“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 250 ~
NOTIQLIK VA TILSHUNOSLIK
Rahmonova Umidaxon Xursanali qizi
O‘zDJTU Sharq filologiyasi 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada notiqlikning inson hayotidagi o‘rni qaysi
jabhalarda insonlar hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda va notiqlik mahoratini
o‘zlashtirishda tilshunoslikning qay darajada muhim ekanligi tilshunoslikning bir
necha yo‘nalishlari misolida yoritilgan.Bu maqola notiqlik mahoratini shakillantirish
va tilshunoslikning nutq bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarini teranroq
tushunish uchn foydali qo‘llanma bo‘lishi mumkin.
Kalit
so‘zlar:
Komunikativ
lingvistika,
Komunikativ
kompetensiya,
Pragmatika, Kontekst, Nutq faoliyati, Paralingvistika, Fonatsiya vositalari, Kinetik
vositalar, Grafik vositalar, Etnolingvistika.
Notiqlik mahorati inson hayotida juda muhim darajaga ega. Negaki inson har
jabhada o‘z nutqi orqali o‘z pozitsiyasini ko‘rsatib bera oladi. Ichki his tuyg‘ularini
va kayfiyatini suhbatdoshi yoki auditoriyaga ko‘rsatib berishning ham o‘ziga yarasha
chegaralari bor. Boshqalarda notog‘ri tushuncha shakllanmasligi, aytilayotgan
suhbatning ta’sir doirasining kengligini taminlash uchun nutq so‘zlovchi voizmi u
so‘zlovchimi bu chegaralardan xabardor bo‘lmog‘i shart. Bundan tashqari nutq o‘z
o‘rnida madaniyat chegaralari bilan ham chegaralanadi. Qaysi jamoatga
so‘zlayotganingizga qarab ma’lum bir so‘zlar va iboralardan foydalanishda e’tiborli
bo‘lish va yana qaysidir birlariga ko‘proq urg‘u berish talab qilinadi. Bundan tashqari
ma’lum bir harakatlar ya’ni tana tili bilanham inson boshqalarga axborot yetkazish
qobiliyatiga ega. Albatta bularni bilish uchun tilshunoslik fani bizga yaqindan
yordam berishi bor gap. Uning zamonaviy yo‘nalishlaridan bo‘lgan Komunikativ
lingvistika va Paralingvistika notiqlik ilmi bilan o‘zaro mustahkam aloqaga kirishadi.
Maqola davomida ushbu yo‘nalishlarning har biriga alohida yondashib ular aynan
qaysi jabhada notiqlik bilan uzviy bog‘liqlik hosil qilishi tushuntirib o‘tiladi.
Avvalo Komunikativ lingvistika haqida gaplashamiz. XX asr tilshunosligi
tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish bilan
shug‘ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik
aspektda olib boriladi. Kommunikativ lingvistika tilning rivojlanishini, taraqqiyotini
kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganishni yetakchi
maqsad qilib oladi. Kommunikativ tilshunoslik tilni muloqot vositasi sifatida tadqiq
qiladi,
tildan
foydalanishning
ijtimoiy
va
pragmatik
jihatlariga
e'tibor
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 251 ~
beradi.Tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:1.Matn
tilshunoligi 2.Sotsiolingvistika 3.Psixolingvistika 4.Lingvistik pragmatika.
Insonning nutqiy faoliyati ya’ni odamlar o‘rtasidagi og‘zaki yoki yozma
muloqot jarayonlari: tinglash, gapirish, o‘qish va yozishi Kommunikative
lingvistikaning asoslaridan bo‘lgan kommunikative kompetensiya bilan uzviy
bog‘liq. Kommunikative kompetensiya bu -
insonning til vositalaridan to‘g‘ri va
samarali foydalanish qobiliyati. Bu nafaqat grammatik bilim, balki madaniy, ijtimoiy
va pragmatik bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. Pragmatika esa so‘z va iboralar
ma’nosining vaziyatga qarab o‘zgarishi, ya’ni biror ibora aynan qanday kontekstda
qanday tushunilishini o‘rganadi.Kontekst- muloqot paytidagi holat, joy, vaqt,
ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabat va boshqa tashqi omillar. Yuqoridagi
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki kommunikative kompetensiyasi qoniqarli bo‘lgan
shaxslarda notiqlik qobiliyati vujudga keladi. Demak nutqning darajasini jumlalarda
grammatik qoidalarga rioya qilish yoki qilmaslik, madaniyat jihatdan to‘g‘ri
so‘zlardan foydalanish, so‘zlayotganda vaziyatni va joyni hisobga olish yoki olmaslik
belgilab beradi. Til ijtimoiy hodisaki jamiyatdagi barcha jabhalarga ta’sir
ko‘rsatadi.Grammatik qoidalarga amal qilmaslik yoki noto‘g‘ri jamoatga munosib
bo‘lmagan jumlalardan foydalanish nutqni dag‘allashtirishi va fikr tugalligini
ta’minlashda kamchiliklarga olib kelishi turgan gap. Shuningdek vaziyatni hisobga
olish a’zada xursandchilik,to‘yda xafagarchilik qanchalik nomaqbul ko‘rinsa
publisistik uslubda gapirish kerak bo‘lgan joyda badiiy yoki rasmiy uslubda so‘zlash
ham shunchalik g‘alizlik keltirib chiqaradi.Biz hozir tilning verbal jihatlariga
to‘xtalib o‘tdik ammo maqola boshida qayd etganimizdek nutqning “go‘zalligini”
tana harakatlari ham ta’minlab beradi.
Paralingvistika tilning noverbal jihatlarini o`rganadigan yo`nalishdir. U ovoz
tonlari, intonatsiya, mimikalar va boshqa noverbal kommunikatsiya elementlarini
tahlil qiladi. Paralingvistika odamlarning bir-birlari bilan muloqot qilishdagi nozik
jihatlarni tushunishga yordam beradi. Paralingvistik vositalar XX asrning 30-yillarida
o'rganila boshlandi. Kontseptsiyaning o'zi 1940-yillarda kiritilgan. Bu fan XX asrning
60-yillari boshida faol rivojlana boshladi.Paralingvistika uch turli vositalarni o‘z
ichiga oladi bular-fonatsiya vositalari,kinetik vositalar va grafik vositalar.Bu vositalar
ham o‘z navbatida bir nechata obyektlarni o‘z ichiga oladi.
Fonatsiya vositalari
:
•
Intonatsiya – gap ohangi, savol, buyruq yoki taajjubni bildiradi.
•
Pauza – to‘xtalish, gapning ta’sirini kuchaytirish.
•
Ovoz balandligi – his-tuyg‘u, holat ifodasi (baqiriq, pichirlash).
•
Tovush tezligi – shoshilish, ikkilanish, ishonchsizlikni bildiradi.
Kinetik vositalar
:(tana harakatlari):
•
Mimika – yuz ifodalari (kulish, qosh uyish, ko‘z yumish).
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 252 ~
•
Jestlar (imo-ishoralar) – qo‘l harakati, bosh silkish, barmoq ko‘rsatish.
Grafik vositalar
(yozma nutqda):
•
Punktuatsiya – nuqta, so‘roq, undov belgilar,
•
Harf kattaligi – KATTA harflar bilan yozish (baqiriqni ifodalash),
•
Qo‘shtirnoq, kursiv – alohida urg‘u, kinoya, iqtibos,
Paralingvistika bu kabi vositalardan tashqari biror maqsad asosida yaratilgan
so‘zlash va yozish uslublarini ham o‘rganadi.Daktil, Brayl yoki Morze alifbosini
bularga misol bo‘la oladi.
Daktil alifbosi (yoki daktilologiya) – bu eshitish yoki nutq qobiliyati cheklangan
odamlar o‘rtasida qo‘l harakatlari yordamida harflarni ifodalash tizimi. Uni ko‘pincha
imo-ishora tilining bir qismi sifatida ishlatishadi, ayniqsa shaxslar ismlarini yoki
maxsus so‘zlarni ifodalash kerak bo‘lsa
.
Brayl alifbosi – ko`zi ojizlar uchun maxsus yaratilagn alifbo. Kitoblar, yozuvlar,
valyuta va boshqa buyumlarda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun qoʻllaniladigan
sensorli yozuv tizimi. Brayl alifbosi bo`rtib chiqqan oltita nuqtadan iborat. Bu alifbo
qo`l yordamida sezish orqali o`qiladi.Brayl displeylari ko‘zi ojizlarga kompyuter va
boshqa elektron qurilmalardan foydalanish imkonini beradi.
Morze alifbosi - telekommunikatsiya (aloqa) da matn belgilarini nuqta, tire
orqali ikki xil signal davomiyligining standartlashtirilgan ketma-ketligi sifatida
kodlash uchun ishlatiladigan usuldir. Morze alifbosi telegraf ixtirochilaridan biri —
Samuel Morze sharafiga nomlangan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki nafaqat so‘zlardan tog‘ri
foydalanish balki tana harakatlari va barcha noverbal vositalardan ham o‘z navbatida
faol foydalana olish juda muhim o‘rinda turadi. Chunki ayni vositalar oddiy so‘zni
ham salmoqli va ma’nodor qilishi xususiyatiga ega yoki aksincha. Birgina
qo‘shtirnoq orqali deyarli so‘zga yangi bir ma’no yuklash mumkin. Yoki birgina tana
va yuz harakati orqali ilmoqli ma’nolarni so‘zlar orasiga yashirib ketish mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. M.T. Irisqulov. «Tilshunoslikka kirish». «Yangi asr avlodi», 2009-yil
2. I.Yo‘ldashov, S.Muhamedova, O‘.Sharipova, R.Majidova „Tilshunoslik
asoslari“ Toshkent2013.
3.Yo'ldoshev, S.Muhamedova, Z.Xolmanova, R.Majidova, Sh.Sultonova
Mutaxassislikka kirish (Tilshunoslikka kirish) – T.: «Barkamol fayz media», 2018. –
328 b.
