Авторы

  • Курбонбой Тулиев
    Urganch davlat pedagogika instituti
  • Зилола Еркинова
    Urganch davlat pedagogika instituti

Биографии авторов

  • Курбонбой Тулиев , Urganch davlat pedagogika instituti
    “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi” magistranti
  • Зилола Еркинова , Urganch davlat pedagogika instituti
    “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi” magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.83799

Ключевые слова:

Sharq pedagogikasi tarbiya qadriyat Sharq mutafakkirlari Qobusnoma Siyosatnoma farzandi tarbiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada Sharq pedagogikasining nodir qo‘lyozmalari hisoblangan “Qobusnoma” va “Siyosatnoma” asarlarida yoritib berilgan tarbiya masalasining o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlari tahlil qilinadi. Ushbu asarlarda yoritilgan g‘oyalarning zamonaviy pedagogika tizimida tutgan o‘rni ochib beriladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

136

SIMILARITIES AND DIFFERENCES IN THE CONCEPT OF UPBRINGING

IN EASTERN PEDAGOGY

SHARQ PEDAGOGIKASIDA TARBIYA MASALASINING O‘XSHASH VA

FARQLI JIHATLARI

Tuliyev Qurbonboy Qadamboy o‘g‘li

Urganch davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi” magistranti

qurbonboyqadamboyevich@gmail.com

Erkinova Zilola Ergash qizi

Urganch davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi” magistranti

zilolaergashevna1@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Sharq pedagogikasining nodir qo‘lyozmalari

hisoblangan “Qobusnoma” va “Siyosatnoma” asarlarida yoritib berilgan tarbiya
masalasining o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlari tahlil qilinadi. Ushbu asarlarda
yoritilgan g‘oyalarning zamonaviy pedagogika tizimida tutgan o‘rni ochib beriladi.

Annotation:

This article analyzes the similarities and differences in the concept

of upbringing as presented in the classical Eastern pedagogical manuscripts
Qabusnama

and

Siyasatnama

.

It also explores the relevance and role of the

educational ideas expressed in these works within the context of modern pedagogical
systems.

Kalit so‘zlar:

Sharq pedagogikasi, tarbiya, qadriyat, Sharq mutafakkirlari,

Qobusnoma, Siyosatnoma, farzandi tarbiyasi.

Keywords:

Eastern pedagogy, upbringing, values, Eastern thinkers,

Qabusnama, Siyasatnama, child education.

KIRISH
Sharq pedagogikasi

—Sharq xalqlari, ayniqsa, Markaziy Osiyo, Eron,

Hindiston, Xitoy, Arab mamlakatlari kabi hududlarda qadimdan shakllangan ta’lim
va tarbiya uyg‘unlashgan tizim, tarbiyaning nazariy asoslari, metodlari va amaliy
yondashuvlarini o‘z ichiga olgan katta ilmiy-ma’naviy yo‘nalishdir.

Uning ajralib turadigan xususiyati shundaki, ta’lim va tarbiya nafaqat bilim

berish, balki insonni komil, axloqli, odobli, Allohga yaqin bo‘lgan shaxs qilib
tarbiyalashga qaratilgan jarayon hisoblanadi.

Tarbiya jarayoni insonning shaxs sifatida shakllanishi va jamiyatda o‘z o‘rnini

topishi uchun muhim element hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada
“Qobusnoma” va “Siyosatnoma” asarlarida tarbiya jarayoniga oid qarashlar tahlil
qilinadi, zamonaviy tarbiya tizimida ushbu asarlardan foydalanishning zaruriyati
ochib beriladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

137

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

“Sharq Renessansi deb nomlangan IX-XV asr didaktik madaniyat eng yuqori

ko‘tarilgan, bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarish
markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag‘dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi.
Akademiya ilmiy ijodkorlari o’z faoliyatida Yaqin hamda O‘rta Sharq xalqlari
moddiy hamda ma’naviy madaniyatining qo‘shilishi negizida hozirgi Markaziy Osiyo
madaniyatining asosiy bir-biridan ajratilmagan ko‘p qirrali aralashma turi vujudga
keldi”

8

.

Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini hal etishda Sharq

pedagogikasining ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy merosi
va tarixiy-tarbiyaviy tajribalarini organib chiqish, ularning yutuqlarini ta’lim-tarbiya
ishlariga tadbiq etish, albatta muhim hisoblanadi. Sharq mutafakkirlarining
pedagogika yo’nalishiga qo‘shgan ulushlari nihoyatda boy bo‘lib, mazmunan ilm-
fanning barcha yo‘nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to’xtalar ekanlar:
“Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz

tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning
qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko’mak
berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan
milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz.”

9

Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon

talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning dastlabki vazifamiz deb
hisoblashimiz lozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish, tahlil qilish,
ularning ijodi va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq
etish (“Qobusnoma” va “Siyosatnoma”) muhim amaliy ahamiyatga ega. Ular
o‘zlarining asarlarida shaxs ma’naviyati, insonda odob-axloqning yuksak
namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun
kechirishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash
masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o’z asarlarida insonning bilim olishi,
hunar egallashi, undagi yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘laydilar va shunday
fazilatlarga ega bo‘lishga barchani chorlaydilar. Ma’naviy yuksak, zamonaviy ilm-
fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech
qanday tashqi kuch, hech qanday g‘oya yoki mafkura aslo o‘z ta’siriga tushira
olmasligini bilamiz. Bunday avlodni voyaga yetkazgan xalqning istiqboli porloq,
kelajagi esa buyuk bo‘ladi, albatta.

8

"Экономика и социум" №12(127)-1 2024, Sangirova M. H, SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK

QARASHLARI, S-370

9

O’sarova Gulrux Axmatovna, SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD

TARBIYASIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 2022, S - 15


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

138

“Tarbiya – “Pedago‘giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur. Bolaning

salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan
maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab
o‘sdurmakdur. Tarbiya qilg‘uvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi
kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahd maraziga “yaxshi xulq”
degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i
lozimdur.”

10

Abdulla Avloniy o‘zining ushbu fikri orqali bolaning kelajagi uchun

zarur hisoblangan tarbiya jarayonining naqadar muhim ekanligini ko‘rsatib bergan.
Tarbiya beruvchilarni esa kasallikka davo topuvchi tabiblarga qiyoslashi orqali
ularning tarbiya jarayonida nechog‘lik muhim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.

Tarbiya — bu yosh avlodni jamiyatning ijtimoiy, axloqiy, madaniy va estetik

qadriyatlari asosida ongli ravishda shakllantirish jarayoni bo‘lib, bu jarayonda
insonda ijobiy fazilatlar, mustahkam e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik,
adolatparvarlik kabi xislatlar rivojlantiriladi.

Tarbiya insonning ma’naviy yetuklik sari yo‘l olishiga, hayot mazmunini

anglashiga, o‘zining jamiyatda o‘rnini topishiga yordam beruvchi uzluksiz, ongli va
tizimli jarayondir. Sharq pedagogikasida esa u nafaqat dunyoviy, balki oxirat uchun
ham foydali bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi.

“Qobusnoma” asarida farzand tarbiyasini unga yaxshi bir ism qo‘yishdan

boshlash kerakligi, farzandni yaxshi xulqlar bilan bezatmoqlik, uning saodati uchun
kasb-hunar o‘rgatishning ahamiyati, hayoti davomida farzandga kerak bo‘ladigan
hislatlarni shakllantirish zarurati keng yoritib beriladi.

“Siyosatnoma” asarida esa davlat amaldorlarini tarbiyalash, ularda bo‘lishi

lozim hisoblangan xislatlar, bilim olishning zaruriyati, ilmli kishilarning qadri kabi
g‘oyalar turli xil hayotiy hikoyalar orqali o‘quvchicha yetkaziladi.

Qobusnoma

— bu o‘rta asr Sharqining pedagogik, axloqiy va madaniy merosi

sifatida bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bebaho asar. U orqali biz
Sharq donishmandligining tarbiya, axloq va hayot haqidagi chuqur qarashlarini
haqida tasavvurga ega bo‘lamiz.

Unsurulmaoliy Kaykovus ibn Iskandar — XI asrda yashab o‘tgan mashhur tojik-

fors yozuvchisi, olim, davlat arbobi hisoblanadi. U o‘z o‘g‘li Gilanshoxga atab
1082-1083-yillarda “Qobusnoma” nomli asarini yozgan. Qobusnoma

bu

o‘g‘il

farzandga hayotiy pand-nasihatlar, odob-axloq saboqlari, kasb-hunar, siyosat, tarbiya,
din, do‘stlik, ilm, mehr, shijoat, ayollar bilan munosabat kabi turli yo‘nalishlarda
yozilgan 44 bobdan iborat tarbiyaviy ahamiyatga ega asardir.

10

Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud axloq, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004, S

- 5


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

139

“Bolaning ota-onadagi haqlaridan, ota-onaning farzand oldidagi vazifalaridan

biri oilaning yangi a’zosiga ma’nodor, chiroyli ism qo‘yishdur...”

11

“Qobusnoma” asarida farzand tarbiyalashni unga yaxshi bir ism qo’yishdan

boshlash kerakligi ta’kidlangan. Undan so‘ng farzandi tarbiyasi uchun oqil va
mehribon doyalarga farzandni topshirish, o‘qishni, ota kasbini o‘rgatish aytib o‘tiladi.
“Ey farzand, agar farzanding bo‘lsa, anga yaxshi ot qo‘yg‘il, nedinkim, otadin
farzand haqlaridin biri unga yaxshi ot qo‘ymoqdur. Yana biri uldirkim, farzandni oqil
va mehribon doyalarga topshurg‘aysan. Sunnat qilur vaqtida sunnat qilg‘aysan,
qudratinga loyiq to‘y va tomosha qilg‘aysan hamda o‘qishni o‘rgatg‘aysan. Ulug‘or
bo‘lg‘ondin so‘ng, agar raiyat bo‘lsang, unga hunar va kasb o‘rgatg‘aysan, agar sipoh
ahlidin bo‘lsang sipoh ilmin o‘rgatg‘aysan.”

12

Bundan tashqari ota o‘g‘lini tarbiya qilish jarayonida unga hayotida davomida

kerak bo‘ladigan ilmlarni o‘rgatishi lozimligi aytib o‘tiladi va hikoya orqali chuntirib
beriladi. Bunday ilmlardan biri sifatida shinovarlik ya’ni suvda suzish ilmini
qanchalik zarur ilm ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.

Ushbu nodir asarda farzandning odobli, xush xulqli va hunarli qilib

tarbiyalashda muallimlarning tutgan o‘rniga ham alohida to‘xtalib o‘tiladi. “Demak,
farzandinga hunar va fazl o‘rgatmakda taqsir qilmag‘il va har ilmni o‘rgatuvchi
muallimlar ta’lim uchun ursalar, sen shavqat ko‘rguzgil, mayli ursunlar, nedinkim,
yosh o‘g‘lon ilm va adabni tayoq birla o‘rganur va o‘z ixtiyori bila o‘rganmas.”

13

Farzanga hunar va fazilatlarni o‘rgatishda sustkashlik qilmaslik, ya’ni uni

tarbiyalashda va ilm berishda loqayd bo‘lmaslik, agar o‘qituvchilar ta’lim jarayonida
uni jazolaydigan bo‘lsalar, bunga norozilik bildirmaslik, aksincha sabr qilib va bunga
mehr bilan yondashish zarur. Chunki yosh bola ilm va odobni ko‘pincha urish yoki
jiddiy tanbeh orqali o‘rganadi, o‘z ixtiyori bilan esa bunday bilimlarni olishda loqayd
bo‘lishi mumkin.

“Farzandingga adab, hunar o‘rgatmakni me’ros deb bilg‘il. Agar sen Xoh unga

adab o‘rgatg‘il, xoh o‘rgatmag‘il turmush mashaqqatlarining o‘zi unga o‘rgatur.
Undoqkim debdurlar, ota ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur.”

14

Farzand tarbiyasi ota-onaning eng muqaddas burchi hisoblanadi. Ota-ona tomonidan
farzandga beriladigan eng qimmatli boylik — bu mol-dunyo emas, balki odob va
hunardir. Chunki odobli, hunarli farzand har qanday sharoitda ham o‘z yo‘lini topadi,
jamiyatda o‘z o‘rnini egallay oladi. Shuning uchun: “Farzandingga adab, hunar

11

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Baxtiyor oila, Hilol-nashr, 2024, S-292

12

Qobusnoma/Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutoy Dolimov, Ulugʻbek Dolimov. – Toshkent: Yangi asr

avlodi, 2018, S – 104-105

13

Qobusnoma/Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutoy Dolimov, Ulugʻbek Dolimov. – Toshkent: Yangi asr

avlodi, 2018, S - 106

14

Qobusnoma/Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutoy Dolimov, Ulugʻbek Dolimov. – Toshkent: Yangi asr

avlodi, 2018, S - 106


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

140

o‘rgatmakni meros deb bilg‘il” – deyilmoqda. Ya’ni, bu ikki fazilatni farzandga
berish — avlodga berilgan eng katta boylik bilan barobardir.

Agarda ota-ona farzandga o‘z vaqtida tarbiya bermasa, ya’ni “xoh unga adab

o‘rgatg‘il, xoh o‘rgatmag‘il”, baribir hayot uni tarbiyalaydi. Lekin bu tarbiya –
“turmush mashaqqatlari orqali” bo‘ladi, ya’ni qiyinchilik, sinov, og‘riqli saboqlar
orqali inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi. Bu esa juda kech bo‘lishi mumkin. Shu bois donolar
aytganidek: “Ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur” — ya’ni,
hayotning o‘zi, kun-u tun davomida, insonni har qanday holatda bo‘lsa-da, o‘ziga
moslab tarbiyalaydi.

Ota-onaning farzandga o‘rgatishi lozim bo‘lgan yana bir narsa borki, u

farzandga hayotning qiyin kunlarida foyda keltiradi. U hunar egallashdir.
“Qobusnoma” asarida Gishtosb podshohning barcha mol-mulklaridan ayrilib,
sargordonlikda Kustantiniya shahriga borib qolganligi, u yerda kun kechirish uchun
mablag‘i yo‘qligi, lekin avval egallagan hunari orqali kun kechirib, o‘zini aynan shu
hunari orqali tiklab olganligi hikoya orqali yoritib beriladi.

Asarda “Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli

bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo‘lish,
kitob o‘qishga berilish, ilm yo‘lida qayg‘u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash
uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz so‘zlab, ko‘p tinglash
haqida gapiriladi.”

15

“Qobusnoma” asaridagi tarbiya uslubi — hayotiy misollar orqali pand-nasihat

berish, ibratli voqealar orqali o‘rgatishdir. Bu uslub zamonaviy pedagogikada ham
samarali deb hisoblaniladi. O‘z farzandini ilmga, odobga va ezgulik sari yetaklash,
ilm olishning zarurligi, ilmli kishining jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatish, yolg‘on, hasad,
g‘iybat kabi yomon illatlardan qaytarish orqali axloqiy tarbiya berish, har bir yoshda
inson nimani bilishi va qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar
berilishi, mehribonlik, kechirimlilik, halollik kabi sifatlar targ‘ib qilinishi hamda
g‘azabni yengish, sabrli bo‘lish, kibrdan yiroq turish muhim ekanligi asar mazmunini
tashkil etadi va hozirgi tarbiya tizimi uchun asos vazifasini o‘taydi.

“Ma’naviyat va bilim xazinasi bo‘lgan qadimiy asarlarning ko‘pginasi bugungi

kungacha yetib kelgan. Shulardan Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari ham bor.
Saljuqiy shohlariga 30 yil halol vazirlik qilib xizmat qilgan – Nizomulmulkning
kuchli davlat uchun kurash olib borish bilan birga o‘z kuzatishlarini jamlab,
siyosatchilar, davlat arboblari uchun zarur qo‘llanma xizmatni o‘tab keladigan asar
yaratdi. Adolat, tenglik va haqqoniylikning manbasi Qur’oni Karim va Hadisi sharif

15

O‘sarova Gulrux Axmatovna, SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD

TARBIYASIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 2022, S - 19


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

141

hisoblansa, “Siyosatnoma” asari shu muqaddas kitoblardagi fikrlar ifodasini sharhlab,
izohlab beradi.”

16

Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarida tarbiya masalasi muhim o‘rin

egallaydi. Garchi bu asar ko‘proq davlat boshqaruvi, adolat, podshohning vazifalari
haqida yozilgan bo‘lsa-da, unda insoniy fazilatlar, axloq, odob va tarbiyaning davlat
hayotidagi o‘rni ham chuqur tahlil qilinadi.

Nizomulmulkning fikricha, insonning axloqi – uning eng muhim boyligi

hisoblanadi. Podshohdan tortib oddiy odamgacha, har kimda halollik, sabr, adolat va
to‘g‘rilik kabi ezgu fazilatlar bo‘lishi kerak. Chunki axloqiy tarbiya bo‘lmasa,
jamiyat tanazzulga yuz tutadi.

“Ibn Umar aytadiki, Rasululloh menga shunday deganlarki, adolat qiladiganlar

o‘z adolatlari uchun jannat qasrlarida qo‘li ostida bo‘lgan kishilar bilan birga
yashaydilar. Podshohlarning eng zo‘r fazilatlari imonlaridir.”

17

Ushbu jumla orqali

jamiyatda adolat qanday qabul qilinishi kerakligi va ushbu fazilat orqali tarbiyalash
zarurati diniy asosda ochib beriladi.

Bilim olish zarurati haqida esa quyidagi fikrlar keltirilib o‘tiladi: “Luqmoni

Hakim aytadiki, odam uchun dunyoda bilimdan yaxshiroq yor yo‘q va bilim zar-u
zevar xazinasidan ham yaxshiroqdir. Chunki sen xazinani ehtiyot qilishing kerak.
Bilim esa seni qutqaradi va muhofaza qiladi.”

18

Oltin, kumush va boylik – bular

moddiy narsalardir. Ushbu moddiy narsalar yo‘qoladi, talanadi yoki eskiradi. Ammo
bilim – inson ichidagi boylik, u hech kim tomonidan tortib olinmaydigan boylikdir.
Bilimli odam har qayerda, har qanday holatda ham foydali bo‘la oladi. Ushbu
jumlalardan ko‘rinib turibdiki, farzandni jamiyatga kerakli shaxs sifatida tarbiyalash
uchun unga bilim berish zarur hisoblanadi.

“Siyosatnoma” asarida tarbiya masalasi asarning markaziy g‘oyalaridan biri

bo‘lib, jamiyatni boshqarishda, adolat o‘rnatishda va davlatni mustahkamlashda
tarbiyaning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlanadi.

Asardagi yaxshi davlat boshqaruvi uchun rahbarlarning tarbiyalangan, dono va

odil bo‘lishi kerakligi, podshohlarning bolalikdan axloq, adolat, halollik, sabr kabi
fazilatlar bilan tarbiyalanishi zarurligi, adolat eng oliy fazilat sifatida ko‘rsatilishi, har
bir inson adolatga amal qilishi, unga sadoqatli bo‘lishi kerakligi, tarbiya orqali
rahbarlar va mansabdorlar halollikni, xalq manfaatini ustun qo‘yishni o‘rganishi
lozimligi, din, axloq, va madaniyat orqali jamiyatda tartib saqlanishi, tarbiya orqali
halollik, to‘g‘rilik, sadoqat, mehnatsevarlik singari fazilatlar rivojlantirilishi, jazoni
ham, rag‘batni ham tarbiyaning bir shakli sifatida ko‘rsatilishi kabi g‘oyalar asarning

16

O‘ralova Sarvinoz Akbar qizi, NIZOMULMULKNING ’’SIYOSATNOMA’’ ASARI TAHLILI, “FORMATION OF

PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES” Italia, 2026, S - 122

17

Siyosatnoma/Nizomulmulk; moharrir Aftondil Erkinov; tarjimon Shodmon Vohidov- Toshkent: “TRUST AND

SUPPORT”, 2023. – S - 74

18

Siyosatnoma/Nizomulmulk; moharrir Aftondil Erkinov; tarjimon Shodmon Vohidov- Toshkent: “TRUST AND

SUPPORT”, 2023. – S - 74


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

142

mazmunini tashkil etadi. Ushbu g‘oyalardan zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida
foydalanish katta yutuqlarga erishishimizda qo‘l keladi.

MUHOKAMA

Sharq pedagogikasining yuksak namunalari hisoblangan “Qobusnoma” va

“Siyosatnoma” asarlarida tarbiya masalasiga berilgan yondashuv o‘z davrining
ijtimoiy-siyosiy va madaniy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu
ikki asarning g‘oyaviy yo‘nalishini ham belgilab bergan. Har ikki asar o‘z ichida
shaxsni komillikka yetaklash, uni jamiyatda faol va mas’uliyatli subyekt sifatida
shakllantirishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, bu yo‘ldagi vositalar va metodlarda
muayyan farqlar mavjuddir.

“Qobusnoma” asari insonda tarbiya, avvalo, shaxsiy komillik, axloqiy

barkamollik, halollik, adolat, qiyin vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish kabi ezgu
fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bu asar pedagogik
nuqtai nazardan ko‘proq inson shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvni namoyon etadi.
Ibn Sino, Forobiy, va Beruniylarning tarbiya haqidagi qarashlari bilan qiyos
qilinganda, “Qobusnoma”dagi tarbiya g‘oyalari insondagi individual yuksalish va
aqlni kamolga yetkazish tamoyillari bilan uyg‘unlashadi. Jumladan, Forobiyning
“Fozil odamlar shahri” asaridagi “fuqarolik jamiyati” konsepsiyasida har bir fuqaro
ma’naviy yetuklikka erishmog‘i lozimligini ta’kidlagan bo‘lsa, “Qobusnoma”da bu
g‘oya nasihatlar vositasida hayotiy tajriba orqali ifodalanadi.

“Siyosatnoma” asarida esa tarbiya kengroq ijtimoiy-siyosiy kontekstda talqin

qilinadi. Nizomulmulk tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar asosan rahbar shaxsini
kamolga yetkazish, davlat idorasining mustahkamligi, adolatli boshqaruv va
hokimning axloqiy fazilatlari bilan bog‘liqdir. Bu yondashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra,
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatdagi tartib, ijtimoiy barqarorlik va siyosiy
muvozanatni saqlashda tarbiyaning strategik ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Bunday
yondashuvlar Platonning “Davlat’ asaridagi ideal boshqaruvchi haqidagi qarashlari
bilan o‘xshash hisoblanadi.

Shuningdek, pedagogik metodologiya nuqtai nazaridan, har ikkala asarda ham

tarbiyaning asosiy vositasi sifatida tajriba, ibrat va hikmatli nasihatlar ko‘zga
tashlanadi. Bu Sharq didaktikasiga xos xususiyat bo‘lib, bugungi kundagi
konstruktivizm va kontekstual o‘qitish nazariyalari bilan muayyan o‘xshashliklarga
ega hisoblanadi. Chunki zamonaviy pedagogikada faqatgina bilim berish emas, balki
fikrlash, mulohaza yuritish va shaxsiy tajriba orttirishga asoslangan o‘qitish modellari
ilgari suriladi. “O‘quvchiga yodlashni emas, fikrlashni o‘rgatish kerak.”

19

19

https://kun.uz/news/2020/03/03/oquvchiga-yodlashni-emas-fikrlashni-orgatish-kerak-ekspert-pisa-sinoviga-

tayyorgarlik-haqida?q=/uz/news/2020/03/03/oquvchiga-yodlashni-emas-fikrlashni-orgatish-kerak-ekspert-pisa-
sinoviga-tayyorgarlik-haqida


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

143

Tarixiy-madaniy kontekstda olib qaralganda, “Qobusnoma” X asrda yozilgan

bo‘lib, fors-tojik adabiy va axloqiy merosining yuksalish davrida yozilgan, bu esa
asardagi tarbiyani ko‘proq oilaviy-madaniy qadriyatlar asosida shakllantirishga
yo‘naltirganligidan dalolat beradi. “Siyosatnoma” asari esa XI asrda, Saljuqiylar
davlatining siyosiy nizolar sharoitida yaratilganligi bois undagi tarbiyaviy g‘oyalar
ijtimoiy barqarorlikni tiklashga xizmat qiluvchi siyosiy vosita sifatida ham talqin
qilinadi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, har ikki asarda ham tarbiya nafaqat shaxsiy

komillik, balki jamiyatning taraqqiyotini belgilovchi muhim omil sifatida
ko‘rsatiladi. “Qobusnoma” va “Siyosatnoma” Sharq pedagogikasining ikki muhim
ustunidir: biri — shaxs kamolotiga yo‘naltirilgan axloqiy-tarbiyaviy jihatlarni
yoritadigan bo‘lsa, ikkinchisi — jamiyat boshqaruvini adolat asosida tashkil qilishga
da’vat etuvchi siyosiy-tarbiyaviy tomonlarni o‘zida aks ettiradi. Bugungi zamonaviy
pedagogikada bu ikki ustun integratsiyalashgan yondashuvlar ishlab chiqishda boy
tarixiy-falsafiy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

NATIJALAR

Ushbu maqolada “Qobusnoma” va “Siyosatnoma” asarlarining tarbiyaviy

mazmuni tahlil qilinar ekan, quyidagi ilmiy-nazariy natijalarga erishildi:

1.

Tarbiyaning umumiy maqsadi har ikki asarda ham shaxsni komillikka

yetaklash, uni axloqan to‘g‘ri, jamiyatga foydali inson sifatida shakllantirishdan
iborat ekanligi ko‘rsatib berildi.

2.

“Qobusnoma”da tarbiya masalasi insonda shaxsiy-axloqiy fazilatlarni

shakllantirishga, oilaviy va kundalik hayotiy tajriba orqali ma’naviy yetuklikka
erishishga qaratilgan bo‘lsa, “Siyosatnoma”da bu masala ijtimoiy adolat, davlat
boshqaruvi, rahbar shaxsining axloqiy barkamolligi asosida yoritilganligi ko‘rsatib
berildi.

3.

Har ikki asarda ham ibrat, nasihat va hayotiy tajriba asosida tarbiyalash

asosiy metod sifatida ilgari surilgan bo‘lib, bu usullar zamonaviy pedagogik
yondashuvlar bilan muayyan o‘xshashliklarga egaligi ta’kidlandi.

4.

Tarbiyaviy yondashuvlar har ikki asarda o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy

sharoitlari, madaniy qadriyatlari va axloqiy me’yorlari bilan uyg‘unlashgan holda
ifodalanganligi, bu esa ularning tarixiylik va universallik xususiyatini ochib berdi.

5.

“Qobusnoma”da aks etgan tarbiya modeli shaxs va oila doirasida,

“Siyosatnoma”da esa davlat va jamiyat doirasida ifodalangan bo‘lib, bu ikki
yondashuv o‘zaro to‘ldiruvchi va integratsiyalashuvga moyil model sifatida talqin
etilishi mumkinligi ko‘rsatildi.

6.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur asarlarda ilgari surilgan tarbiyaviy

g‘oyalar zamonaviy pedagogika uchun metodik va axloqiy asos bo‘la oladi. Bu esa


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

144

asarlarni faqat tarixiy yodgorlik sifatida emas, balki amaliy pedagogik manba sifatida
o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

XULOSA

Sharq pedagogikasining muhim manbalaridan bo‘lgan “Qobusnoma” va

“Siyosatnoma” asarlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu asarlar nafaqat o‘z davrining
axloqiy-ma’naviy talablariga javob bera olgan, balki bugungi zamonaviy pedagogika
uchun ham chuqur falsafiy, metodik va axloqiy asoslarni taqdim qila oluvchi
asarlardan hisoblanadi. Ularning har biri tarbiya masalasiga o‘ziga xos yondoshgan
bo‘lsa-da, umumiy maqsad —barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasida
mushtarakdir.

“Qobusnoma”dagi tarbiyaviy qarashlar shaxsiy kamolot, axloqiy yetuklik va

hayotiy tajribaga tayanuvchi ibratli nasihatlar orqali tarbiyaning amaliy jihatlari
ko‘rsatib berilgan. “Siyosatnoma” esa tarbiya masalasiga ijtimoiy-siyosiy kontekstda
yondashgan holda, rahbar shaxsining axloqiy barkamolligi va adolatparvarlik
tamoyillarini ilgari suradi. Bu ikkala yondashuv birgalikda tarbiyaning shaxsdan
jamiyatgacha bo‘lgan ko‘lamini yoritib berishi bilan ahamiyat kasb etadi.

Bugungi globallashuv sharoiti, madaniy o‘zgarishlar va ijtimoiy muhitda yuz

berayotgan murakkabliklar davrida asarlarda ilgari surilgan tarbiyaviy g‘oyalarni
zamonaviy ta’lim tizimi bilan integratsiya qilish dolzarb masalalardan biri sifatida
qaralishi lozim. Ularning asosida yotgan qadriyatlar — halollik, donolik, adolat,
hurmat va mas’uliyat bugungi tarbiyaviy jarayonda asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida
qayta talqin qilinishi mumkin.

Shunday qilib, “Qobusnoma” va “Siyosatnoma”da aks etgan tarbiyaviy g‘oyalar

— bu shunchaki tarixiy yodgorlik emas, balki o‘zining zamonaviylik ahamiyatini
saqlab qolgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi pedagogik manba
hamdir. Ularni o‘rganish, chuqur tahlil qilish va amaliy ta’lim-tarbiyada qo‘llash
yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri
bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

"Экономика и социум" №12(127)-1 2024, Sangirova M. H, SHARQ

ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI.

2.

O‘sarova Gulrux Axmatovna, SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY

MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

3.

O‘ralova

Sarvinoz

Akbar

qizi,

NIZOMULMULKNING

“SIYOSATNOMA’’ ASARI TAHLILI, “FORMATION OF PSYCHOLOGY AND
PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES” Italia, 2026.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

145

4.

Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud axloq, “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

5.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Baxtiyor oila, Hilol-nashr,

2024.

6.

Qobusnoma/Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutoy Dolimov,

Ulugʻbek Dolimov. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.

7.

Siyosatnoma/Nizomulmulk; moharrir Aftondil Erkinov; tarjimon

Shodmon Vohidov- Toshkent: “TRUST AND SUPPORT”, 2023.

8.

https://kun.uz/news/2020/03/03/oquvchiga-yodlashni-emas-fikrlashni-

orgatish-kerak-ekspert-pisa-sinoviga-tayyorgarlik-
haqida?q=/uz/news/2020/03/03/oquvchiga-yodlashni-emas-fikrlashni-orgatish-kerak-
ekspert-pisa-sinoviga-tayyorgarlik-haqida

Библиографические ссылки

"Экономика и социум" №12(127)-1 2024, Sangirova M. H, SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI.

O‘sarova Gulrux Axmatovna, SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

O‘ralova Sarvinoz Akbar qizi, NIZOMULMULKNING “SIYOSATNOMA’’ ASARI TAHLILI, “FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES” Italia, 2026.

Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud axloq, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Baxtiyor oila, Hilol-nashr, 2024.

Qobusnoma/Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutoy Dolimov, Ulugʻbek Dolimov. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.

Siyosatnoma/Nizomulmulk; moharrir Aftondil Erkinov; tarjimon Shodmon Vohidov- Toshkent: “TRUST AND SUPPORT”, 2023.