International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
121
MUSIQA OLAMIDA BARABAN TO‘PLAMINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Egаmkulov Oybek Аltmishevich
JDPU Pedаgogikа-psixologiyа vа musiqа yo‘nаlishlаridа mаsofаviy
tа’lim kаfedrаsi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada musiqa tizimida o‘zining ijrochilik tomonidan
ajralib turadigan baraban to‘plamining yaralishi hamda uning qo‘llanilishi haqida
so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Musiqa, Janr, baraban to‘plami, musiqiy uslub, Dave weckl,,
kichik baraban, crash, hi-hat.
Baraban to‘plami ("drum kit") - bu bir nechta kata va kichik barabanlar hamda
perkussiya asboblarining birlashtirilgan to‘plamidir. Odatda rok, jazz, pop, va boshqa
musiqiy janrlarda ishlatilib, musiqa ijrochisiga ritm yaratish, dinamika va
melodiyalarni ifodalash imkonini beradi. Shuningdek u bir nechta asosiy
barabanlardan (tom-tom, kichik baraban, bas baraban) va turli perkussiya
asboblaridan (hi-hat, crash va ride hi-hatlar) iborat bo‘lishi mumkin.
Baraban to‘plamining rivojlanishi XIX asr oxiri, XX asr boshlariga to‘g‘ri
keladi. Dastlab, orkestrlarda bir nechta alohida barabanlar va perkussiya asboblari
ishlatilgan, biroq ular birlashtirilgan holatda ya’ni yakka sozanda tomonidan ijro
etilmagan.
XIX asrning oxirlarida "Snares" (kichik) deb ataladigan kichik barabanlar
orkestrda mavjud bo‘lib, ular asarning mazmunini ochib berishda o’zining ritmik
xususiyatlari bilan ajralib turgan. 1900-yillar boshlariga kelibgina Baraban
to‘plamlari asta-sekinlik bilan tashkil topa boshladi. 1920-yillarda Jazz musiqasining
ommalashishi bilan baraban to‘plami tobora keng tarqaldi. Bu davrda, bir nechta
baraban va perkussiya asboblari birlashtirilgan to‘plamlar paydo bo‘ldi. Jumladan:
Asosan jaz janrida ijod qilgan Gene Krupa, baraban to‘plamlarini rivojlantirishga
katta hissa qo‘shgan ijodkor sifatida tanildi. 1950-1960-yillarga kelib, Rok va pop
musiqalarining rivojlanishi bilan baraban to‘plami yanada takomillashdi va
zamonaviy baraban to‘plamlarining shakli vujudga kela boshladi.
Baraban to‘plamining tarkibi
odatda quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:
Katta baraban (Bass Drum) bu to‘plamdagi eng katta baraban hisoblanib, odatda
yerga qo‘yilgan holatda ishlatiladi. Unda musiqa ijrochi tomonidan pedaldan
foydalangan holda ovoz manbaiga erishiladi. Bas baraban ritmning asosiy qismini
tashkil etib, ko‘pincha musiqaning quyi va kuchli hissini beradi. Shuningdek, asarda
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
122
dinamika va kuyning mustahkamligini ta’minlaydi. Uning tuzilishi odatda katta
diametrga ega (20–24 dyuym) bo’lib, unga maxsus plastik teri qoplangan bo‘ladi.
Kichik baraban (Snare Drum)
bu
o‘rta kattalikdagi yuqori va o‘tkir tovushga ega
baraban hisoblanadi. Uning ostida maxsus burama metal arqon mavjud bo‘lib,
asarning mahiyatidan kelib chiqib ijrochi ushbu moslama orqali tovushni o’zgartiradi.
Bu baraban ko‘pincha musiqaning urg‘uli qismini ochib berishda ishlatiladi. U
o’zining yuqori tovushi va tezkor ritm berishi bilan baraban to‘plamining o‘ziga xos
elementi sifatida asosiy rol o‘ynaydi. Kichik baraban ko‘pincha 14 dyuym kengligida
bo‘lib, musiqa janrlariga qarab yengil yoki jadal, aniq tovush chiqarish orqali ijro
etilishi mumkin.
Tom-tomlar (Tom Toms)
Tom-tomlar - o‘rta kattalikdagi barabanlar bo‘lib,
katta baraban va kichik baraban orasiga joylashtiriladi. Odatda ular bir nechta
o‘lchamda (8", 10", 12", 14") uchrashi mumkin.
Tom-tomlar ritmik naqshlar
yaratishda va ijrochilarga tovushni cho‘zish va ovoz chiqarish imkoniyatini
yaratishda qo’llaniladi. Ulardan nafaqat orkestrda, balki yakka tartibda solo va
improvsizatsiya sifatida foydalanish mumkin.
Tom-tomlarning diametri nisbatan
kichikroq bo‘lib, ular kichik barabandan yuqorida joylashtirilgan holda ijro etiladi.
Hi-hat ikki metall qopqoqdan iborat zarbli cholg‘u asbobidir. Birinchi qopqoqni
maxsus pedal orqali bosib ikkinchisiga zarba berib tovush manbaiga erishish
mumkin. U ritmning ustuni misolida ko‘riladi. Hi-hatning ikkita metall diskidan biri
yerga o‘rnatilgan, ikkinchisi esa ustki qismida joylashgan bo‘ladi hamda pedal
yordamida boshqariladi.
Crash va Ride (Cymbals)
deb nomlanuvchi perkussiyalar yupqa metall tarelkalar
bo‘lib, Crash ijroda jadal tovush chiqaradi. Ride tarelkasi esa qalinroq va ko‘proq
ohangli tovush chiqaradi.
Crash tarelkasi qisqa va jadal effekt yaratish uchun
qo‘llanilsa, ride tarelkasi esa ko‘proq qisman uzaytirilgan tovushlar yaratish uchun
ishlatiladi.
Ularning hajmi
odatda 16" dan 22" gacha bo‘lgan o‘lchamlarga ega.
Baraban to‘plami musiqaning ritmik tuzilmasini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Ijrochi asboblarni o‘zgartirib, ovozlarni sozlash orqali musiqaning har bir janriga
moslashi mumkin. Baraban to‘plamining ba'zi ijro usullari:
Cholg‘uchining asosiy vazifasi musiqaning ritmini shakllantirishdir. Ijro
maxoratini shakllantirishda kichik baraban va bas barabanni birgalikda ishlatish juda
muhim. Shuningdek, baraban to‘plamida improvizatsiya qilish ham jazz va boshqa
musiqalarda o‘ziga xos usul hisoblanadi. Ijrochi bu orqali o‘zining mahoratini va
tasavvurini namoyish qilgan holda musiqaga yangi ranglar baxsh etadi.
Baraban to‘plamining pedallari va tarelkalar yordamida musiqa dinamikasini
boshqarish mumkin. Pedallarni bosish yoki tarelkalarga zarba berish orqali musiqa
yorqin va kuchli bo‘lishi mumkin. Shunday dinamik tovushlar asosida yaratilgan asar
o‘zining mazmunli va xarakterga boy bo‘lishi ta’minlanadi. Baraban to‘plamini ijro
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
123
etgan ko‘plab mashhur musiqachilarning har biri xuddi shunday o‘ziga xos uslublar
yaratgan:
John Bonham
(Led Zeppelin): Rok musiqasida baraban to‘plamining muhim
vakili. U o‘zining kuchli va energiyaga to‘la ijrosi bilan tanilgan.
Neil Peart
(Rush): Rush guruhining barabanchisi, texnik jihatdan juda yetuk
bo‘lgan va ko‘plab qiziqarli baraban naqshlarini yaratgan.
Keith Moon
(The Who): Rok musiqasidagi eng original barabanchilardan biri,
o‘zining yuqori energiyali ijrosi bilan mashhur.
Buddy Rich
: Jazz musiqasining afsonaviy barabanchisi, baraban to‘plamining
texnik mahoratini mukammal o‘zlashtirgan.
Dave Weckl
: Fusion va jazz-rok janrlarida taniqli barabanchi, u o‘zining
innovatsion uslubi va tezligi bilan mashhur.
Baraban to‘plami har yili yangilanadi, yangi texnologiyalar, materiallar va
konstruktsiyalar bilan mukammallashtiriladi. Yangi elektron barabanlar (elektronika)
va ishlab chiqarish materiallari baraban to‘plamining tovushini va chidamliligini
yaxshilaydi. Shuningdek, "drum machines" (baraban mashinalari) va kompyuter
dasturlari musiqada baraban tovushlarini yaratish uchun qo‘llanilib kelinmoqda. Shu
bilan birga Baraban to‘plami musiqaning ritmik asosini tashkil qilishda va ijrochi
musiqaning dinamika va xarakterini yaratishda muhim ahamiyatga ega. U turli
janrlarda o‘ziga xos ovozlarni yaratish imkoniyatini beradi va har bir barabanchining
ijrosi musiqaning umumiy tasvirini belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Л.Ганиева Эстрадно-инструментальное исполнительство Учебник.
Т.: Musiqa, 2019.
2.
А.Измайлов Ощущение времени для исполнителя на ударных
инструментах. Т .: Музыка, 2019.
3.
Egamqulov, O. (2020). Эстрадно-джазовые произведения и методы
их изучения. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(83). извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/7233
4.
Altmishbayevich, E. O., & Altmishevich, E. O. (2022). Problems of
instrumental and vocal performers in developing the ability of reading notes from a
sheet of paper. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 940-
945.
5.
Эгамкулов, О. А. (2022). РИТМИЧЕСКИЕ ДЖАЗОВЫЕ
ФОРМУЛЫ ИСПОЛНИТЕЛЬСТВА НА УДАРНОЙ УСТАНОВКЕ. Academic
research in educational sciences, 3(3), 417-423.
