International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
219
ZAMONAVIY HARBIY MOJAROLARDA ROBOTLASHGAN TEXNIK
KOMPLEKSLAR VA ULARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY
YO‘NALISHLARI
Abidjanov Zafar Xamidjanovich
O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada zamonaviy harbiy mojarolarda robotlashgan texnik
komplekslar va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarining muhim omillarini
yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada robotlashgan texnik komplekslarning mazmuni va
uchuvchisiz uchish aparatlarining asosiy kamchiliklari asoslab bergan.
Kalit
so‘zlar:
harbiy
mojarolar,
robotlashgan
texnik
komplekslar,
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, uchuvchisiz uchish aparatlari, alohida jangovar
vazifalar.
Аннотация:
Статья
посвящена
освещению
важных
факторов
роботизированных технических комплексов и основных направлений их
использования в современных военных конфликтах. В статье обосновано
содержание роботизированных технических комплексов и основные недостатки
беспилотных летательных аппаратов.
Ключевые слова:
военные конфликты, роботизированные технические
комплексы, основные направления применения, беспилотные летательные
аппараты, особые боевые задачи.
Abstract:
The article is dedicated to highlighting the important factors of
robotic technical complexes and the main directions of their use in modern military
conflicts. The article substantiates the content of robotic technical complexes and the
main shortcomings of unmanned aerial vehicles.
Keywords:
military conflicts, robotic technical complexes, main areas of
application, unmanned aerial vehicles, special combat tasks.
Jang maydonida askarning hayotini saqlab qolish muhim hisoblanadi, biroq
hozirgi paytda insonparvarlik jihati hamma vaqt ham harbiy qarama – qarshilikning
maqsadlariga erishishida hal qiluvchi omil bo‘lavermaydi. Tegishlicha texnologik
bazalarga ega bo‘lgan, o‘zini yuqori taraqqiy etgan deb hisoblab yurgan ba’zi
mamlakatlar o‘zlarining harbiy – siyosiy va iqtisodiy maqsadlariga, o‘zining qurolli
kuchlarining quruqlikdagi tarkibini qo‘llamasdan yoki minimal tarzda qo‘llash bilan
erishishga harakat qilmoqdalar.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, askarlarning nobud bo‘lishi (Vetnam, Iroq
va Afg‘onistondagi urush) jamiyatda salbiy ta’sirlanishlarni keltirib chiqaradi va
uning saylovchilik faolligiga ta’sir etadi, bu esa o‘z navbatida shunga olib keladiki,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
220
bunday qulay fursat, qaysidir namoyondaning hokimiyatga kelishini belgilaydi.
Shunga bog‘liq holda, ayniqsa harbiy rahbariyat harbiy ishda ilmiy yutuqlarni
qo‘llashni taklif qilmoqda.
Jangovar robotlarni yaratish XXI asrning “yorib o‘tish” yutuqlari hisoblanadi,
ular yaqin kelajakda qurolli kuchlarni qo‘llashning shakli va natijalariga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Insonni almashtiradigan qurilmalarni yaratishga bo‘lgan intilishlari
avvaldan bo‘lgan. Bunday birinchi qurilmani 1898 yilda Nikola Tesla namoyish
etgan, bu qurilma radio orqali berilgan komandalarni bajaruvchi mitti kemachaning
modeli bo‘lgan. Tankning masofadan turib boshqariladigan g‘oyasi Birinchi jahon
urushida ham, Ikkinchi jahon urushida ham taklif qilingan. Chernobil AESidagi
halokatlarni bartaraf etishda, masofadan boshqariladigan, to‘siqlarni oluvchi
muhandislik mashinalaridan foydalanish, o‘lim xavfi bo‘lgan hududlarda
insonlarning hayotini saqlab qolishga imkon berdi. Hozirgi vaqtda, robotlashgan
texnik komplekslar harbiy ishda inqilobni amalga oshirdi. Ular turli vazifalarga
mo‘ljallangan razvedka o‘tkazish, razvedka qilish, zarba berish, osmonni qo‘riqlovchi
o‘q–dorilar, uchuvchisiz uchish apparatlari – “KAMIKADZE” va boshqalar.
Uchuvchisiz uchish apparatlar juda keng tarqalmoqda.
Oxirgi vaqtlardagi turli qurolli mojarolarda (Afg‘oniston, Suriya, Tog‘li
Qorabog‘, Ukraina) uchuvchisiz uchish aparatini qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatdiki,
qarama – qarshi tomonning tayyorlangan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining
mavjud emasligi, mojaroning natijasi avvaldan ma’lum bo‘ladi, shaxsiy tarkibning va
texnikaning, ayniqsa tank va jangovar mashinalarning yo‘qotilishida, qurollanishida
uchuvchisiz uchish aparatlariga ega bo‘lgan tomonga g‘alaba qilish imkoni bo‘ladi.
Birinchi avlod uchuvchisiz uchish aparatlarining asosiy kamchiligi bo‘lib, tashqi
ta’sirlardan boshqarish tizimini himoyalash hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda, to‘liq
avtonomlashgan robotlashgan texnik komplekslar yaratishga bo‘lgan intilishlar
kuzatilmoqda, ular nafaqat odamlar bilan ishlash imkonini beradi, balki, suniy
intellektning elemenlaridan foydalanish bilan, mustaqil ravishda, vazifalarni bajarish
imkoniga ham ega bo‘ladilar. Rossiya Federatsiyasining havo kosmik kuchlariga
tegishli bo‘lgan, “Oxotnik” deb nomlangan va istiqbolli sanalgan uchuvchisiz uchish
aparatlariga jangovar vazifalarni SU-57 samolyotining uchuvchisi va uning bort
kompyuteri bilan majmuaviy (kompleks) tarzda hal qilishga qodir yoki vazifalarni
samolyotdan ancha olis masofada mustaqil ravishda hal qiladi ya’ni uchuvchi
ehtimoldagi dushmanning hududi bo‘yicha zarbalarni, samolyotning dushman havo
hududiga kirmasidan berishi mumkin.
Intellekt jadallik bilan rivojlanmoqda, hal qilinadigan vazifalarning ko‘lami
kengaymoqda, hamda uchuvchisiz uchish aparatni bazalash usullari ko‘paymoqda.
Yagona bazaviy platforma yaratilmoqda, ulardan harbiy harakatlarning barcha
teatrlarida foydalanish mumkin bo‘ladi, bu uchuvchisiz guruhning funksional
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
221
imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi, hamda tug‘iladigan tahdidlarga bo‘lgan
sezgining tezligi va moslashuvchanligini oshiradi. Uchuvchisiz uchish aparatlarning
avtonomligi ortib bormoqda.
Hozirda istiqbolli apparatlarga havodagi nishonlarni tutib olish, quruqlikdagi
qo‘shinlarni qo‘llab – quvvatlash, radioelektron kurashning vazifalarini bajarish
uchun uchuvchisiz uchish aparatini foydalanish, havo hujumidan mudofaa tizimini
bostirish, aloqani ta’minlash va boshqa funksiyalari joriy etilmoqda. Qidiruv –
qutqaruv va evakuatsiya ishlari uchun ham uchuvchisiz uchish aparatining
modifikatsiyalari yaratilmoqda. Yaqin kelajakda yonilg‘i bilan ta’minlovchi
uchuvchisiz uchish aparati ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Uchuvchisiz uchish apparatlardan tashqari, robotlashgan texnikaning harbiy
qarama – qarshilikda yer usti, suv osti va kosmik sohalarga jadallik bilan joriy etilib
bormoqda. Bugungi kunda ba’zi robotlashgan texnik komplekslar alohida jangovar
vazifalarni odamlarga qaraganda yaxshiroq hal qilishga qodir bo‘lyapti, bu degani,
dasturiy takomillashuvi barobarida, robotlashgan texnik komplekslarning qo‘shinlar
harakatidagi ishtiroki sezilarli darajada kengaymoqda. AQSh qo‘mondonligining
rejalari bo‘yicha, 2025 yilda, quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibi 30 % ga robotlashgan
texnik tizimlardan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Amerika ekspertlarining fikricha, robotlashgan texnika va axborot tizimlarining
jadallikdagi rivojlanishi shunga olib keladiki, yaqin yillarda brigadalarning taktik
guruhlarida askarlarning soni chorak qismga qisqarishi mumkin, ya’ni 4000 odamdan
to 3000 odamgacha. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida ham xar xil robotlashgan
texnik komplekslarni quruqlikdagi qo‘shinlarning tuzilmalariga joriy etish ishlari va
ishlanmalar ustida ishlar olib borilmoqda. Qo‘shinlarga “Uran” rusumidagi
robotlashgan texnik komplekslari joriy etilmoqda, ular turli xil vazifalarga
mo‘ljallangan komplekslarning bir butun oilasidan iborat.
“Uran-6” – bu ko‘p funksiyali robotlashgan texnik kompleks bo‘lib, u
dushmanning minalashtirilgan maydonlarida o‘tish joylarini ochish, hamda trallovchi
jihozlardan foydalanish bilan xududni minalardan tozalashga mo‘ljallangan.
“Uran-9” – bu ko‘p funksiyali robotlashgan texnik kompleks bo‘lib, u
vaziyatning har qanday sharoitlarida, shu jumladan, shahar sharoitlarida jang olib
borish uchun mo‘ljallangan, dushmanning tanklarini, boshqa zirhli texnikalarini va
shaxsiy tarkibini yo‘q qilishga qodir. Bu mashina o‘zining modifikatsiyasiga bog‘liq
holda, har xil qurollarni olib yurishi mumkin.
“Uran-14” yong‘inlarni o‘chirish va turli uyumlarni ajratish uchun
mo‘ljallangan. Bu komplekslarning yuqori tezlik bilan qo‘shinlarga joriy etilishi, ham
mustaqil ravishda, ham har xil qo‘shin bo‘linmalari tarkibida samarali harakatlanish
imkonini beruvchi intellektuallashish va avtonomligi darajasini sezilarli tarzda
oshishiga yordam beradi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
222
Android operatsion tizimi istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda, bu
tizimni yaratish avval taxmin qilingandan ham ko‘ra yanada murakkab ish
bo‘lmoqda. Oddiy ishni bajarish va harakatlanish, bo‘shliqda mo‘ljal olish
qobiliyatiga ega bo‘lgan birinchi androidlarning dunyo yuzini ko‘rishidan avval,
mashinaning ko‘rish texnologiyasi, motorlarning samaradorligi, kompyuterlarning
hisoblash quvvati sohalarida jiddiy muvaffaqiyatlar va o‘nlab yillar vaqt talab qilindi.
Hozirda insonga o‘xshash bo‘lgan robotlar yo‘lni topish, predmetlarni tanib
olishni o‘rganmoqda, odamlarni esa ovozlari va yuzlari bo‘yicha bilishlari mumkin.
Sun’iy intellekt texnologiyalari ularga avtonom ravishda harakatlanish va mustaqil
ravishda qaror qabul qilish imkonini bermoqda.
Androidlar quyidagilardir: birinchidan, ixtisoslashtirilgan robotlar oldidagi
afzalliklari androidlar zaruriyat tug‘ilganda, murakkab tizimlarni boshqarishda,
insonning obyektga kirishi xavfli hisoblanganda, uning o‘rnini bosa oladi;
ikkinchidan, ma’lum bir sharoitlarda qisman, keyinchalik esa odamni boshqarish
uchun mo‘ljallangan jangovar mashinalar, aviatsiya va transport vositalari, o‘q otish
qurollari va texnikalarni foydalanishda harbiy xizmatchini to‘liq almashtirishi
mumkin;
uchinchidan, inson bilan o‘zaro harakatlanishga mo‘ljallangan robotlarga
nisbatan androidlar ruhiy – emotsional qabul qilish bo‘yicha yanada tabiiyroq va
ergonometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa yanada qulayroq hisoblanadi. Ular transport
vositalarida birgalikdagi qulay holdagi ko‘chish imkonini, odatdagi interfeyslar bilan
ishlashni ta’minlaydi, har qanday vazifalarni bajarishda insonga yordamchi bo‘la
oladi. Ammo, robotlashgan texnik komplekslarni qo‘llashdagi barcha afzalliklarning
mavjudligiga qaramay, ma’lum bir muammolar ham mavjuddir.
Misol uchun, yerdagi nishonlar bo‘yicha uchuvchisiz uchish aparatini
qo‘llanganda, razvedka tomonidan nishon haqidagi axborot bevosita operatsiya
bo‘ladigan hududning o‘zida olinadi, jangovar vazifani bajarish joyidan minglab
kilometr masofada joylashgan uchuvchisiz uchish aparati operatori, juda tez holatda
ko‘plab bir – biriga zid bo‘lgan axborotlarni oladi, bundan esa raketa qurolini
qo‘llashining o‘nta holatidan beshtasida tinch aholini nishonga olish bilan
yakunlandi.
Bundan tashqari, apparat va operator orasida bo‘lgan katta masofa, signalni
jo‘natish tezligiga sof fizikaviy cheklanishlarni olib keladi. Signalning bir necha
sekundda o‘tish holati shunchalik o‘zgarishi mumkinki, bunday vaqtda nishon yo‘q
qilinmay qoladi. Robotlashgan texnik komplekslarni boshqarish uchun yaxshi
tayyorlangan va tajribali mutaxassislar talab qilinadi. Hozirgi vaqtda AQSh o‘z
tasarrufida ikki mingdan sal oshiqroq operatorlarga ega bo‘lib, ular zarba beruvchi
uchuvchisiz uchish aparatlari bilan ishlash qobiliyatiga egadir, uchuvchisiz uchish
aparatining katta qismini normal holatda boshqarish uchun esa, yana kamida 15 ming
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
223
kishini o‘qitish talab qilinadi. Ularni tayyorlashdagi o‘ziga xoslik va hajmni hisobga
olinganda bu juda katta muammodir. Bu muammo nafaqat AQShda, balki
qurollanishida robotlashgan texnik komplekslari bo‘lgan dunyoning boshqa
mamlakatlarida ham tarqalgan. Bu intilish, ehtimollikning katta ulushi bilan,
kelajakda sun’iy intellektning paydo bo‘lishi bilan yechilishi mumkin, biroq bularga
qaramay, so‘nggi instansiya bo‘lib inson hisoblanib qolaveradi.
Xulosa. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, texnologik jihatdan rivojlangan
yetakchi davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy,
Isroil, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda insonni ishtirokisiz jangovar harakatlarni
yuqori darajadagi avtonomligini amalga oshirishga qodir bo‘lgan robot tizimlari
ishlab chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda robotlashtirilgan tizimlar uchuvchisiz uchish
aparati asosida faol rivojlanmoqda. Biroq, istiqbolli loyihalar tahlili shuni
ko‘rsatadiki, yaqin kelajakda turli maqsadlardagi robot tizimlari quruqlikda,
dengizda, hatto harbiy operatsiyalarning kosmik sohasida o‘z o‘rnini egallashi aniq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://www.rustore.ru/catalog/app/com.voennoedelo.app
2. https://topwar.ru 2025-yil 24-25.04.
3. https://telegvamme/uz24 news uz. 15.04.2025 yil.
4. https://voennoedelo.com. 11.04.2025 yil.
