Авторы

  • Мукаррамой Саминова
    Qo’qon davlat universiteti

Биография автора

  • Мукаррамой Саминова , Qo’qon davlat universiteti
    O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.80235

Ключевые слова:

Lisoniy shaxs antroposentrik tilshunoslik kognitivlik verbal semantik daraja til shaxsiyati lisoniy qolip individual o‘xshatish.

Аннотация

Ushbu maqolada antroposentrik lingvistikaning muhim jihatlaridan biri hisoblangan lisoniy shaxs tushunchasi hamda tilning milliy-madaniy tahlilida ushbu tushunchaning ahamiyati yoritilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

109

TILNING MILLIY-MADANIY TAHLILIDA LISONIY SHAXS

TUSHUNCHASI

Saminova Mukarramoy Ikromjon qizi

Qo’qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistranti

mukarramoysaminova@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada antroposentrik

lingvistikaning muhim

jihatlaridan biri hisoblangan lisoniy shaxs tushunchasi hamda tilning milliy-madaniy
tahlilida ushbu tushunchaning ahamiyati yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Lisoniy shaxs, antroposentrik tilshunoslik, kognitivlik, verbal

semantik daraja, til shaxsiyati, lisoniy qolip, individual o‘xshatish.


Lisoniy shaxs tushunchasi antroposentrik tilshunoslikning muhim masalalaridan

biri bо‘lib, bugungi kunda ushbu tushunchaga doir turli nuqtayi nazardan baho
berilgan, talqin qilingan, tavsiflangan bir qator tadqiqotlar yuzaga kelgan. Lisoniy
shaxs tushunchasi tilshunoslikda lingvodidaktik, lingvokultrologik, lingvopoetik
kognitiv-stilistik aspektda tadqiq qilingan. Biroq bu ishlarda lisoniy shaxs
tushunchasiga berilgan tavsiflarning xilma-xilligi, lisoniy shaxs turlarini ajratishda
qarashlarning xilma-xilligini tushunchaning kо‘p qirraliligi va struktural-semantik
tomondan murakkabligi bilan izohlash mumkin. “Lisoniy shaxs” termini
tilshunoslikka ilk bor 1927-yilda nemis olimi Y. Vaysgerberning “Ona tili va ruhning
shakllanishi” nomli asari orqali kirib kelgan. Bu tushunchani keng ilmiy muomalaga
esa Yu.N. Karaulov olib kirdi. Uning fikriga kо‘ra, lisoniy shaxs - bu til tuzilishi
jihatidan, haqiqatni ifodalashning aniqligi va teranligi, ma'lum maqsadga
yо‘naltirilganligi bilan farqlanadigan matnlarni tuza oladigan va anglay oladigan
kishidir[1.47]. Tilshunos olim S.T. Vorkachev lisoniy shaxsni quyidagicha
tavsiflaydi: “til egasi, nutqiy qobiliyatga ega bо‘lgan, aniqrog’i nutq tuzish hamda
idrok eta oladigan shaxs; tildan aloqa vositasi sifatida foydalanadigan kommunikant;
о‘z tilining lug’at boyligini egallagan, millatning milliy-ma’naviy qadriyatlari, xulq-
atvorining prototipi[2.65]”. S.T.Vorkachev ushbu tushunchani keng ma’noda
qо‘llaydi, shuningdek, Pifagorning qaysi bir xalqning urf-odatlarini, qadriyatlarini
о‘rganmoqchi bо‘lsang, uning tilini о‘rgan degan fikri tо‘g’ri ekanligini asoslab
beradi. Eng avvalo, inson tildan aloqa vositasi sifatida foydalanadi, shunday ekan,
nutq jarayonida tilning ifoda imkoniyatlari turli darajada yuzaga chiqadi.
Tilshunoslikda lisoniy shaxs tushunchasini tadqiq qilishda G.I. Boginning
tadqiqotlari ham juda ahamiyatlidir. G. I. Boginning fikricha, lisoniy shaxs modeli
nafaqat matnlarning tuzilishi jihatdan turlarini, shuningdek, matnlarning turlicha


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

110

tushunish mezoniga kо‘ra tipologiyasini ham belgilashga yordam beradi. Lisoniy
shaxs matn tuza olish, uni tushunish, talaffuz qilish sifatiga ega shaxs hisoblanadi.

Yu. N. Karaulov badiiy matn asosida lisoniy shaxsning darajali modelini ishlab

chiqqan. Uning fikriga kо‘ra, lisoniy shaxs uch struktur darajaga ega:

Dastlabki daraja verbal-semantik (invariant) boʻlib, u kundalik, odatdagi tilni

egallash darajasi hisoblanadi. Ushbu daraja individning kundalik muomalada
qо‘llaydigan leksikoni, sо‘z boyligidan iborat bо‘lib, unda oddiy lisoniy qoliplar
nazarda tutiladi. Bunda nafaqat leksik birliklarning soni, shuningdek, ulardan ijtimoiy
farqlilik hamda variativlik me'yorlariga muvofiq foydalanish malakasi ham hisobga
olinadi. Ushbu darajadagi individuallik faqatgina qayd qilingan malakaga ega boʻlish
bilan emas, sо‘z yasalishi, grammatika va talaffuz qoidalarining buzilishi bilan ham
tavsiflanadi.

Ikkinchi daraja kognitivlik bо‘lib, u insonning intellektual sohasi, bilish faoliyati

bilan aloqador bо‘ladi. Har bir individning rivojlanish jarayonida uning olam
manzarasini aks ettiradigan gʻoyalari, konseptlari ishlab chiqiladi. Insonning olam
manzarasidagi ma’nolar hamda qadriyatlar pogʻonasi aniqlanadi, belgilanadi. Shaxsiy
dunyoqarash vakuumda shakllanmaydi, u milliy madaniy an'analar, qadriyatlar,
gʻovalar asosida yuzaga keladi.

Shunga koʻra, ushbu darajada jamoaviy yoki

individual kognitiv makon hosil qiluvchi til jamoasi (lisoniy shaxs) ga tegishli farqli
bilimlar va tasavvurlarning faollashuvi va identifikatsiyasi yuz beradi. Mazkur daraja
shaxs dunyosi, uning tezaurusi, madaniyatining lisoniy modelini aks ettiradi.

Uchinchi pragmatik darajadir. U kommunikatsiyaning maqsad va vazifalari

sо‘zlovchining niyati, qiziqishlari va maqsadlari bilan belgilanadi. Aynan
sо‘zlovchining motivlashganligi "kommunikativ-faoliyat ehtiyoji" hisoblanadi va
lisoniy shaxsning pragmatik darajasining birligini namoyon qiladi. Mazkur
xususiyatlar individning mantiqiy fikrlash darajasi bilangina aniqlanib qolmasdan,
balki uning his-tuygʻulari va muloqotning vaziyat omillari bilan ham aniqlanadi.
Xabarni kodlash va dekodlash "shaxs kommunikativ makonining" uch darajasi
verbal-semantik, kognitiv va pragmatik darajalarning oʻzaro ta'sirida yuz
beradi[3.180].

Lisoniy shaxs muammosiga о‘zbek tilshunosligida ilk bor D.Lutfullayeva

hamda D.Xudoyberganovalar e’tibor qaratgan. “Tilni inson omili bilan bog’liq holda
о‘rganish muammosiga jiddiy e’tibor qaratilayotgan paytda tilda lisoniy shaxs
muammosini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, olamning
lisoniy manzarasi tahlilida lisoniy shaxs muammosini о‘rganish muhim ahamiyatga
egadir[4.37]”. Lisoniy shaxs tushunchasi о‘zbek tilshunosligida turli nuqtayi
nazardan о‘rganilgan, unga turli ta’riflar berilgan. Yu.Nurmuxammedov til
kategoriyasining nutq hamda lison ost kategoriyalariga ajratilishi nuqtayi nazariga
kо‘ra, «til shaxsiyati» terminini qо‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Lison –


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

111

inson miyasining til xotirasi qismida mavjud boylik va ulardan foydalanish qoidalari,
nutq esa ushbu boyliklarni ishlatish jarayoni va ushbu jarayon natijasi. Shaxsiyat esa
“о‘ziga xos jihatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan shaxs; shaxsning
о‘zligini belgilovchi tomonlari, xususiyatlari yig’indisi[5.19-20]”. D.Baxronova esa
о‘z ilmiy tadqiqot ishida “tildagi shaxsiyat” terminini qо‘llaydi va quyidagicha
ta’riflaydi: “tildagi shaxsiyat bu, nutq qobiliyatiga ega til tashuvchisi sifatida
qadrlanadigan shaxs, u о‘zini о‘zini о‘rab turgan borliqning bevosita tilda aks etishi
tushuniladigan lingvistik ong eltuvchisidir. Tildagi shaxsiyatning tili hamda
madaniyatini о‘rganish butun bir millatning tili va madaniyatini teranroq anglash
demakdir[7.19].”. Lisoniy shaxs bu aniq bir til sohibi, u matnlarni tushunish, qayta
tiklash hamda tuzishga qodir, u tilda ifodalagan va u yozgan matnlar tahlili asosida
tavsiflangan shaxs va u tomonidan matn(nutq)da foydalanilgan til uning tafakkurida
olam(borliq) qanday qabul qilinganini aks ettiradi[6.41].

Olamning mualliflik manzarasi individual dunyoqarashda alohida qiziqish

uyg’otadi. Bu manzara bevosita lisoniy shaxs tushunchasi bilan chambarchas bog’liq.
Olamning bu manzarasi, ayniqsa, ijodkor insonlarda yetakchilik qiladi. Xalq
namoyondalari adib hamda shoirlar maqol, matal, о‘xshatishlar va turli obrazlardan
о‘z asarlarida ta’sirchanlikni orttirish maqsadida ustalik bilan foydalanadilar.
Masalan, Iqbol Mirzo ijodida ekspressivlikni orttirish maqsadida qо‘llanilgan juda
kо‘plab bunday vositalarni kо‘rishimiz mumkin:

Boshingda daryodek mavjlangan rо‘mol...
Shamol qulog’idan tortar barglarni...
Shamol, uchirolmay dilgirdir shamol –
Rо‘molingga qо‘ngan kapalaklarni[8.144].
Ushbu misralarda shoir о‘xshatishdan unumli foydalangan. Yorning boshidagi

rо‘molning shamolda hilpirashini xuddiki daryoning mavjlanishiga, shamoldagi
daraxt barglarining holatini esa shamol xuddiki barglarning qulog’idan
tortayotganligiga о‘xshatadi. Bu individual, muallif о‘xshatishlari bо‘lib, boshqa
ijodkorlardada uchratmaymiz.

Sо‘z bilan ishlaydigan har bir ijodkor о‘zining tilida avvaldan mavjud iboralar,

maqol, matallardan unumli foydalanadi. Shuningdek, ularni о‘z dunyoqarashi, fikr
hamda yondashuviga moslab yashab turgan madaniyatining asosiy konseptlari hamda
olam manzaralariga muvofiq о‘zgartirishi mumkin. Bunday konseptlar individual
yoki individual-mualliflik konseptlari deb nomlanadi. Ushbu individual-mualliflik
hosilalarida shaxsga hamda ushbu madaniyatga tegishli bо‘lgan millatga oid lisoniy
shaxs “nafasi” ufurib turadi[6.44]. Lisoniy shaxsni nutqiy shaxslarning serqirra va
koʻp qatlamli paradigmasidir deb atasak bо‘ladi. Bunda nutqiy shaxs real muloqot
paradigmasidagi lisoniy shaxs hisoblanadi. Aynan nutqiy shaxs darajasida lisoniy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

112

shaxsning ham milliy-madaniy о‘ziga xos xususiyati, ham muloqotining milliy-
madaniy о‘ziga xos xususiyatlari kо‘rinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

‘yxati:

1.

Mamatov A. Zamonaviy lingvistika. -Toshkent: “Tafakkur avlodi”, 2020.

2.

Воркачев С. Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт:

становление

антропоцентрической

парадигмы

в

языкознании

//

Филологические науки, 2001. – № 1.

3.

Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. Darslik. Toshkent, 2019.

4.

Лутфуллаева Д., Худойберганова Д. Тилшуносликда лисоний шахс

муаммоси //Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2017. №6.

5.

Nurmuxammedov Yu.Sh. O’zbek milliy-madaniy dunyoqarashining

frazeologik sath aspektidagi tahlili. Fil.f.f.d. (PhD) dissertasiyasi. – Samarqand, 2021.

6.

Baxronova D. Olam manzarasining milliy-madaniy va lingvokognitiv

kategoriyalanishi. –Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2021.

7.

Baxronova D. O’zbek va ispan tillarida olam manzarasining lingvokognitiv

kategoriyalanishi. Fil.f.f.d. avtoreferati. – Toshkent, 2022.

8.

Iqbol Mirzo. Ko’zlaringa termulsaydim. Toshkent: “Sharq”, 2020.

Библиографические ссылки

Mamatov A. Zamonaviy lingvistika. -Toshkent: “Tafakkur avlodi”, 2020.

Воркачев С. Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // Филологические науки, 2001. – № 1.

Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. Darslik. Toshkent, 2019.

Лутфуллаева Д., Худойберганова Д. Тилшуносликда лисоний шахс муаммоси //Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2017. №6.

Nurmuxammedov Yu.Sh. O’zbek milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik sath aspektidagi tahlili. Fil.f.f.d. (PhD) dissertasiyasi. – Samarqand, 2021.

Baxronova D. Olam manzarasining milliy-madaniy va lingvokognitiv kategoriyalanishi. –Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2021.

Baxronova D. O’zbek va ispan tillarida olam manzarasining lingvokognitiv kategoriyalanishi. Fil.f.f.d. avtoreferati. – Toshkent, 2022.

Iqbol Mirzo. Ko’zlaringa termulsaydim. Toshkent: “Sharq”, 2020.