Авторы

  • Назокат Давронова
    O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Toshkent,O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98613

Ключевые слова:

Duolingo multimedia Internet audio darsliklar kompyuter texnologiyalari

Аннотация

Ushbu maqolada ko‘plab xorijiy tillarni o‘qitish davomida hamda o‘rganish mobaynida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va ularning o‘rni haqida aytib o‘tilgan. Shu bilan birga turli dasturlar, multimedialar hamda ilovalarning xususiyatlari ko‘rsatilib o‘tilgan.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 66 ~

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARNING ISHLATILISHI

Davronova

Nazokat

Tolibjon

qizi

O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Toshkent,O‘zbekiston

davronovanazokat9@gmail.com

Ilmiy rahbar: Maxmudova Nilufar Murodovna

Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada ko‘plab xorijiy tillarni o‘qitish davomida hamda

o‘rganish mobaynida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va ularning o‘rni
haqida aytib o‘tilgan. Shu bilan birga turli dasturlar, multimedialar hamda
ilovalarning xususiyatlari ko‘rsatilib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Duolingo, multimedia, Internet, audio darsliklar, kompyuter

texnologiyalari


Hozirgi kunda zamonimiz rivojlanib, o‘sib boryapti. XXI asr biz yoshlarga

ko‘plab imkoniyatlar eshikini ochdi desak adashmaymiz.Olimlar hamda ixtirochilar
bizga kundalik hayotimizda yordam beradigan yangidan-yangi ixtirolarni va
gadjetlarni yaratishmoqda. Mana shu zamonaviy texnologiyalar hayotimizning bir
bo‘lagiga aylandi. Biz yoshlar hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar yordamida
ko‘plab bilimlarni olishimiz mumkin. Hamda ko‘plab xorijiy tillarni o‘rganishga
bo‘lgan imkoniyatlar ko‘paydi. Zamonaviy ta’lim deganda biron bir bilimni
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘rganish ya’ni bunga turli xil
zamonaviy metodlarni, internetni va turli xil ijtimoiy tarmoqlarni misol qilib
ko‘rsatishimiz mumkin. Hozirgi kunda,ushbu, zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi
har tomonlama rivojlangan, axborot sohasiga yo‘naltirilgan, mustaqil fikrlaydigan,
o‘z o‘rnini egallaydigan, axborot va yangi texnologiyalar bilan to‘g‘ri ishlay oladigan
insonlarni tayyorlashdan iborat. Bu bizga ta’lim sifatini oshirishda,hamda uni
samarali qilishda juda katta yordam beradi.Men ushbu maqolada xorijiy tillarni
o‘rganishda zamonaviy texnologiylarning o‘rni haqida aytib o‘tmoqchiman.
Yurtimizda rus, nemis, fransuz, xitoy,koreys ayniqsa ingliz tili juda ommalashgan.
O‘quvchilarning aksariyat qismi ham ushbu tillarni sevib o‘rganishadi. Xorijiy tillarni
o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Dars jarayonlarida
o‘qituvchilar turli xil texlonologiyalardan hamda metodlardan foydalanishadi.Buning
natijasida o‘quvchilar ushbu tillarni oldingiga qaraganda samarali o‘rganishmoqda.
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish deganda turli xil materiallardan,
metodlardan foydalanishni tushunamiz. Shu bilan birga zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish tilga bo‘lgan qiziqishni va ishtiyoqni, uni o‘rganishga bo‘lgan xohishni


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 67 ~

oshiradi. Keling endi Ingliz tilini zamonaviy texnologiyalar yordamida tezroq va
osonroq o‘rgatish uslublarini ko‘rib chiqamiz.

Ingliz tilini o‘rganishning ilk bosqichida, o‘quvchilarga tovushlarni to‘g‘ri

talaffuz qilishni o‘rgatish talab qilinadi. Fonetikani o‘rgatish jaroyonida native
speakerlar tomonidan talaffuz qilingan turli video va audio materiallardan
foydalanilsa bo‘ladi. Bundan tashqari so‘zlarning talaffuzini boshqaradigan va uni
to‘gri talaffuz qilmaguncha keyingi bosqichga o‘tkazmaydigan ilovalardan
foydalansa ham bo‘ladi. Mana shunday ilovalarga “Duolingo” ilovasini yorqin misol
qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bu ingliz tili bilan birga turli tillarni o‘rganishga
mo‘ljallangan. Hamda bu ilovani turli xil bosqichlari bor va foydalanuvchiga
o‘rganayotgan tilida gaplar tuzishda, lug‘at boyligini oshirishda va talaffuzini
to‘g‘irlashda yordam beradi. Bu ilovaning yana bir funksiyalaridan biri til
o‘rganilayotganda foydalanuvchi bosqichma-bosqich o‘rganadi, darslarni o‘tkazib
yubora olmaydi. Menimcha, bu til o‘rganish jarayonida juda ham samarali yordam
beradi.

Zamonaviy texnologiyalarning yana bir turi bu multimedialardir. Bugungi kunda

yoshlar orasida zamonaviy multimedia darsliklaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish
ham ortib bormoqda. “The English without accent” ilovasi va boshqa turli xil
multimedia kitoblar fonetikani va to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatishda va intonatsiyani
shakllantirishda juda katta yordam beradi. Bunda ekranda tovushlar, so‘zlar, so‘z
birikmalari hamda gaplar ko‘rsatiladi. Shu tufayli o‘quvchilar native speakerni
harakatatlarini kuzata oladi va to‘g‘ri intonatsiyasini eshitib, ulardek gapirishga
harakat qiladi.

Hozirgi zamonaviy texnologiyalarning yana bir turi bu Internet desak

adashmaymiz. Internet xorijiy tillarni o'qitishda muhim o'rin tutadi. Bu talabalarga asl
matnlar bilan ishlash, native speakerlarni tinglash va ular bilan muloqot qilishga
bo'lgan imkoniyatlarni ochadi. Internet o'qituvchining yordamchisi o'laroq, turli xil
maqsadlarda foydalaniladi.

Masalan:
- keyingi darslarning rejalarini bilishda
- biron bir loyiha yoki mavzu haqida ma'lumotlar topishda
- internetning turli resurslaridan foydalanib, dars mobaynidagi didaktik

muammolarni yechishda

- o'qish ko'nikmalarini oshirishda, ya’ni darajasi yuqori bo'lgan matnlar bilan

ishlashda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishda

- audio materiallarga tayangan holda eshitish ko'nikmalarini oshirishda
- lug'at boyligini oshirishda ya'ni biron bir millatning madaniyati, tarixi,

ijtimoiy- siyosiy jihatlarini o'rganish mobaynida yordam beradi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 68 ~

Xorijiy tillarni o‘rganishda yordam beradigan juda ham ko‘p saytlar, ilovalar

hamda online darslar mavjud. Masalan "The Lucent Technologies" kompaniyasi o'z
saytida til o'rganuvchilariga xorijiy tilni o'rganish mobaynida turli xil so'zlarning
qanday talaffuz qilinishi yoki ma'nosini bilishga imkon yaratib qoygan. Shu bilan
birga foydalanuvchi biron bir matnni audio yozuvga o'tkaza oladi hamda o'quvchilar
bilimlarini turli xil online testlarda sinab ko'radi, savol-javoblarda qatnashishadi. Bu
o'quvchilarning yangi tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishi ortiradi hamda ularning
bilimlarini oshiradi.

Ingliz tilini o'rganish mobaynida qo'llaniladigan usuldan yana biri bu Power

Point prezentatsiyasi hisoblanadi. Dars jarayonidagi prezentatsiyalar turli xil
animatsiyalardan foydalanishda, juda ham muhim bo'lgan joylarini belgilashda yoki
o'zgartirishda foydalaniladi. Masalan, ingliz tilida biron bir gapni inkor shaklini
yasash mobaynida o'quvchilar gapni qanday qilib darak shakldan inkor shakliga
o'tishini ko'rishadi. Agar kerak bo'lsa bu jarayon 1 yoki undan kop marta takrorlanilsa
o‘quvchining xotirasida qolish ehtimoli katta bo‘ladi. Shu bilan birga prezentatsiyada
turli rasmlar, sxemalar va jadvallar o'rin olishi mumkin. Bu metod vizual xotirani
mustahkamlaydi, materiallarni yaxshi tushunishga yordam beradi. Shunga
qaramasdan o'quvchilar uyga vazifa sifatida prezentatsiya tayyorlashlari ham
mumkin. Masalan, o'quvchilarga dars so'ngida mavzu beriladi va ular shu mavzu
bo'yicha prezentatsiya tayyorlashlari kerak bo'ladi. Shu bilan birga, o'quvchilar bu
dastur bilan qanday ishlashni o'rganishadi, yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshiradi,
mavzu chuqurroq tushunish uchun yangi lug'atlar o'rganishadi, auditoriya oldida
qanday qilib nutq qilish ko'nikmalariga ega bo'lishadi. Xorijiy tillarni o'qitish
mobaynida ko'plab samarali axborot texnologiyalardan foydalanish, tilni o'rganishga
bo'lgan ishtiyoqni sezilarli darajada o'stiradi. O'quvchilarda bilimlarini yangi
qulayliklarda qo'lashda imkoniyatlar yaratiladi. Tilni o'rganish jarayoni tezroq va
osonroq bo'ladi.

Shu bilan birga, axborot texnologiyalardan foydalanish dars jarayonini qiziqarli

va samarali qiladi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uyda yoki sinfda,
mustaqil va guruh bo'lib ishlashda ham qo'llaniladi.Axborot texnologiyalar hammaga
o'zini turli xil sohalarda sinab ko'rishda imkoniyat yaratib beradi. Texnologiyalar
bilan ishlash o'quvchilarda ma'lumotlarni analiz qilish, taqqoslash hamda tahmin
qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Hozirgi kunda texnologiyalarga murojaat qilish
zamonaviy ta’limning muhim qismi bo'lib kelmoqda.