“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 86 ~
TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARIGA YOSH
TADQIQOTCHILARNING QARASHLARI
Farxodova Sabrina Ruxiddin qizi
OʻzDJTU Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-kurs talabasi
Imiy rahbar: Xolboboyeva Aziza Sherboboyevna
f.f.f.d(PhD), O'ZDJTU, ingliz tili amaliy tarjima kafedrsi dotsenti
azizakholboboyeva1611@gmail.com
Anotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslik fanining bugungi kunda dolzarb
bo‘lib turgan muammolari va ularni yosh tadqiqotchilar qanday yoritayotgani haqida
so‘z boradi. Unda ijtimoiy tarmoqlar ta’siri, yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi,
shevalarning
o‘rni, tarjima jarayonidagi qiyinchiliklar, lingvokulturologik
yondashuvlar hamda sun’iy intellektning tilga ta’siri kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Maqolada yosh olimlarning innovatsion qarashlari va ilmiy izlanishlari alohida
ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
Tilshunoslik, yosh tadqiqotchilar, dolzarb muammolar,
zamonaviy
til,
tarjima,
sheva,
kommunikatsiya,
ijtimoiy
tarmoqlar,
lingvokulturologiya, sun’iy intellekt, o‘zbek tili, neologizmlar.
Tilshunoslik – bu inson tafakkuri, madaniyati, jamiyati va ijtimoiy hayotining
ajralmas bir qismi bo‘lgan tilni o‘rganadigan fan. Har bir davr tilshunoslik faniga
o‘ziga xos muammolarni olib keladi. Bugungi kunda, globallashuv, texnologik
taraqqiyot, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi, zamonaviy kommunikatsiya
vositalarining ko‘pligi sababli tilga bo‘lgan talab o‘zgargan, uni o‘rganish metodlari
va muammolari ham yangicha tus olgan.Shu sababli, yosh tadqiqotchilar tilshunoslik
sohasidagi o‘zgarish va muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ular
tilni nafaqat grammatik tizim sifatida, balki ijtimoiy, madaniy, psixologik va
texnologik jihatdan ham o‘rganishmoqda. Ushbu maqolada tilshunoslikning dolzarb
muammolari va ularga yosh tadqiqotchilarning qanday yondashayotgani haqida fikr
yuritiladi.
Til - zamonaviy kommunikatsiya vositalari.Bugungi kunda odamlar ko‘proq
yozma, tezkor va qisqa shakldagi muloqotni afzal ko‘rmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar
(Telegram, Instagram, TikTok, Twitter) orqali odamlar qisqartirilgan, inglizcha
aralashgan, emojilar bilan to‘ldirilgan matnlar orqali muloqot qilishmoqda. Bu esa
adabiy til me’yorlarining buzilishiga olib kelmoqda.Yosh tadqiqotchilar bu holatni
sinchiklab o‘rganmoqda. Ular tilning buzilishi bilan birga uning yangilanib
borayotganini ham ta’kidlamoqda. Masalan, "like", "follow", "story", "content",
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 87 ~
"trending" kabi atamalar o‘zbek tiliga kirib keldi. Endi masala shuki, bu so‘zlarni
o‘zbek tiliga qanday moslashtirish mumkin? Yoki ularni asl shaklida qabul qilish
kerakmi? Yoshlar bu savollarga ilmiy yondashmoqda. Shuningdek, bugungi kun
haqiqati bilan aytadigan boʼlsak,neologizmlar va atamalarni o‘zlashtirishda koʻplab
xatolarga yul qoʻymoqdamiz. Texnologik rivojlanish yangi tushuncha va so‘zlarni
keltirib chiqarmoqda. Bu tushunchalarni o‘zbek tiliga to‘g‘ri, xalqchil va aniqlik
bilan tarjima qilish muhim. “Smartfon”, “kompyuter”, “onlayn”, “blogger”, “VPN”
kabi so‘zlarning aksariyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilingan. Biroq ularning
o‘zbekcha muqobillari yaratilmaguncha, bu tilning mustaqilligiga ta’sir qilishi
mumkin.Yosh
tilshunoslar
ushbu
atamalarni
o‘zlashtirishda ikki yo‘ldan
borishmoqda: biri – xalq orasida ishlatib borish orqali ommalashtirish, ikkinchisi –
rasmiy lug‘atlar va ilmiy asarlar orqali tilga kiritish.Vaholanki, oʻzbek tilida
dialektlar va shevalar muammosiga ham koʻp bor duch kelamiz.Sheva va
dialektlarning adabiy til bilan aloqasi ham tilshunoslikdagi dolzarb mavzulardan biri
hisoblanadi. O‘zbekiston hududida bir nechta shevalar mavjud: qarluq, qipchoq va
og‘uz shevalari.Yosh tadqiqotchilar bu shevalarni o‘rganish orqali nafaqat til tarixiga,
balki xalqning madaniyatiga, hayot tarziga oid ma’lumotlarni ham aniqlashmoqda.
Ayniqsa, adabiyotda koʻplab yozuvchilar o‘z mintaqaviy shevasidan foydalangan.
Bunday asarlar orqali tilning boyligi va xilma-xilligi namoyon bo‘ladi. Biroq ularni
boshqa mintaqa yoki xorijlik o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazish tarjimada
qiyinchilik
tug‘diradi.Bundan tashqari tarjima jarayonida ham talaygina
muammolarga duch kelamiz.O‘zbek tilidan ingliz, rus, fransuz yoki boshqa tillarga
tarjima qilishda ko‘plab muammolar vujudga keladi:Idiomatik ifodalar: "Dili xira
boʻldi" yoki "Balo qazolardan asrasin" kabi iboralar ko‘pchilik tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjima qilinmaydi.Kontekstda duch keladigan muammolarimiz (Contextual
problems):matndagi so‘zlar turli vaziyatda turli ma’noni anglatib kelishi mumkin.Biz
duch keladigan navbatdagi toʻsiqlardan biri - madaniy tafovutdir (Cultural
differences). Har bir xalqning dunyoqarashi va qadriyatlari boshqacha bo‘lgani
sababli, ba’zi iboralarni aynan tarjima qilish imkoni bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda
tarjima qilinayotgan tildan muqobil variantdagi iboralar olinadi. Masalan: When pigs
fly (English) - Tuyani dumi yerga tekkanda (Uzbek). Bu kabi muammolarni bartaraf
qilish
maqsadida
tarjimonlar
uyushmasi
koʻplab ilmiy izlanishlar olib
borishmoqda.Tilshunoslikda lingvokulturologiya va milliy qadriyatlar yoʻnalishiga
ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.Yosh tilshunoslar endilikda tildagi frazeologizmlar,
maqollar, milliy iboralarni o‘rganish orqali xalqning madaniy tasvirini
yaratishmoqda. Masalan, “bir piyola choy ustida” iborasi oddiygina suhbatni emas,
balki mehmondo‘stlik, iliqlik, samimiylikni ifodalaydi. Bu kabi iboralarni boshqa
madaniyat egalari to‘liq tushunmaydi. Shuning uchun lingvokulturologik yondashuv
yordamida bu iboralarni tushuntirish, tarjima qilish va asliyatga yaqin ma’no
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 88 ~
yetkazish muhim.Bundan tashqari tilshunoslik sohasidagi izlanishlar qatorida oʻzbek
tilini xorijliklarga o‘rgatish borasida talaygina izlanishlar, ilmiy tajribalar olib
borilayotgani hech kimga sir emas.Bu soha ham bugungi kunda dolzarb bo‘lib
bormoqda. O‘zbekistonda chet elliklar ko‘paygani sayin, o‘zbek tilini o‘rgatish
zarurati ortmoqda. Biroq bu borada ham oldimizda toʻsiqlar bisyor. Jumladan, sifatli
darsliklar yetarli emas,grammatik tushunchalarni oddiy tilda tushuntirish metodikasi
yo‘q,audiovizual materiallar kam, mobil ilova va platformalar yetarli darajada ishlab
chiqilmagan.Yosh tilshunoslar ushbu muammolarni ko‘rib chiqishmoqda va yangi
uslubiy qo‘llanmalar yaratish ustida ishlashmoqda.Bugungi kunda sunʼiy intellekt
barcha sohalarga kirib kelgani kabi, tilshunoslik sohasida ham Sun’iy intellekt va
tilshunoslikZamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti tilshunoslik faniga yangi
yo‘nalishlar olib keldi – bu kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt yordamida tilni
o‘rganish, til modellari, chatbotlar, matnni avtomatik tarjima qilish tizimlari.Yosh
olimlar o‘zbek tilida ishlaydigan chatbotlar, tarjima dasturlar, tilni avtomatik tahlil
qiluvchi ilovalar yaratishga harakat qilishmoqda. Bu bilan ular tilni faqat o‘tmish ilmi
sifatida emas, balki kelajak texnologiyasiga uyg‘un holatda rivojlantirishga harakat
qilmoqda.
Tilshunoslik hozirgi davrda doimiy o‘zgarish, yangilanish va sinov bosqichi
kabi jarayonlardan birin- ketin o‘tib kelmoqda.Yosh izlanuvchilar tilga yangicha,
kengroq va chuqurroq qarashni boshlashgan. Ular tilni inson tafakkuri, madaniyati,
texnologiyasi bilan bog‘liq holda o‘rganishmoqda. Bu esa ilmiy izlanishlarning
doirasini kengaytirib, tilshunoslik fanini yangi bosqichga olib chiqmoqda.Kelajakda
yoshlarning bu boradagi ishlari:tilni saqlab qolish,uni global muhitda himoya
qilish,yangi zamon talablariga moslashtirish,va eng asosiysi, milliy o‘zlikni til orqali
saqlashga xizmat qiladi.Shu sababli, tilshunoslikdagi dolzarb muammolarni
yoritishda yoshlarning fikr-mulohazalari, izlanishlari va innovatsion yondashuvlari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov, A. (2020). Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari.
Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
2. Rasulova, D. (2021). Til va jamiyat: yangi yondashuvlar. Samarqand: Ilm
ziyo.
3. Karimova, N. (2019). Lingvokulturologiya asoslari. Toshkent: Yangi asr
avlodi.
4. Crystal, D. (2010). The Cambridge Encyclopedia of Language (2nd ed.).
Cambridge: Cambridge University Press.
5. Shomurodov, I. (2022). “Yosh tadqiqotchilar tilshunoslikdagi innovatsion
qarashlari haqida”, O‘zbek tilshunosligi jurnali, №3, 45–52.
