Авторы

  • Шахзода Пулатова
    O‘zbekiston davlat jahon tillri universiteti

Биография автора

  • Шахзода Пулатова , O‘zbekiston davlat jahon tillri universiteti
    Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98787

Ключевые слова:

Kommunikativ tilshunoslik muloqot kontekst ma’no pragmatika sotsiolingvistika shaxslararo muloqot og‘zaki bo‘lmagan muloqot madaniy omil.

Аннотация

Ushbu tezis asosida “Kommunikativ tilshunoslik” ning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni xususida turli fikrlar, izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, kommunikativ tilshunoslikning turli tarkibiy qismlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Tilshunoslik fanining insonlar hayotida qanday muhim ahamiyat kasb etishi va bugungi kunda tilshunoslik orqali hayotimizdagi “muloqot” bilan bog‘liq turli muammo va tushunmovchiliklarni bartaraf qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 201 ~

KOMMUNIKATIV TILSHUNOSLIK ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING

BIR TARMOG'I SIFATIDA KO‘RINISHI

Pulatova Shahzoda Muzaffar qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillri universiteti, Sharq filologiyasi fakulteti

Xitoy tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

shakhzadaaa1@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu tezis asosida “Kommunikativ tilshunoslik” ning

zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni xususida turli fikrlar, izlanishlar olib borilgan.
Shuningdek, kommunikativ tilshunoslikning turli tarkibiy qismlariga alohida to‘xtalib
o‘tilgan. Tilshunoslik fanining insonlar hayotida qanday muhim ahamiyat kasb etishi
va bugungi kunda tilshunoslik orqali hayotimizdagi “muloqot” bilan bog‘liq turli
muammo va tushunmovchiliklarni bartaraf qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Kommunikativ tilshunoslik, muloqot, kontekst ma’no,

pragmatika, sotsiolingvistika, shaxslararo muloqot, og‘zaki bo‘lmagan muloqot,
madaniy omil.


Biz insonlar muloqot bilan ajralmas strukturamiz, ya’ni muloqotsiz yashay

olmaymiz. Ushbu fikr ilm-fanda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Insonlar o‘rtasida aynan
muloqot jarayoni bo‘lmasa ularning umri uzoqqa bormasligi ko‘plab tilshunos
olimlar tomonidan aniqlangan. “Robinson Krusoning hayoti va g‘alati sarguzashtlari”
filmini diqqat bilan ko‘rgan bo‘lsangiz yoki kitobini o‘qigan bo‘sangiz, yirtqich
hayvonlarga yem bo‘lishdan ko‘ra muloqot qilmasdan yashash qanchalar og‘ir va
achinarli ekanini anglab yetgansiz. Haqiqatan ham, biz kundalik hayotimizda eng
kamida o‘nta odam bilan muloqotga kirishamiz. Umuman olganda, “muloqot”
atamasi fikr almashish, g‘oya va ma’lumot (lotincha communicatio, communico –
men umumiy qilaman, muloqot qilaman) degan ma’noni anglatadi. Bir gap bilan
aytganda, “muloqot” shaxs bo‘lishning eng muhim mexanizmi hisoblanadi.

“Muloqot” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini va hayotimizda muhim

rolga egaligini tushundik. Endigi navbatda “Kommunikativ Tilshunoslik” to‘grisida
to‘xtalsak, Kommunikativ tilshunoslik tilning muloqotda qo‘llanish usullariga e’tibor
qaratuvchi tilshunoslikning kichik va zamonaviy tilshunoslikda ham muhim ahamiyat
kasb etuvchi sohasidir. U odamlarning ma’no, niyat va his-tuyg‘ularini ifodalashda
og‘zaki, yozma va imzolangan til orqali qanday yetkazishini o‘rganadi.
Kommunikativ tilshunoslikka qiziqishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1.

Kontekst ma’nosi

– kontekst til talqiniga qanday ta’sir qilishini

tushunish;


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 202 ~

2.

Shaxslararo muloqot

– suhbatda odamlarning qanday munosabatda

bo‘lishini va ma’noni muhokama qilishini o‘rganish;

3.

Og'zaki bo'lmagan muloqot

– og‘zaki nutqni to'ldiradigan imo-

ishoralar, yuz ifodalari va og'zaki bo'lmagan ishoralarning boshqa shakllarini
o'rganish;

4.

Madaniy omillar

– madaniy muhitning muloqot uslublari va

amaliyotlariga qanday ta'sir qilishini tahlil qilish. Umuman olganda, kommunikativ
tilshunoslik nafaqat tilning tuzilishini, balki uning hayotiy munosabatlarda qanday
ishlashini ham tushunishga intiladi.

Bundan tashqari, XX asr tilshunosligi (zamonaviy tilshunoslik) tilning bevosita

harakatdagi birliklarini, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish bilan shug‘ullana boshladi.
Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi.
Bu aspekt tilning rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy
faoliyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganishni yetakchi maqsad qilib oladi. Bu esa
tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi
sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo‘ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida
katta mavqega ega bo‘lgan kommunikativ tilshunoslik o‘z ichiga quyidagi sohalarni
oladi:

1. Matn tilshunosligi.
2. Sotsiolingvistika
3. Psixolingvistika.
4. Lingvistik pragmatika.

Matn tilshunosligi

tilshunoslikning kommunikativ kontekstda kengaytirilgan

matnlarni (og'zaki yoki yozma) tavsiflash va tahlil qilish bilan shug'ullanadigan
bo'limidir. Ba'zan bir so'z sifatida yoziladi, matn tilshunosligi (nemis Textlinguistik
so'zidan keyin). Tilshunos P.Gironing fikricha, matn o‘zaro bog‘langan birliklar
butunligi bo‘lib, bu butunlikni tashkil etuvchi belgilar, ishoralar uslubiy taassurotni
ifodalash maqsadida bir-biri bilan munosabatga kirishib yagona sistemani tashkil
etadi.

Sotsiolingvistika –

tilning sotsiologik tomonlarini oʻrganuvchi fan. Intizom

jamiyatdagi ijtimoiy rollarni saqlab qolishda tilning roli bilan bog'liq. Ijtimoiy
lingvistlar muayyan vaziyatlarda qo'llaniladigan va ishtirokchilar o'rtasidagi turli xil
ijtimoiy munosabatlarni va vaziyatning muhim elementlarini belgilaydigan lingvistik
xususiyatlarni ajratib olishga harakat qilishadi. Mening fikrimcha, Sotsiolingvistika
bu inson va jamiyat o‘rtasida bo‘ladigan muloqotlar, insonning jamiyatda qanday
tartibda gapirishi, o‘z nutqini ommaga qay tarzda yetkizib berishi bilan
shug‘ullanadigan tilshunoslik sohasi.

Psixolingvistika:

(a.k.a til psixologiyasi) kognitiv fan sohasiga kiruvchi

akademik intizom. Intizom psixologiya va tilshunoslikka tayanadi va tilni qayta


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 203 ~

ishlash mexanizmlari, ya'ni miyaning tilni qanday qayta ishlashi, tushunishi va ishlab
chiqarishi bilan qiziqadi deya StudySmarterUK websaytida psixolingvistikaga
qisqacha ta’rif berilgan. Mening o‘ylashimcha, biz odamlar bilan muloqotga
kirishayotdanimizda his-hayojonimizni, emotsiyalarimizni qay darajada yetkizib
berishimiz bilan psixolingvistika faoliyat olib boradi.

Pragmatika tilshunoslikning

ma'ruzachi nimani nazarda tutayotgani va

tinglovchining situatsion kontekst, shaxslarning ruhiy holati, oldingi dialog va boshqa
elementlar kabi omillarga asoslanib xulosa chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan sohadir.
Tilshunoslikda (tilni o'rganish) pragmatika ixtisoslashgan fan bo'lib, u tabiiy til va
ushbu til foydalanuvchilari o'rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Pragmatika asosiy
e'tiborni so'zlashuv ta'siriga qaratadi - yoki ma'ruzachi nazarda tutgan va tinglovchi
nimani anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, kommunikativ tilshunoslik hayotimizning ajralmas

qismidir. U orqali biz tilning ahaniyatini yanada chuqurroq anglashimiz, jamiyatda
qanday o‘ringa ega ekanligimiz, o‘zimizni omma oldida qanday tutishimiz lozimligi
ya’ni qanday nutq yaratishimiz va asosiysi insonlar bilan muloqotda nimalarga
ahamiyat berishimiz kerakligini o‘rganishimiz mumkin. Chunki insonlar bilan
muloqotga kirishish ham o‘ziga xos e’tibor va noziklikni talab qiladi. Shu o‘rinda
insonlar bilan qanday muloqotda bo‘lishni o‘rganishingiz uchun Tomas Eriksonning
“Atrof to‘la ahmoqlar” nomli kitobini o‘qishingizni tavsiya qilaman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.

2.

Richard Nordquist (2019). Definition and Examples of Text Linguistics.

3.

Master Class. (2021). Pragmatics in Linguistics: Definition and

Examples.

4.

Brittanica.com. (2025). Sociolinguistics. The Editors of Encyclopaedia

Britanica. (www.brittanica.com).

Библиографические ссылки

Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.

Richard Nordquist (2019). Definition and Examples of Text Linguistics.

Master Class. (2021). Pragmatics in Linguistics: Definition and Examples.

Brittanica.com. (2025). Sociolinguistics. The Editors of Encyclopaedia Britanica. (www.brittanica.com).