Авторы

  • Ашраф Саттаров
    Qarshi davlat texnika universiteti

Биография автора

  • Ашраф Саттаров , Qarshi davlat texnika universiteti
    oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.83795

Ключевые слова:

futbol texnik usullar toʻpni uzatish toʻpga zarba berish toʻpni egallash fintlar oʻyin texnikasi harakatlanish qobiliyati oʻyin mashqlari.

Аннотация

Ushbu maqolada futbolda sport zaxirasini tayyorlash muammosi koʻrib chiqilib yosh futbolchilarni tayyorlashda texnik-taktik tayyorgarlik jihatdan muhim ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Tadqiqotning asosiy mazmuni mashgʻulot jarayonida yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oʻyin mashqlarini toʻplamlari asosida rivojlantirishga qaratilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

115

YOSH FUTBOLCHILARNI O’YIN MASHQLARI ASOSIDA TEXNIK-

TAKTIK JIHATDAN TAYYORLASH

Sattarov Ashraf Eshaliyevich

Qarshi davlat texnika universiteti oʻqituvchisi

sattorov.ashraf76@gmail.com

Аннотация.

Ushbu maqolada futbolda sport zaxirasini tayyorlash muammosi

koʻrib chiqilib yosh futbolchilarni tayyorlashda texnik-taktik tayyorgarlik jihatdan
muhim ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Tadqiqotning asosiy mazmuni mashgʻulot
jarayonida yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oʻyin mashqlarini
toʻplamlari asosida rivojlantirishga qaratilgan.

Kalit soʻzlar:

futbol, texnik usullar, toʻpni uzatish, toʻpga zarba berish, toʻpni

egallash, fintlar, oʻyin texnikasi, harakatlanish qobiliyati, oʻyin mashqlari.

ТЕХНИКО-ТАКТИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ

НА ОСНОВЕ ИГРОВОЙ ПРАКТИКИ

Саттаров Ашраф Эшалиевич

Преподаватель Каршинского государственного технического университета


Аннотация:

В статье рассматривается проблема подготовки спортивного

резерва в футболе, а также обсуждается важная роль технико-тактической
подготовки в подготовке молодых футболистов. Основное содержание
исследования направлено на совершенствование технико-тактической
подготовки юных футболистов в процессе тренировок на основе комплексов
игровых упражнений.

Ключевые слова:

футбол, технические приемы, передачи мяча, удары по

мячу ногой, владение мячом, финты, техника игры, двигательные навыки,
игровые упражнения.

TECHNICAL AND TACTICAL TRAINING OF YOUNG FOOTBALL

PLAYERS BASED ON GAME PRACTICE

Sattarov Ashraf Eshalievich

Teacher at Karshi State Technical University

Abstract:

The article examines the problem of training a sports reserve in

football, and discusses the important role of technical and tactical training in the


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

116

training of young football players. The main content of the study is aimed at
improving the technical and tactical training of young football players in the process
of training based on sets of game exercises.

Key words:

football, technical techniques, passing the ball, kicking the ball, ball

control, feints, game technique, motor skills, game exercises.


Ilmiy-metodik adabiyotlarning tahlili shuni koʻrsatadiki, hozirgi vaqtda aniq

zarbalar va toʻp oshirishlarning turli jihatlarini modellashtiruvchi oʻyin mashqlarini
qoʻllash orqali futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligi samaradorligini oshirish,
zarur masalalardan biri hisoblanadi. Oʻquv adabiyotlarda tavsiya etilgan mashqlar va
ularni mashgʻulotlarning turli bosqichlarida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar tahlili,
futbolchilar oʻzlashtirgandan soʻng, texnik va taktik imkoniyatlari doirasida aniq
optimal xatti-harakatni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishga toʻliq ishonch hosil
qilmaydi. Shu bois mashgʻulot jarayonida yosh futbolchilarni texnik jihatdan
tayyorlash uchun maqsadli vositalar va usullarni toʻgʻri tanlash orqali imkoniyatlarini
kengaytirish zarur. Keyingi yillar ilmiy adabiyotlarda yosh futbolchilarni tayyorlash
texnikasi, taktikasi va metodikasi boʻyicha koʻplab uslubiy tavsiyalar eʼlon
qilinmoqda. Aksariyat ilmiy ishlarda oʻquv-mashgʻulot jarayonini oʻtkazihda ilgʻor
amaliy tajribali murabbilar uslublari koʻrsatilgan. Lekin bu tavsiyalar koʻproq yosh
futbolchilarga emas, balki yuqori malakalilarga taalluqlidir.

Ishdan koʻzlangan maqsad oʻyin mashqlar toʻplamlarini mashgʻulot jarayonida

qoʻllash samaradorligini asoslashdan iborat. Oʻyinchilarning texnik tayyorgarligini
oʻrganish, harakatlanish, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish, boʻyicha
usullarini muvaffaqiyatli ishlab chiqqan professor N.A. Bernshteynning ilmiy ishlari
muhim rol oʻynadi. Uning ishlari sportchilarni zamonaviy sportga tayyorlash uchun
juda muhimdir.

V.V.Lobanovskiyning ta’kidlashicha, yosh futbolchilarni tayyorlashda umumiy

jismoniy, balki texnik-taktik tayyorgarlikka ham e’tibor berish kerak, chunki u
oʻyinning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Boshqa muallif K.I. Adambekov futbolchilar tayyorlash jarayonini oʻrganar

ekan, unda sport mahoratini oshirishga koʻmaklashuvchi maydon oʻyinchisi texnikasi
va darvozabon tomonidan toʻpni boshqarish texnikasi koʻrib chiqilgan. Uning
fikricha, texnik tayyorgarlikda maqsadga muvofiq boʻlgan vositalar va usullardan
foydalangan holda yosh futbolchilarning texnik mahorati sifatini yanada oshirish
muammosini hal qilishga yordam beradi [1].

M.A. Godik, A.I. Shamardin, I.Xalil kabi ilmiy tadqiqotchilar yosh

futbolchilarning jamoaviy, guruh va yakka tartibdagi harakatlarini oʻrganib
kelishmoqda. Ular oʻz ishlarida futbolchining yosh xususiyatlariga oid rivojlanish
qonuniyatlari

va

jismoniy

tayyorgarlik

darajasini

hisobga

olgan

holda


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

117

tayyorgarlikning turli bosqichlarida mashgʻulot oʻtkazish zarurligini alohida
ta’kidlashadi. Mashgʻulot jarayoni va musobaqa faoliyatida texnikaning xilma-xilligi
va oʻyin taktikasidan kelib chiqib jismoniy yuklamalardan foydalanishni tartibga
solishda yordam beradi [2].

Yosh futbolchilar turli xil texnik usullarga ega boʻlishlari bilan birgalikda oʻyin

mashqlari va ularning turlaridan foydalanib, boshqa mashqlar bilan birgalikda oʻyin
usullari va ularning xususiyatlarini baholash mezonlarini ko`rib chiqamiz (1-jadval).

Ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni koʻrsatishga asos boʻladiki, futbolchilarni

tayyorlash jarayonida jismoniy, texnik, taktik, irodaviylik kabi sifatlarga alohida
e’tibor berish zarur ekanligi ta`kidlangan.

1-jadval

Mezonlar

Ularning tavsiflari

1. Oʻyin davomida oʻyinchi

tomonidan qoʻllaniladigan

usullar soni.

Oʻyin davomida har bir oʻyinchining oʻyin

vaziyatida turli xil usullaridan oqilona foydalana

olishi.

2. Har qanday vaziyatdan

qat’iy nazar, qoʻllaniladigan

usullarning barqarorligi va

ishonchliligi.

Uchrashuvning keskinligi, oʻyin maqomi,

raqiblarning faol qarshiligi, muxlislarning

munosabati, yomon ob-havo, futbolchining

texnik koʻnikmalarga egaligi, psixologik

bosimga tayyorligi.

3.Oʻyinda qoʻllaniladigan

usullarning samaradorligi va

maqsadga muvofiqligi.

Oʻyin sharoitiga, ayni vaziyatdagi raqiblar

soniga, koʻnikmalarga bogʻliq aldamchi

harakatlari va ushbu holat uchun oʻyinchilarning

texnik usullar zaxirasi (zarba, harakatlanish,

toʻpni toʻxtatish turlari va boshqalar).

4. Yengillik, qulaylik va

oqilona tezlik bilan oʻyinda

usullarni bajarilishi.

Oʻyinda usullarni bajarish. Jismoniy

qobiliyatlarni tarbiyalashga, harakat

reaktsiyasining tezligiga bogʻliqligi, yakka

harakatning tezligi, malaka, koʻnikmalarni

avtomatlashtirish.


Oʻyinda qoʻllanadigan ma’lum miqdordagi usullarni bajarish, uning alohida

uslubi va bajarish qobiliyati ham, oʻyinchining texnik mahorati bilan birgalikda
tavsiflanadi. Oʻyinning muhim jihati shundaki, futbolchilar o’yin vaziyatida (to’pni
egallash, to’pni to’xtatish va uzatish, harakatlanish, fintlar, to’pga zarba berish)
texnik usullarni qoʻllay olishidir. Chunki bir vaqtning oʻzida raqibga faol qarshilik
koʻrsatish ham talab etiladi.

Pedagogik eksperiment 2024-2025 yillar davomida Qashqadaryo yiloyat futbol

maktabining 12-13 yoshli futbolchilar guruhida, ishlab chiqilgan oʻyin mashqlari
toʻplamlarini mashgʻulot jarayonida qoʻllab, bu orqali erishilgan samaradorlikni tahlil


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

118

qilish maqsadida oʻtkazildi. Belgilangan vazifalarni hal etish uchun tajriba va nazorat
guruhlari tuzildi. Qoʻllaniladigan uslublar asosini texnik elementlarni toʻg`ri
bajarishga oʻrgatish bilan bir qatorda maxsus, oʻyin mashqlar toʻplamidan
foydalanildi. Jami 10 ta toʻplam ishlab chiqilgan boʻlib, har bir toʻplamda 15 ta
topshiriq mavjud. Barcha oʻyin topshiriqlari oʻyinchilarning harakatlanish
qobiliyatlarida mujassam boʻlgan kuch, tezlik-kuch hamda texnik elementlari asosida
qurilgan.

Ushbu oʻyin mashqlar toʻplamlari mashgʻulot vazifasiga muvofiq maʼlum bir

ketma-ketlikda qoʻllanilgan, oʻyin topshiriqlarini bajarish va shugʻullanuvchilarning
jismoniy yuklamasi intensivligi va hajmi bilan chambarchas bogʻliqdir [3].

Yosh oʻyinchilarda harakat koʻnikmalarini shakllantirish turlicha kechadi.

Baʼzilarda bur usulni tezda oʻzlashtirsa, boshqalarida esa bu jarayon sekin nomoyon
boʻladi. Bu jismoniy qobiliyatlar va ularning rivojlanishiga bogʻliq. Shu bois,
oʻyinlarida oʻziga xos jismoniy, psixologik, texnik-taktik tayyorgarlikka ega boʻlgan,
individuallikda yetakchi rol oʻynaydigan oʻyinchilarni tanlash zarur. Ular oʻyin
jarayonida texnik usullarni ijodiy qoʻllash, taktik vazifalarni hal etish va oʻz
jamoasining etakchisi boʻlish qobiliyatiga egadirlar 4,5,6].

Quyida biz muayyan ketma-ketlikda oʻyin mashqlar toʻplami topshiriqlarni

hamda har bir mashgʻulot jarayonini murakkablashtirish, yuklamalarni rejali
taqsimlash, jismoniy yuklamaning intensivligi va hajmi, har bir mashgʻulotda harakat
tezligi va tezligi bilan oʻyin topshiriqlarini bajarishga qaratamiz. Misol uchun bir
mashgʻulotda, toʻpga kuchli zarba berish boʻlsa ikkinchisida harakatdagi toʻpni
nishonga aniq zarba, boshqasida esa bayroqlar orasidan oʻtib zarba berish kabilardir.

2-jadval
Mashqlar toʻplami

Usullar

Mashqlarni bajarish/juftlikda, uchlikda, guruhlarda

Toʻpni nishonga

sekin zarba bilan

yoʻllash

Mashq juftlikda bajariladi. Har bir oʻyinchi harakatsiz toʻpni

devorga 3-4 m masofada turib yugurmasdan nishonga 20 ta

aniq zarba beradi. Futbolchilarning vazifasi oyoqning toʻpga

tegish joyini sezish va aniq zarba yoʻllash. Natija nishonga

tekkan zarbalar soni boʻyicha aniqlanadi.

Nishonga aniq

zarba yoʻllash

Mashq uchlikda bajarilib, har bir oʻyinchini nishonga aniq

zarba beradi. Devorda vertikal holarda 1x1 kvadrat

tasvirlangan. Oʻyinchi ushbu nishonga 10 m masofadan 20 ta

zarba berishi kerak. Zarbalar harakatsiz toʻpda amalga

oshiriladi. Natija nishonga tekkan zarbalar soni boʻyicha

aniqlanadi.

Bayroqlar

orasidan oʻtib

darvozaga zarba

Oʻyinchilar juft-juft holatda boʻlinadi. Juftliklar orasidagi

masofa 25 m. Oʻrtadagi masofada ustunlardan 1,5 - 2 m

kenglikdagi darvozalar oʻrnatiladi. Sheriklar toʻpni navbatma-


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

119

yoʻllash

navbat bir-biriga yoʻnaltiradilar, toʻp avval bayroqlar orasidan

olib oʻtilib, soʻngra ustunladan iborat boʻlgan darvozadan

oʻtishi kerak. Har bir oʻyinchining vazifasi toʻpni boshqarishda

kamroq xatolarga yoʻl qoʻyishdir. Natija soniyalarda zarbalar

miqdori boʻyicha baholanadi.

Harakatdagi

toʻpni darvozaga

yoʻllash

Oʻyinchilar juftlikka boʻlinadi. Sheriklardan biri yon tomondan

uzatmani bajaradi, ikkinchisi esa harakatdagi to`pga yugurib

kelib nishonga (darvoza, devordagi nishon) zarba yoʻllaydi. Har

ikki oyoqda 10 tadan zarba bajarilgandan soʻng, oʻyinchi

sherigi bilan vazifani almashtiradi. Natija aniq zarbalar soni

boʻyicha baholanadi.

Yoʻlak boʻylab

uzoq masofadan

zarba

yoʻllash

Maydonda kengligi 20 metr boʻlgan yoʻlak belgilanadi.

Oʻyinchilar ketma-ket 3 ta urinishdan toʻpga yuqoridan zarba

berishadi. Toʻpni yoʻlak boʻylab uzoqroq masofaga yoʻllaganlar

gʻolib hisoblanishadi.

Doira boʻylab

toʻp uzatish

Maydonda diametri 20 metr boʻlgan doira chiziladi.

Oʻyinchilardan biri doira ichida joylashadi. Qolganlari doira

chizigʻi boʻylab bir-biridan bir xil masofada joylashadilar.

Doira ichida turgan oʻyinchi navbatma-navbat

qatnashchilarning har biriga murabbiy ko’rsatgan usulda toʻpni

yoʻnaltiradi.

Oʻyinchi toʻpni ham koʻrsatilgan usulda qabul qilishi va

uzatishi kerak.

Toʻpni uzatish va

joyni oʻzgartirish

Oʻyinchilar (6 kishi) doira boʻyicha joylashadi. Oʻyinchilardan

biri signal boʻyicha sheriklaridan biriga toʻpni (murabbiy

koʻrsatgan usulda) uzatadi va uning oʻrnini egallaydi. Mashq

shu tarzda davom ettiriladi.

Toʻpni

har xil usulda

va harakatda

uzatish

Oʻyinchilar doira boʻylab harakatlanayotganda toʻpni bir yoki

ikkita teginishda avval bir tomonga, soʻngra ikkinchi tomonga

uzatadilar. Xuddi shunday ikki qator boʻlib ham bajaradilar.

Sherigiga toʻpni

chiziq boʻylab

uzatish

Ikki oʻyinchi bir-biridan 10 metr masofada turadi. Signal

boʻyicha toʻp bilan harakatni boshlashadi, soʻngra bir vaqtning

oʻzida bir-birlariga oyoqning ichki tomoni bilan uzatiladi.

Harakatdagi toʻpni toʻxtatib yana mashqni qaytadan

boshlashadi. Uzatishda toʻplar toʻqnashib ketmasligi kerak.

Harakatdagi

toʻpni sherigiga

uzatish.

Maydon oʻrtasida ikki oʻyinchi joylashadi. Oʻyinchilardan biri

sherigiga yon holatda turib, oyogʻining ichki tomoni bilan unga

toʻpni yoʻnaltiradi. Sherigi esa yugurgan holda harakatdagi

toʻpni uzatgan sherigiga qaytaradi. Futbolchilar toʻpni bir-biriga

uzatib, maydon oxirigacha oldinga siljishadi. Keyingi

juftlikdagi oʻyinchilar ham mashqni shu tarzda davom

ettirishadi.

Natija soniyalarda baholanadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

120

Darvoza

toʻgʻrisidan zarba

yoʻllash

Bir vaqtning oʻzida ikkita darvozaga zarba beriladi. Oʻyinchilar

ikkita jamoaga boʻlinadi va har bir oʻyinchi darvoza yoʻnalishi

boʻylab yugurib zarba yoʻllashadi.

Oʻyinchilar mashqni 10 martadan bajaradi.

Toʻpni toʻxtatish

va zarba yo`llash

Devordan 5 metr uzoqlikda turib, toʻp pastdan yoʻnaltiriladi,

shunda devordan sakrab, qaytgan toʻpni toʻxtatib (har qanday

usulda), yana uni devorga qayta zarba beriladi. Bir vaqtda

mashqni ikkita jamoa bajaradi.

Qabul qilish,

uzatish va

toʻxtatish

Oʻyinchilar juft-juft boʻlinib 8 - 10 metr masofada bir-biriga

qarama-qarshi turadilar. Toʻpni uzatish va toʻxtatishning turli

usullari, murabbiy topshirigʻiga koʻra amalga oshiradi.

Toʻpni

doira boʻylab

uzatish va qabul

qilish

Oʻyinchilar diametri 12 metr boʻlgan doira boʻylab

joylashadilar. Oʻyinchilardan biri doira markaziga joylashadi va

navbati bilan aylana boʻyicha sheriklariga toʻp uzatishni

boshlaydi.

Toʻpni qabul qilib olgan oʻyinchi uni toʻxtatadi va doira

boʻyicha sherigiga, sherigi esa yana markazdagi oʻyinchiga

qaytarib beradi. Futbolchilar toʻpni toʻxtatish va uzatish

koʻnikmalarini mustahkamlashadi.

Toʻp doira

tashqarisidan

doiraga ichiga.

Oʻyinchilar ikki qatorga boʻlinadi. Har bir qator oldida diametri

2 m boʻlgan doira chiziladi. Jamoalarning birinchi qatordagilari

toʻp bilan doira ichida turishadi. Signal boʻyicha ular toʻpni oʻz

qatoridagi sherigiga yoʻnaltiradi. Ular toʻpni toʻxtatib, yana

doirada turgan sherigiga yoʻnaltirib, oʻzlari esa qator oxiriga

yuguradilar. Jamoalardagi har bir oʻyinchi uchta uzatmani

bajargandan soʻng oʻyin tugaydi. Gʻalaba tezroq topshiriqni

bajargan jamoaga beriladi. Qatorlar va aylanagacha boʻlgan

masofa 6-7 m tashkil etadi.

Toʻpni egallash.

Mashqlar juftlikda bajariladi.

1. Bir oʻyinchi toʻp bilan oldinga harakatlanib, kutilmaganda 7

marotaba oʻngga (chapga) tashlanishlarni bajaradi. Raqib u

tomon harakat qiladi va toʻpni olib qoʻyishi kerak.

2. Oʻyinchi toʻp bilan harakatni boshlaydi va tez yugurishdan

soʻng keskin to’xtab, yoʻnalishni boshqa tomonga oʻzgartiradi.

Raqib toʻpni olib qoʻyishi kerak.

3. Toʻpni fishkalar orasidan olib yurish, raqib unga etib olishi

va toʻpni egallashi kerak.

4. Toʻp bilan yugurish, toʻxtash, burilish va oldinga, oʻng, chap

tomonlarga harakatlanish, raqib unga etib olishi va toʻpni

egallashi kerak.



background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

121

Tajribaning boshida va oxirida futbolchilarning texnik tayyorgarligini aniqlash

uchun nazorat testlari tashkil etildi. Olingan eksperimental ma’lumotlarga koʻra,
tajriba guruhidagi futbolchilarning mashq bajarishdagi koʻrsatkichlarning oʻsish
intensivligi nazorat guruhiga qaraganda ancha yuqori koʻrsatkichni tashkil etdi.
Tajriba guruhda eng yaxshi natijalar 1-test (toʻp uzatish) mashqlarida kuzatildi, bunda
oʻrtacha oʻsish 62,5% ni tashkil etdi. Bu test oʻyinda asosiy texnik usul boʻlganligi
sababli, unda eng yuqori oʻsish kuzatildi.

2-test (toʻp bilan harakatlanish) da yakuniy natijalar yuqori boʻlmadi. Oʻsish

atigi 2,7% ni tashkil etdi. Koʻrsatkichning yuqori boʻlmaganligining sababi sifatida
ushbu texnik usullarning murakkabligi va uni takomillashtirish uchun koʻproq vaqt
talab etilishidir. Uchinchi testda (toʻpni egallash) 37,9%, oxirgi testda esa (darvozaga
zarba berish) 29,1% oʻsish koʻrsatkichini qayd etildi.

Sinov yakunida nazorat guruhida test natijalari quyidagicha koʻrinishda boʻldi.

Birinchi test boʻyicha oʻsish (toʻpni uzatish) 45 foizni, ikkinchi test boʻyicha oʻsish
(toʻp bilan harakatlanish)da koʻrsatkich 2,3 foizni tashkil etdi. Uchinchi testda (toʻpni
egallash) esa eng yuqori natijani qayd etdi va 21,6 foizni tashkil etdi, toʻrtinchi testda
(darvozaga zarba berish) nazorat guruhi futbolchilari natijalarni 16,7 foizga oshirdi.

Natijalarni solishtirganda, barcha koʻrsatkichlar boʻyicha tajriba guruhda yuqori

koʻrsatkich boʻlganini ta’kidlash mumkin. Masalan, tajriba guruhda 1-test natijasi
nazorat guruhi natijasidan 17,5 foizga yuqori boʻlsa, 2-test natijasiga koʻra oʻsish 0,4
foizni tashkil etdi. Uchinchi test boʻyicha koʻrsatkichlarni taqqoslab koʻrsak, guruhlar
orasidagi farq 16,3 foizni, toʻrtinchi testda esa guruhlar orasidagi tafovut 12,4 foizni
tashkil etganligi aniqladi.

Xulosa qilib aytish joizki, mashgʻulot jarayonida yosh futbolchilarni texnik

tayyorlash boʻyicha ishlab chiqilib foydalanilgan mashqlar toʻplamlari, pedagogik
tajribada oʻz samaradorligini koʻrsatdi.

Oʻyin mashqlaridan tuzilgan va joriy etilgan mashqlar toʻplami tajriba guruhida

sinovdan muvaffaqiyatli oʻtib, oʻrganilgan barcha natijalar boʻyicha eng yuqori
oʻsishni kuzatildi. Bu usullardan yosh futbolchilarni tayyorlashda jarayonida
amaliyotida foydalanish mumkin deb hisoblashimiz mumkin.


Адабиётлар рўйхати:

1.

Т.А. Швалева, Ж.В. Кузнецова, А.В. Ермохин.

Tехнико-тактическая

подготовка юных футболистов на основе игровых заданий. Mир науки,
культуры, образования. № 2 (81) 2020 г.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

122

2.

Годик М.А., Шамардин А.И., Халиль,И. Командные, групповые и

индивидуальные упражнения и их соотношение в тренировке юных
футболистов. Теория и практика физической культуры. № 7: 2007 г.

3.

А. Э. Саттаров. 12-13 ёшли футболчиларда ўйин машқларини

қўллаш
асосида тезкор ва ижодкорона фикрлаш қобилиятини шакллантириш. Jismoniy
tarbiya va sport axborotnomasi Ilmiy-uslubiy jurnal №1 Нукус-2024 й

4.

4. А. Саттаров, М. Алиев, Т. Ўсмонхўжаев. Х. Сагдиев. Спорт

ўйинлари-футбол. Илм-зиё. Toшкент-2012 й.

5.

5. А. Саттаров, И. Вардиашвили. Ёш футболчиларни ўйин вақтида

шериклари билан ҳамкорлик қилишни ўйин машқлари орқали шакллантириш.
III-Республика илмий-амалий анжуман. Тошкент-2023й,

6.

6. А. Sattarov, F. Asadov. Yoshli futbolchilarning tayyorlash jarayonida

mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishda harakatli va o‘yin mashqlaridan
foydalanish. Innovative development in educational activities, jurnali 2023-y.

7. Буравель О. И. Физиологическая ҳарактеристика ударно-целевых

действий у футболистов: авто-реф. дис. канд. мед. наук. Томск, 2012-г

8. Р

.

В

.

Фаттахов. Теоретические основы совершенствовани методики

применения игровых упражнений в обучении юных футболистов групповым
тактическим действиям в нападении. Педагогико

-

психологические и медико

-

биологические проблемы физической культуры и спорта

,

№2 (19) 2011 г.

9. А. Н. Романенко. О. Н. Джус. М. Е. Догадин. Книга тренера по футболу.

Киев- 1988 г

10.

Колупанов,

П.П.

Факторы,

определяющие

эффективность

соревновательной деятельности футболистов в различные возрастные периоды.
Теория и практика физической культуры. - N:1.-С. 54. 2010 г.

Библиографические ссылки

Т.А. Швалева, Ж.В. Кузнецова, А.В. Ермохин. Tехнико-тактическая подготовка юных футболистов на основе игровых заданий. Mир науки, культуры, образования. № 2 (81) 2020 г.

Годик М.А., Шамардин А.И., Халиль,И. Командные, групповые и индивидуальные упражнения и их соотношение в тренировке юных футболистов. Теория и практика физической культуры. № 7: 2007 г.

А. Э. Саттаров. 12-13 ёшли футболчиларда ўйин машқларини қўллаш

асосида тезкор ва ижодкорона фикрлаш қобилиятини шакллантириш. Jismoniy tarbiya va sport axborotnomasi Ilmiy-uslubiy jurnal №1 Нукус-2024 й

4. А. Саттаров, М. Алиев, Т. Ўсмонхўжаев. Х. Сагдиев. Спорт ўйинлари-футбол. Илм-зиё. Toшкент-2012 й.

5. А. Саттаров, И. Вардиашвили. Ёш футболчиларни ўйин вақтида

шериклари билан ҳамкорлик қилишни ўйин машқлари орқали шакллантириш. III-Республика илмий-амалий анжуман. Тошкент-2023й,

6. А. Sattarov, F. Asadov. Yoshli futbolchilarning tayyorlash jarayonida mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishda harakatli va o‘yin mashqlaridan foydalanish. Innovative development in educational activities, jurnali 2023-y.

Буравель О. И. Физиологическая ҳарактеристика ударно-целевых

действий у футболистов: авто-реф. дис. канд. мед. наук. Томск, 2012-г

Р.В. Фаттахов. Теоретические основы совершенствовани методики применения игровых упражнений в обучении юных футболистов групповым тактическим действиям в нападении. Педагогико-психологические и медико-биологические проблемы физической культуры и спорта, №2 (19) 2011 г.

А. Н. Романенко. О. Н. Джус. М. Е. Догадин. Книга тренера по футболу. Киев- 1988 г

Колупанов, П.П. Факторы, определяющие эффективность соревновательной деятельности футболистов в различные возрастные периоды. Теория и практика физической культуры. - N:1.-С. 54. 2010 г.