Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 535 ~
ALISHER NAVOIYNING “ARO” RADIFLI G`AZALINI TASVIRLAR
BILAN INTEGRATSIYA QILGAN HOLDA O`RGANISH
Dilnoza Nishanova Xamidjon qizi
NamDPI O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 1-kurs magistranti, 19-maktab
1-toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “ Badoye ul-vasat”
devoniga kiruvchi “Aro” radifli g`azali tasvirlar bilan integratsiya qilgan holda
o`rganishga
bag`ishlangan.Shuningdek,g`azal
tahlil
qilish
bosqichlari,ularda
qo`llangan she`riy san`atlar hamda ohoriy so`zlarning g`azal badiiyatini ochib
berishdagi ahamiyati,umumiy xulosalar tilga olinadi.
Annotation:
This article is dedicated to the study of Alisher Navoi`s ghazal
with the refrain “Aro” which is included in his collection “Badoye ul-
vasat”,integrating it with descriptive elements.Additionally,the stages of ghazal
analysis,the poetic techniques employed,as wel as the significance of vivid words in
revealing the beauty of the ghazal,will be discussed and summarized.
Kalit so`zlar:
g`azal,tahlil,ishq,integratsiya,vazn,qofiyalar tizimi,radif,she`riy
san`atlar,nasriy bayon,sharh,tasavvuf.
Keywords:
ghazal,analysis,love,integration,poetic meter,rhyme system, refrain,
poetic arts, prose expression, commentary, Sufism.
G`azal janri uzoq yillar mobaynida mumtoz adabiyotimizning eng sara
namunasi hisoblanib,bugungi kunda ham o`zining salmog`i va badiiyati jihatidan
yangilik belgisini saqlab kelmoqda.Adabiyot darsliklariga nazar tashlar ekanmiz,unda
lirik janrning turli xil ko`rinishlariga duch kelamiz.Xususan,oltinchi sinfdan boshlab
o`quvchilar nafaqat she`rlarga,balki ruboiy,qit`a,tuyuq,fard,g`azal janrlardagi ijod
mahsuli bilan ham yuzlashadilar.Tabiiyki,bu jarayon o`quvchilarda mavzuni yaxshi
tushunmaslik,adibning aytmoqchi bo`lgan fikri tub mohiyatini anglamaslik,tarixiy
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 536 ~
so`zlarni idrok eta olmaslik kabi muammolar qarshisida qoladilar.Bu holat ularni
adabiyot fanidan uzoqlashishga olib kelishi mumkin.Chunki bugungi taraqqiy etgan
axborot
asrida
murakkab
tushunchalarni
o`zlashtirishdan
ko`ra
osondek
tuyilgan,ammo ma`no jihatidan ichi bo`sh bo`lgan tushunchalar insonlar e`tiborini
o`ziga jalb etmoqda.Bunday vaziyatda Til ta`limi ustozlari oldida dolzarb bo`lgan
masala yuzaga kelishi tabiiy hol..Endi ular mavjud tizimni anglagan holda
o`quvchilarga mumtoz janrda yaratilgan asarlarni qulay va zamon bilan hamnafas
qiluvchi metodlar va didaktik o`yinlarni,ta`lim texnologiyalarini ishlab chiqishga ham
dars jarayonlarida tatbiq etishga mas`uldirlar.
Hozirgi davrda g`azallarni o`rganish bir qator amaliy ahamiyatga ega:
1.Madaniy merosni saqlash-g`azallar an`anaviy adabiyotimizning muhim
qismidir va ularni o`rganish bizning madaniy yodgorliklarimizni asrash hamda
kelajak avlodlarga yetkazish imkonini beradi.
2.Tilning
rivojlanishi-g`azallar
yordamida
tilni
o`rganish
va
rivojlantirish,ayniqsa,so`z boyligini oshirish va tilda estetik ifodalarni tushunishda
foydalidir.
3.Fikr va his-tuyg`u- g`azallar inson ruhiyat,muhabbat,g`am-qayg`u va
tafakkurni ifoda etuvchi kuchli vosita hisoblanadi.Ularni o`rganish orqali insonlar o`z
hissiyotlarini chuqurroq anglashi mumkin.
Yuqorida g`azallarning amaliy ahamiyati haqida so`z yuritgan bo`lsak,endigi
navbatda ularning badiiy adabiyotda tutgan o`rni haqida mushohada qilib ko`ramiz.
Madaniy
merosni
saqlash
Tilning
rivojlanishi
Fikr va
his-tuyg`u
Estetik ifoda
Zamonaviy
tafakkur
Qadimiy
an`analar
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 537 ~
Estetik ifoda-g`azallar nafaqat so`zlar,balki estetik tuyg`ularni ifoda etadi,bu esa
adabiyotning badiiy qirralarini kengaytiradi.
Zamonaviy tafakkur-g`azallar zamonaviy fikr va tushunchalarni aks ettirishga
yordam beradi.Shu tariqa,adabiyotda yangilikka yo`l ochiladi.
Qadimiy an`analar-g`azallar qadimiy adabiyotning yangi asarlarida o`z o`rnini
topishi va zamonaviy ijodkorlar tomonidan qayta kashf etilishi bilan adabiyot
davomiyligini ta`minlaydi.Keling, endi fikrimizni g`azalni tahlil qilish bosqichlari va
adabiyotshunos olimlarning bu jarayonga bo`lgan munosabati haqida to`xtalish orqali
davom ettirsak.Najmiddin Komilovning “Ma`nolar olamiga safar”* kitobida g`azal
janrini sharhlab tushuntirishda asar tilidagi hozirgi kitobxonga tushunilishi qiyin
bo`lgan so`zlarning lug`atini berish; baytlarning nasriy bayonini taqdim
etish;g`azalning umumiy mazmun-ma`nosi,badiiy xususiyatlari ustida mulohaza
yuritish kerak ekanligini ta`kidlaydi. Intizor Jumaniyozova esa o`zining
“G`azal tahlilida yangicha yondashuv”* deya nom olgan maqolasida g`azalni
“Aqliy jadval”ga solib,zamonaviy usulda quyidagicha tahlil qilib beradi:
G`azal mavzusi
Ishq
G`azalning g`oyasi
Allohga bo`lgan muhabbat
Qofiyasi
Ravonni,jonni,do`konni,jahonni
Bahri
Ramal
Radifi
Na qilay
She`riy san`atlar
Ta`did,talmeh,tashbeh
Mening shaxsiy yondashuvim asosida esa g`azal quyidagi ketma-ketlik asosida
tahlil qilinganligi ma`qul:
G`azal
vazni
Baytlar
tizimi
Qofiya
raviy
She`riy
san`at
Radif
Mazmun
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 538 ~
G`azallar tahlilini shartli ravishda ichki va tashqi turlarga bo`lib o`rganish ham
o`ziga xos samara berishi mumkin.Xususan,g`azal tashqi tomondan vazni,baytlar
tizimi,radif va uning tuzilishiga ko`ra turlari,qofiyaga olingan so`zlar hamda shu
asosida ularning ichki guruhlarga bo`linishi,raviy,lavziy she`riy san`atlarlar,gap
bo`laklar tartibi yuzasidan tahlil qilinsa,ichki tomondan ma`noviy she`riy
san`atlar,aytilmoqchi bo`lgan fikr,asosiy mohiyat jihatidan tadqiq etish maqsadga
muvofiqdir.Shu bilan birga g`azallar turli fanlar yoki mavzular bilan integratsiya
qilgan holda o`rganishning ham o`ziga xos afzalliklari mavjud.Fikrimizni Navoiyning
“Badoye ul-vasat” devoni tarkibiga kiruvchi “Aro” g`azalini yuqorida sanab o`tgan
tahlil va tasvirlar bilan integratsiya qilgan holda izohlab o`tmoqchiman.
Ushbu g`azal Navoiyning “Badoe` ul-vasat” devoniga kiritilgan 21-g`azal
bo`lib, ilohiy ishqni tarannum etgan.“Aro” radifli ushbu g`azal aruzning mujtassi
musammani mahbuni mahzuf yoki(maqtu) vaznida yozilgan.
V – V - / V V - - / V – V - / V V - / ( - - )
mafoilun failotun mafoilun failun (fa`lun).G`azal an`anaviy
7 bayt,14 misradan tashkil topgan.
Demaki,kirdi o`zi qatl vaqti qonim aro,
Kim,ul alif kebi kirdi o`larda jonim aro.
Ushbu bayt matla`,ya`ni boshlanma qism bo`lib,unda aro so`zi radif sifatida
qo`llangan va u tuzilishiga ko`ra sodda (bir so`zdan iborat) radif hisoblanadi.Aro
so`zi
g`azalning
boshidan
oxirigacha
8
o`rinda
takrorlangan.Qonim,jonim,notavonim,xonumonim,qonim,nihonim,gumonim,fig`o-
nim so`zlari qofiya tizimini tashkil etgan.Qofiyaning asos qismidan so`ng 1-shaxs
egalik qo`shimchasi –im qo`llangan va u mutlaq qofiyadir.O`zak qismning oxirgi n
harfi raviyni,tirgak tovushni,hosil qilgan.
Nasriy bayoni:
Sen o`zi qatl vaqti qonim ichiga kirdi demagin, chunki u o`lar paytda jonim
ichiga alifdek kirgan.
Sharhi:
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 539 ~
Birinchi baytda oshiqning ko‘ngliga ishq o‘ti qatl vaqtida ( umrining oxirida )
emas, alif harfi kabi birinchi bo‘lib (tug’ilgandayoq) jonining ichiga kirganligi
aytiladi
va
shu
ondayoq
oshiq
o‘lar
holatga
yetadi.
Yana bir ma’nosi shuki, inson tug’ilmasdanoq barchaning ruhi yaratilgan bo‘ladi.
Oshiq qalbiga ishq o‘ti aynan o‘sha paytda jo bo‘lgani va bundan oshiq o‘lar holatga
yetgani aytilgan.
She`riy san`atlar:
Alif kabi- tashbeh,
Qon,jon-tanosub.
Ulub edim g`ami hajringda,bo`lmasa erdi,
Labing tahayyuli* jon jismi notavonim aro.
Lug`at:
tahayyul-xayol
Nasriy bayoni:
Agar labingning xayoli notavon jismimni ichida bo‘lmaganda,hajring g`amida
o`lgan bo`lar edim.
Sharhi:
Bilamizki, tasavvufda lab shirin so`z, kalima ma’nolarida keladi. Bu baytda ham
oshiqni o‘limdan qutqargan narsa bu- ma’shuqa labining xayoli, ya’ni labdan
chiquvchi purhikmat so`z edi. Oshiq shu narsa bilan omon qolgan, yo‘qsa u hajr
azobida halok bo‘lgan bo‘lar edi.
She`riy san`atlar:
Iyhom-lab,
Tanosub-jon,jism.
Gar aylasam vatan ul ko`y aro,meni qovmang*,
Ki,ishq shu`lasi o`t soldi xonumonim aro.
Lug`at:
Qovmang-quvmoq
Nasriy bayon:
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 540 ~
Agar men uning ko`yini vatan(!) aylasam,meni quvlamang!Chunki ishqining
shu`lasi bor-u yo`g`im ichra o`t soldi.
Sharhi:
Bu bayt yuqoridagi bayt bilan bog’liq bo‘lib, oshiq yorini tun-u kun shuuridan
chiqarmay,shu xayolot maskanida yashaydi.Uni bu yerdan quvmasliklarini, chunki
qayerga bosh olib ketmasin ishq o‘ti uning bor-u yo‘g’ini kuydirishini aytmoqda.
She`riy san`at:
Istiora-ishq shu`lasi,
Jonlantirish-ishq shu`lasi o`t qo`yishi.
Ko`z-u ko`ngul qurumish,ne to`kay ayog`ingg`a,
Ki,qolmamish dur-u la`li ushbu bahr*-u qonim aro.
Lug`at:
Bahr-dengiz.
Nasriy bayon:
Ko‘z-u ko‘nglim quridi, oyog’ingga nimani to‘kay? Ushbu qonim dengizida dur
ham, lal ham qolmadi.
Sharhi:
Ushbu baytda oshiqning ishq o‘ti shunday kuchayganki, natijada ko‘zi ham, ko‘ngli
ham qurigan. Endi ma`shuqaning oyoqlari ostiga to‘kkani qon dengizining ichida dur
ham, lal ham qolmagan.Barchamizga ma`lumki dur va lal dengiz tubida bo`ladi.
Bunda dur ko‘zga, lal esa ko‘zdan oqayotgan qonli ko‘z yoshga o‘xshatilgan.
She`riy san`atlar:
Ta`did-ko`z-u ko`ngil;dur-u la`l,
Istiora-qon dengizi,
Laf va nashr-ko`z-dur,ko`ngil,ko`z yosh-la`l.
Ajab yo`q,oqsa erib mag`zi ustuxonimkim*,
O`tun so`ngaklar* erur shu`layi nihonim aro.
Lug`atlar:
Ustuxon-suyak,
So`ngak-suyak.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 541 ~
Nasriy bayon:
Suyagim ilik bo‘lib erib oqsa, ajablanarli joyi yo‘q, chunki o`tin suyaklar
yashirin nur ichra bo`ladi.
Sharhi:
Bu baytda oshiqning ishq o`ti kuchaygandan –kuchayib suyaklari erib, iliklari
oqib ketyapti, bu hodisaning esa ajablanarli joyi yo`q, chunki suyaklarning yonishi
yashirin bo`ladi, ya`ni tananing ichida ko`rinmaydi. Ilik qachon oqadi? Suyaklar
o`tda yonganda oqadi. Demak suyaklar o`tin bo`lib o`tda shunday yondiki,natijada
ilik eridi.Bu hol esa tana ichida yashirin holda yuz bergan.
Sheriy san`at:
Tashbeh-suyak o`tinga o`xshatilgan.
Sabuhi* ista-yu yetkach sahar ochildi eshik,
Bu fath* dayrida* o`tmas edi gumonim aro.
Lug`atlar:
Sabuhi- erta tonga ichiladigan may,
Fath- zabt etilgan,
Dayr- dunyo.
Nasriy bayon:
Saharga
yetkach
erta
tongda
ichiladigan
mayni
istasang,eshik
ochiladi.Gumon,ya`ni xayol ichra bu zabt etilgan dunyo o`tmaydi.
Sharh:
Mumtoz adabiyotimizda may ishq (Ollohga qaratilgan) timsoli bo`lib,oshiq erta
saharga yetkach ana shu muhabbatga tashnalik yanada ortgan.Bu esa lirik
qahramonni ibodat qilishga undaydi.U ibodatda davom etar ekan,bu foniy olam
g`avg`osi,jilvalari uning xayolining bir chetiga ham kelmaydi.
Navoiy, istama juz yig`lamoq,unumdinkim,
Nashot zamzamasi yo`turur fig`onim aro.
Lug`atlar:
Juz – boshqa,bo`lak,
Nashot zamzamasi- shodlik tantanasi,
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 542 ~
Fig`on – dard.
Nasriy bayon:
Navoiy,uningdan boshqa yig`lamoqni istama,chunki fig`oning ichra shodlik
quvonchi yo`qdir.
Sharh:
Maqta`da
Navoiy
o`z-o`ziga
murojaat
qilib
boshqa
yig`lashni
istamasligini,negaki afg`onida baxtdan asar ham mavjud emasligini ta`kidlamoqda.
Ya`ni u qancha faryod chekib yig`lasa ham shodlik ovozi kelmaydi.Bizda savol
paydo bo`lishi tabiiy.Navoiy boshiga tushgan sinovlardan nolib ko`zyosh to`kib
charchadimi?Yo`q,aksincha, u ma`shuqa atalmish Olloh jamoli sari intildi,harakat
qildi,lekin
barcha
urunishlari
xomxayol
bo`lib
chiqayotganligidan
azob
chekayotganligini qalamga olgan.Agar g`azalning matla` va keying baytlarga nazar
tashlaydigan bo`lsak,zohiran Navoiy go`zal yorga ko`ngil ochmoqda,ammo botinda
ilohiy ishq aks etmoqda.
Xulosa o`rinida shuni aytish joizki,g`azal bugungi kun o`quvchisi uchun
so`zlari,o`ziga xosliklari,ma`nosi va badiiyati jihatdan og`irlik qilishi tabiiy. Bunday
jarayonda turli zamonaviy texnalogiyalar,metod va yondashuvlar orqali g`azal
jozibasini o`quvchi ongida gavdalantirish til va adabiyot ta`limi ustozlari oldida
turgan yuksak mas`uliyatdir.Tasvirlar orqali o`sha davr muhiti,insonlar qiyofasi,o`y-
xayollari,orzu-armonlarini aks ettirish esa o`quvchi yoshlarning ushbu voqeylik
ichiga kirishga,uni anglashga ulkan hissa qo`shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1..Boltaboyev H.2008.Sharq mumtoz poetikasi.Toshkent:O`zbekiston milliy
ensiklopediyasi.
2.Komilov N.2012.Ma`nolar olamiga safar.Alisher Navoiy g`azallariga
sharhlar.Toshkent: “Tamaddun” nashriyoti.
3.Jumaniyozova
I.2024.G`azal
tahlilida
yangicha
yondashuv.Toshkent:
“O`zbekiston til va madaniyat metodika” jurnali.
4.To`xliyeva D.2003.G`azal tahlil qilish metodikasi.Toshkent:Bayoz.
5.Qosimov B,To`xliyev B,Yo`ldoshev Q.2022.!0-sinflar uchun adabiyot
darslik.Toshkent: “O`qituvchi.
