Авторы

  • Рамазон Онгбоев
    Qarshi davlat universiteti

Биография автора

  • Рамазон Онгбоев , Qarshi davlat universiteti
    2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98782

Ключевые слова:

xalq dostoni olqish qarg‘ish urf-odatlar qadriyatlar irim-sirimlar diniy va mifologik tushunchalar.

Аннотация

Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida xalq dostonlari onomastikasi tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada “Yusufbek‘” dostoni matnida qo‘llangan olqishlar va qarg‘ishlarga oid unsurlar tahlilga tortilgan.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 181 ~

“YUSUFBEK” DOSTONI TILIDAGI NUTQNING NORASMIY UNSURLARI

TAHLILI

O‘ngboyev Ramazon Mahmadali o‘g‘li

Qarshi davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ramazonongboyev434@gmail.com


Annotatsiya:

Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida xalq dostonlari

onomastikasi tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur maqolada “Yusufbek‘” dostoni matnida qo‘llangan olqishlar va qarg‘ishlarga
oid unsurlar tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

xalq dostoni, olqish, qarg‘ish, urf-odatlar, qadriyatlar, irim-

sirimlar, diniy va mifologik tushunchalar.


Xalq dostonlari tilida norasmiy nutq unsurlarini qo‘llash tinglovchilarda

qahramonlar va doston voqea-hodisaga bo‘lgan munosabatni emotsional-
eksperessivligini oshishiga va ta’sir doirasini kengayishiga xizmat qiladi. Galdagi
norasmiy unsurlardan biri bo‘lgan qarg‘ish haqida va uni xalq dostonlarida qo‘llanish
o‘rinlari haqida so‘z yuritmoqchimiz. Qarg‘ishlar o‘zbek folklorining mustaqil,
qadimiy, an’anaviy janri bo‘lib, insonga yomonlik, o‘lim tilash motivlarini ifodalashi
bilan ajralib turadi. “qarg‘ish” atamasi qadimgi turk tilida “qirqar” fe’li o‘zagidan
yasalgan. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida shu so‘z bilan o‘zakdosh
“qirg‘a” iborasining g‘azab ma’nosida qo‘llanilganiga izoh berilgan. “Qadimgi turkiy
so‘zlar lug‘ati”da esa “qarg‘a” fe’lining “la’natlamoq”, “haqoratlamoq” ma’nolarida,
“qirg‘a” fe’lining esa “koyimoq, so‘kmoq, urishmoq” ma’nolarida qo‘llanilganligi
aytilgan. Hozirgi tilimizda “qir” fe’li uchraydi va u “yo‘qot”, “yo‘q qilib yubor”
degan ma’nolarni ifoda etadi. Shuningdek, u yana lug‘at boyligimizda mavjud
“qirg‘in” so‘zi bilan ham o‘zakdosh hisoblanadi. Ma’lumki, “qirg‘in” so‘zi “urush,
yo‘q qilib yuborish, boshiga o‘lim solish” kabi tushunchalarni ifoda etadi. O‘g‘uz
lahjasida so‘zlovchi aholi o‘rtasida uchraydigan “Qirg‘in tegsin”, “Qirg‘iningni
beray” kabi qarg‘ishdagi “g‘in “ so‘zi “qarg‘ish” so‘ziga mohiyatan yaqin bo‘lib,
yo‘q qilish, o‘limga mahkum etish tilagini ifoda etadi.[2.3-bet] Shunisi aniqki,
qarg‘ishlarning mazmun-mohiyatini, maqsadini insonga o‘lim, yomonlik, kulfat,
baxtsizlik tilash tashkil etadi. Ayniqsa, qarg‘ishlarning kattagina qismi insonga o‘lim
tilash uchun aytilishi jihatidan ajralib turadi. Qarg‘ish barcha xalqlar folklorida
mavjud. Shu bois turli xalqlar og‘zaki ijodida uchraydigan qarg‘ishlar mazmuni,
shakli va poetik tabiatiga ko‘ra bir-biriga yaqin va hamohangdir. Chunki
qarg‘ishlarning kelib chiqish asoslari bir ildizga – so‘z magiyasi bilan bog‘liq
tasavvur-tushunchalarga borib taqaladi. Qarg‘ishlar hajman qisqa, ixcham,


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 182 ~

mazmunan lo‘nda bo‘ladi. Quyida biz Qahhor baxshi Rahimov kuylagan “Yusufbek“
xalq dostonidagi qahramonlari tilidan aytilgan qarg‘ishlarni va olqishlarni tahlil qilib
ko‘ramiz:

Chambil Chambil bo‘lganda,
Chambil obod bo‘lganda,
Qirq yigitning ichgani
Qand-u navvot bo‘lganda,
Siz sababchi, Go‘ro‘g‘li.
Kasalab moy ichirgan,
Eldan g‘amni ko‘chirgan,
Qirq yigitning bariga,
Suluv pari quchirgan,
Siz bo‘lasiz, Go‘ro‘g‘li.
To‘qson to‘pxona qurgan,
Sakson sardoba qurgan,
Har qubbasi oltindan,
Yetmishta minor qurgan,
Zo‘rim, sizdan, Go‘ro‘g‘li.

[1.4-5-bet]

Go‘ro‘g‘liga qaratilgan yuksak maqtovlar va olqishlar mavjud. Dostonda

tasvirlangan Go‘ro‘g‘li obrazi — kuchli va adolatli qahramon bo‘lib, xalq uchun
ulkan yutuqlarni amalga oshirgan, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni yaratgan shaxs
sifatida tasvirlanadi.

Bismillohir Rohmanir Rohim,
Avval senga yetsin ohim,
El-u yurtni bosdi vohim,
Borimni senga topshirdim.
Sening izmingda o‘ri-qir,
Oq desang, toshdan oqar ter,
Xudoyim, o‘zing duyum* pir,
Zo‘rimni senga topshirdim.
Tog‘ shamoli esar silab,
Arna soyni o‘tar pilab,
Mardning ko‘ngli istar talab,
Sherimni senga topshirdim.
Muhammadning uzun qo‘li,
Shirin-shakar asal tili,
Parvardigorning Rasuli,
Birimni senga topshirdim.
Farzand dog‘i tushgan yomon,


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 183 ~

Shundan bekning rangi somon,
Yolg‘iz ketar, qaytsin omon,

Zarimni senga topshirdim. [1.13-14-bet]
Bu yerda ham Go‘ro‘g‘li safarga ketish oldi ustozidan olqish va bduo olib yo‘lga

chiqadi.

Dovul tursa yer yuzini bosar chang,
Sulton ketib ahvalimiz bo‘ldi tang,
Tog‘a bo‘lib dushan ishin qilasan,
Eshitganlar yoqa ushlar hang-u mang.
Tog‘a bo‘lib ne kuniga yarading,
Shamollasa, qachon kelib so‘rading,
Shubham ortar sen tog‘ani ko‘rganda,
Tog‘a bo‘lib avval menga qarading.
Quyosh nuri kechki peshin soyamas,
Arpa yegan bilan eshak tuyamas,
“Tog‘am” deydi dovrin berib Go‘ro‘g‘li,
Qancha mehri bo‘lsa sendan ayamas.
Bek ketganda dushmanliqni qilasan,
El-yurtiga og‘ir kunni solasan,
Tog‘a degan, attang senday bo‘lama?
Ong paytida oyog‘idan cholasan.
Donolarning so‘zi elga porisin,
Toza elga Xo‘jay Xizir dorisin,
Tog‘a bo‘lib jiyanini talagan,
Ashirjona bunday tog‘a qurisin.
Tog‘a seni yaratmasin Xudoyim,
Senday mahluq yegan nonga tupirar.

[1.50-51-bet]

Bu yerda Go‘ro‘g‘li safarga ketganidan so

ng uning tog

asi Ahmad jiyanining

taxtini o

‘zi egallamoqchi bo‘ladi

. U jiyanining safardan qaytib kelmasligiga ishonchi

komil edi. Shu vaqtda Yunus pari va Misqol pari tog

asini urishadi.

Siz arkoni davlatlisiz,
Hamda bechoq himmalisiz.
Shamol kabi g‘ayratlisiz,

Ulkan tog‘day savlatlisiz.
G‘aribning boshin silagan
Ehsondan siz omadlisiz.
Duo aytdik sha’ningizga,
Quvvat bo‘lsin joningizga,
Malham bersin qoningizga,


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 184 ~

Suyanch kirsin taningizga,
Qura tashlab sizni bildik,
Adolat yor kuningizga.

[1.73-74-bet]

Boytilsim yurtidan ikki ismgarli kaptar qiyofasidan odamga aylanib,

Go‘ro‘g‘libekka ta’zim ayladi. Ismgarlar Go‘ro‘g‘li sha’niga maqtovlar aytadi.

Chiqibdi Chambil elidan,
Zahar tomadi tilidan,
Temir sinadi belidan,
O‘zi alplar xilidan,
Bunday qirg‘in faqat kelar,
Go‘ro‘g‘libekning qo‘lidan.
Bekning suyagi po‘latdan,
Qo‘lda tirnog‘i temirdan,
Sira kami yo‘q davlatdan,
Xudoyim bergan savlatdan,
Qochib qutilib bo‘lmaydi,
Ostida qiyg‘ir G‘irotdan.
Kashmir yurtiga kelbedi,
Shunda qilg‘ilik qilbedi,
Ming devning boshin julbedi,
Dunyoga dahshat solbedi,
Go‘ro‘g‘li kelgan bu elga,
Shunda ham shu ish bo‘lbedi.
Go‘ro‘g‘li qonxo‘r aydahar,
Dunyoda tengsiz zo‘rabor,
Uni qo‘llaydi choriyor,
Oti shamolga barobar,
Panalab nayza otmasang,
Boshqa ishning bari bekor.

[1.93-94-bet]

Go‘ro‘g‘lining dushmanlariga qanday balo bo‘lishi haqida ogohlantirish,

qo‘rqitish — qarg‘ash ohangida berilgan. Bunda ham dushmanda bo

lgan qo

rquv

aks etib turadi.

Xulosa o‘rnida shuni yuqorida tahlilga tortilgan “Yusufbek” xalq dostoni epik

qurilishi, tinglovchiga yoqimliligi, barcha yosh va jins vakillari uchun tushunarliligi,
tili, uslubi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Ularda qo‘llanilgan har bir so‘z
o‘zining emotsional-eksperessiv vazifasini o‘z o‘rnida bajargan va ularda qo‘llangan
tilning norasmiy unsurlari qasam, so‘kish, qarg‘ish so‘zlar ta’sirchanligini oshirishga
xizmat qilgan.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 185 ~

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Yusufbek”. Aytuvchi: Qahhor baxshi Rahimov, O‘zbekiston xalq

baxshisi. Yozib olib nashrga tayyorlovchilar: f.f.n., dotsent Shahnoza Qahhorova,
f.f.f.d., v.b. dotsent Doston Abatov. – Dehqonobod, 2022.

2.

“Xalq dostonlari tilidagi nutqning norasmiy unsurlari” -2023.

Lingvistika (O`zbek tili) yo`nalishi 2-kurs magistranti Tursunaliyeva Shahzoda
Muxsinali qizi.

3. Саримсоқов Б. Олқишлар ва қарғишлар // Ўзбек фольклори очерклари, 2

томлик, 1- том – Тошкент: Фан, 1988.

Библиографические ссылки

“Yusufbek”. Aytuvchi: Qahhor baxshi Rahimov, O‘zbekiston xalq baxshisi. Yozib olib nashrga tayyorlovchilar: f.f.n., dotsent Shahnoza Qahhorova, f.f.f.d., v.b. dotsent Doston Abatov. – Dehqonobod, 2022.

“Xalq dostonlari tilidagi nutqning norasmiy unsurlari” -2023. Lingvistika (O`zbek tili) yo`nalishi 2-kurs magistranti Tursunaliyeva Shahzoda Muxsinali qizi.

Саримсоқов Б. Олқишлар ва қарғишлар // Ўзбек фольклори очерклари, 2 томлик, 1- том – Тошкент: Фан, 1988.