Авторы

  • Зулфия Тожибоева
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Биография автора

  • Зулфия Тожибоева , O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
    3-bosqich talabasi Toshkent, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.99010

Ключевые слова:

Alisher Navoiy ruboiylar axloqiy ogitlar pandona turkiy adabiyot falsafa hikmat ishq etika.

Аннотация

Alisher Navoiyning ruboiylari, turkiy adabiyotning buyuk shoirlaridan biri sifatida, chuqur falsafiy va axloqiy qarashlarni aks ettiradi. Uning asarlari, xususan, “Hazoyin ul-Maoniy” to‘plamida joylashganlar, insoniy munosabatlar, ishq va haqiqat izlash haqida hikmat, maslahatlar va tushunchalarni taqdim etadi. Ushbu maqolada Navoiyning ruboiyalaridagi “Pandona” yoki axloqiy o‘gitlar o‘rganiladi. Uning asarlaridan namunalar tahlil qilinib, Navoiy haqiqatda sodiqlik, samimiyat va sabr-toqatni ishq va hayotda qadrini ta‘kidlaydi. Sun‘iylik, materializm va ikkiyuzlamachilikdan voz kechish haqidagi uning maslahatlari o‘quvchiga doimiy ravishda shaxsiy rivojlanish va axloqiy hatti-harakatlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi. Ushbu tahlilda biz Navoiyning she‘riy hikmatining dolzarbligini va uning jamiyatdagi qadriyatlarni aks ettirishini ko‘rib chiqamiz.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 352 ~

ALISHER NAVOIY RUBOIYLARIDA PANDONA RUH

Tojiboyeva Zulfiya Olimjon qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 3-bosqich talabasi

Toshkent, O‘zbekiston

zulfiyaxolmuminova@gmail.com

Annotatsiya:

Alisher Navoiyning ruboiylari, turkiy adabiyotning buyuk

shoirlaridan biri sifatida, chuqur falsafiy va axloqiy qarashlarni aks ettiradi. Uning
asarlari, xususan, “Hazoyin ul-Maoniy” to‘plamida joylashganlar, insoniy
munosabatlar, ishq va haqiqat izlash haqida hikmat, maslahatlar va tushunchalarni
taqdim etadi. Ushbu maqolada Navoiyning ruboiyalaridagi “Pandona” yoki axloqiy
o‘gitlar o‘rganiladi. Uning asarlaridan namunalar tahlil qilinib, Navoiy haqiqatda
sodiqlik, samimiyat va sabr-toqatni ishq va hayotda qadrini ta‘kidlaydi. Sun‘iylik,
materializm va ikkiyuzlamachilikdan voz kechish haqidagi uning maslahatlari
o‘quvchiga doimiy ravishda shaxsiy rivojlanish va axloqiy hatti-harakatlar bo‘yicha
yo‘l-yo‘riq beradi. Ushbu tahlilda biz Navoiyning she‘riy hikmatining dolzarbligini
va uning jamiyatdagi qadriyatlarni aks ettirishini ko‘rib chiqamiz.

Kalit so'zlar:

Alisher Navoiy, ruboiylar, axloqiy ogitlar, pandona, turkiy

adabiyot, falsafa, hikmat, ishq, etika.


Haqiqiy ijod o‘lmaydi, u mangulikka dahldor bo‘ladi. Shu jihatdan barchamiz

qutlug‘ nomi adabiyotga muhrlangan Mir Alisher Navoiy hazratlaridek zot bilan
haqli ravishda faxrlanamiz, g‘ururlanamiz. Navoiy hazratlari butun hayotini ijodga
bag‘ishladilar. U o‘zining turkiy tilida yozgan butun lirik merosini umrining to‘rt
fasliga moslashtirib to‘rt devonga ajratadi va uni “Hazoyin ul-maoniy” deb nomlaydi
[Alisher Navoiy, 1959-60]. Bu kulliyotning birinchi devoni “G‘aroyib us-sig‘ar”da
jami 133ta ruboiy keltirilgan bo‘lib, ularning mavzu ko‘lami ham turlicha va o‘ziga
xos. Navoiy lirikasidagi ishq talqini butunlay o‘zgacha ruhda. Shuningdek shoir
dahosini uning pandona, ibratomuz ruboiylaridan ham kashf etishimiz mumkin.
Quyida Hazrat Navoiyning o‘git, pand-nasixat ruhidagi ruboiylariga to‘xtalamiz:

Gar oshiq esang mehr-u vafo qilma havas,
Dard istavu daf’ig‘a davo qilma havas.
Hijron-u visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdin g‘ayri rizo qilma havas.
Navoiy ushbu ruboiysida, agar sen oshiq bo‘lsang yoringdan sira mehr-u vafo

kutmagin, uning marhamatidan umidvor bo‘lmagin. Oshiqlikdek dardni ko‘nglingga
ista-yu, ammo uni daf etmoq, darddan xalos bo‘lmoq uchun davodan umid qilma.
Ya’ni, bu bedavo dard. Agar uning davosi visol bo‘lsa, bor umring hijronda kechar,


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 353 ~

visolni esa mutlaqo havas qilma, undan umidvor bo‘lmagin. O‘z sevikli yoring,
dildoringdan o‘zgasining roziligini orzu etma. Neki qilsang o‘z mahbubang roziligi
uchun qil. Neki sitam cheksang o‘z yoringni deb qayg‘urgil [Alisher Navoiy, 1959-
60]. Ya’niki, haqiqiy oshiq o‘z muhabbatiga evaz talab qilmaydi, o‘z holini
o‘ylamaydi,

mahbubasidan

o‘zgasiga

nazar

tashlamaydi,

demoqchi

bo‘ladi.Navoiyning nazdida, haqiqiy ishq zahmatli bo‘lishi lozim. Haqiqiy ishq
sohibi esa oshiqlikni tanlagan ekan, bu yo‘ldan sira chekinmaydi, sinovlarga dosh
berishga qodir bo‘ladi. Shu o‘rinda Navoiy oshiq ahliga ibrat ko‘zgusini tutib,
haqiqiy oshiq qanday bo‘lishi lozimligi haqda uqtirib o‘tadi [N.Mallayev, 1976].
Oshiqlikni havas etganlarga nasihat qiladi, bu yo‘lning zahmatlaridan ogoh
etmoqchidek bo‘ladi. Quyidagi ruboiy ham yuqorida keltirilgan ruboiyga hamohang,
go‘yoki uning davomi kabi jaranglaydi:

Gar oshiq esang zeb-u

takalluf

ni unut,

Yaxshi-yuyomon ishda

taxalluf

ni unut.

O‘tkan gar eruryomon

taassuf

niunut,

Kelgan gar erur yaxshi

tasarruf

ni unut.

فلكت

-(takalluf)- sun’iylik, soxtalik, serhashamlik, jimjimadolik, iymanish,

فسأت- (taassuf) - afsuslanish, achinish, kuyinish
فرصت- (tasarruf)- o‘zi xtiyoriga olish, o‘zboshimchalik
Navoiy ushbu ruboiysida ham yuqoridagi g‘oyalarni singdirishni maqsad qilgan,

deyish mumkin. Agar deydi, shoirimiz, sen oshiq bo‘lsang, serxashamligu soxtalikni
unutgin, o‘zingga ortiqcha zeb bera ko‘rma, rohat-u farog‘atni zinhor hayol etmagin.
Yaxshi-yu yomonga kuyinmagin, o‘z ishqingga sadoqatli bo‘l [Alisher Navoiy, 1959-
60]. Ya’nikim, oshiqlik shunday mashaqqattalab yo‘lki, uni faqat ulkan bardoshli
insonlargina bosib o‘tishlari mumkin, agar sen shu yo‘lda ekansan demak senga
sadoqat-u bardoshdan yaxshiroq hamroh topilmaydi, deb uqtiradilar hazrat Navoiy.
Keyingi ruboiyga ham nazar solaylik:

Bir aybg‘a garchi xalq qilg‘ay

mansub,

Faqr ahlidin iztirob emastur

mahsub

.

Sidq ersa xud etmak kerak o‘z fe’lini xo‘b,
Kizb ersa, malomat dag‘i bordur

matlub

.

بوسنم (mansub)- tegishli, aloqador, taaluqli, oid.

(بلصم

matlub

)

– talab, ehtiyoj, maqsad

Ushbu ruboiyda Hazrat insonlarga ko‘zgu tutib, ularga o‘z akslarini

ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar, nazarimizda. Agar xalq kishini biror bir noma’qul ishni
qilganlikda ayblasa, kishini shu aybni qilishga qodir deb hisoblasa, buning bari shu
kishining xatti-harakatlari, fe’l-u atvori sabablidir. Agar kishi rostgo‘y bo‘lsa u o‘z
fe’lini yana ham yaxshilashi va yoki aksincha deganlarining bari yolg‘on kish I bo‘lsa


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 354 ~

unga xalqdan malomat, ta’na-yu dashnom toshlari otilajak. Xalq uni zinxor
siylamaydi.

Navoiyning keyingi ruboiysida shohlik sifatlari hususida so‘z boradi:
Eldin qochib ulki, tutsa tog‘ ichra qaror,
Sovug‘da yeri butog‘ning

javf

ida g‘or.

Issig‘ da makoni andakim, yotmish qor,
Olam elining shahlig‘idin bor anga or.
فوج (javf)- bir narsaning ichi,bo‘shliq, kavak
Agar qaysiki hukmdor o‘z elini o‘ylamay sovuqda tog‘ning g‘oridagi kovakka

borib jon saqlasa, issiqda qorli tog‘larni tashlab elga qaytishni odat qilgan bo‘lsa,
butun olamda uning shohligidan or qiladilar. Uni hech kim hukmdor deb tan olmaydi
[Alisher Navoiy, 1959-60]. Ya’nikim, hukmdor o‘z manfaatini emas xalq manfaatini
o‘ylashi lozim. Adolatli, odil, hisobdon bo‘lishi, xalqning osoyishtaligi-yurt tinchligi
uchun qayg‘urishi kerak.

Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa,

fano

dur anga shart,

Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.

انف

ء (fano)- o‘lim, o‘lish, yo‘q bo‘lish, halokat
Ushbu ruboiy ham saltanat boshqaruvi haqida, shohlik siyosati haqida

mulohazalar bayoni keltiriladi. Agar kimki saltanatni, davlatni istasa, uning sharti
sahovatdur. Xalqiga nimaniki va’da qilgan bo‘lsa unga vafo qilmog‘i shartdir. Agar
kimki, faqirlikni, Olloh ishqini talab qilsa, uning sharti fanodur. Ya’ni yo‘qlikka
yo‘llanishdir. Oldiga nimaniki keltirishsa shunga qanoat va rizolik unga shartdir, deb
ta’kidlaydi shoirimiz Mir Alisher Navoiy hazratlari.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Navoiyning ruboiylari o‘ziga xos alohida

yo‘nalishda yozilgani chin. Navoiy hazratlarining nafaqat ruboiylari balki butun bir
ijod namunalari, har qaysi janrdagi she’rlari pandona ruh bilan sug‘orilgan. Sababi
Navoiy millatimizning buyuk donishmandi, mutafakkir zoti bo‘lgan. Shu boisdan,
ishonch bilan ayta olamanki, hazrat Mir Alisher Navoiyning tabarruk nomlari hech
qachon hech birimizning yodimizdan o‘chmaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.

Alisher Navoiy. Hazoyin ul-maoniy. Mukammal asarlar to'plami. 1-6 jild.

Toshkent: Fan nashriyoti, 1959-1960.

2.

N.Mallayev. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O'zbekiston, 1976.

3.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. O'zbek adabiyoti faniga oid

materiallar. www.uzedu.uz.

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. Hazoyin ul-maoniy. Mukammal asarlar to'plami. 1-6 jild. Toshkent: Fan nashriyoti, 1959-1960.

N.Mallayev. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O'zbekiston, 1976.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. O'zbek adabiyoti faniga oid materiallar. www.uzedu.uz.