Авторы

  • Откирбек Бойматов
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Биография автора

  • Откирбек Бойматов , Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
    assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.83784

Ключевые слова:

Logistik tizim ishlab chiqarish ombor xizmati zaxiralar to‘plash.

Аннотация

Logistikaning asosiy maqsadi iste’molchiga kelishilgan vaqtda kerakli mahsulot (tovar)ni, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni minimal xarajat qilgan holda yetkazib berishdan iborat. Material, xomashyo, tayyor mahsulotni aniq, o‘z muddatida yetkazib berish butun bir iqtisodiy tizimning ishlashiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi, moddiy zaxiralar, ularni shakllantirish va saqlash bo'yicha xarajatlar, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qisqartirishga imkon tug‘diradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

78

INNOVATSION LOGISTIKADAN OMBORXONA XO‘JALIGINI

BOSHQARISH

Boymatov O‘tkirbek Tilovmurod o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti

utkirbekboymatov92@gmail.com

Annotatsiya:

Logistikaning asosiy maqsadi iste’molchiga kelishilgan vaqtda

kerakli mahsulot (tovar)ni, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni minimal xarajat
qilgan holda yetkazib berishdan iborat. Material, xomashyo, tayyor mahsulotni aniq,
o‘z muddatida yetkazib berish butun bir iqtisodiy tizimning ishlashiga ijobiy ta’sir
ko'rsatadi, moddiy zaxiralar, ularni shakllantirish va saqlash bo'yicha xarajatlar,
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qisqartirishga imkon tug‘diradi.

Abstract.:

A logistics system is a simple system with feedback that performs

one or another logistics function. It consists mainly of several subsystems and has
well-developed relationships with the external environment. The main purpose of
logistics is to deliver the required product (commodity), labor, material and financial
resources to the consumer at the agreed time at minimal cost.

Kalit so‘zlar:

Logistik tizim, ishlab chiqarish, ombor xizmati, zaxiralar to‘plash.

Keywords:

Logistics system, production, warehousing, stockpiling.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.

Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi

bosqichida innovatsiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy oʻsishning asosiy omiliga
aylanmoqda. Innovatsiya jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy
hayot oʻzgarishiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Innovatsiya ishlab chiqarishni va
barcha sohalarni modernizatsiyalashga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Samarali
innovatsion faoliyat nafaqat ishlab chiqarish strategiyasi, balki mamlakatning
iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi. Innovatsiya deb yangi
koʻrinishda

mahsulot,

tovar,

ish,

xizmat,

uslub

yaratilishini

yoki

takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonining yangi koʻrinishi joriy qilinishini
yoki ushbu jarayonning takomillashtirilishini, biznesni yuritishda yangi marketing
yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishini, ish oʻrinlari tashkil etishni, boshqaruvni
yoki tashqi aloqalar oʻrnatilishini oʻzida mujassamlashtirgan innovatsiyaviy
faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida qulay, turli xil
iqlim sharoitida ham omborxonada yuklarni saqlashni ta’minlovchi logistika turidan
omborxona hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonuning transport xizmatlaridan
foydalanish chog’ida transport korxonalari orqali yuk jo‘natuvchilar, yukni
oluvchilar, yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasida omborxonada yuklarni tashish, saqlash


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

79

qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining omborxona
to‘g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Omborxona
tizimida yuk harakatini o‘rganish bunda asosan, omborxona tizimida xalqaro yuk
tashuvlarini to‘g’ri yo‘lga qo‘yish, yuk harakatini nazorat qilish, yuklarni yetib
borishidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish, xalqaro yuk tashish qoidalarini o‘rganish,
xalqaro konvensiya va hujjatlar asosida yuk harakatini to‘g’ri tashkil qilish. Bundan
tashqari, iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsiyalar keng qo‘llanilayotganini va
samarali ishlayotganini hisobga olgan holda, omborxona logistikasida xalqaro yuk
tashuvlarini innovatsiyalar asosida boshqarish asosiy maqsad qilib belgilandi.

Tadqiqot mavzusidagi mavjud muammolar.

Innovatsiya jarayonining doimiy

rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Logistikaning maqsadlari logistika bosh maqsadiga erishish vositalari bo‘lib ikkinchi
darajali maqsadlar hisoblanadi va asosiy maqsadlarga xizmat qiladi; ularni logistika
sohasidagi korxonaning faoliyati aniqlab beradi. Innovatsiya ishlab chiqarishni va
barcha sohalarni modernizatsiyalashga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Samarali
innovatsion faoliyat nafaqat ishlab chiqarish strategiyasi, balki mamlakatning iqtisodiy
salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi. Innovatsiya deb yangi ko‘rinishda
mahsulot, tovar, ish, xizmat, uslub yaratilishini yoki takomillashtirilishini, ishlab
chiqarish jarayonining yangi ko‘rinishi joriy qilinishini yoki ushbu jarayonning
takomillashtirilishini, biznesni yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning
joriy qilinishini, ish o‘rinlari tashkil etishni, boshqaruvni yoki tashqi aloqalar
o‘rnatilishini o‘zida mujassamlashtirgan faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Omborxona tushunchasi.

Ombor deganda - tovarlarni qabul qilish, saqlash, joylashtirish va taqsimlash

bo‘yicha amaliyotlar kompleksini amalga oshirishga mo‘ljallangan, maxsus texnologik
uskunalar bilan jihozlangan bino, inshoot va turli qurilmalar tushuniladi.

Omborlarning asosiy vazifasi — iste’molchilar buyurtmasi zaxirasini jamlash,

ularni saqlash va uzluksiz bir me’yorda ta’minlanishini amalga oshirish.

Logistika

moddiy va axborot oqimlarini, ularning birinchi manbayidan to oxirgi

iste’molchigacha bo‘lgan harakatini boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil
etish to‘g‘risidagi fandir. Logistikani o‘rganish obyektiv moddiy va unga tegishli
moliyaviy, axborot oqimlaridir.

Innovatsion logistika – bu logistik tizimda moddiy, moliyaviy va axborot

oqimlarini boshqarishni innovatsiyalar asosida amalga oshirish va rivojlantirishdir.

Innovasion logistika

logistik operatsiyalarni bajarishda innovasion jarayonlarni

boshqaruv mexanizmlari bo‘yicha umumiy tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish,
innovatsion fikrlash, ma’lumotlar oqimini qabul qilish va umumlashtirish, shuningdek


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

80

logistik zanjirda boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi zaruriy ichki resurslarni
rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

Muammoni hal qilish usullari.

Ushbu yo‘nalish logistik innovatsion

faoliyatning mohiyati, roli, asosiy elementlari va bosqichlari bo‘yicha tizimli
tushunchalarni shakllantirish, logistik innovatsion jarayonlarni boshqarishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mohiyatini ochib berish, intellektual mulk obyektlarini
yaratish, huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash, ixtiro, kashfiyotlar tizimini
tashkil qilish va boshqarish sohasidagi asosiy tushunchalar va ta’riflarni, O‘zbekiston
va boshqa davlatlarning logistik jarayoni va innovatsion tizimi hamda shu sohadagi
qonunlarni o‘rganadigan sohadir.

Ushbu logistik innovatsion faoliyatni o‘rganish jarayonida amalga oshiriladigan

masalalar quyidagilar:

-logistik innovatsion faoliyat konsepsiyasi, logistik innovatsion faoliyatni

boshqarish sohasidagi asosiy tushuncha va atamalar, makro va mikro darajada
innovatsiyalarni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning
logistik innovatsion tizimlari va soha bo‘yicha qonunlar, tashkilotlar, ularni tashkil
qilish va strukturalari, innovatsion g‘oya egasining huquqi va majburiyatlari,
intellektual mulk obyekti, ularni yaratish, huquqiy muhofaza qilish haqida
tushunchalar;

-innovatsion faoliyatni, logistik operatsiyalarni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni

ishlab chiqarishni, uning moddiy-texnika bazasini yangilashga va rivojlantirishga
imkon beruvchi yangi g’oyalar va ishlanmalarni yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga
qaratilgan jarayonlarni tahlili.

Shuningdek, transport-logistika, ixtiro, sanoat namunalari, tovar va xizmat

belgisi obyektlarining patent qobilyati, shartlari va foydali modellarning
himoyalanuvchanligi, xalqaro patent tasnifi, patent axboroti, ma’lumotlar ba’zasi,
Yevropa, AQSH, MDH mamlakatlarining innovatsiya bo‘yicha qonunchiligi va
ulardan foydalanish, qiyosiy tahlil o‘tkazish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

81

Ta’kidlash joizki, bir necha yillardan beri innovatsion faoliyatni rivojlantirish,

intellektual mulk huquqini yaratish, ularni muhofaza qilish, huquq egalarining
manfaatlarini

himoya

qilish,

respublikamizning

sohaga

oid

xalqaro

integratsiyalashuvini

jadallashtirish,

xalqaro

shartnomalarga

kirish

orqali

mamlakatimiz mualliflarining huquqlarini butun dunyoda muhofaza qilish kabi muhim
masalalar davlat ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab olindi.

Hozirgi globallashuv jarayonlarida innovatsion logistikaning ahamiyati

benihoya kattadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar, yangi
kashfiyotlar hamda ularni litsenziyalash va sertifikasiyalashning o‘rni salmoqlidir.
Chunki, dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk
hisoblanib, undan barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu logistik operatsiyalarni
amalga oshirishda ham nihoyatda dolzarblik kasb etadi.

Innovatsion faoliyat makon va zamonda mavjudligi, o‘z o‘rniga ega ekanligi

sababli iqtisodiyotning muhim obyektlaridan biri hisoblanishi tabiiy hol. Biroq,
iqtisodiyotga oid adabiyotlarda innovatsion faoliyatning mazmun va mohiyati, uni
tasniflash va tavsiflash asoslari, ushbu faoliyatga doir ma’lumotlarni hisob va
hisobotda real aks ettirilganligini tekshirish tartibi yetarlicha ochib berilmagan.

Logistika — moddiy va axborot oqimlarini, ularning birinchi manbayidan to

oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan harakatini boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish va
tashkil etish to‘g’risidagi fandir. Logistikani o‘rganish obyekti moddiy va unga tegishli
moliyaviy, axborot oqimlaridir.

Logistikaning asosiy tushunchalari. Logistika o‘zining tushunish apparatiga ega,

uning tarkibiga logistikaga xos bo‘lgan kategoriyalar, tushunchalar, atamalar kiradi.

Moddiy oqim. Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim o‘rin tutadi.

Moddiy oqimlar tashish, omborga joylashtirish va xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar
hamda tayyor mahsulotlar bilan boshqa moddiy amallarni bajarish natijasida yuzaga
keladi.

Moddiy oqim - bu vaqt oralig’iga keltirilgan va har xil logistik amallarni joriy

etish jarayonida ko‘rib chiqilayotgan tovar - moddiy boyliklarning yig’indisi. Ishlab
chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo‘lgan oraliqda joylashgan bir
turdagi resurslar yig’indisi oddiy moddiy oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada
shakllanadigan bir nechta oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta’minlab
beruvchi integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.

Logistika ham marketing kabi iste’molchi manfaatidan kelib chiqib, quyidagi

oltita shart bajarilganda logistika faoliyatining maqsadiga erishildi, deb hisoblanadi:

1)

zarur tovar;

2)

talabga muvofiq sifatli;

3)

zaruriy miqdorda yetkazib berilgan;

4)

kelishilgan vaqtda;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

82

5)

zaruriy joyga;

6)

minimal xarajatlar bilan.

Logistikaning global maqsadi - siklni qisqartirish, zaxiralarni kamaytirish bo‘lib,

bunga ishlab chiqarish bosqichida jarayonlarni sinxronlashtirish hisobiga, moddiy
resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, o‘z-o‘zini boshqarish hisobiga (ishlab
chiqarish biron bir mahsulotga bo‘lgan talabga muvofiq ishlaydi) erishiladi. Taqsimot
boshqaruvini tashkil etish, moddiy oqimning o‘tib borishini tezlashtirish va sotilishini
ta’minlash tashkiliy yo‘nalishga kiradi. Shunday qilib, tashkiliy yo‘nalish logistikaning
funksional sohasi bo‘lib, moddiy oqimlarning harakatini olib boradi va ta’minot hamda
sotuvni ta’minlaydi. Zaxiralar ishlab chiqarish muomala va iste’mol orasida qalqon
(bufer) rolini o‘ynaydi. Ular bevosita ishlab chiqaravchida jamlangan, yoki ularning
saqlanishi iste’molchiga yaqinlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Zaxiralar talab
o‘zgarishlariga tez javob berishga imkon beradi va transport xizmatining bir maromda
ishlashini ta’minlaydi. Korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlash jarayonida
sotib olib g’amlash logistikasi masalalari hal bo‘ladi. Bu bosqichda mol yetkazib
beruvchilar o‘rganiladi va tanlanadi, shartnomalar tuziladi va ularning ijrosi nazorat
qilinadi. Ishlab chiqarish logistikasi korxona (firma) ichidagi moddiy oqimlar harakati
jarayonini o‘z ichiga oladigan sohadir.

Taqsimot - bu logistikaning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan

yo‘ldagi moddiy oqim boshqaruvi bo‘yicha vazifalar kompleksini o'z ichiga olgan,
sotish xususida qo‘yilgan vazifalardan boshlab, iste’molchiga mahsulotni yetkazib
berishgacha yoki sotib bo‘lingandan keyingi xizmatlar yakunlanguncha bo‘lgan
vazifalarni o‘z ichiga olgan sohadir.

Yuk tashish - o‘z ichiga nafaqat yukni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha,

korxonadan omborgacha, ombordan omborgacha, balki ombordan iste’mol yerigacha
yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Ombor xo‘jaligi - o‘z ichiga mahsulot uchun ombor obyektlarini ularni

joylashtirish va ulardan foydalanishni oladi.

Axborot - har qanday logistik tizim axborot va nazorat tizimostilar tizimlari

yordamida boshqariladi. Ular orqali buyurtma, mahsulotni yuklash va jo‘natish
haqidagi talabnomalar, zaxiralarning kerakli miqdorda ushlab turishi kabi operatsiyalar
amalga oshiriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, axborot logistikasi
logistikaning bir tarmog'i bo‘lib, ma’lumotlar oqimini tashkil etadigan materiallar
oqimini kuzatishda hamda ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini bog’lab
turadigan bo‘g’in hisoblanadi.

Logistikaning asosiy maqsadi - ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur

miqdorda belgilangan joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir. Logistik
funksiyalar va maqsadlarning yig’indisini logistikaning asosi tasniflaydi deyiladi.
Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, tovar harakati jarayonining qatnashchilari


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

83

va bosqichlarining o‘zaro hamjihatligini ta’minlashdan, zarur mahsulotlarni
belgilangan joyga, so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish
maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida boshqarishdan
iborat. Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini
xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy faoliyat turi sifatida ochib
beradi.

Logistikaning funksiyalari va tamoyillari. Logistika materiallar harakatining har

bir bosqichida moddiy oqimlarning ishlashini ta’miniash va tashkil etishni o‘z ichiga
oladi.

Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi:

integratsiyalashuvchi - tovar harakati jarayonini bir butun jarayon

sifatida tashkil etadi;

— tashkillashtiruvchi - tovar harakati qatnashchilarini o‘zaro kelishilganligini

ta’minlaydi;

boshqaruvchi - material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini belgilangan

chegarada ushlab turadi.

Logistika tamoyillari.

Logistika

tamoyillari

boshlang’ich nuqtalarni

tashkil etadi va ular asosida logistik tizimlarning ishlashi va qurilishi amalga
oshiriladi.

1.

Tizimlilik tamoyili.

Ishlab chiqarish - sotish

tizimi chegarasida moddiy

oqimlarni boshqarishning integrallashgan tizimini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu
tamoyil ishlab chiqarish buyurtmalarini xarid qilish, ishlab chiqarish va mahsulotni
sotish bosqichlarida bir butun texnologik jarayonning ishlab chiqarilishida va
amaliyotda qo‘llanilishida o‘z aksini topadi.

2.

Teskari aloqa tamoyili. Bu tamoyilga, asosan, logistik tizimning maqsad va

vazifalari mahsulot va xizmatlar bozori talablariga binoan aniqlanadi. Kutilayotgan
buyurtmalar miqdori, talab etilayotgan sifat darajasi va yetkazib berish muddatidan
kelib chiqqan holda ishlab chiqariiayotgan mahsulot miqdori va assortimenti,
materiallarga buyurtmalar shakllanadi. O‘z navbatida, qabul qilingan xarid
strategiyasidan kelib chiqqan holda zarur bo‘lgan zaxiralar miqdori aniqlanadi.
Teskari aloqa tamoyilini amalga oshirish logistik tizim tarkibida maxsus bo‘lim
ajratilishini talab etadi, bu bo‘lim boshqaruv tizimining samaradorligi va mahsulot
bozori talablari haqida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni amalga oshiradi.

3.

Optimallik tamoyili — tovar harakati jarayonining bosqichlari va

qatnashchilari

o‘rtasida shunday o‘zaro kelishuvga erishiladiki, bunda

korxonaning

ishlab chiqarish — sotish

tizimi sifatida faoliyatning eng katta

samaradorligi ta’minlanadi.

4.

Egiluvchanlik tamoyili - logistik tizimning faoliyat ko‘rsatish sharoitlariga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

84

va iste’molchilaming o‘ziga xos talablariga yuqori darajada moslashuvchanlikni
nazarda tutadi. Egiluvchanlik tamoyilini amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy
muhitning o‘zgarish tendensiya (yo'nalish)larini bashoratlash va ularga qarshi xatti-
harakatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni olib borish talab etiladi.

5.

Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili — logistikaning tamoyili

sifatida shunday tashkiliy - iqtisodiy sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadiki,
unda korxonaning zarur moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishi va tayyor
mahsulotni yetkazib berish muddatlarining so‘zsiz bajarilishining ta’minlab berilishi
zarur. Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili tovar harakatining barcha
bosqichlarini sinxronlashtirish, kelib tushish va yuk tashishni boshqarish bo‘yicha
faoliyatlarni bir biriga moslashtirish, ishlab chiqarish va zaxiralarini tashkil etish
zarurligini ko‘zda tutadi.

Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, jamiyat

taraqqiyotining barcha sohalarida globallashuvning amalga oshirilishi sharoitida
transport tizimi ishini eng maqbul tarzda tashkil etish, uning faoliyati samaradorligini
tahlil etish, baholash va rivojlanish istiqbollarini belgilashni logistik tizimli
yondashuv asosida amalga oshirish zarur. Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatga
nisbatan keng ma’noga ega bo‘lib, u quyidagilar bilan belgilanadi: innovatsion
jarayon ilmiy-tadqiqot, ilmiy-texnikaviy yangiliklarni ishlab chiqarishga tatbiq etish;
innovatsion jarayon investitsiyalashtirish jarayoniga nisbatan qo‘llanilishi jihatidan
qisqa muddatli, ya’ni ilmiy fikr va mulohazalarning shakllanishidan, uni amalga
oshirish va tatbiq etish davrini o‘z ichiga qamrab oladi.

Innovatsiya ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha ma’lum bir yangilik,

kashfiyotlarni yaratish yoki mavjud ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
resurslardan foydalanishni takomillashtirish; doimiy ravishda yangiliklar izlash, bozor
talablariga mos keladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarni
qo‘llash va mehnatni tashkil etish usullaridan foydalanish; bozor iqtisodiyoti sharoitida
innovatsion investitsiya mablag’laridan foydalanish bozor subyektiv ixtiyorida bo‘lib,
innovatsion faoliyatni tashkil etish darajasiga bog’liq bo‘lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Mirziyoyev Sh.M Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent – O‘zbekiston – 2017

2.O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.

M.

Mirziyoyevning

Konstitutsiyaning

26

yilligiga

bag’ishlangan

ma’ruzasi.“Xalq

so‘zi”

gazetasi,05.12.2018-yil,№ 103.

3.Karriyeva Ya.K.Globallashuv jarayonida xalqaro transport logistik tizimi

faoliyatining samaradorligi. ТDАU nashr tahririyati, Т.: 2003 y.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

85

4.Qosimova М.S. Logistikani boshqarish. UМК. Iqtisodiyot, Тoshkent.

2015y.

5.Umarova D.M. Bo’ronova M.A.Logistika o‘quv qo’llanma T – 2016
6.Coals B. U. T. INTEGRATION OF LOGISTICS FUNCTIONAL AREAS

AND THE PLACE OF WAREHOUSING IN THEM //International Journal Of
Management And Economics Fundamental. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 50-57.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent – O‘zbekiston – 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Konstitutsiyaning 26 yilligiga bag’ishlangan ma’ruzasi.“Xalq so‘zi” gazetasi,05.12.2018-yil,№ 103.

Karriyeva Ya.K.Globallashuv jarayonida xalqaro transport logistik tizimi faoliyatining samaradorligi. ТDАU nashr tahririyati, Т.: 2003 y.

Qosimova М.S. Logistikani boshqarish. UМК. Iqtisodiyot, Тoshkent. 2015y.

Umarova D.M. Bo’ronova M.A.Logistika o‘quv qo’llanma T – 2016

Coals B. U. T. INTEGRATION OF LOGISTICS FUNCTIONAL AREAS AND THE PLACE OF WAREHOUSING IN THEM //International Journal Of Management And Economics Fundamental. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 50-57.