytdagi asosiy ishimiz

qizlarning aytganlarni bajarib, ularning ko’nglini xushnud qilishimiz, vaqtini


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 463 ~

chog’lashimiz va shu asosda ma’lum maqsadni amalga oshirishimiz lozim bo’ladi.

Shaxmat bola uchun ermak, quvonch manbai bo’libgina qolmay, uning diqqati,

xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini o’stirishga ham xizmat qiladigan vositadir.

Shaxmat o’ynashni o’rganish qizlarning bundan keyingi hayotida muhim o’rin tutadi.

Shaxmat o’ynash jarayonida qizlar yangi bilim, malakalarni egallaydilar,

qobiliyatlarini o’stiradilar.

Shaxmat o’ynash qizlarni maktabga tayyorlash jarayoniga juda katta yordam

beradi. Har bir qizlar yosh guruhlari uchun (5 yoshdan 7 yoshgacha) shaxmat

o’yinining barcha turlarini tavsiya etish mumkin.

Qizlarda shaxmat donalari orqali narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko’ra

tahlil qila olish malakasini shakllantiriladi. Maktabga borish arafasidagi qizlar

yoshida qizlar ranglar turidagi 7 xil asosiy ranglarni bemalol farqlay oladilar. Qizlar

shaxmat o’rganishdan oldin asosiy geometrik: to’rtburchak, uchburchak, kvadrat,

aylana, konus, tsilindr shakllarni bilishlari lozim. Ular ko’rsatilgan yoki nomi

aytilgan ma’lum bir shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Qizlar narsalarning

katta-kichikligini farqlashda ularni bo’yiga qarab terib chiqishni biladilar. Shaxmat

donalari to’g’ri terish, nomlarini to’g’ri aytish, ularni kuchlarini farqlash olish va

qanday yurishlarni o’rganish orqali qizlar o’z diqqat, e’tiborlarni o’quv

predmetlarinini yaxshi o’rganishga, ayniqsa umumta’lim maktablarida eng murakkab

fan deb e’tirof etilgan matematika fanini qiziqib o’rganishga harakat qiladi. [3]

Diqqat – individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faoliyatini bir narsaga

qaratilganligidir. Shaxmat o’yini orqali qizlarda diqqatni rivojlantirishga, voqelikdagi

ma’lum jarayonlarga diqqatni qaratish va diqqatni to’plashga erishish mumkin.

Shaxmat o’yini orqali maktabgacha yoshdagi qizlar diqqatining turg’unligi,

doimiyligi, ko’chirish, bo’linuvchanlik kabi xususiyatlar shakllanadi. Diqqatning

turg’unligi fikrni biror narsa ustida uzoq vaqt to’plab tura olish demakdir. Maktabga

borish arafasidagi bolalar yoshidagi qizlar 15-20 daqiqagacha uzluksiz ravishda

shaxmat o’yini bilan shug’ullana oladilar.

Diqqatni ko’chirish-fikrni bir faoliyatdan ikkinchisiga o’tkaza olishdir.

Diqqatning bo’linuvchanligi bir vaqtning o’zida kishining ikki yoki undan ko’proq


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 464 ~

mashg’ulot bilan shug’ullana olishida namoyon bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi qizlar

6-7 ta mashg’ulot o’rtasida diqqatni mustaqil ravishda taqsimlay oladi.

Maktabgacha yoshda ixtiyorsiz diqqat jarayoni bola uchun qiziqarli narsaga

diqkatni qaratishda yuzaga keladi. Ixtiyorsiz diqqat bolaning o’zi uchun qiziq

bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullanishni nazarda tutadi. Shaxmat o’yinining yana bir

jihati xotirani o’stirishga qaratilgandir. Maktabgacha yoshdagi qiz o’z oldiga maqsad

qo’ya oladi. Biror narsani eslab qolish, ana shu maqsadni amalga oshirish vositalarini

izlab topish va maqsadni bajarishga kirishishi mumkin. Tafakkurni o’stirish

ko’rgazmali harakatli, ko’rgazmali tasvirli, mantiqiy tafakkur turlarini egallashdan

iboratdir. Qizlar turli rejalar va jadvallardan erkin foydalana olishi lozim.

Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, qizlarda mantiqiy tafakkur elementlari

shakllana boshlaydi, ya’ni ular xulosa qila oladilar. Mantiqiy tafakkur qonunlari

asosida fikrlay oladilar. Qizlar ijodiy qobiliyatini o’stirish deganda tasavvur va

hayolning taraqqiyoti va noan’anaviy tafakkur qila olish tushuniladi. Ijodkor ko’p

jihatdan o’z his tuyg’ulari, olam haqidagi tasavvurlarni turli usullar bilan bayon eta

olishiga bog’liq. Buning uchun esa qizlar har bir narsada uning turli tomonlarini ko’ra

olishi, narsaga xos alohida belgilarining barchasini xis qila olishi, obrazli tarzda ko’z

oldiga keltira olishi kerak. [4]

Qizlarni maktabgacha tayyorlash jarayoniga yordam beradigan omillardan biri

bo’lgan shaxmat o’yini orqali kichkintoylarda sodda matematik tasavvurlarni

rivojlantirish, nutqning tahlili bilan tanishtirish, qizlarni qo’lda yozish malakasini

puxta egallashga va oshirishga hizmat qiladi.

Deyarli har bir shaxmat o’yini uchun uni o’tkazishning sodda yoki murakkabroq

ko’rinishlari keltiriladi. Shu sababli qizlar bilan o’yin tashkil etishda ularning

individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. Agar qizlar topshiriqlarni bajarishga

qiynalmasa, unga bir muncha murakkabroq topshiriq beriladi, garchi qiynalsa,

soddaroq topshiriq berish lozim. Topshiriqlarni bajara olmagani uchun ularni koyish

kerak emas. Qizlarga shaxmat o’yinini tushuntirish orqali shaxmat elementlarini

o’rgatibgina qolmay, ularda o’ziga ishonch, dadillik o’z fikrni himoya qila olish,

qarorida qat’iy turishi kabi ijobiy fazilatlarni ham tarbiyalashga e’tibor qaratish zarur.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 465 ~

Bu ayniqsa, shaxmatda masalalar echish, etyud, debyut va ijodiy topshiriqlarni

bajarishga tegishli. Qizlarga shaxmat qoidalarini tushuntirish orqali qizlarga o’zining

yangi g’oyalarini dadillik bilan ilgari sura olish fazilatini o’rgatish kerak.

Bu jarayonda ham qizlarning individual xususiyatlari albatta hisobga olinishi

muhim omildir. Agar qizlar o’ziga qattiq ishongan bo’lsa, uni o’z javoblarini tanqidiy

baholashga o’rgata boshlashi kerak. Agar tortinchoq, uyatchan bola bo’lsa, uni

qo’llab-quvvatlash, uning har qanday shaxsiy tashabbusini ma’qullash lozim. Agar

qizlar topshiriqlarni tez almashtirmoqchi bo’lsa, ularni topshiriq mohiyati bilan

qiziqtirish kerak. Topshiriqlarning yangi jihati tomonlarni topishga, qizlarni

rag’batlantirishga harakat qilinadi. Aksincha, bola topshiriqlarni bajarishda o’ralashib

qolsa, ularni bir g’oyadan boshqa bir ikkinchi g’oyaga e’tiborini ko’chirishga undash

lozim.

Xulosa qilib aytganda, oilada bog’cha yoshidagi qizlarni maktabga tayyorlash

jarayonida shaxmat o’yinlaridan foydalanish orqali ularning idroki, tafakkuri, xotirasi

va mantiqiy fikrlashini o’stiradi va rivojlantiradi.

Shaxmat o’ynash orqali qizlar fikrini o’stirish g’oyasi bizning bir fikr. Professor

V.Alimasov yozganidek: “Sergak fikrlargina kishilarni sergak yashashga o’rgatadi”.

Shaxmat o’yini fikrlashga undovchi, chorlovchi o’yin, san’at, sportdir. Bu universal

o’yinni o’rganish, u bilan shug’ullanish va uni qizlarga o’rgatish barchamizni faqat

mustaqil fikrlashga va mustaqil fikr orqali sergak yashashga o’rgatadi [4].

Zero, Prezidentimiz yozganlaridek: “Endigi asosiy vazifa-kishilarimizning

mustaqil fikrlashga o’rganishi, o’ziga ishonchning ortib borishidir. Chunki tafakkur

ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson to’la ozod

bo’lolmaydi”.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni

yanada shaklantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4954-son qarori.

2.

Барташников А. Психологические особенности и формирование

оперативной памяти у школьников и шахматистов. Дисс. канд. псих. наук. - М.,


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 466 ~

1988. - 211 с.

3.

Вершинин М. А. Теория проектирования системы формирования

логического мышления шахматистов: дис.доктора педагогических наук,

Волгогр. гос. акад. физ. культуры. – Волгоград, 2005. -506 c.

4.

Габбазова А.Я. Интеллектуальное развитие детей младшего актуаль-ное

развитие детей младшего школьного возраста в процессе обучения шахматной

игре: Дисс. канд. псих. наук. 19.00.07: М., 2005 151 с. РГБ ОД, 61:05-19/671.

5.

Xoliqov U.K. Yoshlar tafakkurini shaklantirishda shaxmatning o’rni.

Academic research in educational sciences 2 (CSPI conference 3), 538-541 b.

6.

“Ma’rifat” gazetasi. 2016-yil 27-fevral № 17-son 15 b.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada shaklantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4954-son qarori.

Барташников А. Психологические особенности и формирование оперативной памяти у школьников и шахматистов. Дисс. канд. псих. наук. - М., 1988. - 211 с.

Вершинин М. А. Теория проектирования системы формирования логического мышления шахматистов: дис.доктора педагогических наук, Волгогр. гос. акад. физ. культуры. – Волгоград, 2005. -506 c.

Габбазова А.Я. Интеллектуальное развитие детей младшего актуаль-ное развитие детей младшего школьного возраста в процессе обучения шахматной игре: Дисс. канд. псих. наук. 19.00.07: М., 2005 151 с. РГБ ОД, 61:05-19/671.

Xoliqov U.K. Yoshlar tafakkurini shaklantirishda shaxmatning o’rni. Academic research in educational sciences 2 (CSPI conference 3), 538-541 b.

“Ma’rifat” gazetasi. 2016-yil 27-fevral № 17-son 15 b.