“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 91 ~
NEYROLINGVISTIKA: TILSHUNOSLIK VA TIBBIYOT
G‘ulomova Nargiz Ilhomjon qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys tili
yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslikning eng yangi sohalardan biri –
neyrolingvistika haqida umumiy ma’lumotlar,bu sohaning o‘rganilish obyekti va
muammolari,kelib chiqish tarixi va tibbiyot bilan o‘zaro bog‘liqlik jihadlari haqida
ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar.
Neyrolingvistika, tibbiyot, miya po‘stlog‘i,chap yarimshar,
gippertoniya, nutq zonasi, infarct, afaziya, logoped.
Kirish
Neyrolingvistika – bu umumiy tilshunoslik fanining eng yangi tarmoqlaridan
biri bo‘lib, asosan psixologiya, neyrologiya va tilshunoslik fanlari bilan uzviy
aloqada bo‘lgan, tilning miyaga ta’siri,miyada nutqning rivojlanishi haqida
o‘rganadigan yo‘nalishdir. Soddaroq qilib aytganda tilning miya orqali ifodalanishini
o‘rganishdir va bu hodisaning asosiy ishtirokchilari – neyronlar orqali amalga
oshiriladi. Ushbu fanda insondagi nutqiy buzilishlar asosan miyadagi muammolar
bilan bog‘liq bo‘lib bu yo‘nalishning fan sifatida talqin qilinishida XIX asrning 2-
yarmida A.R.Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop
etilishi sabab bo‘ldi.
Neyrolingvistikaning o‘rganish tarmog‘i juda keng bo‘lib, u kattalardagi afaziya,
bolalardagi erta boshlanadigan til va nutq uzilishlari va o‘zlashtirishdagi
muammolarning sabablarini o‘rganish kabilardir.
Neyrolingvistik muammolarga uchragan balog‘atga yetgan insonlarda afaziya –
nutq sistemasidagi muammolar: duduqlanish,erkin gapira olmaslik,bir nuqtaga qarab
gapirish, so‘zlar va xotira bilan muammolar namoyon bo‘ladi. Yosh bolalarda esa: til
tovushlarining yaxshi shakllanmasligi, logopedga ehtiyoj sezish kabi muammolar
yuzaga keladi.
Ushbu fan tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘rta Osiyo ulamolaridan Ibn
Sino, Beruniy asarlarida miyada nutq zonasining buzilishi va buning natijasida nutq
faoliyatining buzilishi haqida dastlabki qarashlar namoyon bo‘lgan. Ammo
yo‘nalishning fan sifatida rivojlanishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va
A.R.Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” asari asosiy manbaa
sifatida qaraladi.Neyrolingvistikani o‘rganish chuqurlashishda davom etadi va bunda
1970-yilning boshlarida Santa Cruz universiteti professori va talabasi – Jon Grindr va
Richard Bendler yetakchilik qiladilar.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 92 ~
Neyrolingvistikaning psixologiya va tibbiyot bilan uzviy bog‘liqligi barchaga
ma’lumdir, Tibbiyotda neyrologiya va lingvistikaga oid qarashlar ertaroq boshlangan.
1836-yil Fransiyada kichik tibbiy yig‘ilishlarning birida oddiy vrach Mark Daks o‘z
kuzatuvlari asosida “Men bosh miyaing chap yarim shari zararlangan bemorlarning
barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim, lekin o‘ng yarim shari zararlangan
bemorlarning birontasida nutq buzilishi uchramadi.Demak aynan bosh miyaning chap
yarim shari nutq uchun ma’sul ya’ni u yerda nutq markazlari joylashgan. Aynan bu
ochiqlanmaguncha bosh miyaning ikkala yarim shari ham javobgar” degan.
Yana bir fransuz olimi antropolog Pol Brok nutqi buzilgan va tananing o‘ng
tomoni falajlangan bemorni kuzatadi va bu bemorning tez orada sodir bo‘lgan
o‘limidan so‘ng uning bosh miyasi ochib tekshirilganda,chap yarim sharning pastki
peshona po‘stlog‘ida infarkt o‘chog‘i aniqlanadi.
Afaziya holati
– nutqning sistematik buzilishi,unda bosh miya po‘stlog‘ida
joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida vujudga keladigan neyrologik
muammodir. Yana bir fransuz olimi nutqning to‘la yo‘qolmasligi haqida fikrlar berib
o‘tgan. Afaziyaga yo‘liqqan bemorlarda maqsadli nutq buzilishi mumkin lekin hissiy
nutq saqlanib qolishini ta’kidlab o‘tgan, ya’ni bemor biror bir so‘zni shartli reflex
tarzida aytib yubora olishi mumkin ammo ixtiyoriy tarzda gapira olmaydi. Demak
nutqidan judo bo‘lgan odam so‘zlardan ham judo bo‘ldi degani emas. D.Jekson
maqsadga yo‘naltirilgan nutq bosh miyaning chap yarimshari bilan, hissiyotlarga
asoslangan nutq esa o‘ng yarim shar faoliyati bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan.
Til bilan bog‘liq muammolar neyrolingvistika: neyrologiya va lingvistika
doirasida o‘rganiladi va ularni davolashda tibbiyotning o‘rni beqiyosdir. Neyrologik
kasalliklarni davolashda gippertoniyadan aktiv foydalaniladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan bir nechta neyrologik kasalliklardan tashqari bugungi
kunda neyrolingvistik dasturlash kabi yangi yo‘nalish vujudga kelmoqda. Bunda bir
inson boshqa insonning ongiga ta’sir ko‘rsatish, ikki shaxsning neyronlari o‘rtasidagi
bog‘liqliklarni o‘rganish kabi tarmoqlar paydo bo‘lmoqda.
Xulosa
Yuqorida berilgan fikrlar va ilmiy izlanishlardan keltirilgan misollar
neyrolingvistika sohasi haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olad.
Neyrolingvistik muammolar va kasalliklar juda chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiladi
va ular asosida insonlardagi muammolarni hal qilish tibbiyot bilan birgalikda olib
boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Majidova.R ”Umumiy tilshunoslik” – Toshkent 2021
2.Zarifboy “Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasi” – Toshkent 2010
3.A.R.luriya ”Neyrolingvistika asoslari” –
4.wikipediya.org
