Авторы

  • Дилнура Сатторова
    National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
  • Шакхноза Джалолова
    National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

Биографии авторов

  • Дилнура Сатторова , National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
    Third- year- student
  • Шакхноза Джалолова , National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
    PhD, associate professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98996

Ключевые слова:

named after Mirzo Ulugbek

Аннотация

Ushbu maqolada badiiy tarjima jarayonida yuzaga keluvchi lingvistik, madaniy va uslubiy qiyinchiliklar yoritilgan bo'lib, ular taniqli oʻzbek shoiri Erkin Vohidov sheʼrlarini ingliz tiliga tarjima qilish asnosida tahlil qilinadi. Xususan, tarixiy leksik birliklar (masalan, “bobolar ruhi”), iboralar (“ko‘ngil ko‘zi”) va poetik nozikliklarning tarjimada saqlanishi masalalari koʻrib chiqiladi. Muammolar yechimi sifatida kontekstual moslashtirish, semantik ekvivalent tanlash va kompensatsiya usullari kabi amaliy strategiyalar e'tibor markazoga qo'yilgan.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 314 ~

BADIIY TARJIMA VA BU JARAYONDA YUZAGA KELUVCHI LEKSIK

MUAMMOLAR

(Erkin Vohidov she’riyati asosida)

Sattorova Dilnura Musirmon Kizi

Third- year- student at the National University of Uzbekistan

named after Mirzo Ulugbek

Jalolova Shakhnoza Mukhamedjanovna

PhD, associate professor

dilnurasattorova0515@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada badiiy tarjima jarayonida yuzaga keluvchi

lingvistik, madaniy va uslubiy qiyinchiliklar yoritilgan bo'lib, ular taniqli oʻzbek
shoiri Erkin Vohidov sheʼrlarini ingliz tiliga tarjima qilish asnosida tahlil qilinadi.
Xususan, tarixiy leksik birliklar (masalan, “bobolar ruhi”), iboralar (“ko‘ngil ko‘zi”)
va poetik nozikliklarning tarjimada saqlanishi masalalari koʻrib chiqiladi.
Muammolar yechimi sifatida kontekstual moslashtirish, semantik ekvivalent tanlash
va kompensatsiya usullari kabi amaliy strategiyalar e'tibor markazoga qo'yilgan.

Kalit soʻzlar:

badiiy tarjima, leksik qiyinchiliklar, madaniy terminlar, milliy

metaforalar, sheʼriy uslub, ekvivalentlik, kontekstual moslashtirish.

Kirish
Tarjima bu nafaqat bir tilni ikkinchi tilga o‘girish balki, ikki madaniyat

o‘rtasidagi muloqot vositasi hamdir. Ayniqsa, badiiy tarjima jarayoni, tarjima
mobaynida bir qancha leksik va grammatik muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki
adabiy asarlar nafaqat lug‘aviy ma’noni, balki poetik ohang, milliy ruh, yozuvchi va
shoirning ichki kechinmalarini ham o‘zida aks ettiradi. Badiiy tarjimada leksik
muammolar, asosan, metaforik birliklar, arxaik yoki tarixiy so‘zlar, shevaga oid
iboralar hamda o‘ziga xos milliy tushunchalarning boshqa tilga tabiiy va to‘g‘ri
ifodalanishida yuzaga keladi. Shu sababli tarjimon lingvistik bilim bilan cheklanib
qolmasdan, original matndagi ma’no va tuyg‘ularni yetkazish uchun badiiy
bo‘yoqlardan ham o‘rinli foydalana olish mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim.

O‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan Erkin Vohidov she‘riyatini

tarjima qilish jarayonida ham badiiy va leksik muammolar kuzatilishi mumkin. Shoir
ijodida xalqona iboralardan keng foydalanilgan bo‘lib, milliy timsollar, tarixiy va
diniy obrazlar, falsafiy qarashlar keng uchraydi. Shu sababli, adibning asarlarini
boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida milliy va tarixiy leksik birliklar, metafora,
metonimiya va iboralar, shuningdek, she‘riy shakl va ritm kabi qiyinchiliklar yuzaga


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 315 ~

keladi. Tarjimon bu muammolarni hal qilish uchun lingvistik, stilistik va estetik
jihatlarni hisobga olishi zarur [1].

Badiiy tarjimada uchraydigan asosiy leksik muammolar quyidagilardir:
1. Tillararo farqlar - har bir tilning o‘ziga xos leksik tizimi va semantik

strukturalari mavjudligi.

2. Madaniy o‘ziga xosliklar - har bir xalqning o‘ziga xos madaniy ifodalari va

timsollari tarjimada qiyinchilik tug‘diradi.

3. She‘riy leksika va metaforalar - poetik ifodalar, iboralar va timsollar

tarjimada ko‘pincha o‘z badiiy ta‘sirini yo‘qotishi mumkin.

Bular tarjimon duch keladigan asosiy muammolar bo‘lib, ayniqsa, she‘riyat

tarjimasida bular yanada keskinroq namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqotda tarjima
jarayonidagi muammolar hamda yechimlar, Erkin Vohidovning she‘rlari asosida olib
borilgan bo‘lib, bu jarayonda original she‘r matni va tarjima o‘rtasidagi o‘xshashlik
hamda farqlarni aniqlash uchun taqqoslash usulidan keng foydalanilgan [2,3].

Milliy va tarixiy leksik birliklar: Shoirning ijodida ko‘plab milliy, tarixiy,

arxaik, shevaga oid birliklarni uchratish mumkin. Misol uchun:

“Bobolar ruhi” – “Ancestors’ spirit” yoki “The spirit of forefathers”
“Ona zamin” – “Motherland” yoki “The sacred land”
Bunday atamalarni tarjima qilishda so‘zma-so‘z usul ishlatilsa, ular o‘z poetik

ta‘sirini yo‘qotishi mumkin. Shu sababli tarjimon muqobil variantlarni topishga
majbur bo‘ladi.

Dialektal va folklor unsurlar: Shoir o‘z ijodida xalqona ifodalarni keng

ishlatgan. Masalan:

“Ko‘ngil ko‘zi” – “The eye of the heart”
“Yo‘l bo‘lsin” – “Where are you heading?” yoki “May your journey be safe”.

Bunday iboralarni so‘zma-so‘z tarjima qilishdan ko‘ra, ularning ma‘no jihatdan
ekvivalent variantini topish orqali she‘rdagi asl mazmun mohiyatni saqlab qolish
mumkin [4].

Tarjima jarayonida qo‘llaniladigan tahlil usullari:
1. Lingvistik tahlil - she‘riy matnlardagi leksik birliklarning semantik va stilistik

xususiyatlari o‘rganiladi.

2. Poetik tahlil - asarning badiiy-estetik jihatlarini saqlab qolish uchun

ishlatilgan usullar tahlil qilinadi.

3. Qiyosiy tahlil - tarjima variantlari taqqoslanib, eng maqbul ekvivalent tanlash

yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Tarjima jarayonidagi asosiy yondashuvlar:

Ekvivalent tanlash - tarjimada aniq ekvivalentlarni topish orqali badiiy

ifodaning to‘g‘ri yetkazilishi ta‘minlanadi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 316 ~

Kompensatsiya usuli - tarjimada yo‘qolishi mumkin bo‘lgan poetik unsurlar

boshqa joyda muqobil tarzda ifodalanadi.

She‘riy ritm va ohangni saqlash - original matndagi ritm, qofiya va ohang

imkon qadar tarjimada ham saqlab qolinadi [5].

Bundan tashqari, tarjimon asarning ruhiyatini to‘g‘ri anglab yetishi va uni

boshqa madaniyat kontekstida qayta yaratishi kerak. Tarjima jarayonida dinamik
ekvivalentlik yondashuvi, ya’ni mazmun va ifodani saqlab qolish orqali badiiy
ta’sirni yetkazish muhim hisoblanadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov she‘riyatini tarjima qilish

jarayonida leksik muammolar tarjimonning ijodiy yondashuvi va badiiy mahoratini
talab qiladi. Milliy va madaniy unsurlarni yetkazish, metaforalar va poetik obrazlarni
tarjima qilish, ritm va qofiyani saqlash kabi masalalar tarjima jarayonining eng
muhim jihatlaridir. Shunday ekan, badiiy tarjima nafaqat lingvistik, balki madaniy va
estetik hodisa hamdir. Shu sababli, har bir tarjima asar muallifining ruhini,
tuyg‘ularini va uslubini maksimal darajada yetkazishga xizmat qilishi lozim. Badiiy
tarjimada innovatsion usullar va zamonaviy tarjima nazariyalaridan foydalanish,
tarjimonning ijodiy mahoratini yanada oshiradi va asarning butunligiga yetarlicha
yaqin turadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimov N. Erkin Vohidov gulshani. To quyosh sochgayki nur. Erkin

Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

2.

Eshqobilova M.P. Erkin Vohidov publitsistikasing ijtimoiy-estetik mohiyati //

Miasto Przyszłości Vol.45, 2024.–B130-133.

3.

G‘afurov.I. Mo‘minov.O. N.Qahramonov. Tajima nazariyasi. – Toshkent:

Tafakkur Bo‘stoni, 2012.– 197 b.

4.

Vohidov E. Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. Muhabbatnoma. – Toshkent:

G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986

Библиографические ссылки

Karimov N. Erkin Vohidov gulshani. To quyosh sochgayki nur. Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

Eshqobilova M.P. Erkin Vohidov publitsistikasing ijtimoiy-estetik mohiyati // Miasto Przyszłości Vol.45, 2024.–B130-133.

G‘afurov.I. Mo‘minov.O. N.Qahramonov. Tajima nazariyasi. – Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2012.– 197 b.

Vohidov E. Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. Muhabbatnoma. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)