Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 514 ~
O‘QITUVCHILARNING RAQAMLI SAVODXONLIGINI OSHIRISH
BO‘YICHA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Sulaymonov Mirobid Abduxolikovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Axborot texnologiyalari va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
;
Aktamova Vasila Uktamovna
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Axborot texnologiyalari va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini
oshirishning innovatsion yondashuvlari, zamonaviy raqamli texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlari va interaktiv ta’lim vositalarining samaradorligi tahlil
qilinadi. Xususan, Kahoot, Quizizz, Google Classroom, Moodle kabi platformalar
orqali dars jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etish usullari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish ta’lim
jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.
Kalit so‘zlar:
raqamli savodxonlik, innovatsion yondashuvlar, interaktiv ta’lim,
Kahoot, Quizizz, Google Classroom, onlayn platformalar, ta’lim texnologiyalari,
o‘qituvchilar malakasi.
Аннотация:
В данной статье анализируются инновационные подходы к
повышению цифровой грамотности учителей, возможности использования
современных цифровых технологий и эффективность интерактивных
образовательных инструментов. В частности, рассматриваются методы
организации учебного процесса с использованием таких платформ, как Kahoot,
Quizizz, Google Classroom, Moodle. Результаты исследования подтверждают,
что повышение цифровых компетенций учителей оказывает положительное
влияние на образовательный процесс.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 515 ~
Ключевые слова:
цифровая грамотность, инновационные подходы,
интерактивное обучение, Kahoot, Quizizz, Google Classroom, онлайн-
платформы, образовательные технологии, квалификация учителей.
Annotation:
This article analyzes innovative approaches to improving teachers'
digital literacy, opportunities for using modern digital technologies, and the
effectiveness of interactive educational tools. In particular, it examines methods for
organizing the learning process using platforms such as Kahoot, Quizizz, Google
Classroom, and Moodle. The research results confirm that enhancing teachers' digital
competencies has a positive impact on the educational process.
Keywords:
digital literacy, innovative approaches, interactive learning, Kahoot,
Quizizz, Google Classroom, online platforms, educational technologies, teacher
qualification.
Kirish
Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan samarali
foydalanish bu barcha ta’lim tizimilari uchun dolzarb masala hisoblanadi. Zamonaviy
raqamli savodxonlik bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT)
foydalanish ko‘nikmalari bo‘lib, ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, yangi
bilimlarni va texnologiyalarni tez, oson o‘rgatish va o‘rganish imkoniyatlarini
oshiradi. Bugungi kunda o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini
interaktivlashtirish va o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga yordam beradi.
Ushbu maqolada o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha
innovatsion yondashuvlar taklif etilgan bo‘lib, onlayn platformalar, grafik materiallar,
infografikalar bilan ishlash va ularning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Asosiy qism.
Bugungi kunda raqamli savodxonlik bu shaxsning raqamli
texnologiyalardan foydalanish, axborotni qidirish, tahlil qilish, baholash va ulashish
ko‘nikmalarini egallash darajasini anglatadi. Raqamli savodxonlik asosiy elementlari,
texnik ta’minotlar
kompyuter, planshet, smartfonlar hamda ushbu qurulmalr bilan
ishlashda yordam beradigan dasturiy ta’minotlar, Operatsion tizimlar Windows,
Android, IOS, Lenux, Microsoft office dasturlari, grafik dasturlar, brauzerlar va
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 516 ~
boshqa dasturlari foydalanish tushuniladi. Bu vositalar yordamida yangi zamonaviy
pedagogik usullar orqali ta’lim jarayonini yanada mukammallshtirib, interaktiv
darslar tashkil etish va virtual sinflar yaratish orqali yangi bilimlarni tez va oson
o‘rganishga erishishimiz mumkin.
Bugungi kunga qadar o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish
bo‘yicha innovatsion yondashuvlar mavzusida bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Masalan O‘qituvchilarning raqamli savodxonlik tajribalarini o‘rganish
mavzusida tatqiqod olib borilgan bu tadqiqot COVID-19 pandemiyasi davrida
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy ta’lim jarayonida duch kelgan raqamli
savodxonlik muammolarini tahlil qilgan. Tadqiqot natijasida o‘qituvchilarning
raqamli savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqilgan. [1]
O‘qituvchilarning
raqamli
savodxonlik
ko‘nikmalarini
rivojlantirish
mavzusidagi tadqiqod 2022 yil, Qozog‘istondagi Astana Xalqaro maktabida
o‘tkazilgan konferensiyada ushbu tadqiqot o‘qituvchilarning raqamli savodxonlik
ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganilgan.
Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, o‘quvchilarning
kompyuter fanlari va dizayn bo‘yicha bilimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatilgan.[2]
Shunday ekan raqamli savodxonlikni oshirish o‘qituvchilar oldida turgan asosiy
muammolardan biri bo‘lib ular zamonaviy dasturlar va platformalar bilan to‘liq
ishlay olmaslik va ba’zi ta’lim muassasalarda kompyuterlar, internetga ulanish va
boshqa raqamli resurslar yetarli emasligi, hamda raqamli texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha metodikalar yetarli emasligidir.
Biz bu borada o‘quvchilarni zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan
tanishtirish, turli amaliy mashg‘ulotlar orqali axborotdan foydalanish ko‘nikmalar
hosil qilish va bilim malakani mustahkamlashimiz zarurdir.
Shunday ekan o‘quvchilarda raqamli savodxonlikni oshirish uchun birqancha
innovatsion yondashuvlarni aytish mumkin, bular onlayn kurslar va platformalardir:
- Coursera (
- Udemy (
- Khan Academy (
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 517 ~
- Google Classroom (
- Moodle, (
- Microsoft Teams (
Bu platformalar yordamida o‘qituvchilar o‘zlarining raqamli kompetensiyalarini
oshirishlari, hamda bu platformalar yordamida virtual sinflar tashkil etish, va
o‘quvchilar bilan onlayn aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz mumkin.[3] Bundan
tashqari o‘quvchilarni baholash va savol javob qilish uchun masus interaktiv ta’lim
vositalari mavjud bo‘lib ular quyidagilar:
-
Kahoot (
) 1-rasm.
-
Quizizz (
-
1-rasm. Kahoot latforma interfesi
Bu platformalar yordamida darslarni interaktiv ravishda qiziqarli tashkil etish
mumkin. Kahoot va Quizizz kabi o‘yinlashtirish platformalari yordamiga
ma’lumotlarni o‘quvchilarga grafikli ravishda tasvirlash yordamida yanada tushunarli
va quziqarli qilib tushuntirish mumkin buning natijasida o‘quvchilar bilim olishi
qobiliyati 30% ga ortadi. Bungan ko‘rinadiki o‘qituvchilarning axborot savodxonlig
kompetensiyanligi 50% ga o‘sishi. Raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari
shundaki o‘quvchilar kerakli bo‘lgan o‘quv materiallarini tezda qidirib toppish,
ulargan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning bilimlari yanada ortadi. Kahoot
va Quizizz platformalari o‘qituvchilarga interaktiv va zamonaviy usullar orqali dars
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 518 ~
o‘tishga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, o‘qituvchilarning darslarni qiziqarli va
samarali tashkil etishiga yordam beradi.[4]
Bu platformalrdan Kahoot-dan foydalanishni ko‘riadigan bo‘lsak u quyudagicha
amalga oshiriladi:
1.
2.
"Sign up" tugmasini bosing.
3.
O‘qituvchi, talaba yoki biznes foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘ting.
4.
Google yoki Microsoft hisobingiz (gmail) bilan tizimga kirishingiz
mumkin.
O‘yin (quiz) yaratish
1.
Kirish
: Sahifaga kirib,
"Create"
tugmasini bosing.
Savollar qo‘shish
:
Multiple choice
– bir nechta javob variantlari bilan test
tuzush.
True/False
– to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob tanlash.
Puzzle
– javobni to‘g‘ri
tartibga keltirish.
Open-ended
– qisqa matnli javoblar.
2.
Rasmlar va video qo‘shish
: Savollar yanada qiziqarli bo‘lishi uchun
media-fayllar yuklash mumkin.
3.
Vaqtni sozlash
: Har bir savolga javob berish vaqtini tanlang.
O‘yin boshlash va ulanish
1.
"Start" tugmasini bosing
– tizim avtomatik ravishda
Game PIN
yaratadi.
2.
O‘quvchilarga ushbu PIN-kodni bering
– ular
kirib PIN-kodni terib o‘yin boshlashlari mumkin.
Natijalarni kuzatish
– har bir ishtirokchining javob berish tezligi va to‘g‘riligi
bo‘yicha reyting shakllanadi ushbu natijalar asosida o‘quvchilarni baholashimiz
mumkin.
Bu platformalarning afzalliklari darslarni qiziqarli va interaktiv holda tashkil
qilish, bulardan onlayn va oflayn foydalanish imkoniyati borligi, natijalarni avtamatik
olish yaniy statistika va baholash uchun ma’lumotlarini olish imkoniyai borligi va
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 519 ~
asosisi barcha tillrda savol-javoblarni yozish va foydalanish imkoni borligi,
o‘qituvchi uchun keng imkoniyat beradi.
Xulosa:
Raqamli savodxonlik bugungi kunda o‘qituvchilarning asosiy
kompetensiyalaridan biriga aylanib bormoqda. Zamonaviy raqamli texnologiyalar,
onlayn platformalar va interaktiv ta’lim vositalari o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini
yanada samarali va qiziqarli tashkil etish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, raqamli savodxonlik darajasining oshishi o‘qituvchilarning dars o‘tish
sifati va o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kahoot, Quizizz, Google Classroom, Moodle kabi platformalar o‘qituvchilar
uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, ularga o‘quv jarayonini interaktiv tarzda
olib borish, baholashni avtomatlashtirish hamda o‘quvchilar bilan samarali aloqa
o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Kelajakda raqamli savodxonlik bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni yanada
rivojlantirish, yangi metodikalarni joriy etish va o‘qituvchilarni doimiy ravishda
malaka oshirish dasturlariga jalb qilish zarur. Bu esa ta’lim tizimini yanada
rivojlantirishga, o‘quvchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga
zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://t.me/s/trm_uz?before=304&utm_source=chatgpt.com
2.
https://www.frontiersin.org/journals/education/articles/10.3389/feduc.20
24.1408512/full?utm_source=chatgpt.com
3.
Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari
https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=9vBLcr
4. Xo‘jamqulov U.
-
Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini axborot
xurujlaridan himoya qilish va uning shartlari / “Ta’lim tizimida innovatsiya,
integratsiya va yangi texnologiyalar” mavzusidagi V Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. I-kitob. НамДУ. 2020 йил. Б.124.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 520 ~
5. Maxsudov R.
- Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini xalqaro baholash
tadqiqotlariga tayyorlash (Uslubiy qo‘llanma).–Samarqand:Zar-News,
6. M.A.Sulaymonov
-
“Ta’limda raqamli transformatsiya: holati va istiqbollari”
mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi (2024-yil 13-iyun,
Toshkent) [228-231].b.
