International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
201
YOSHLARNING ILMIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA ILM-FAN
VA INNOVATSION G’OYALARNI O’RNI
Misirova Gulhayo Utkir qizi
Mamanova Zulxumor Shamsiddin qizi
Shahrisabz davlat pedagogika institute 1-kurs 2-24-guruh talabalari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlarning zamonaviy sharoitda ilmiy
tafakkurini
rivojlantirish
jarayoni
tahlil
qilinadi.
Xususan,
ilm-fan
va
innovatsiyalarning yosh avlod tafakkuriga ta’siri, zamonaviy ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, iqtidorli yoshlar
uchun yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro dasturlar va grantlarning tutgan o‘rni keng
yoritiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, startaplar va kreativ fikrlashni
rag‘batlantiruvchi platformalar orqali yoshlar ongida mustahkam ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish usullari va yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish
yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
Ilmiy tafakkur, ilm-fan, innovatsiya, ta’lim, yoshlar, texnologiya
Annotation:
This article analyzes the process of developing scientific thinking
among young people in modern conditions. In particular, it extensively highlights the
impact of science and innovation on the thinking of the younger generation, ongoing
reforms in the modern education system, priority areas of state policy, the conditions
being created for talented youth, and the role of international programs and grants.
Furthermore, the methods of forming a solid scientific worldview in the minds of
young people through digital technologies, startups, and platforms that encourage
creative thinking, as well as ways to develop the creative thinking of young people,
are indicated.
Keywords:
Scientific thinking, science, innovation, education, youth,
technology
Аннотация:
В данной статье анализируется процесс развития научного
мышления у молодежи в современных условиях. В частности, подробно
освещается влияние науки и инноваций на мышление молодого поколения,
проводимые реформы в современной системе образования, приоритетные
направления государственной политики, создаваемые условия для одаренной
молодежи, а также роль международных программ и грантов. Кроме того,
указаны методы формирования прочного научного мировоззрения в сознании
молодежи посредством цифровых технологий, стартапов и платформ,
стимулирующих креативное мышление, а также пути развития творческого
мышления молодежи.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
202
Ключевые слова:
Научное мышление, наука, инновация, образование,
молодежь, технология
Bugungi kunda O‘zbekistonning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu –
yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishdir. Bunda ularning ilm-fan bilan
shug‘ullanishi, ilmiy tafakkurini shakllantirish, innovatsion fikrlashga o‘rgatish
muhim o‘rin tutadi. Ilm-fan jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta
muhim tashabbusdan biri aynan yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan
qiziqishini oshirishga qaratilgan.
Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada
yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi
yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni
o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Bugungi kunda dunyoda innovatsion
g‘oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas” [1, 85-b].
Davlat innovatsion siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bu innovatsion
faoliyat yuritish uchun mahalliy mahsulotlarimiz raqobatga bardoshining o’sishi, fan-
texnika yutuqlaridan samarali foydalangan holda huquqiy va tashkiliy sharoitlar
yaratishni mustahkamlashdan iborat hisoblanadi. Ilmiy soha ya’ni faoliyat davlat
siyosatining eng faol sohasi bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunaqa bo’lib
qoladi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 16–30 yosh
oralig‘idagi yoshlarning 23% ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Bu
raqam yil sayin ortib bormoqda. Innovatsion fikrlash – bu an’anaviy usullarni emas,
balki yangi texnologiyalar va g‘oyalar yordamida muammoga yechim topish
san’atidir. Misol uchun, Toshkent shahridagi IT Park doirasida 2023-yilda 120 dan
ortiq startap loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 75% ini yoshlar tashkil qiladi.
Shuningdek, Xalqaro matematika va informatika olimpiadalarida O‘zbekistonlik
o‘quvchilar yuqori natijalarni ko‘rsatib, dunyo sahnasida o‘z iste’dodini namoyon
etmoqda. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish borasida tub islohotlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan: Fan olimpiadalari tizimi takomillashtirildi. So’nggi yillarda
O’zbekistonda yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishini orttirish, ularning salohiyati
va iqtidorini to’liq ro’yobga chiqarish qobiliyatli yoshlarni aniqlash maqsadida fan
olimpiadalarini takomillashtirish bo’yicha zarur choralar amalga oshirilmoqda.
Bosqichma-bosqich va shaffof tanlov tizimi, raqamlashtirish va onlayn
o’tkazish, respublika bosqichi go’liblari oliy ta’lim muassalariga imtihonsiz qabul
qilishi va maxsus stipendiyalar hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etish
imkoniyatlariga
ega
bo’lishlari, iqtidorli yoshlar xalqaro olimpiadalarga
tayyorlanib,ularda ishtirok etib, O’zbekiston nufuzini dunyoda oshirishga o’z
hissalarini qo’shib kelishmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
203
Magistratura
va
doktorantura
yo‘nalishlarida
grantlar
soni
ko‘paytirildi.O’zbekistonda oliy ta’limning yuqori bosqichlarini — magistratura va
doktorantura tizimini rivojlantirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash, fan rivojini ta’minlash va innovatsion g‘oyalarni
hayotga tatbiq etish maqsadida ushbu yo‘nalishlar uchun ajratiladigan davlat grantlari
soni yildan-yilga oshib bormoqda. Magistratura bosqichida ustuvor ilmiy yo‘nalishlar
— axborot texnologiyalari, muhandislik, biotexnologiya, pedagogika, tibbiyot kabi
sohalar uchun grant asosida o‘qish imkoniyati kengaytirildi. Bu, bir tomondan,
yoshlarning ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirsa, ikkinchi tomondan
mamlakatda innovatsion taraqqiyot uchun kuchli zamin yaratmoqda. Doktorantura
bosqichida esa PhD va DSc dasturlariga qabul kvotalari sezilarli darajada oshirildi.
Shu bilan birga, doktorantlar uchun ilmiy maqolalar yozish, xalqaro jurnallarda chop
ettirish, xorijda tajriba orttirish kabi imkoniyatlar kuchaytirildi. Ko‘plab yosh olimlar
xorijiy hamkorlik doirasida grant asosida tahsil olib, o‘z ilmiy loyihalarini global
maydonga olib chiqmoqdalar. Mazkur islohotlar natijasida O‘zbekistonda zamonaviy
ilm-fan rivojlanmoqda, yoshlarning ilmiy tafakkuri, ijodiy salohiyati va xalqaro
raqobatbardoshligi kuchaymoqda.
"Yoshlar akademiyasi" faoliyati kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasida
yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni innovatsion faoliyatga keng
jalb etish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Yoshlar
akademiyasi faoliyati tubdan kengaytirildi va zamonaviy talablar asosida yangilandi.
Yoshlar akademiyasi iqtidorli, izlanuvchan va innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan
yoshlarni birlashtirgan, ularning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat
qiluvchi muhim institutga aylandi. 2020-yildan buyon akademiyaning faoliyati yangi
bosqichga ko‘tarilib, bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirildi. Birinchidan, yoshlar orasida ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish
maqsadida "Yosh olim", "Ixtirochi yoshlar", "Startap tashabbuslari" kabi tanlovlar
tashkil etilib, ularning g‘oliblariga ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar,
moddiy ko‘mak va stipendiyalar ajratilmoqda. Bu orqali ko‘plab yoshlar o‘z
g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘lmoqda. Ikkinchidan, Yoshlar
akademiyasi chet eldagi yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib,
yosh olimlar uchun xorijda malaka oshirish, tajriba almashish va ilmiy safarlarda
ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu esa yoshlarning dunyoqarashi va ilmiy
saviyasining oshishiga xizmat qilmoqda. Uchinchidan, turli hududlarda — viloyat va
tumanlarda Yoshlar akademiyasining hududiy bo‘linmalari faoliyat yurita boshladi.
Bu orqali nafaqat poytaxtda, balki chekka hududlardagi yoshlarning ham teng
imkoniyat asosida qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlanmoqda. To‘rtinchidan, akademiya
tomonidan doimiy ravishda ilmiy-ma’rifiy anjumanlar, seminarlar, konferensiyalar
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
204
o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar orqali yoshlar o‘z ilmiy ishlanmalari va innovatsion
takliflarini
keng
jamoatchilikka
taqdim
etish,
ularni
tahlil
qilish
va
mukammallashtirish imkoniyatiga ega bo‘lyapti. Yoshlar akademiyasining faoliyatini
kengaytirish orqali mamlakatda ilmiy muhitni mustahkamlash, yoshlarning
intellektual va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyatlar
yaratilmoqda.
Bu
jarayon,
o‘z navbatida, O‘zbekistonning kelajakdagi
raqobatbardosh ilmiy jamiyatga aylanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu
tashabbuslar orqali yoshlar ilmiy izlanishlar olib borishga keng yo‘l ochilmoqda.
Raqamli texnologiyalar va ilmiy tafakkur. XXI asr — bu raqamli texnologiyalar
va ilm-fan integratsiyasi davridir. Bugungi globallashuv jarayonida axborot
texnologiyalarining rivojlanishi ilmiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishiga yangi
ufqlar ochmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning tafakkur dunyosida raqamli
texnologiyalar orqali erishilayotgan yutuqlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Raqamli
vositalar — internet, sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar, onlayn ta’lim
platformalari — yoshlarning ilmiy axborotga bo‘lgan erkin va tezkor kirishini
ta’minlab, ularni mustaqil fikrlashga, tahliliy yondashuvga va innovatsion g‘oyalarni
ishlab chiqishga ilhomlantirmoqda. Masalan, zamonaviy dasturiy mahsulotlar,
masofaviy tajriba dasturlari yordamida hatto maktab o‘quvchilari ham murakkab
ilmiy tajribalarni vizual tarzda tahlil qila olishmoqda. Bugun ta’lim jarayoniga keng
joriy etilgan raqamli vositalar yoshlar ongida nafaqat zamonaviy bilimlarni
shakllantiradi, balki ularda mantiqiy, tizimli, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi. Ayniqsa, STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics)
yo‘nalishidagi o‘quv dasturlarining kengayishi orqali ilmiy tafakkurga asoslangan
yondashuvlar mustahkamlanmoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt va katta
ma’lumotlar (Big Data) tahlili bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar yoshlarni
o‘zlashtirishga undaydi. Statistik tahlil, model yaratish, muammoga yechim topish
kabi ko‘nikmalar bugungi yoshlar tafakkurining zamonaviy mezoniga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "Raqamli
texnologiyalar orqali ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni
asosida raqamli platformalar maktab va oliy ta’lim muassasalariga keng joriy etildi.
Bu esa yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularni global raqobatga
tayyorlaydi. Shunday qilib, raqamli texnologiyalar nafaqat ta’lim samaradorligini
oshiradi, balki yosh avlod tafakkurini chuqurlashtiradi, ularni tahliliy yondashuvga
o‘rgatadi va ularning ilmiy salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiladi. Bu
uyg‘unlik O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotida asosiy omillardan biri bo‘lib
xizmat qilmoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt, dasturlash, robototexnika,
biotexnologiya kabi yo‘nalishlar yoshlar orasida alohida qiziqish uyg‘otmoqda. 2024-
yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 400 mingdan ortiq o‘quvchi raqamli
texnologiyalar bilan shug‘ullanmoqda. Toshkentdagi Inha Universiteti, Amity
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
205
Universiteti, IT Park rezidentlari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan
qo‘llab-quvvatlanayotgan
loyihalar
yoshlarning
intellektual
salohiyatini
kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Yoshlarning ilmiy tafakkurini shakllantirish, ularni ilm-fanga jalb qilish va
innovatsion muhitda faoliyat yuritishini ta’minlash orqali O‘zbekistonning kelajagi
yanada porloq bo‘ladi. Ilm-fan va innovatsiyalar yoshlarning dunyoqarashini
kengaytiradi, ularni global raqobatga tayyorlaydi. Bu yo‘nalishdagi har bir qadam
mamlakatning taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 tom. -Toshkent: O‘zbekiston NMIU, 2017. 85 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatning yetakchi ilm-fan
namoyandalari bilan uchrashuvdagi nutqi. Xalq so‘zi gazetasi. 2016 yil 31
dekabr. 3.Azizxodjaeva N. N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi.
–Toshkent: 2000 yil, 78-bet.
4. Афанасьев В.Т. Системность и общество. – Москва: «Наука», 1989 г.,
стр.342.
5.Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place
in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences
10.1S (2023): 5000-5006.
6.Ayonovna
A.
S.
IN
THE
CONTEXT
OF
ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.
7.Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora
Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.
8.Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental
Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental
Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.
9.Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.
"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
10.Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
206
11.Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF
ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.
12.Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
