Авторы

  • Нурсултон Шайхисламов
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.78150

Ключевые слова:

gapirish ko‘nikmasi ona tili adabiyot kommunikativ kompetensiya interfaol usullar ta’lim metodlari.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmasini shakllantirishda ona tili va adabiyot darslarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, samarali usullar va amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot jarayonida o‘qitishning interfaol usullari, dars davomida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish usullari va zamonaviy ta’lim metodlarining ahamiyati yoritilgan.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 584 ~

GAPIRISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILI VA

ADABIYOT DARSLARINING O‘RNI

Nursulton Shayxislamov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmasini

shakllantirishda ona tili va adabiyot darslarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek,

samarali usullar va amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot jarayonida o‘qitishning

interfaol usullari, dars davomida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish

usullari va zamonaviy ta’lim metodlarining ahamiyati yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

gapirish ko‘nikmasi, ona tili, adabiyot, kommunikativ

kompetensiya, interfaol usullar, ta’lim metodlari.

Gapirish ko‘nikmasi zamonaviy ta’lim jarayonida muhim kompetensiyalardan

biri hisoblanadi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq va ravon ifodalashi, muloqot

jarayonida ishonch bilan so‘zlashi uchun ularga samarali ta’lim metodlari bilan

yo‘naltirish zarur. Ayniqsa, ona tili va adabiyot darslarida ushbu ko‘nikmalarni

rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim.

Ona tili va adabiyot darslarining gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi roli

beqiyosdir. Chunki ushbu darslar o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutq madaniyatiga

o‘rgatish, ularning til boyligini oshirish hamda muloqot qobiliyatlarini

shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishga

qaratilgan bir necha xil usullar bugungi kunda amaliyotda qo‘llanib kelmoqda. Bu

usullar nafaqat ona tili yoki adabiyot darslarida, umuman olganda barcha fanlar

uchun asqatadi.

Lug‘at boyligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Ona tili va adabiyot

darslarida yangi so‘zlar, iboralar va maqollar o‘rgatiladi, bu esa o‘quvchilarning

nutqini yanada boyitadi. Yangi so‘zlarni o‘rganish faqatgina ularning ma’nolarini

yodlash bilan cheklanmay, balki ularni to‘g‘ri ishlatish, kontekstda qo‘llash va turli


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 585 ~

nutqiy holatlarda foydalanishni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, dars davomida badiiy

asarlardan olingan murakkab so‘zlar va iboralar izohlanib, ularning muqobil

variantlari bilan taqqoslanadi. Shuningdek, o‘quvchilarga turli mavzularda og‘zaki va

yozma topshiriqlar berish orqali yangi lug‘at birliklarini amaliy qo‘llash imkoniyati

yaratiladi. Masalan, “O‘zbek xalq maqollari” mavzusida o‘quvchilar o‘rganilgan

maqollarni real hayotiy misollar bilan tushuntirishadi va bu jarayon ularda nafaqat

so‘z boyligini, balki nutq ravonligini ham oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari,

interfaol o‘yinlar, masalan, “So‘z zanjiri”, “Kim ko‘p sinonim ayta oladi?” kabi

metodlar yordamida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashish

mumkin. Bu usullar o‘quvchilarning so‘z yodlash jarayonini qiziqarli va samarali

qilish bilan birga, ularni mustaqil fikrlashga ham undaydi.

Muloqot kompetensiyasini shakllantirish dolzarbligi bilan ajralib turadi.

O‘quvchilarning muloqot kompetensiyasini shakllantirish – ularning jamiyatda erkin

fikr bildira olishlari, o‘z fikrlarini mantiqiy asoslashlari va samarali muloqotga

kirisha olishlariga yordam beradi. Ona tili va adabiyot darslarida bu ko‘nikmalarni

shakllantirish uchun interfaol usullardan keng foydalanish zarur. Jumladan, bahs-

munozaralar, rolli o‘yinlar va suhbatlar bu borada eng samarali metodlardan

hisoblanadi. Bahs-munozaralar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirib,

ularga o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishni o‘rgatadi. Masalan, “Zamonaviy

texnologiyalar adabiyotga ta’sir qiladimi?” kabi mavzularda bahs tashkil etish orqali

o‘quvchilar o‘z dalillarini keltirish, misollar asosida fikrlarini isbotlash va qarama-

qarshi fikrlarni inkor etish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu jarayon muloqot

madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi, rolli o‘yinlar esa o‘quvchilarni turli

vaziyatlarda o‘zlarini sinab ko‘rishlariga imkon yaratadi. Masalan, dars davomida

“Sud jarayoni” sahnalashtirilib, unda turli personajlar rollari bo‘lib o‘ynaladi:

ayblanuvchi, guvoh, himoyachi, sudya va boshqalar. Ushbu metod o‘quvchilarning

og‘zaki nutq ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, muloqot jarayonida o‘zini tutish

madaniyatini ham shakllantiradi. Suhbat va fikr almashish o‘rganilgan mavzuni tahlil

qilish uchun samarador hisoblanadi. Darslarda mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan erkin

suhbatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, adabiy asarlar bo‘yicha


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 586 ~

muhokama jarayonida o‘quvchilar bir-birlariga savollar berish, asar qahramonlari

xatti-harakatlarini baholash va o‘z qarashlarini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu esa ularning muloqot madaniyati va o‘z fikrlarini tushunarli tarzda yetkazish

qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunday qilib, interfaol usullardan foydalanish

natijasida o‘quvchilar nafaqat bilim oladilar, balki real hayotda ham samarali muloqot

qila olishga tayyor bo‘ladilar. Shu sababli ona tili va adabiyot darslarida muloqot

kompetensiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Adabiy matnlarni tahlil qilish orqali so‘zning asl ma’nosini va ishlatilish

o‘rnini bilishimiz mumkin.

Badiiy asarlarni o‘qish va tahlil qilish o‘quvchilarning

fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, ularga o‘z fikrlarini mantiqiy asoslash,

dalillash va tushunarli ifodalash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Ona tili va

adabiyot darslarida asarlarni chuqur tahlil qilish orqali o‘quvchilar nafaqat muallif

fikrlarini tushunib yetadilar, balki ular asosida o‘zlarining shaxsiy qarashlarini

shakllantiradilar.

Matn tahlili orqali tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish zarur sanaladi.

O‘quvchilar badiiy asarlar bilan tanishganda, ularga beriladigan savollar va

topshiriqlar orqali tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Masalan:

Qahramonlarning xarakterini tahlil qilish:

o‘quvchilarga qahramonlarning

xatti-harakatlari, fikrlash tarzi va ularning muayyan voqealarga bo‘lgan munosabatini

o‘rganish topshiriladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi

Otabekning xatti-harakatlari unga qanday ta’sir qilgan?” kabi savollar ularni

chuqurroq fikrlashga undaydi.

Muallif pozitsiyasini anglash:

asar muallifining asosiy g‘oyasi va maqsadini

tushunish o‘quvchilarga matnni chuqurroq anglashga yordam beradi. Buning uchun

“Muallif bu asar orqali jamiyatga qanday xabar bermoqchi?” kabi savollar berilishi

mumkin.

Asarning bugungi kun bilan bog‘lanishi:

o‘quvchilar asardan o‘z zamonaviy

hayotlariga qanday xulosa chiqarishlari mumkinligini muhokama qilishadi. Masalan,

“Asardagi muammolar hozirgi hayotimizda qanday aks etadi?” kabi savollar orqali

o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 587 ~

O‘z fikrini asosli ifodalashga o‘rgatishni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz

kerak. Matn tahlili jarayonida o‘quvchilar faqatgina asar mazmunini tushunish bilan

cheklanmay, balki o‘z qarashlarini asosli bayon qilishni ham o‘rganadilar. Bahsli

savollar, ochiq muhokamalar va esse yozish mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar o‘z

fikrlarini dalillar bilan mustahkamlashga o‘rganadilar. Masalan, “Qaysi qahramonni

ideal inson deb hisoblaysiz va nega?” kabi savollar orqali o‘quvchilar nafaqat o‘z

fikrlarini bildiradilar, balki uni himoya qilishga ham harakat qiladilar.

Adabiy matnlarni tahlil qilish orqali o‘quvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlash

qobiliyati shakllanadi, ularning so‘z boyligi oshadi va o‘z fikrlarini asosli ifodalashga

o‘rganadilar. Bu esa ularning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini yuksaltirishga

xizmat qiladi.

O‘quvchilarning hayotiy tajribasi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish uchun

ularni ijtimoiy muhitga tayyorlash muhimdir. Bu jarayonda ona tili va adabiyot

darslari asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Darslarda o‘rganilgan mavzular hayotiy

voqeliklar bilan bog‘langanida, o‘quvchilar o‘z fikrlarini ochiq bildirish, muayyan

masalalar yuzasidan mustaqil qaror qabul qilish va jamiyatda erkin fikrlash

ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Dars jarayonida ijtimoiy hayot bilan bog‘liq mavzular

muhokama qilinganda, o‘quvchilar real hayotda uchraydigan turli vaziyatlarga duch

kelishadi va ularga qanday munosabat bildirishni o‘rganadilar. O‘quvchilar dars

davomida dolzarb mavzularda ommaviy chiqish qilish, o‘z fikrlarini asosli va ravon

bayon etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Masalan, “Zamonaviy yoshlarning

o‘qishga bo‘lgan qiziqishi” mavzusida har bir o‘quvchi o‘z nuqtayi nazarini

ifodalaydi va sinfdoshlariga taqdimot qiladi. Darslarda ijtimoiy mavzularga oid

matnlar o‘qitilib, o‘quvchilarga “Siz bu holatga qanday munosabat bildirgan

bo‘lardingiz?” kabi savollar beriladi. Bu orqali ular ijtimoiy hodisalarga o‘z

qarashlarini shakllantirib, mustaqil fikr bildirishga o‘rganadilar. Ijtimoiy muhitga

moslashish uchun o‘quvchilar real hayotdagi suhbatlar, rasmiy va norasmiy muloqot

uslublarini o‘rganishlari muhim. Masalan, “Ishga kirish uchun suhbat” yoki “Jamoat

joyida muloqot” kabi sahnalashtirilgan vaziyatlar orqali o‘quvchilar turli muhitlarda

qanday gapirish kerakligini mashq qiladilar. Ona tili va adabiyot darslarida


background image

Конференсияи илмии байналмилалй

“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”

“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

~ 588 ~

o‘quvchilarning muloqot qobiliyatini rivojlantirishda adabiy asarlarning ahamiyati

katta. Badiiy asarlarda aks ettirilgan ijtimoiy muammolar muhokama qilinganda,

o‘quvchilar jamiyatdagi dolzarb masalalarni chuqurroq tushunishga harakat qiladilar.

Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani orqali o‘quvchilar

jamiyatning o‘sha davrdagi muammolarini hozirgi kun bilan solishtirib, o‘z

xulosalarini chiqaradilar.

Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning muloqot qobiliyatlarini

rivojlantirish ularning ijtimoiy muhitga moslashishida muhim omildir. O‘quvchilar

darsda o‘rganilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olsalar, ular jamiyatda

erkin fikr bildira olish, o‘z nuqtayi nazarlarini asoslab berish va samarali muloqot

qilish qobiliyatlariga ega bo‘ladilar. Shu bois dars jarayonini hayotiy voqeliklar bilan

bog‘lash o‘quvchilarning nutqiy va ijtimoiy kompetensiyasini rivojlantirishning

muhim shartlaridan biridir.

Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning

gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish zamonaviy ta’lim jarayonining asosiy

yo‘nalishlaridan biridir. Bu darslar orqali nafaqat lingvistik bilimlar, balki mustaqil

fikrlash, muloqot qilish va o‘z fikrini aniq ifodalash qobiliyatlari ham shakllantiriladi.

Shunday ekan, ta’lim jarayonida innovatsion usullarni keng qo‘llash muhim ahamiyat

kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abduqodirov A., Qosimov N. “Ona tili va adabiyot darslarida

innovatsion metodlar” – Toshkent, 2022.

2.

Xasanov S. “Til va nutq madaniyati” – Toshkent, 2020.

3.

Karimov I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent, 2008.

4.

Yusupova D. “Pedagogik texnologiyalar asoslari” – Toshkent, 2019.

5.

Qo‘yliyeva

Sh.

Ona

tili

ta’limida

o‘quvchilarning

nutqiy

kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari. “Global ta’lim va milliy metodika

taraqqiyoti” konferensiya materiallari, Toshkent – 2023-yil, 338-345-betlar

6.

Respublika ta’lim markazi metodik qo‘llanmalari – 2021.

Библиографические ссылки

Abduqodirov A., Qosimov N. “Ona tili va adabiyot darslarida innovatsion metodlar” – Toshkent, 2022.

Xasanov S. “Til va nutq madaniyati” – Toshkent, 2020.

Karimov I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent, 2008.

Yusupova D. “Pedagogik texnologiyalar asoslari” – Toshkent, 2019.

Qo‘yliyeva Sh. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari. “Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” konferensiya materiallari, Toshkent – 2023-yil, 338-345-betlar

Respublika ta’lim markazi metodik qo‘llanmalari – 2021.