“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 299 ~
TIL VA MADANIYAT. JAMIYAT O‘RTASIDA ULARNING O‘RNI
M. Sa’dullayeva
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Sharq filologiyasi fakulteti,
1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zarota’sir,
ularning inson tafakkuriga ta’siri, pragmatik va madaniy kontekstdagi o‘rni
yoritilgan. Tilni o‘rganish jarayoni uning madaniy asoslarini tushunmasdan to‘liq
amalga oshmaydi, degan fikr asosida maqolada bir qator nazariyalar va misollar
orqali bu fikr dalillangan.
Kalit so‘zlar:
til, madaniyat, tafakkur, pragmatika, kommunikatsiya.
ЯЗЫК И КУЛЬТУРА. ИХ МЕСТО В ОБЩЕСТВЕ
Саьдуллаевой Муштарий
Узбекский государственный университет мировых языков Факультет восточной
филологии, студент 1 курса
Аннотация:
В данной статье рассматривается взаимноевлияние языка и
культуры, их роль в формировании человеческого мышления, а также значение
в прагматическом и культурном контексте. Основная идея заключается в
том,что изучение языка невозможно без поминания культурных основ, что
подтверждается рядом теоретических подходов и примеров.
Ключевые слова:
язык, культура, мышление, прагматика, коммуникация.
Asosiy matn:
Til va madaniyat har qanday jamiyatning ajralmas tarkibiy
qismlaridir. Ushbu ikki tushuncha jamiyatni shakllantiruvchi asosiy omillar bo‘lib,
ularni bir-biridan alohida holda o‘rganish ilmiy nuqtai nazardan to‘liq tasavvur bera
olmaydi. Til – insonlaro‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi kommunikativ vosita
bo‘lsa,madaniyat esa bu muloqotda namoyon bo‘ladigan qadriyatlar,turmush tarzi va
ijtimoiy tafakkurning ifodasi.
Til orqali inson nafaqat o‘z fikrini bayon etadi, balki madaniyatini,
dunyoqarashini ham ifodalaydi. Madaniyat esa tilning boyishiga, uning
shakllanishiga xizmat qiladi. Aynan shu o‘zaro ta’sir tufayli til va madaniyat bir-
birini to‘ldirib boradi. Ayniqsa, xorijiy tilni o‘zlashtirgan shaxs, shu tilga mansub
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 300 ~
xalqning madaniyatini ham anglay boshlaydi. Bu esa shaxsning ijtimoiy saviyasini
oshirib,yangi axloqiy qoidalar va qarashlarni shakllantiradi.
Shu sababli, til va madaniyatni birgalikda o‘rganish, ularning jamiyatdagi o‘rni
va funksiyalarini tahlil qilish nafaqat nazariy,balki amaliy jihatdan ham dolzarb
masala sanaladi. Ushbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, ularning
jamiyatdagi ahamiyati hamda inson tafakkuriga ta’siri yoritiladi.
Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqllik.
Til va madaniyat har bir jamiyatning asosiy ijtimoiy tarkibiy qismlaridan
hisoblanadi. Bu ikki tushuncha jamiyatdagi inson faoliyatining eng muhim
yo‘nalishlarini tashkil qiladi va bir-biribilan chambarchas holda mavjud bo‘ladi.
Tasavvur qilaylik, inson faqat ilmiy tushunchalardan foydalanib fikr bildirsa, uning
so‘zlari ko‘plab odamlar tomonidan to‘liq tushunilmasligi yoki sovuq qabul qilinishi
mumkin. Shuning uchun ham inson nutqining to‘liq,ravon va ta’sirli bo‘lishida
madaniyat muhim o‘rin tutadi.
Madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini tahlil qilganda, ularning pragmatik
aspektlar bilan bog‘liq ekanini ham ko‘rish mumkin.Pragmatika – bu tilshunoslik
yo‘nalishi bo‘lib, so‘z yoki gapning grammatik va lug‘aviy ma’nosidan tashqari,
uning kontekstda qanday anglatilishini, ya’ni kim gapirayotganini, kimga murojaat
qilayotganini, qayerda va qachon aytayotganini o‘rganadi.
Madaniyat va pragmatika ba’zan bir-biriga juda yaqin tushunchalar sifatida
namoyon bo‘ladi. Masalan, xalqimizda taziyaga borgan insonlar marhumning
yaqinlariga “Bandalik ekan”,“Allohning irodasi” kabi yupatuvchi iboralar bilan
hamdardlik bildiradi. Bunday holatlarda aytilayotgan gaplarning ma’nosi pragmatik
jihatdan madaniyat bilan uyg‘unlashgan bo‘ladi.
Tilshunoslikda tilga berilgan eng mashhur ta’riflardan biri Ferdinand de
Sossyurga tegishlidir. U tilni “ijtimoiy hodisa sifatida mavjud bo‘lgan belgi tizimi”
deb ta’riflagan. Uning fikricha, til belgilar (signifiant) va ularning ma’nolari
(signifié)o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida shakllanadi. Ushbu belgila rtizimi
jamiyatda yashovchi kishilarning madaniy tafakkuri va ongi bilan uzviy bog‘liq.
Til orqali madaniy tafakkur va qadriyatlarning ifodalanishi.
Til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning tarixiy tajribasi,dunyoqarashi,
axloqiy qadriyatlari hamda estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan madaniy
merosdir. Har bir millat o‘z tili orqali o‘ziga xos tafakkur tarzini, fikrlash sistemasi,
turmush tarzi,urf-odatlari va qadriyatlarini saqlab, avloddan-avlodga yetkazadi.
Masalan, o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan “isnod”, “ibo-hayo”,“sha’n” kabi
so‘zlar xalqimiz madaniyatida sadoqat, halollik,vijdonlilik, oilaviy mas’uliyat va
inson qadriyatlariga bo‘lgan chuqur munosabatni aks ettiradi. Bu so‘zlar tilning
lug‘aviyboyligi bilan birga, xalq tafakkuri va axloqiy qadriyatlarining ham ifodasidir.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 301 ~
Bu kabi iboralarni tildan ajratib, alohida shaklda tasavvur qilish qiyin – ular xalq ongi
va madaniy hayoti bilan uzviy bog‘liq.
Til madaniyatning tashuvchisi sifatida nafaqat ichki ijtimoiy tizim doirasida,
balki boshqa xalqlar bilan madaniy aloqalarnio‘rnatishda ham muhim vositaga
aylanadi. Xorijiy tilni o‘rganayotgan inson nafaqat grammatik va fonetik jihatlarni,
balki o‘sha til orqali ifodalanayotgan madaniyatni ham o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi.
Chunki har bir tilda o‘sha xalqqa xos iboralar,majoziy ma’nolar, kinoyaviy ifodalar
mavjud bo‘lib, ularni faqat grammatik nuqtai nazardan tushunish yetarli emas.
Masalan, ingliz tilida keng tarqalgan “How are you?” iborasi oddiy hol-ahvol
so‘rash shakli sifatida ishlatiladi. Biroq boshqa tillarda bu ibora doimiy muloqot
uchun emas, balki haqiqiy holatni bilish uchun ishlatiladi. Yoki o‘zbek tilida
qo‘llaniladigan “Og‘zingdan qoning kelsin”, “Basharang qursin”, “Oq qildim” kabi
og‘zaki iboralar aslida kontekstga qarab achchiq, kinoya yokihazil ma’nosida
qo‘llaniladi. Chet elliklar bu iboralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilsa, ko‘pincha
noto‘g‘ri tushunishadi, chunki bunday ifodalar ortida madaniy kontekst yotadi.
Yuqoridagi tushunchalarga asosan Edward Sapir va Benjamin LeeWhorf
ta’kidlaganidek, til — inson tafakkurini shakllantiruvchi asosiy omil. Ularning
nazariyasiga ko‘ra, til yordamida inson atrofdagi olamni anglaydi, tasniflaydi va bu
anglash jarayoni madaniyat orqali yo‘naltiriladi. Demak, til — bu milliy tafakkurning
“kaliti”, madaniyat esa tilga mazmun bag‘ishlovchi “kontekst”.
Xulosa
Til va madaniyat har bir jamiyatning asosiy va ajralmas tarkibiy qismlari bo‘lib,
insonning ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi.Ushbu maqolada til va madaniyatning
o‘zaro bog‘liqligi, ularning jamiyatdagi o‘rni, shuningdek, tilning madaniyatni
ifodalashdagi va madaniyatning tilni boyitishdagi roli tahlil qilindi. Til va madaniyat
bir-birini to‘ldiruvchi va shakllantiruvchi omillar sifatida inson tafakkuri va dunyo
qarashining asosiy tayanchiga aylangan.
Shuningdek, maqolada madaniyat va pragmatika o‘rtasidagi bog‘liqlik ham
yoritildi. Bu, tilni faqat grammatik jihatdan emas,balki madaniy va ijtimoiy
kontekstda to‘g‘ri tushunish va qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
Tilni o‘rganish – bu faqat so‘zlarni yod olish emas, balki shu tildagi madaniy
tafakkur, qadriyat va urf-odatlarni ham anglashdir.Bu esa jamiyatdagi muloqotda
aniqlik, tushunish va o‘zaro hurmatga asoslangan samaradorlikni ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sossyur F. de. Umumiy tilshunoslik kursi. — Moskva: Progress,1977. — 272
bet.
2.Majidova R., Urshova N. Tilshunoslikka kirish bo‘yicha ma’ruzalar matni.
— Toshkent: O‘zDJTU, 2021.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 302 ~
3. Rahimov X. Til va madaniyat o‘zaro ta’siri. // Filologiyamasalalari, 2022,
№2. — B. 45–50.
4.Nurmatova G. Til va tafakkur: madaniyatlararo kommunikatsiya asoslari. —
Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
