“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 232 ~
KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYA OLAMIZMI?
Qurbonaliyeva Maryamxon Xayotjon qizi
O‘zbekiston Davlat jahon tillar Universiteti, Ingliz tili 2-fakulteti,
1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada davlatni yemiruvchi,insonlarni tubanlashtiruvchi
illat – korrupsiyaga qisqacha ta’rif berildi. Korrupsiyaning qisman kelib chiqishi,
ommalashib ketishi, uning keng taralgan turlari tanishtirildi. Bundan tashqari ushbu
illat bilan samarali kurashayotgan ayrim davlatlar ko‘rib chiqildi va ularning
korrupsiyani minimallashtirishda qo‘llagam samarali usullari keng ma’noda tahlil
qilindi va o‘rganib chiqildi. Maqola so‘ngida muammo yuzasidan o‘rganilgan
ma’lumotlarga qisqa xulosa berildi.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, poraxo‘rlik, antikorrupsiya, minimallashtirish,
Transparency International, shaxsiy manfaatlar.
Korrupsiya o‘zi nima?
Bugungi kunda shiddat bilan globallashib borayotgan
zamonda korrupsiya dunyo bo‘ylab dolzarb va keng muhokama qilinayotgan
ijtimoiy-siyosiy muammolardan biriga aylangan. ”Korrupsiya” atamasi (lotincha
corrumpo-aynish,poraga sotilish)-mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha
berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan
iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish,ularning poraga sotilishi ham
korrupsiya deyiladi [1]. Bu atamaning kelib chiqish tarixi uzoq o‘tmishga borib
taqaladi. Dastlab, tarixda qabila a’zolarining ma’lum bir mansabga ega bo‘lish
maqsadida qabila sardoriga turli-tuman sovg‘alar berishidan boshlangan degan
taxminlar mavjud. O‘sha davrlarda bu holat hech qanday tanqidga uchramagan va
oddiy hol sifatida qabul qilingan. Vaqt o‘tib borgan sayin bu “oddiy” holat keng
tarqala boshlagan va asta-sekin davlat boshqaruvini zaiflashtiruvchi asosiy omilga
aylangan.Korrupsiya – har soha rivojida yetakchilik qilayotgan davlat va qoloq
davlat– bularning har ikkisi uchun birdek g‘anim. Xalqni baxt-saodatdan, ilm ahlini
o‘sishdan, ilmni yoyilishi va rivojlanishidan to‘sib turuvchi illat bu – poraxo‘rlik.
Ilmsizlik avj olgan jamiyatdan faqat ochko‘z, ma’rifatsiz va noinsof insonlar yetishib
chiqadi va kelgusida bunday shaxslar porani qonunga aylantirib, poraxo‘rlar
jamiyatini quradi. Korrupsiya qurboni – oddiy xalq, natijasi esa ham ilmiy ham
moddiy qashshoqlik bo‘lib qolaveradi. O‘tmishda davlatlar jamiyatning mana shu
illat sabab buzilib ketishidan xavfsiragan. Bu kabi davlatlardan ilk bor Shumer
davlati korrupsiyaga qarshi kurashgan davlat sifatida tan olindi.
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida “fozil” jamiyatni adolat,axloq
va aql ustuvor bo‘lgan jamiyat deya ta’riflaydi. Bunday jamiyatda rahbarlar xalq
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 233 ~
manfaatini o‘z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yadi. U “johil” jamiyatlarni esa
axloqiy fazilatlardan mahrum bo‘lgan kishilar jamoasi deb ataydi. Bunday jamiyatlar
o‘z hayoti, turmush tarzi va shuningdek, davlat boshqaruvida pora, adolatsizlik va
axloqsizlik keng tarqalgan degan fikrni ilgari surgan[6]. Bugungi kunda esa yuqorida
sanab o‘tilgan illatlarni korrupsiyaning turli ko‘rinishida ko‘rish mumkin. Masalan,
1. Ma’muriy korrupsiya
2. Siyosiy korrusiya
3. Iqtisodiy korrupsiya
4. Ta’limda korrupsiya.
Ma’muriy korrupsiya – bu davlat xizmatida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs
o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida vakolatlaridan foydalanish. Korrupsiyaning bu
turi,odatda, fuqarlarga hujjat tayyorlab berish,ruxsatnoma olish kabi vaziyatlarda pora
talab qilish yoki taklif qilish,tanish-bilishchilik orqali davlat lavozimiga
joylashtirish,yoki davlat mulkini noqonuniy o‘zlashtirish kabi holatlarda namoyon
bo‘ladi.
Siyosiy korrupsiya – bu yuqori lavozimdagi amaldorlar tomonidan o‘z
vakolatlaridan shaxsiy yoki guruhiy manfaatlar yo‘lida foydalanish. Ushbu tur asosan
saylov jarayonlarida ta’minlanishi kerak bo‘lgan shaffoflikning yo‘qligi va saylov
natijalarining soxtalashtirilishi kabi vaziyatlarda kuzatilishi mumkin.
Iqtisodiy korrupsiya – bu davlat yok xususiy sektor vakillarining o‘z
vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishi oqibatida davlatning iqtisodiy
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar. Iqtisodiy korrupsiya bojxona tizimi va
soliq tizimida noqonuniy imtoyozlar berilishi kabi holatlarda uchraydi. Bundan
tashqari davlat mulkini asl narxidan arzonlashtirib, noqonuniy boylik jamg‘arish ham
iqtisodiy korrupsiya natjasida sodir bo‘ladi.
Ta’limda korrupsiya – bu ta’lim yo‘nalishidagi mansabdor shaxslarning o‘z
shaxsiy manfaati yo‘lida vakolatlaridan noqonuniy foydalanish oqibatida ta’lim
jarayonidagi sifatning buzilishi, ta’limdagi adolatlilikka salbiy ta’siri. Ta’lim
sohasidagi korrupsiya juda keng taralgan tur hisoblanadi,uning ko‘rinishlari imtihon
natijalarini soxtalashtirish, ilmiy darajalarni noqonuniy yo‘llar bilan berishda
namoyon bo‘ladi.
Yuqorida ta’riflangan poraxo‘rliklar natijasda aholi orasida davlat xizmatlariga
bo‘lgan
ishonch
pasayishi,davlat
byudjetidagi
mablag‘larning
noqonuniy
o‘zlashtirilishi, ham iqtisodiy ham ilmiy sohada o‘sishning sekinlashuvi yoki butkul
to‘xtab qolishi kabi holatlar yuzaga kelmoqda. Bu illat dunyoning hech bir davlatini
chetda qoldirmagan va har bir jamiyat bu illatni bartaraf etishga turlicha yechimlar
bilan kurashmoqda. Masalan, 2024-yilning 20-yanvar kuni AOKAda Korrupsiya
qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida
brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 234 ~
agentligi tomonidan
2024-yilda
korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini
takomillashtirish, davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarf etilishini nazorat
qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, xalqaro hamkorlik
ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha
axborot berildi. Ushbu axborotga ko‘ra «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual
akademiyasi» elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom tasdiqlandi. Bu Nizom orqali aholi orasida antikorrupsiyaga oid bilimlar
shakllantirilmoqda. Qolaversa, brifing ma’limotlariga ko‘ra korrupsiya darajasi
yuqori bo‘lgan 495 ta funksiyalarning 172 tasida raqamlashtirish, 67 tasida amaldagi
ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish yoki yangisini qabul qilish orqali, 62
tasida qo‘shimcha nazorat mexanizmlarini joriy qilish, 42 tasida ochiqlikni
ta’minlash, 152 tasida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish orqali
minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reyting baholanib, 95 ta
tashkilotning 42 tasi “yaxshi”, 38 tasi “qoniqarli” va 15 tasi “qoniqarsiz” deb topildi.
Bu tahlil natijasida ko‘plab tashkilotlarning noqouniy ishlari ochiqlandi va o‘z
navbatida, korrupsiyaning biroz bo‘lsa-da kamayishiga xizmat qildi[5].
Xo‘sh, qanday qilib jamiyatda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q deya
oladigan muhitni shakllantirish mumkin?
Savolning javobi oddiy, muammoning oqibatlari bilan emas, balki uni yuzaga
keltiruvchi sabablar bilan kurashish kerak. Transparency International, butunjahon
davlatlari bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashish va oshkoralikni ta’minlovchi xalqaro
nodavlat tashkiloti har yili dunyo davlatlaridagi korrupsiya qabul qilinish
indeksi(CPI)ni baholaydi va statistikani saytda e’lon qiladi. Transparency Internatinal
so‘nggi 3 yilgi ma’lumotlar qariyb 180 davlatlar ichida Daniya davlati korrupsiya
darajasi bo‘yicha 1-o‘rinda turganini ko‘rsatmoqda[4]. Daniya davlatining
korrupsiyaga qarshi olib boradigan siyosati ham uning oqibati bilan emas asosan
keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashayotganini ko‘rsatadi. Xusususan, bu
davlat so‘z erkinligi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kiradi[2]. Bu
davlatda fuqarolar har qanday vaziyatda o‘z fikrini erkin bildira oladi va natijada
poraxo‘rlik, yuqori mansab egalarini rozi qilish kabi korrupsiyaning o‘zagi juda kam
kuzatiladi. Qolaversa, Daniya hukumati davlat xarajatlarining sarf qilinishi yuzasidan
aholiga o‘z vaqtida va xolis hisobot beradi. Bu holatda davlat amaldorlarining
halolligi alohida nazoratga olinadi. Natijada davlat xodimlari va aholi orasida har
qanday masalalar ochiq,shaffof hal qilinadi. Bundan tashqari Daniya davlatida davlat
mansabdorlari va xususiy sektorni nazoratga oluvchi davlat idoralaridan alohida
mustaqil va samarali ishlaydigan sud-huquq tizimi mavjud bo‘lib,bu davlatda sodir
etilgan korrupsiya holatlarini aniqlash va jazo tayinlash masalalari bilan samarali
shug‘ullanib kelmoqda. Bu kabi adolatli sud-huquq tizimi dunyodagi boshqa ko‘plab
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 235 ~
davlatlarda bor va normal holatda faoliyat yuritadi. Va, nihoyat yana bir muhim omil
shuki, bu davlatda noqonuniy yo‘l bilan boylik orttirish,pora olish va berish, tanish-
bilish orqali ish bitirish o‘tmishdan uyat hisoblangan. Bu an’ana Daniya
madaniyatida hanuz saqlanib qolgan. Bundan shuni anglash mumkinki, korrupsiya
bilan kurashib kelayogan davlatlar,xususan O‘zbekistonda ham poraxo‘rlikni qabul
qila olmaslik,uni uyat hisoblash,shunday holat kuzatilgan taqdirda, jiddiy tanqid qila
olish madaniyatini shakllantirish kerak. Xo‘sh, buni qanday tartibda amalga oshirish
mumkin?
- Birinchidan, ta’lim muassasalarida,xususan, maktabgacha ta’lim va umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotlari bu masalada dastlabki, biroq eng muhim bo‘lgan qadamni
qo‘yishlari kerak. Ya’ni, yosh avlodni kichik yoshidan boshlab halollik, har qanday
narsaga o‘z kuchi va qobilyatlari bilan erishishga o‘rgatish, tanish-bilishchilik va
poraxo‘rlik orqali ish bajarish qonuniy va axloqiy tomondan qoralanishini uqtirish
kerak. Bunday tarbiya asosida ulg‘aygan avlod, tabiiyki, poraxo‘rlikni ochiq-oyin
qoralaydi va kelgusida uni minimallashtrishga o‘z hissasini qo‘shadi;
- Ikkinchidan,davlatlarda so‘z erkinligi masalasiga jiddiy e’tibor qaratish, aholi
orasida haq-huquqlarni tanishtirish ishlari amalga oshirilishi, qolaversa, tanqidiy
fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish kerak. Shunda, jamiyatdagi har bir fuqaro o‘z
fikrini erkin bayon qila oladi, har qanday holatga tanqidiy yondasha oladi, o‘z
huquqlarini talab qila oladi. Natijada esa korrupsiyani minimallashtirish, uni sodir
qilayotgan jinoyatchi shaxslar qilmishini ochiqlash yanada osonlashadi;
- Uchinchidan, jamiyatdagi har bir inson o‘zi yashayotgan jamiyat farovonligi
uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgan holda noqonuniy har narsadan yiroq turishi
kerak. Aholining o‘zi davlat lavozimida faoliyat yuritadigan mansabdorlarni poraga
o‘rgatib qo‘ymasligi kerak, ya’ni amaldorlar qonuniy ish yuritayotgan paytda o‘z
foydasini ko‘zlab pora taklif qilmasligi,imkon qadar bunday vaziyatlardan yiroq
yurishi kerak;
Xulosa qilib aytganda, korrupsiya har qanday jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va
iqtisodiy sohalariga jiddiy zarar yetkazuvchi illatdir. Bu illat nafaqat davlatning ichki
boshqaruv tizimini izdan chiqaradi, balki fuqarolarning qonunlarga va hukumatga
bo‘lgan ishonchini susaytiradi. Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri”
asarida fozil jamiyat adolat, aql va axloq ustuvor bo‘lgan jamiyat ekanligini
ta’kidlaydi. Afsuski, bugungi real hayotda Forobiy tanqid qilgan johil jamiyatga xos
jihatlar, ya’ni poraxo‘rlik, adolatsizlik va axloqsizlik turli shakllarda davom etmoqda.
Korrupsiya turli sohalarda – ma’muriy, siyosiy, iqtisodiy va ta’lim tizimlarida
uchrab, davlat faoliyatining samarasizligiga, inson huquqlarining poymol bo‘lishiga
va ijtimoiy adolatsizlikka olib keladi. O‘zbekiston hukumati tomonidan bu borada
sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda – qonunchilik takomillashtirilmoqda,
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 236 ~
raqamlashtirish,
ochiqlik,
xodimlarni
o‘qitish va nazorat mexanizmlari
kuchaytirilmoqda.
Korrupsiyani kamaytirish yo‘lida muvaffaqiyatli davlatlar tajribasiga nazar
tashlash ayniqsa foydalidir. Masalan, Daniya dunyoda eng kam korrupsiya darajasiga
ega davlatlardan biri hisoblanadi. Buning asosiy sabablari sifatida qonun ustuvorligi,
mustaqil sud tizimi, yuqori darajadagi fuqarolik mas’uliyati, ta’lim orqali halollik
tamoyillarining yosh avlodga singdirilishi, shuningdek, davlat xizmatlarining to‘liq
raqamlashtirilgani va ochiqligi ko‘rsatiladi. Daniyada jamiyatda halollik va ishonch
muhitini yaratish birlamchi vazifa sifatida qaraladi.
Shunday ekan, butunjahon davlatlari ham Daniya mmlakatining korrupsiyani
minimallashtirishdagi tajribasi, samarali usullaridan foydalansa, bu yo‘lda
muvaffaqiyatlarga erisha oladi va halol davlat boshqaruvi qura oladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Korrupsiya
2.
3.
https://buxdu.uz/yangiliklar/654/korrupsiya-taraqqiyot-dushmani/
4.
https://www.transparency.org/en/
5.
https://anticorruption.uz/oz/article/2024-yil-i-yarim-yillikda-davlat-
6.
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”.
