“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 284 ~
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT VA INSONIY
OMILDAN FOYDALANGANILGAN MUVOZANATLI YONDASHUV
AFZALLIKLARI
Rustamova Rayxona Xamza qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,Toshkent, O‘zbekiston
Shukurova Shohsanam Qaxramon qizi
O‘zDJTU Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt (AI)
texnologiyalari va insoniy omil, ya’ni o‘qituvchi ishtirokidan iborat muvozanatli
integratsiyaning foydali tomonlari muhokama qilingan bo‘lib, bu ingliz tili ta’limini
takomillashtirish yo‘lida innovatsion va samarali yondashuv bo‘lib xizmat qiladi.
Sun’iy intellekt turli darajadagi til o‘rganuvchilarga ko‘plab imkoniyatlarni taklif
etish qobiliyatiga ega ekanligiga qaramasdan, hali bir qancha sohalarda o‘qituvchi
o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Shu sababli, ushbu maqolada AI va pedagogik
yondashuvning uyg‘unlashtirilgan holati — muvozanatli yondashuvning afzalliklari
yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
ingliz tilini o‘qitish, sun’iy intellekt, insoniy omil, muvozanatli
yondashuv, ta’lim innovatsiyasi, pedagogik integratsiya.
Hayotimizga jadal sur’atlarda kirib kelgan, hamda hozirda barchaning e’tiborini
o‘ziga jalb etayotgan zamonaviy texnologiyalardan biri bu sun’iy intellekt (AI) dir.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ushbu transformatsion rivojlanish ta’lim sohasida
ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Jahon Bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-
yilga kelib, rivojlangan davlatlardagi 65% ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida
kamida bitta AI texnologiyasidan foydalanishni boshlagan (World Bank, 2023).
Xususan, ingliz tilini o‘qitish jarayonida sun’iy intellektga asoslangan ilovalar va
platformalardan foydalanish orqali tubdan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu
o‘zgarishlar ko‘plab imkoniyatlar yaratib bersa-da, xorijiy tilni o‘rganish jarayoni
o‘qituvchi ishtirokisiz samarali va to‘liq tarzda amalga oshishi qiyin masala. Shu
sababli ham, til o‘rganish jarayonida AI va insoniy omil, ya’ni o‘qituvchi ishtirokini
o‘zaro muvozanatda birlashtirish muvaffaqiyatli natijalarga olib keladi.
Ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellektning o‘rni.
Ingliz tilini o‘qitishda AI
asosida yaratilgan ilovalardan foydalanish sezilarli darajada samarali hisoblanadi.
Misol uchun, hozirda ko‘plab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan platformalar:
Duolingo, Grammarly va ChatGPT til o‘rganuvchilarga kamchiliklarni tezkor
tuzatish, turli xil mashqlar yaratish va virtul suhbat tashkil etish imkoniyatlarini
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 285 ~
yaratib beradi; o‘quvchining zaif tomonlarini aniqlab, ular uchun mos tavsiyalar
keltirib o‘tadi va jarayonni real vaqtda olib boradi. 2022-yilda chop etilgan
tadqiqotda Duolingo platformasi orqali muntazam mashg‘ulotlar olib borgan
o‘quvchilar an’anaviy usulda o‘rganganlarga nisbatan grammatik xatolarga yo‘l
qo‘yish ehtimolini 34% ga kamaytirgani aniqlangan (Vesselinov & Grego, 2022).
Shuningdek, o‘quvchilar darsdan tashqari paytda ham ingliz tilini haqiqiy til muhitida
o‘rganish uchun sun’iy intellektdan foydalangan holda authentic(haqiqiy)
materiallarga ega bo‘lishlari mumkin. Virtual reality (virtual olam) hamda augmented
reality (kengaytirilgan reallik) texnologiyalari o‘quvchilarga o‘rgangan bilimlarini
interfaol qo‘llash imkonini berganligi tufayli ushbu jarayonni yanada boyitadi.
Bundan tashqari, sun’iy intellektning ta’lim sohasida eng foydali tomonlaridan biri
shundaki, u testlarni avtomatik tarzda tekshirish, kam muddat ichida ko‘plab
mashqlar tuzish kabi takrorlanuvchi ishlarni o‘qituvchilar o‘rniga bajara oladi, bu esa
o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar bilan yanada ijodiy va mazmunli dars muhitini
yaratishga hamda ko‘proq vaqt ajratishga qulay sharoit yaratib beradi.
Til o‘rganishda inson omilining ahamiyati
. AI bir qancha ustunliklarga ega
bo‘lishiga qaramasdan, u insonni hissiy tushunish, empatiya bildirish, pedagogik
tajriba borasida qobiliyatlari o‘rnini bosa olmaydi. Odatda o‘qituvchilar
o‘quvchilarning kundalik o‘zgaruvchan kayfiyatini, hissiyotini sezib dars jarayonida
moslashuvchan yondashuv bilan ularning ehtiyojlariga mos tarzda o‘qitish uslubini
tanlaydi. Selwyn (2021) ta’kidlaganidek, o‘qituvchi faqat bilim manbai bo‘lib
qolmay, balki o‘quvchilar uchun madaniy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar, axloqiy
qadriyatlar va tanqidiy fikrlashni shakllantirishda yetakchi rol o‘ynaydi. AI esa
bunday murakkab, kontekstual holatlarni tushunishda hali cheklangan. Ingliz tilini
o‘qitish jarayonida o‘qituvchilar darslarni hayotiy tajriba asosida madaniy sezgirlik
bilan, ba’zida hazillarga boy hamda kontekstga mos tarzda ishlab chiqish ustunligiga
egadirlar, bu esa sun’iy intellekt uchun murakkab tuyulishi mumkin, chunki AI hali
bu sohada rivojlanmagan hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish, tanqidiy
fikrlashni oshirish va kommumikativ muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunga qo‘shimcha tariqasida o‘qituvchining o‘z tajribalari bilan o‘quvchilarni
ilhomantira olishi, murabbiylik va haqiqiy til namunasini ko‘rsata olishi orqali ularni
rag‘batlantirishini kuzatishimiz mumkin.
Muvozanatli yondashuvning afzalliklari.
Ta‘lim jarayonida sun’iy intellekt va
o‘qituvchi ishtirokini uyg‘unlashtirish ikkala tomonning yuqorida sanab o‘tilgan
barcha yaxshi jihatlarini birlashtirish imkoniyatini beradi. Holmes va hamkorlari
(2019) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda AI tizimlari avtomatlashtirilgan
baholash va individual mashg‘ulotlar orqali o‘qituvchining ishini yengillashtirgani,
o‘qituvchi esa o‘z vaqtini o‘quvchilar bilan jonli interaktsiyaga bag‘ishlagani
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 286 ~
ko‘rsatib o‘tilgan. AI asosida yaratilgan tizimlar ma’muriy ishlarni avtomatlashtiradi,
o‘quvchilar ishlaridagi kamchiliklarni aniqlaydi va dars yuzasidan moslashtirilgan
materiallarni taklif qiladi, o‘qituvchilar esa ijodkorlik, hissiy ong va yuqori
darajadagi fikrlashni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratishi mumkin. Masalan,
o‘qituvchilar sun‘iy intellektdan o‘quvchilarning natijalarini tahlil qilish, dars
rejalarini mukammallashtirish, chat-botlar orqali o‘quvchilarni darsdan so‘ng
mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanishga yo‘naltirishlari mumkin va shu orqali dars
jarayoni davomida jonli muloqot, interaktiv mashg‘ulotlar, tilni chuqurroq
o‘rganishga xizmat qiluvchi o‘yinlarga ko‘proq vaqt ajratishi mumkin. Bunday
uyg‘unlik o‘quvchilarga hozirgi zamon texnologiyasi yordamida individual ta’lim
olish bilan bir vaqtning o‘zida insoniy aloqaning ahamiyatini saqlab qolgan bo‘ladi,
va natijada ingliz tilini yanada mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
Ko‘p sonli guruhlarda yoki resurslar cheklangan sharoitlarda sun’iy intellekt
individual yordamni ta’minlay oladi, ammo o‘qituvchining ishtiroki axloqiy, madaniy
va hissiy jihatlarni to‘liq hisobga olinishini kafolatlaydi.
Xulosa qilib aytganda, ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt va inson omilidan
muvozanatli foydalanish zamonaviy ta’lim tizimlari uchun katta istiqbol va
imkoniyatlarni ochadi. Sun’iy intellekt shaxsga moslashtirilgan, ma’lumotlarga
asoslangan ta’limni tez va samarali tarzda taqdim etishi, hamda takrorlanuvchi
vazifalarni avtomatlashtirishda yuqori darajada foydalidir. Ammo u insoniy sezgirlik,
empatiya va madaniy tafakkurni to‘liq o‘zlashtira olmaydi. Boshqa tomondan,
o‘qituvchilar til o‘rganish jarayoniga chuqurlik, moslashuvchanlik va hissiy
bog‘liqlik olib kelishi muhimdir. AI texnologiyalarining texnik samaradorligi va
inson o‘qituvchisining pedagogik mahoratini uyg‘unlashtirish orqali o‘quv jarayonida
samaradorlikni oshirish va raqamli muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritadigan,
ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarga ega shaxslarni tarbiyalash mumkin. Shubhasiz,
ingliz tilini o‘qitishning kelajagi sun’iy intellekt va inson ijodkorligini
uyg‘unlashtirishda namoyon bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘quvchilarga yuqori sifatli
ta’lim olish va hayotda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Fitzpatrick, D., Fox, A., & Weinstein, B. The AI classroom: The ultimate
guide to artificial intelligence in education. DBC Publishing, 2022
2. Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. Artificial intelligence in education.
Center for Curriculum Redesign, 2019
3. Holmes, W., Bialik, M., Fadel, C., & Tuomi, I. Artificial intelligence in
education: Promises and implications for teaching and learning. OECD Publishing,
2019
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 287 ~
4.
Kambarov,
N.
M.
(n.d.).
Zamonaviy
ta’lim tizimida raqamli
texnologiyalardan samarali foydalanish. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
2023
5. Selwyn, N. The future of AI and education: Some cautionary notes. Learning,
Media
and
Technology,
44(1),
1–14.
2019,
https://doi.org/10.1080/17439884.2018.1465404
6. Selwyn, N. AI and education: The importance of teacher and technology
balance. British Journal of Educational Technology, 2020
7. Vesselinov, R., & Grego, J. (2022). Duolingo Effectiveness Study. Duolingo
Research Report. https://www.duolingo.com/research
