Авторы

  • Азизахон Умарова
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.99014

Ключевые слова:

til jamiyat ijtimoiy tilshunoslik ijtimoiy xulq-atvor zamonaviy yoʻnalishlar sotsiolongvistika jamiyat.

Аннотация

Ushbu tezis XX - XXI asrlar tilshunosligining zamonaviy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan sotsiolongvistika (ijtimoiy tilshunoslik) ga bagʻishlangan. Tezis ijtimoiy tilshunoslik sohasining shakllanishi, unga boʻlgan qiziqishning nima sababdan kuchayib borgani, uning oʻrganish obyektlari hamda yoʻnalishlari haqida soʻz yuritadi. Ushbu tezisdan koʻzlangan aniq maqsad sotsiolongvistika va uning oʻrganish doirasi haqida kengroq ma'lumot berish hamda uning til jamiyatidagi oʻrni toʻgʻrisida soʻz yuritishdan iborat.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 369 ~

SOTSIOLINGVISTIKA: TIL VA JAMIYAT O‘RTASIDAGI MURAKKAB

MUNOSABATLAR

Umarova Azizaxon Xasan qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

azizaumarova07@gmail.com

Annotasiya:

Ushbu tezis XX - XXI asrlar tilshunosligining zamonaviy

yoʻnalishlaridan biri boʻlgan sotsiolongvistika (ijtimoiy tilshunoslik) ga
bagʻishlangan. Tezis ijtimoiy tilshunoslik sohasining shakllanishi, unga boʻlgan
qiziqishning nima sababdan kuchayib borgani, uning oʻrganish obyektlari hamda
yoʻnalishlari haqida soʻz yuritadi. Ushbu tezisdan koʻzlangan aniq maqsad
sotsiolongvistika va uning oʻrganish doirasi haqida kengroq ma'lumot berish hamda
uning til jamiyatidagi oʻrni toʻgʻrisida soʻz yuritishdan iborat.

Kalit soʻzlar:

til, jamiyat, ijtimoiy tilshunoslik, ijtimoiy xulq-atvor, zamonaviy

yoʻnalishlar, sotsiolongvistika, jamiyat.


Hozirgi

zamon

tilshunosligida

psixolingvistika,

sotsiolongvistika,

etnolingvistika, neyrolingvistika, kognitiv lingvistika va kompyuter lingvistikasi kabi
zamonaviy yoʻnalishlari mavjud. Tezis davomida shu yoʻnalishlardan biri boʻlgan
sotsiolongvistika haqida soʻz yuritiladi. Zamonaviy yoʻnalishlarga boʻlgan
qiziqishning kuchayib borayotgani quyidagi sabablar bilan izohlanadi: a) hozirgi
jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda; b)
tilshunoslik shu vaqtga qadar faqat tilning ichki tuzilishini oʻrganish bilangina qiziqib
keldi, tilning jamiyat bilan, oʻsha til egasi boʻlgan xalq tarixi, urf-odati bilan
munosabati, muammosi tilshunoslar tomonidan chetda qolmadi.

Til ijtimoiy hodisa boʻlganligi uchun u jamiyat hayoti bilan uzviy bogʻliq va bu

tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning taʼsiri
kabi masalalar bilan shugʻullanuvchi sotsiolongvistika yoʻnalishining shakllanishiga
olib keldi. Ayniqsa zamonaviy ijtimoiy rivojlanish hamda ilmiy-texnika inqilobi
tilning sotsiolongvistik va struktur oʻrganish muammolarini chuqur tahlil qilishni
hayotiy zaruriyat qilib qoʻydi.Sotsial lingvistika fonologik sistema birliklaridan tortib
butun til strukturasigacha bo‘lgan barcha til hodisalarini ijtimoiy shartlashgan
hodisalar deb qaraydi. Barcha ijtimoiy hodisalar ichida til sistemasi eng yopig‘i
hisoblanadi, o‘ziga xos xususiyatlariga va murakkab strukturaga ega.

Jamiyat lingvistik hayotiga ilmiy-texnika inqilobi ta’sirining xarakteri, tempi,

ko‘lami, sohalari va xususiyliklarini aniqlash sotsiolingvistikaning eng muhim va
dolzarb vazifasidir. Lingvistikaning sotsiolingvistik tadqiqotlar obyekti bo‘lmish
tomonlari – terminologik tizimlarning paydo bo‘lishi va ularni uzluksiz


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 370 ~

differensiatsiyalanishi, dunyo tillari ijtimoiy funksiyalarining notekis rivojlanish
jarayonlari, hududiy dialektlarning maydalashuvi, leksik-semantik va stilistik
sistemalarga jamiyatdagi mafkuralar ta’sirining kuchayishi kabi masalalariga ilmiy
texnikaning rivojlanishi eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik,

sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari
tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga
taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq
koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi. Ushbu
muammolarning ayrimlari (til va jamiyat) umumiy tilshunoslik doirasida ham
oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlar aro maqomi u foydalanadigan tushunchalar
majmuida namoyon boʻladi.

Sotsiolongvistika - tilning jamiyatdagi xizmatini oʻrganish sohasidir.

Sotsiolingvistika – tilning jamiyatdagi xizmatini o`rganish sohasidir, u tilning

jamiyatdagi o`rni va xizmati, uning qo`llanilishdagi xususiyatlarini ilmiy tadqiq etadi.
Sotsiolingvistika tillarning jamiyatda qo`llanishiga ko`ra rasmiy, davlat,elat, kabilar
tillariga ajratadi.Odatda umumiy tillar rasmiy va davlat tili deb eʼlon qilinadi. Baʼzi
davlatlarda 2-3 dan ortiq tillar rasmiy til deb eʼlon qilingan

Tadqiq metodlari tilshunoslik yoʼnalishini belgilashi va ilmiy maktab koʼp

hollarda metod nomi bilan atalishi sababli “qiyosiy-tarixiy tilshunoslik”, “Naturalistik
tilshunoslik”, “Komparativistika”, “Geneologik tilshunoslik”, “Formal tilshunoslik”,
“Funksional tilshunoslik”, “Аreal tilshunoslik”, “Struktur tilshunoslik”, “Deskriptiv
tilshunoslik”, “Matematik tilshunoslik”, “Kompyuter tilshunosligi”, “Psixologik
tilshunoslik” (psixolingvistika) kabi yoʼnalishlarga bagʼishlangan ish va fayl-u
saytlarda shu yoʼnalish uchun yetakchi boʼlgan tadqiq metodlari haqida maʼlumot
olish mumkin.

Sotsiolongvistika va uning mohiyati.

SOTSIOLINGVISTIKA – tilshunoslikning bir sohasi bo‘lib, tilni mavjud

ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Ijtimoiy shart-sharoitlar
deganda tilning haqiqatda amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tashqi
holatlar majmuitushuniladi: jamiyatda tildan foydalanadigan insonlar, ushbu
jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, til egalarining yoshi, ijtimoiy maqomi, madaniyat va
ta’lim darajasi, yashash joyi, shuningdek, muloqot vaziyatiga qarab ularning nutqiy
xatti-harakatlarida farqlanadir. Tilga sotsiolingvistik yondashuvning o‘ziga xos
xususiyatlarini va ushbu ilmiy fanning “sof” tilshunoslikdagi farqini tushunish uchun
uning kelib chiqishini ko‘rib chiqish, boshqa lingvistik fanlar orasida maqomini,
obyekti va sotsiolingvistika foydalanadigan asosiy tushunchalarni aniqlash, uning
vakolati doirasiga kiradigan eng tipik muammolarni aniqlash, tadqiqot usullarini va
XX asr oxiriga kelib shakllangan sotsiolingvistika yo‘nalishlarini aniqlash zarur.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 371 ~

Tilshunoslikda sotsiolingvistik yo‘nalish o‘z faoliyati davomida til sotsiologiyasi,
sotsiologik lingvistika, sotsiologik tilshunoslik, lingvistik sotsiologiya, lingvosokabi
tsiologiya, sotsiolingvistika, sotsial lingvistika bir necha turli nomlarga ega bo‘lgan.

Sotsiolongvistika tarixi.

Zamonaviy sotsiolingvistikaning asoschilaridan biri, amerikalik tadqiqotchi

Uilyam Labov uni ijtimoiy kontekstda tilni o‘rganuvchi fan sifatida ta’riflaydi. Ushbu
ilmiy soha mutaxassislarining diqqat markazi tilning ichki tuzilishiga emas, balki tilni
ishlatayotgan jamiyatdagi odamlarning undan qanday foydalanishiga qaratilgan. Shu
bilan birga, tilning ishlashi va qo‘llanilishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha
omillar hisobga olinadi: gapiruvchilarning turli ijtimoiy xususiyatlari (yoshi, jinsi,
ta’lim va madaniyat darajasi, kasbiy faoliyati turi)dan tortib, aniq nutq aktining
ijtimoiy sharoitlarigacha. Xo‘sh, gapiruvchilarning qaysi xususiyatlari ularning
nutqiga ta'sir qiladi?

1

. Odam yashaydigan professional va ijtimoiy muhit

. Bir kasbga mansub

odamlar ko‘pincha yopiq guruhlarni tashkil qiladi va bu guruhga mansublik belgisi
bo‘lgan o‘ziga xos tilni shakllantiradilar. Hozirgi vaqtda bu dasturchilar va
kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan kishilarning tilidir: monitor – ko‘z, kompakt-disklar
– quymoqlar, foydalanuvchi – yuser va hokazo. Agar o‘rganilayotgan mavzu
bolaning nutqi bo‘lsa, uning ota-onasining kasbga mansubligi muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi. K. Chukovskiyning "От двух до пяти" (Ikkidan beshgacha) nomli kitobida
bolalar nutqining yorqin misollari keltirilgan: a) sotuvchining o‘g‘li: «Men hammani
birdek yaxshi ko‘raman, lekin onajonimni bir raqam ko‘proq»; b) yozuvchining
o‘g‘li: «Dada, shu karusellarning muharririga aytsangiz: men ham, nihoyat, uchib
ko‘rsam bo‘lmaydimi?» Ushbu misollar odamning nutqi uning professional
mansubligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

2. Ta'lim xususiyatlari

. Sotsiologlar texnik va gumanitar ziyolilar nutqini

o‘rganish asosida shuni aniqladilar: texnik ziyolilar nutqi ko‘proq professional jargon
ta’siriga duchor bo‘ladi, gumanitar ziyolilar nutqi esa ko‘proq konservativ bo‘lib,
adabiy me’yorga bo‘ysunadi.

3. Nutqiy vaziyat

. Turli muloqot holatlari turli til vositalaridan foydalanishni

talab qiladi. Bu haqida sotsiolingvistika tug‘ilishidan oldin ham A.S. Pushkin yaxshi
tushunchaga ega bo‘lib quyidagi jumlalarni yozgan: «Jamiyatda qo‘shningizning
tirsagiga teginib ketsangiz, juda yaxshi uzr so‘raysiz. Lekin olomon ichida yurib, bir
do‘konchiga tegib ketsangiz, unga: "Mille pardon" demaysiz. Siz aravakashni
chaqirasiz va unga: "Kolomnaga boshla," deysiz, "Marhamat qilib, Kolomnaga olib
borishingizni iltimos qilaman," emas.» Keltirilgan misol turli holatlarda
so‘zlovchining muloqotda turli mavqega ega ekanligini ko‘rsatadi: teng mavqeda
(jamiyatda), muloqotdagi hamkoridan ustun (do‘konchi, aravakash), muloqotdagi
hamkoriga bo‘ysunuvchi (boshliq – bo‘ysunuvchi). Muloqot jarayonida odamlar bir-


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 372 ~

birlari bilan juft ijtimoiy rollar tizimi orqali bog‘lanadi. Rolning turi nutqning
xarakteri va nutqiy xulq-atvorini belgilaydi. Buyruq ohanglari o‘qituvchi va shifokor
nutqida tabiiydir (Nafas oling! Nafasni ushlang!) va bu intonatsiyalar ushbu kasb
vakillari xizmat doirasidan tashqariga chiqqanda nojoizdir. Qanday holatlarda,
qanday rollarda o‘zini qanday tutish kerakligi haqidagi tasavvur til ijtimoiylashuvi
jarayonida shakllanadi.

4.

Tilning ishlatilinishi insonning yashash joyiga bog‘liq

(janubda – malako,

shimolda – moloko).

Sotsiolongvistikaning obyekti va predmeti.

Tadqiqotchilar otsiolingvistikaning obyekti til, predmeti esa tilning ishlashi va

nutq omillarini aniqlashdir degan xulosaga kelishgan. Sotsiolingvistikaning yosh fan
sifatidagi o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:

1

) Ushbu fan kundalik hayotda xato qilishi va me'yorlarni buzishi mumkin

bo‘lgan odamlar bilan ham shug‘ullanadi. Sotsiolingvistika uchun tilning ishlash
xususiyatlari nimadan kelib chiqishini tushunish muhimdir;

2

) Sotsiolingvistikani tilni uning ijtimoiy kontekstida o‘rganuvchi fan sifatida

aytish mumkin, chunki uning obyekti tilning ishlashi bo‘lib, bu til ma'lum bir ijtimoiy
tuzilishga ega bo‘lgan jamiyatda amal qiladi.

Demak, sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy faoliyatidir. Til

muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‘lgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatadi, shunga
ko‘ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy kontekstda o‘rganadigan fan deyish mumkin.
Boshqacha aytganda, sotsiolingvistika insonlarga tildan qanday foydalanish, qanday
foydalanishlarini, qanday gapirishlarini o‘rganadi.Sotsiolingvistika obyektiga daxldor
tushunchalardan biri “til jamoasidir”. “Til jamoasi” deganda ma’lum bir tilde
so‘zlashuvchi unga egalik qiluvchi omma tushuniladi. Bu atama keng va tor ma’noda
ma’nolarda ishlatiladi. U tor ma’noda muayyan bir davlat yoxud millatni o‘z ichiga
oladi.

Xulosa

Sotsiolingvistika – til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganadigan fan

sifatida

lingvistikaning

muhim

yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tezisda

sotsiolingvistikaning mohiyati, predmeti, tarixi va vazifalari yoritildi. Demak,
sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy faoliyatidir. Til muayyan
ijtimoiy strukturaga ega bo‘lgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatadi, shunga ko‘ra,
sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy kontekstda o‘rganadigan fan deyish mumkin.
Boshqacha aytganda, sotsiolingvistika insonlarga tildan qanday foydalanish, qanday
foydalanishlarini, qanday gapirishlarini o‘rganadi.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1."Umumiy Tilshunoslik fanidan maʼruzalar matni" 23-233 betlar.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 373 ~

2.Begmatov E. Nutq madaniyati muammosining paydo boʻlishi va asoslanishi//

Nutqmadaniyatiga oid masalalar. – Toshkent: Fan, 1973, 166-167-betlar.

3.Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в

лингвистики. Вып. VII Москва, 1975

4.Musaev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – T.: Fan, 2005. – 352 b.
5. Rahimov Gʼ. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – T.: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2016. – 176 betlar.

Библиографические ссылки

"Umumiy Tilshunoslik fanidan maʼruzalar matni" 23-233 betlar.

Begmatov E. Nutq madaniyati muammosining paydo boʻlishi va asoslanishi// Nutqmadaniyatiga oid masalalar. – Toshkent: Fan, 1973, 166-167-betlar.

Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистики. Вып. VII Москва, 1975

Musaev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – T.: Fan, 2005. – 352 b.

Rahimov Gʼ. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2016. – 176 betlar.