“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 204 ~
SOTSIOLINGVISTIKA
Ruxshona Qamariddinova Otabekovna
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili yo‘n
alishi 1-bosqich talabasi
ruxshonaqamariddinova94@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sotsiolingvistikaning taraqqiyot bosqichlarining
o‘ziga xos xususiyatlari talqin qilinadi, asosiy tamoyillari, uning til va jamiyat
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirini o‘rganishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, hududiy
farqlarga ko‘ra o‘zgarishi, til va til siyosatiga oid tushunchalar atroflicha izohlanadi.
Kalit so‘z va iboralar:
Sotsiolingvistika, til va jamiyat, sotsiologiya, ijtimoiy
kelib chiqish, obyekti, predmeti, til o‘zgarishi, dialektologiya, multilingualizm (ko‘p
tillilik), til va ijtimoiy muhitning o‘zaro ta’siri, ijtimoiy guruhlar va til xususiyatlari,
hududiy lahja va dialektlar, til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, til
diskriminatsiyasi, tilda sotsiologik metodlar.
Sotsiolingvistika -
bu tilning jamiyatdagi xizmatini o‘rganish sohasidir, u
tilning jamiyatdagi o‘rni va xizmati, uning qo‘llanilishdagi xususiyatlarini ilmiy
tadqiq etadi. Sotsiolingvistika tillarning jamiyatda qo‘llanishiga ko‘ra rasmiy, davlat,
elat kabi tillariga ajratadi. Odatda umumiy tillar rasmiy va davlat tili deb e’lon
qilinadi. Ba’zi davlatlarda 2-3 dan ortiq tillar easmiy til deb e’lon qilingan.
Shu jumladan, sotsiolingvistika termini ilk bor 1952-yilda amerikalik sotsiolog
G. Karri ( Currie, 1952) qo‘llagan. J. Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar”
(“Readings in the Society of Language”) nomli to‘plamiga kirgan 50-yillarning
lingvistlari,
sotsiologlari,
madaniyat
antopologlari,
dialektologlari
va
kommunikatsiya
(muloqot)
sohasi
turli
mutaxassislarining
maqolalarida
sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‘tarildi.
Bundan tashqari, ayrim sotsiolingvistlarning fikricha, sotsiolingvistikaning
ildizlarini amerika tilshunosligidan emas, balki, Yevropa, xususan, rus
tilshunosligidan izlash kerak deb ta’kidlab o‘tilgan.
Biroq, barchamizga ma’lumki, 20-30 yillar mobaynida sotsiolingvistika ijtimoiy
tilshunoslik fani sifatida yuzaga kelgan yangi sohalardan biri bo‘ldi. Bu davrda
ijtimoiy munosabatlarda tilning hayit taraqqiyotidagi o‘rni, jamiyat bilan bog‘liq
holda shakllanishi, qolaversa, til va jamiyat tendensiyasining yuzaga kelishi
sotsiolingvistika fanining rivojlanishi va taraqqiyotiga asos bo‘la oldi desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Qolaversa, tilni bilish va his etish umumjaiyat masalalariga
borib taqaladi.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 205 ~
Shuni ta’kidlash joizki, sotsiolingvistika fanlararo ilm kesimida tilning ijtimoiy
psixologiyasi, kognitiv tilshunoslik, lingvopragmatika va tanqidiy tilshunoslik fanlari
bilan uzviy bog‘liq.
Turli mamlakatlardagi olimlarning sotsiolingvistika haqida bergan ta’riflari,
jumladan, chet el olimlaridan biri, Devid Kristel quyidagicha so‘z yuritadi. “
Sotsiolingvistika til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. U ijtimoiy
guruhlarning lingvistik o‘ziga xosligini, tilga bo‘lgan ijtimoiy munosabatni, tilning
standart va nostandart shakllarini, milliy tildan foydalanish qonuniyatlari va
ehtiyojlarini, tilning ijtimoiy turlari va darajalarini, ikki tilli va ko‘p tillilikning
ijtimoiy asoslarini o‘rganadi” deya fikr yuritadi.
Qo‘shimcha ravishda, sotsiolingvistikaning asosiy tushunchalaridan biri til
siyosatidagi o‘zgarishar, ularning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, vazifasi tilning
taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ushbu hodisalarning barchasi
sotsiolingvistik tadqiqotlar mohiyatini yanada oshiradi, ularga yangicha yondashish,
yangi tahlil uslublarini qo‘llashni talab qiladi.
Shunday ekan, sotsiolingvistikaning asosiy muammosi, “ til+jamiyat ”
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishdan iborat. Bu munosabatlar o‘rtasidagi
bog‘liqlik esa ularning taraqqiyotini uzviy ko‘rinishidir.
Yana bir muhim jihati shundaki, tilshunoslik fanining tarixida tilning tabiati,
ijtimoiy mohiyati kabieng muhim masalalarni o‘rganishda azaldan turli nazariyalar va
oqimlar mavud bo‘lgan. Bunga misol bo‘la oladigan, Avgust Shleyxer nomi bilan
bog‘liq “ Naturalistik oqim ” tilni tirik organizm deb tushungan. U o‘zining “ Darvin
nazariyasi va tilshunoslik ’’ nomli asarida Darvinning jonivor va o‘simliklarning
turlari haqidagi ta’limotini tilga ham tatbiq qilinishi kerak deb da’vo qilgan. Uning
fikricha, tilning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va evolyutsiyasi tabiat qonunlariga
bo‘ysungan holda ro‘y beradi, til tirik organizm kabi paydo bo‘ladi, rivojlanadi va
o‘ladi. Ammo, keyinchalik fan taraqqiyoti til tabiati va mohiyati haqidagi Avgust
Shleyxer nazariyasi notug‘ri ekanligini isbotlaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ba’zilar tilni tirik organizm sifatida tushunishgan
bo‘lsa, ba’zilari esa o‘zgarmas voqelik sifatida qarashgan. Bunday qarashlarni ham
tanqidiy va tahliliy ravishda o‘rganib quyidagicha umulashtirishimiz mumkin:
1.
Til tabiiy - biologik hodisa emas.
2.
Tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bog‘liq emas.
3.
Til kishilarning tabiatiga, irqiga va yoki nasliga ham aloqador emas.
4.
Jamiyat bo‘lib uyushgan kishilargina aloqa-munosabat vositasi bo‘lgan tilga
ega. Jamiyatda ro‘y beradigan ar qanday voqelik esa ma’lum ma’noda tilda o‘z
ifodasini topadi.
Tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat
manfaatlariga xizmat qilishda namoyon bo‘ladi.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 206 ~
Demak, til tabiiy va biologik hodisa emas, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
tabiat qonunlariga ham mutlaqo bo‘ysunmaydi.
Aksincha, til kishilarning mehnat faoliyati jarayonida aloqa qilish, o‘zaro fikr
almashishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondiruvchi vosita sifatida paydo bo‘lgan.
Sotsiolingvistikaning obyekti, predmeti va maqsadi quyidagilardan iborat:
obyekti — til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir.
predmeti — tilning ijtimoiy sharoitdagi ishlatilishi va o‘zgarishlari.
maqsadi — tilning jamiyatdagi funksiyasini o‘rganish va til siyosatini
shakllantirish.
Sotsiolingvistik nazariya:
Uilyam Labov (AQSH, 1927)
U shahar yoki variatsionistik miqdoriy sotsiolingvistikaning asoschisi
hisoblanadi. U til va ma’ruzachining ijtimoiy holati o‘rtasidagi munosabatni
o‘rganishda kashshoflardan biri bo‘lgan va tilni ishlatish usullari odamlar va ularning
sharoitlari o‘rtasi turlicha ekanligi haqidagi go‘yani ilgari surgan.
Ushbu farqlarni tan olgan, ammo ularga unchalik katta ahamiyatga ega
bo‘lmagan Ferdinand de Sossyur va Noam Xomskiy kabi an’anaviy tilshunoslardan
farqli ravishda, Labov uchun bu muhim jihat edi.
Sotsiolingvistik tadqiqot usullari:
1. So‘rovnoma (anketa usuli):
Odamlarga savollar berib, ularning til ishlatish odatlari va ijtimoiy
xususiyatlarini o‘rganish.
2. Intervyu (suhbat usuli):
Shaxsiy yoki guruh shaklidagi suhbat orqali til va jamiyat o‘rtasidagi
bog‘liqlikni aniqlash.
3. Kuzatuv (obzervatsiya):
Tabiiy sharoitda odamlarning tilni qanday ishlatayotganini bevosita kuzatish.
4. Eksperiment:
Maxsus sharoit yaratib, odamlarning til xatti-harakatlarini nazorat ostida
o‘rganish.
5. Statistik tahlil:
To‘plangan ma'lumotlarni sonli (raqamli) shaklda tahlil qilib, xulosalar
chiqarish.
6. Matn tahlili:
Matnlar va nutq namunalarini o‘rganib, ijtimoiy va madaniy omillarni aniqlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Majidova R. Umumiy tilshunoslik - Toshkent, 2024
2.
M.Rahmatov Tilshunoslik nazariyasi - Toshkent, 2017
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 207 ~
3.
O‘lmas Sharipova, Ibrohim Yo‘ldoshev Tilshunoslik asoslari - Toshkent,
2006
4.
Adiba
Isoqova
Sirojjidinovna
SOTSIOLINGVISTIKA
FANINING
TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA UNING VAZIFALARI - 2022
5.
Z.T.Xolmanova Tilshunoslikka kirish - Toshkent 2007
6.
D.M.Kholikova. The notion of internationalisms and interlingua//
Образование и наука в ХХI веке. – Россия, 2021. - S. 1194-1198.
