“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 3 ~
PSIXOLINGVISTIKA: TIL VA TAFAKKURNING O‘ZARO TA’SIRI
Abdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Sharq filologiyasi fakulteti Arab tili yo‘nalish 1-bosqich talabasi
abduganiyevamadinaxon4@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada psixolingvistika fanining shakllanishi, asosiy
nazariy yondashuvlari, predmet va obyekti, hamda nutqiy faoliyatning psixologik
jihatlari yoritiladi. Shuningdek, bolalar va kattalardagi nutqning psixologik
xususiyatlariga ham to‘xtalib o‘tiladi. Ushbu maqola til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy
bog‘liqlikni ilmiy asosda tahlil qilishga xizmat qiladi.
Kalit so‘z va iboralar
: Psixolingvistika, nutq faoliyati, til va tafakkur, psixik
jarayon, bolalar nutqi, ichki nutq, og‘zaki nutq, muloqot, lingvistik tafakkur.
Psixolingvistika – bu inson nutq faoliyatining psixologik va lingvistik jihatlarini
o‘rganuvchi fan bo‘lib, til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tadqiq
etadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi inson qanday so‘zlashishi, nutqni qay
holda shakllantirishi va tushunishini o‘rganishdan iborat. Tilshunoslik va psixologiya
fanlarining birikishi natijasida bu yo‘nalish yuzaga kelgan.
Psixolingvistika 1953-yilda AQShning Blumington shahrida bo‘lib o‘tgan
Lingvistika va Psixologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda mustaqil fan
sifatida tan olingan. Ushbu seminarda taniqli olimlar – psixologlar Charlz Osgud,
Djon Kerrol va tilshunos Tomas Sibeok ishtirok etib, psixolingvistik tadqiqotlarning
nazariy asoslarini belgilashgan. 1954-yilda esa “Psixolingvistika: nazariya va
tadqiqot muammolari ocherki” nomli muhim asar chop etilib, bu yo‘nalishdagi ilmiy
izlanishlarga asos solingan.
Psixolingvistikaning predmeti, obyekti va maqsadi quyidagilardan iborat:
Predmeti – inson fiziologiyasida nutqning hosil bo‘lishi va shu jarayon
davomida ruhiyat bilan bog‘liq psixik mexanizmlarni o‘rganish.
Obyekti – nutq hodisalari va nutqiy vaziyatlarning jamlanmasi.
Maqsadi – insonda sodir bo‘ladigan psixologik jarayonlarning nutq orqali
qanday ifodalanganini o‘rganish, bu jarayonlarning mexanizmlarini aniqlash va
yechimini taklif etish.
Psixolingvistika nutqiy faoliyatni bir necha turlarga ajratadi:
1.Og‘zaki nutq – bevosita so‘zlash va eshitish vositasi orqali yetkaziladigan nutq
shakli.
2.Ichki nutq – insonning o‘z-o‘ziga murojaat qilgan shaklidagi fikrlari.
3.Yozma nutq – yozuv belgilar orqali ifodalangan nutq.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 4 ~
4.Kinetik nutq – tana harakati orqali ifodalangan muloqot (masalan, imo-ishora).
5.Affektiv nutq – hayajonli holatda yuzaga keladigan nutq.
Bu turlarning har biri inson tafakkuri va ruhiy holati bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, psixolingvistikaning muhim tadqiqot obyektlaridir.
Psixolingvistika bolalarda nutqning shakllanishini uch bosqichda kechishini
aniqlagan:
1.Verballashuvgacha bo‘lgan davr – bola hali so‘zlamaydi, ammo turli tovushlar
chiqarib, tilga bo‘lgan ilk qiziqishni namoyon etadi. Bu jarayon bolalar uchun ajoyib
o‘yin shaklida gavdalanadi.
2.Aktiv nutqqa o‘tish – bolaning 2 yoshga yaqinlashishi bilan boshlanadi. Bola
so‘zlarni talaffuz qila boshlaydi, fonematik eshitish rivojlanadi. Bu davrda odatda
bolalar qisqa kundalik ishlatiladigan so‘zlardan foydalanadi. Namuna sifatida
quyidagi so‘zlarni keltirishimiz mumkin: ota, ona, oyi, dada, non, gul. Ayrim
holatlarda so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuzi, ya’ni ma’lum bir harflarning tushishi, bir
harf o‘rnida boshqa bir harfni ishlatilish vaziyatlari ham kuzatiladi. Masalan, kapalak
o‘rniga pakalak, ovqat o‘rniga okat, ruchka o‘rniga yuchka kabi talaffuz qilish.
3.Nutqning muloqot vositasi sifatida shakllanishi – bola voqealarni tushunish,
izohlashga harakat qiladi, lug‘ati boyib boradi, grammatik konstruktsiyalar
murakkablashadi, shuningdek so‘zlarni tiniq talaffuz qiladi.
Psixolingvistika nafaqat go‘daklar nutqining rivojlanishi, balki o‘rta va katta
yoshlilar nutqining ruhiy kechinmalar bilan bog‘liqligi va kattalarda uchraydigan
ruhiyatga aloqador bo‘lgan kasalliklarni ham o‘rganadi:
1.Duduqlanish;
2.Omma oldida gapira olmaslik;
3.So‘zlashuv jarayonida bitta nuqtaga termulish;
4.Suhbat davomida keraksiz o‘rinlarda ham doimiy bir xil harakatdan yoki
so‘zdan foydalanish;
5.Gapirayotganda qizarib yoki terlab ketish;
6.Ruhiy autizm;
7.Ko‘pchilik qarshisida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini yoki yodlagan she’rlarini
unutib qo‘yish
Yuqorida keltirganlarimizning hammasini psixolingvistika o‘rganadi va ularga
yechim beradi. Bu kasalliklarning barchasini tinimsiz harakat va xohish orqali
davolash mumkin. Chunki bular inson shaxsiy ruhiyati bilan bog‘liqdir.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, psixolingvistika tildan
foydalanishning chuqur psixologik jihatlarini ochib beruvchi muhim fan sifatida
nafaqat tilshunoslar, balki pedagoglar, psixologlar, logopedlar uchun ham bebaho
manba hisoblanadi. Bu fan yordamida inson tafakkurining murakkab mexanizmlari,
nutq shakllanishining psixik asoslari hamda muloqotdagi ruhiy omillar aniq tahlil
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 5 ~
etiladi. Psixolingvistika hozirgi zamon ilm-fanining eng muhim va dolzarb
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Majidova R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2021
2.
Ahmedov M. Psixolingvistika va neyrolingvistika asoslari.–Toshkent, 2021.
3.
Abdullayeva Z. Psixolingvistika asoslari. – Toshkent, 2020
4.
Nurullayev M. Til va tafakkur. – Samarqand, 2019
