Авторы

  • Дилноза Тожибоева
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Биография автора

  • Дилноза Тожибоева , O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
    Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.99008

Ключевые слова:

paralingvistika kinesika estetika ohang pauza verbal noverbal mintaqaviy ahamiyat.

Аннотация

Ushbu maqolada paralingvistika vositalarning tarixiy rivoji,hozirgi davrda ularning qanday ishlatilishi va mintaqaviy ahamiyatini haqida yoritiladi.Shu jumladan, ovoz ohangi,mimika,gester va tana tili kabi noverbal muloqot vositalarining mintaqaviy farqlarda qanday ifodalanishi va muloqot samaradorligiga ta’siri tahlil qiliniladi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 345 ~

PARALINGVISTIKA : TARIXIY RIVOJI,ZAMONAVIY NOVERBAL

VOSITALARI VA ULARNING MINTAQAVIY AHAMIYATI

Tojiboyeva Dilnoza Odilovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili

yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

dilnozaodilovna13@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

paralingvistika

vositalarning

tarixiy

rivoji,hozirgi davrda ularning qanday ishlatilishi va mintaqaviy ahamiyatini haqida
yoritiladi.Shu jumladan, ovoz ohangi,mimika,gester va tana tili kabi noverbal
muloqot vositalarining mintaqaviy farqlarda qanday ifodalanishi va muloqot
samaradorligiga ta’siri tahlil qiliniladi.

Kalit so‘z va iboralar:

paralingvistika, kinesika, estetika, ohang, pauza, verbal,

noverbal, mintaqaviy ahamiyat.

Kirish

Paralingvistika — tilshunoslikning noverbal jihatlarini o‘rganuvchi mustaqil

yo‘nalishdir. Ushbu soha odamlarning muloqot jarayonida nutqdan tashqari vositalar
— ovoz tonlari, intonatsiya, mimikalar, gestlar va tana harakatlari orqali qanday
ma’no uzatishini tahlil qiladi. Agar nutq ushbu vositalar ko‘magisiz tinglovchiga
ifodalanilsa fikr unchalik ham ta’sirchan bo‘lmaydi. Aytiladigan ma’lumot
quruqligicha qolaveradi. Shuni ta’kidlamoqchimizki, har qanday fikrning o‘z
ta’sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada tabiatiga bo‘lishi talab etiladi. Shu jihati
bilan paralingvistika nutqni obrazlantiradi va jonli qiladi. Shuning uchun ham bu
yo‘nalish zamonaviy kommunikatsiya tadqiqotlarida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Insoniyatning og‘zaki nutqdan tashqari muloqot shakllariga ehtiyoji qadim

zamonlardan boshlab mavjud bo‘lgan. Yani, Paralingvistik vositalarga oid
tushunchalar dastlab 1644 yili Angliyada D. Bulverning “Nutq va muloqot qiluvchi
imo-ishora harakatlarini ifodalovchi qo‘lning tabiiy tili va xronologiyasi” nomli
asarida tadqiq qilingan. 1950-yillarda amerikalik olim Jorj L. Trager tomonidan
“Paralingvistika" termini ilmiy muomalaga kiritildi. U paralingvistik vositalarni
nutqning formal bo‘lmagan, lekin mazmunni boyituvchi va ta’sirchanlikni
kuchaytiruvchi jihatlari sifatida ko‘rsatdi. Ohang, urg‘u, pauza va tovush intensivligi
kabi belgilar muloqot mazmunining to‘g‘ri yetkazilishida katta ahamiyatga ega ekani
ilmiy jihatdan asoslandi.

1960–1970-yillarga kelib, paralingvistika mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida

shakllanib bordi. Ayniqsa, Erving Goffman, Ray Birdwhistell, Edward Hall va Albert


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 346 ~

Mehrabian kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bu sohaning nazariy
poydevorini mustahkamladi.

Jahon tilshunosligida paralingvistika fani deyarli barcha tillarda o‘rganilgan

bo‘lsa-da, ularda noverbal vositalar verbal vositalarga nisbatan asosan ikkilamchi
komponent sifatida qarab kelinmoqda. Shundan kelib chiqqan holda hozirgi zamon
tilshunosligida diplomatik, iqtisodiy, siyosiy va turistik muloqotlar chog‘ida
madaniyatlararo farqlarning yuzaga kelishini o‘rganish tilshunoslar e’tiborini alohida
jalb etgan eng dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.Shu sabalarga kora, ilm-
fan va texnikaning taraqqiyoti fanlararo integratsiya masalasini keltirib chiqardi va
ma’lum bir fan doirasidagi hodisaning boshqa fanlarda ham uchrashini isbot qildi. Bu
o‘z navbatida tilshunoslikda paralingvistika haqidagi qarashlarning kengayishiga olib
keldi. Bu borada rus olimi I.Yakovlevning fikrlari e’tiborga loyiq. U noverbal
muloqotning komponentlarini quyidagi 9 ta guruhga ajratgan:

1.Kinesika (tana harakati).
2.Vokalika (paralingvistika, ovozning akustik xususiyatlari).
3.Fizik xarakteristika (gavda qismi shakli, o‘lchami, soch rangi).
4.Xaptika (tana qismiga teginish).
5.Proksemika (joylashuv manzili).
6.Xronomika (vaqt).
7.Artefakt (kiyinish, bezanish, kosmetika).
8.Olfaktika (hid bilish).
9.Estetika (musiqa, rang).

Shuningdek, hozirgi kunda yoshlar orasida mashhur bolagan smayliklar(

) va

koplab punktuatsion belgilar( @,??) kabi vositalar ham shu noverbal ifoda qatoriga
kira boshladi.

Paralingvistik vositalarning ishlatilishi nafaqat shaxsga yoki vaziyatga, balki

muayyan madaniy va mintaqaviy omillarga ham chambarchas bog‘liq. Turli
xalqlarning muloqot odatlari, ijtimoiy qadriyatlari, estetik qarashlari va hatto iqlim
sharoitlari ham paralingvistik vositalarning turfa ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishiga
sabab bo‘ladi. Masalan, Sharq xalqlari, jumladan o‘zbeklar orasida mimika va gestlar
cheklangan, ko‘proq muloyim, nazokatli harakatlar afzal ko‘riladi. Bunday
jamiyatlarda ko‘z bilan uzoq muddatli muloqot ba’zida odobsizlik deb qabul qilinadi.
Aksincha, G‘arb mamlakatlarida yuz ifodalari, keng harakatlar va ochiq ko‘z kontakti
odatiy va ijobiy baholanadi.Va Qo‘lini musht qilib bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarib
ko‘rsatish o‘zbek, usmonli turk, rus va inglizlarda yaxshi va zo‘r ma’nosini ifodalasa,
o‘z navbatida amerikada mashina to‘sish, inglizlarda 5 raqami, ayrim yevropa
davlatlarida haqoratni ifodalaydi.

Agar Paralingvistik vositalarning mintaqaviy tafovutlarini e’tiborga olinmasa,

madaniy to‘qnashuvlarga, noto‘g‘ri tushunishlarga va muloqotdagi noqulayliklarga


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 347 ~

olib kelishi mumkin. Shuning uchun madaniyatlararo muloqotda paralingvistik
signallarni to‘g‘ri talqin qilish muhim ijtimoiy kompetensiya sifatida baholanmoqda.

Xulosa sifatida shuni takidlashimiz mumkinki, paralingvistik vositalar nutqni

jonlantiruvchi, uning samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri sifatida
inobatga olinishi, o‘rganilishi zarur. Tabiiyki, Zamonaviy noverbal vositalar —
intonatsiya, mimika, gestlar, tana harakati va boshqa ko‘plab belgilar — muloqot
samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa,
paralingvistik vositalarning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish madaniyatlararo
muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,
bugungi globallashuv sharoitida paralingvistik bilim va ko‘nikmalar har bir inson
uchun dolzarb ehtiyojga aylanmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 1.Majidova R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2021
2. Trager, G.L. (1958). Paralanguage: A First Approximation. Studies in

Linguistics.

3.Z.A.Xolmatova. Paralingvistika tarixi hozirgi davrda ularning reklamadagi

ahamiyati.- Fargona, 2022

4.Abdumalikova Dilfuza. Mintaqaviy paralingvistika vositalari.-Jizzax 2023

Библиографические ссылки

1.Majidova R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2021

Trager, G.L. (1958). Paralanguage: A First Approximation. Studies in Linguistics.

Z.A.Xolmatova. Paralingvistika tarixi hozirgi davrda ularning reklamadagi ahamiyati.- Fargona, 2022

Abdumalikova Dilfuza. Mintaqaviy paralingvistika vositalari.-Jizzax 2023