“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 45 ~
LEKSIKOGRAFIYA
Azimova Shoira Rustam qizi
Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti
Xitoy tili yoʻnalish 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslikning qismlaridan biri boʻlgan
leksikografiya haqida tushuncha beriladi. Leksikografiya lugʻatlarning insonlar
hayotidagi oʻrni va vazifasi, soʻzlarning ma’nolarini, ularning ishlatilinishi va
shakllanishi bilan shug‘ullanadi. Mazkur maqola orqali leksikografiyaning insonlar
hayotidagi o‘rni haqida bilib olinadi.
Kalit soʻz va iboralar:
Lugʻatlar qoʻllangan maqsadga qarab tiplari, nazariy va
amaliy leksikografiya, lugʻat turlari, universal va soha qomuslari, umumiy va xususiy
lugʻatlar, oʻzbek leksikografistlari.
Leksikografiya leksikologiyaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Leksikografiya
- ma’lum bir tilga xos boʻlgan soʻzlarni yegʻish, ularni muayyan bir sistemaga solish,
lugʻat tuzish va oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Lugʻat - soʻzlarning ma’lum
maqsad bilan toʻplangan, tartibga solingan shakli. Qadimda ham insonlar
lugʻatlarning qoʻlyozma shaklidan turli maqsadlarda foydalanganlar. Biroq,
leksikografiya alohida soha sifatida XIX asrning oxirida yuzaga keldi va rivojlana
boshladi. Hozirgi rivojlangan va raqamlashtirilgan davrda insonlar uchun yangi
informatsiya va yangiliklarni o‘rganish ancha yengillashgan. Texnologik taraqqiyot
leksikografiya sohasini ham yangi bosqichga olib chiqdi. Lug‘atlarning turlari
ko‘payib, vazifasi yanada kengaydi. Su’niy intelekt va avtomatik matn tahlili
vositalari yordamida so‘zlarning kontekstdagi ma’nosi, so‘zlarni talaffuzini tinglash,
sinonim va antonimlar haqida ko‘proq ma’lumot berish imkonini yaratib bermoqda.
Hozirda leksikografiyani
nazariy
va
amaliy
yo‘nalishlarga bo‘lamiz:
Nazariy leksikografiya
lug‘at tuzish jarayoning ilmiy asoslarini o‘rganadi. Bu
yo‘nalishda so‘zlarni lug‘atga tanlab olish, so‘z ma’nolarini ifodalash, lug‘at
materiallarini qay tartibda joylashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchiga qulat holatda
taqdim etish kabi mavzular bilan shug‘ullanadi.
Amaliy leksikografiyada
esa nazariy bilimlarga asoslanib, bevosita lug‘atlar
yaratish bilan shug‘ullanadi. Amaliy leksikografiyada lug‘atning maqsadli
auditoriyasini aniqlash, lug‘at tipini belgilash, so‘zlarni to‘plash va ma’lum bir
tizimga solish va har bir so‘z uchun ravshan ta’rif berish kabi ishlar amalga
oshiriladi.
Leksikografiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi:
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 46 ~
•
Lugʻat tuzish prinsiplari va metodikasini ishlab chiqish;
•
Lugʻat tuzish uchun asos boʻla oladigan kartoteka fondi ( kartochkalar
toʻplami) ni tuzish;
•
Tarixdagi lugʻatchilik sohasini oʻrganish
•
Lugʻat tuzish bilan mashgʻul boʻlish
•
Lugʻatshunoslarning ishini tashkil qilish
Lugʻatlar qoʻllangan maqsadiga koʻra ikki tipga boʻlinadi:
1.
Qomusiy (ensiklopedik) lugʻatlar
2.
Lisoniy ( lingvistik) lugʻatlar
Qomusiy lugʻatlar
asosiy e’tiborni tildagi soʻzlarga emas, balki oʻsha soʻzlar
vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi. Bu lugʻat tipiga davlat, shaharlar, buyuk
shaxslar, tarixdagi voqea va jarayonlar, ilm-fan sohasidagi oʻzgarishlar, tabiat va
jamiyatdagi hodisalar haqida ma’limot beradi. Qomusiy lugʻatlar ham 2 turga
boʻlinadi: universal qomuslar va soha qomuslari.
•
Universal qomuslari. Bunday lugʻatlarda fan, adabiyot, tabiat, ishlab chiqarish
va boshqa sohalarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar,hodisalar va
shu sohada tanilgan buyuk shaxslar haqida ma’lumot beriladi.
•
Soha qomuslari. Bu qomuslarda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi.
Lisoniy lugʻatlarda
til va nutq birikmalari, til kategoriyalari haqida ma’ lumot
beriladi. Bu turdagi lugʻatlarda soʻz ma’nolari, imlo, talaffuz, iboralar va xalq
maqollarini koʻrish mumkin. Lisoniy lugʻatlar ham qomusiy lugʻatlar kabi ikkiga
boʻlinadi: umumiy lugʻatlar va xususiy lugʻatlar.
•
Umumiy lugʻatlarda umumtil birliklari, ularning ma’nolari izohlanadi.
•
Xususiy lug‘atlar tilning lug‘at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo‘yicha
yoki shu shu tildagi ma’lum guruhlar bo‘yicha izohlanadi.
Hozirgi kunda insonlar turli xil lugʻatlardan foydalanishadi. Ularga misol
sifatida ikki tillik tarjima lugʻati, izohli lugʻat, terminologik lugʻat, frazeologik lugʻat,
orfografik lugʻat, orfoepik lugʻat, tarixiy lugʻat, ensiklopedik lugʻat, imlo lugʻat va
boshqalarni keltirish mumkin.
Mavjud lugʻatlar uchun ta’rif:
Tarjima lugʻat.
Bunday lugʻatlar bir tildan ikkinchi tilga ma’no jihatidan bir-
biriga yaqin va mos bo‘lgan so‘zlarni tarjima qilish. Tarjima qilinayotganda avval
bir-biriga yaqin bo‘lgan sinonimlar, so‘ng esa uzoqroq bo‘lgan ma’noviy so‘zlar
yozib, tuziladi. Tarjima lugʻati ikki xil ko‘rinishga ega:
1.
O‘zga tildan o‘z tilga tatjima lugʻatlari
2.
O‘z tildan o‘zga tilga tarjima lugʻatlari
Izohli lugʻat.
Muayyan so‘zlarni jamlab, ularning barcha ma’nolarini izohlab,
tushuntirib berish.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 47 ~
Izohsiz lugʻat
. So‘z yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning, misol
tariqasida ; ruscha-o‘zbekcha yoki o‘zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan
cheklangan lug‘atdir.
Terminologik lugʻat
. Bir guruh bir-biriga bog‘liq terminlarni ( ma’lum sohaga
tegishli so‘zlar) yeg‘ib, ma’nosini tushuntirib berishdan iborat.Bunday lugʻat
ko‘pincha bir yoki ikki tilda tuziladi.
Frazeologik lugʻat.
Ushbu lugʻat adabiyotsevarlar uchun juda kerakli
lugʻatlardan biridir. Har bir tildagi maqol, matal, hikmatli so‘z birikmalarini to‘plab,
ularni qay hollarda ishlatish mumkinligini misollar orqali tushuntirib beradi.
Orfografik lugʻat.
Vazifaviy jihatdan bu lugʻat bir tildagi so‘zlarni, osha tilning
grammatik normalari asosida to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatib beradi.
Orfoepik lugʻat
. Bu lugʻatda so‘zlarning adabiy talaffuzi to‘g‘ri yozilib
tushuntiriladi.
Tarixiy lugʻat.
Bu ko‘rinishdagi lugʻat iste’moldan chiqqan eski yozuvlardagi
so‘zlarni mazmunini tahrirlab, o‘rganadi.
Sinonimlar lugʻati
. Bunda so‘zlar sinonimlardan iborat bo‘ladi. Bu
ko‘rinishdagi lugʻatlar faqat tildagi sinonimik qatorlarni qayd etuvchi, ya’ni izohli
yoki izohsiz bo‘ladi.
Chastotali lugʻat
. So‘zlarning qo‘llanishi miqdori va foizi haqida ma’lumot
beriladi. Bu tipdagi lugʻatlarda o‘zbek tilidagi so‘zlarning faollik darajasi ko‘rsatiladi.
Etimologik lugʻat.
Bu tipdagi lugʻatlarda so‘zlarning kelib chiqishi jihatidan
ilmiy yoritiladi.
Dialektologik lugʻat
. O‘zbek tilining dialekt va shevalarga xos bo‘lgan, fonetik
yoki semantik jihatdan adabiy tildagi so‘zlardan farq qiladigan so‘zlarni aniqlab,
qayd etadi.
Teskari lugʻat
. Bu tipdagi lugʻatlarda so‘zlar tartibi so‘z boshidagi birinchi
harfdan emas, bali so‘z oxiridagi harflarning alfavitdagi tartibi asosida joylashtiriladi.
Imlo lugʻat
. Bunday lugʻatlar asosan amaliy maqsadlar uchun tuziladi.
So‘zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini ya’ni to‘g‘ri yozish
shakllarini qayd etadi.
Leksikografiya sohasida o‘zbek leksikografistlari ham izlanishlar olib borishgan.
1980-1981-yillarda ikki tomlik «O'zbek tilining izohli lug'ati»
nashrdan chiqqan. Bu lug‘at 60 ming so‘z va so‘z birikmalarini o‘z
ichiga olgan. 1978-yilda «O‘qituvchi» nashriyoti Sh. Rahmatullayevning
«O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati», 1971-yilda
Sh.Sh. Shoabdurahmonov tahriri ostida «O'zbek xalq shevalari
lug'ati», Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev «O'zbek tilining imlo lug'ati» va boshqa
lug‘atlar ustida ishlangan.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 48 ~
Xulosa
. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, Lugʻatlar xilma- xil sohalar
uchun ishlatilsa ham, funksiyaviy jihatdan ular bir xil, ya’ni insonlar uchun muayyan
til yoki sohadagi so‘zlarni bir joyda saqlangan holatda qulay o‘rganish uchun xizmat
qilishidir. Oddiy qilib aytganda lug‘at – so‘zlarning xazinasi. Ular orqali biz
so‘zlarning ma’nosini tushunamiz, til boyligimizni oshiramiz, to‘g‘ri yozamiz va
talaffuz qilamiz. Qolaversa, har bir so‘z, har bir ma’no bu -madaniyatimiz va
tafukkurimiz tarixi. Leksikografiya nafaqat tilshunoslik uchun, balki butun insoniyat
madaniyati uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.T. Irsiqulov - Tilshunoslikka Kirish.
Ikkinchi Nashri 2009;
2.
O‘. Sharipova, I. Yo‘Ldoshev, R. Majidova, S. Muhamedova –
Tilshunoslik Asoslari 2013.
