“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 220 ~
TILSHUNOSLIK ILMIDA TIL VA JAMIYATNING MUSHTARAKLIGI
Aziza Qodirova
Sharq filologiyasi fakulteti, 2-kurs talabasi
qodirovaaziza47@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada til va jamiyat o‘zaro bir-biriga bog‘liq
tushunchalar ekanligini tahlil qilib chiqamiz.Har qanday jamiyatda aloqa vositasi
sifatida til muhim rol o‘ynaydi.Til orqali odamlar o‘z fikrlarini bildirib,tajriba va
bilimlarni avloddan-avlodga yetkaza oladilar. Jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar esa
tilda ham o‘z aksini topadi.Zamon rivoji bilan tilga yangi so‘zlar kirib
keladi.Shuningdek,til jamiyat madaniyatining ajratib bo‘lmas qismidir, chunki u
xalqning qadryatlari urf-odatlari va tafakkur tarzini ham ifodalaydi.Shu bois, tilni
o‘rganish orqali jamiyatni,uning tarixi va ma’naviyatini ham anglash mumkin
bo‘ladi.
Kalit so‘z va iboralar:
Sotsiolingvistika, jamiyat, til va madaniyat, sotsiologiya
va
lingvistika,
aloqa
etnografiyasi,
ijtimoiy
lingvistika,
hududiylik,
lingvokulturologik.
Kirish
Til-jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqasini amalga
oshiradi.Tilning ayni ma’noda mavjud bo‘lishi va asrlar mobaynida shakllanishi
jamiyatga bog‘liq.
Ko‘rib turganingizdek, til-bu jamiyatning ijtimoiy tajribasini avloddan-avlodga
uzatuvchi, madaniy merosni saqlovchi va insonlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi
jamiyatning bir bo‘lagidir. Har qanday jamiyatning ko‘zga ko‘rinadigan belgilaridan
biri eng avvalo tildir. Chunki u himoyachi vosita ham hisoblanadi. U jamiyatga va
davlatga qurol sifatida hizmat qila oladi. Shu yerda bir narsani aytib o‘tish joizki,
faqatgina jamiyatli odam o‘z tilining oxirsiz oxangidan tilga bo‘lgan faxrni his qila
oladi.
Til paydo bo‘lgan eng qadimgi davrlardan boshlab,uni o‘rganish jamiyat va
tilning qanday a’loqasi borligini aniqlash yo‘lida birmuncha izlanishlar,tadqiqotlar
olib borilib,qog‘ozlar ham qoralanmoqda.Shubxasizki,insoniyat tirik ekan, uning tili
bor ekan, demak uning jamiyati ham tirik.
Rivojlangan zamona yangidan-yangi so‘zlarning ko‘payishi,bu yangiliklarni
jamiyat tomonidan ijobiy yoki salbiy talqin qilinishi,barchasi tilga chambarchas
bog‘liq tushunchalar. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, “kompyutor” so‘zi. Bu so‘z
butun dunyo bo‘ylab 1970-yillarda keng tarqalgan so‘z hisoblanadi. Bu so‘z o‘sha
yillarda zamonaviy va yangicha so‘z edi. Jamiyat yangi so‘zni qabul qilgan va u tilda
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 221 ~
rivojlanib,tarqala boshlagan. Yoki aksincha,tilimizga bu so‘z kiritilgan va
jamiyatimiz ham u orqali o‘z lug‘at boyligini oshirgan. Til va jamiyat mushtarakligi
shu darajadaki,yuqorida keltirilgan misolda biz ularni bir-birini har doim
takomillashtirib,”qo‘llaridan tortqilab”turishini ko‘rib chiqdik.
Asosiy Qism
Tilshunoslikda til va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganuvchi fan
mavjud bo‘lib bu sotsiolingvistika deb ataladi.Sotsiolingvistika tilni uni ishlatadigan
kishidan mustaqil ravishda mavhum tizim sifatida emas, balki ijtimoiy va madaniy
hodisa sifatida tahlil qilish bilan tavsiflanadi.Yuqorida aytib o‘tilgandek,
sotsiolingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladi.Shu jihatdan
sotsiolingvistikaning eng muhim, asosiy vazifasi tilni – tabiatini ijtimoiy hodisa
sifatida tekshirish, uning jamiyatdagi, tilshunoslik fanidagi o‘rni va ahamiyatini
belgilashdir. Sotsiolingvistika ijtimoiy faktorlarning tilga qanday ta’sir qilishi,til
sistemasida (strukturasida) qanday namoyon bo‘lishi, qanday shaklda aks etishi
kabilarni tadqiq qiladi.Sotsiolingvistik tadqiqotlar haqida gap ketganda,uchta asosiy
yo‘nalish mavjud.Ular quyidagilardan iborat : shahar miqdoriy yoki variatsionizm; til
sotsiologiyasi; aloqa etnografiyasi.Sotsiolingvistika nazariyotchilari orasida Uilyam
Labanov
ajralib
turadi.Chunki
u
shahar
yoki
variatsionistik
miqdoriy
sotsiolingvistikaning asoschisi hisoblanadi.Ushbu soha ma’ruzachilar yashaydigan,
o‘zlarini topadigan ijtimoiy omillar bilan bog‘liq lingvistik o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Til sotsiologiyasi esa jamoalarga ta’sir qilish ijtimoiy va ijtimoiy dinamikaga va
individual o‘ziga xoslikka ta’sir qilish usulini o‘rganadi. Aloqa etnografiyasi
bo‘limida kichik populyatsiyalardagi kommunikativ o‘zaro ta’sirini va tilning uning
a’zolari dunyo qarashiga ta’sir qilish usulini o‘rganadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, til va jamiyat bir-biridan ajralmas tushunchalar.
Ularning biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Til jamiyatning ruhiy o‘rnini
mustahkamlab, uni yagona tizim sifatida birlashtira oladi. Shu bois har qanday
jamiyat taraqqiyoti til taraqqiyoti bilan bog‘liq. Tilning tarixiy taraqqiyoti va undagi
o‘zgaruvchanliklar jamiyat hayoti bilan bevosita bo‘liq va ijtimoiy hayotda sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlar tilda o‘z-o‘zidan aks etadi. Bu o‘zgarishlar hammadan ko‘roq
tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini topadi. Odamlar orasidagi muloqotlarni til
ta’minlab beradi. U qadryatlarning yillar davomida saqlanib kelish jarayonida asosiy
vosita bo‘lib hizmat qiladi. Jamiyat esa tilni rivojlantiradi, uni boyitadi, va tilning
amaliyotda qo‘llanishi orqali uni takomillashtiradi. Til va jamiyat bir-birini
shakillantiruvchi va takomillashtiruvchi omillardir. Shunday qilib, til- ijtimoiy
voqelikni konseptual holatda ifodalovchi tizim bo‘lib, u orqali esa jamiyat o‘zini
anglaydi va tashqi muhit bilan muloqotga kirishadi. Shu jihatdan tilning dinamik
tabiati jamiyatning ichki evolyutsion jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda kechadi.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 222 ~
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati :
1.
Mahmudov N. “Tilimizning tilla sandig‘i”
2.
Madjidova R. “Umumiy tilshunoslik” Toshkent-2021.
3.
Jumaniyozov R. “Dil-qulf, Til-kalit“
4.
Qo‘chqortoev I. Umumiy tilshunoslik kursi programmasi.
5.
Baskakova N.A. Umumiy tilshunoslik.
