Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 65 ~
TURONNING ETNOSIYOSIY JARAYONLARIDA XIONLAR: TARIXIY-
TAHLILIY YONDASHUV
XIONS IN THE ETHNO-POLITICAL PROCESSES OF TURAN: A
HISTORICAL-ANALYTICAL APPROACH
Nurullayev Jahongir Abdumalikovich
Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada IV
–
V yuzyilliklarda Turon hududida faoliyat
yuritgan xionlarning etnosiyosiy o‘rni tarixiy manbalar va tahliliy yondashuvlar
asosida o‘rganilgan. Muallif xionlar haqida turli manbalarda uchraydigan
nomlanishlar, ularning etnik tarkibi, siyosiy harakatlari va Sosoniylar imperiyasi bilan
munosabatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot davomida xionlar eroniy, turkiy va oltoy
unsurlarini o‘zida mujassam etgan murakkab konfederativ tuzilma sifatida tavsiflanadi.
Maqolada shuningdek, xionlarning tarixiy obrazining mifologik ildizlari va real siyosiy
jarayonlar bilan qorishib ketgani ilmiy asosda yoritiladi. Maqola Turon va Eron
o‘rtasidagi geosiyosiy munosabatlarni chuqur anglashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar.
xionlar, Turon, etnosiyosiy jarayonlar, kidarlar, eftallar,
Sosoniylar, Kushonlar, Avesto, Grumbat, zardushtiylik, migratsiya.
Abstract.
This article studies the ethnopolitical role of the Khions, who operated
in the territory of Turan in the 4th
–
5th centuries, based on historical sources and
analytical approaches. The author analyzes the names of the Khions found in various
sources, their ethnic composition, political movements, and relations with the Sasanian
Empire. During the study, the Khions are described as a complex confederal structure
that combines Iranian, Turkic, and Altaic elements. The article also sheds light on the
mythological roots of the historical image of the Khions and their mixing with real
political processes on a scientific basis. The article serves to provide a deeper
understanding of the geopolitical relations between Turan and Iran.
Keywords.
Khions, Turan, ethnopolitical processes, Kidar, Hephthalites,
Sasanians, Kushans, Avesta, Grumbat, Zoroastrianism, migration.
Kirish
IV asrda tarixiy Turon yoki bugungi Markaziy Osiyo
–
yangi etno-siyosiy
harakatlar maydoniga aylandi. Bu davrda mintaqaga turli yozma manbalarda turlicha
atalgan xalqlar va qabilalar to‘lqini kirib keldi. Ularning umumiy nomi mualliflarning
kelib chiqishi,
tili va siyosiy ko‘z
-qarashidan kelib chiqqan holda turlicha berilgan.
Masalan, lotin tilli mualliflar ularni
Chionitae
, yunonlar
Kidar xunlari
deb, hind
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 66 ~
manbalarida
Xuna
, arman adabiyotida
Xonk
va
Kushonlar
, xitoy manbalarda esa
Ta
Yuechji
yoki
Kichik Yuechji
deb atashgan.
Ushbu xalqlarning nomlanishidagi xilma-xillik, aynan qaysi qabila yoki davlatga
tegishli ekanligini aniqlashda biroz qiyinchilik tug‘diradi. Ta’riflar tahlili shuni
ko‘rsatadiki, “xunlar” va “xionlar” umumlashma etnonim bo‘lib, “kidarlar” esa
esa
ularning hukmdori “Kidara” ismidan olingan sulola oti deb tushunilishi
. Arman va
xitoy manbalarining tahliliga asoslanganda, kidarlar o‘zlarini Kushon podsholari
vorislari sifatida ko‘rgan, bu esa ularning yetakchilik da’volariga ildiz solgan.
Xionlarning etnik kelib chiqishi va til masalasi
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar –
turli manbalarda turlicha atalib,
ular haqidagi ilk yozma ma’lumotlar milodiy IV asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.
G‘arblik mualliflar bu xalqlarni
Chion
(Xion) deb atagan bo‘lsa, sug‘d manbalarda
ularga
Xun
, qadimgi xitoy manbalarda esa
Xunnu
(
匈奴
) degan nom berilgan Bu
atamalar ko‘p hollarda umumiy etnonim sifatida ishlatilib, ma’lum etnopolitik
tuzilmalarni ifoda etgan.
Xitoy manbalaridan “Bey
-
shi” (
Bei Shi
, VI asr) xronikasida keltirilishicha, ushbu
xunlar ma’lum bir sharoitda Sug‘d (xitoycha
Sude
) hukmdorini o‘ldirgan va uning
hokimiyatini egallaganlar. Manbada qayd etilishicha, ushbu voqeadan so‘ng to‘rt avlod
o‘tgani zikr etilgan
, bu esa xunlar hukmronligining muayyan davomiyligini anglatadi.
Shu bilan bir vaqtda, yunon va vizantiya manbalaridan bilinishicha, xunlar
chamasi 350-yillar atrofida Turon
–
bugungi Markaziy Osiyo yerlariga kirib kelgan.
Bu xronologiya Ammian Marsellin asarlari orqali ham tasdiqlanadi. Uning
ma’lumotlariga ko‘ra, mana shu davrda xionlar ilk bor Sosoniylar davlatiga tahdid sola
boshlagan va ular “sharqdagi dushman xalq” sifatid
a tilga olingan.
Eronshunos olim
R.N. Fray xionlarning ko‘pchilik qismi eron tilida
so‘zlashganini ta’kidlaydi. Xususan, R.N. Frayning fikricha, Sharqiy eron xalqi
sifatida keyingi harakterga ega bo‘lishiga qaramay, xionlarning shakllanishida hech
bo‘lmaganda ayrim turkiy qabilalar qatna
shgan:
“Keyingi ko‘chmanchi imperiyalar
ko‘p xalqlarning konfederatsiyalari bo‘lgani kabi, biz taxmin qilishimiz mumkinki, bu
bosqinchilarning hukmron guruhlari, ehtimol, shimoliy va turkiy qabilalarning
ko‘pchiligi bo‘lgan. Xionlar konfeder
atsiyasidagi xalqning asosiy qismi... eron tilida
so‘zlashar edi... Bu O‘rta Osiyo tarixida so‘nggi bor eron tilida so‘zlashuvchi
ko‘chmanchilar bundan keyin turkiy tillarda so‘zlashadigan bo‘ldi”
Biroq boshqa tadqiqotchilar, jumladan, turkolog K. Segledi, xionlar tarkibida
turk-
mo‘g‘ul (oltoy) xalqlariga mansub komponentlar bo‘lgan deb hisoblaydi. Bu
qarash Gandharadagi tangalarda hukmdorlar soqolsiz tasvirlangani bilan asoslanadi
—
4
Бичурин
Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии
в древние времена. В 3
-
х
томах. –
Том II. –
Москва –
Ленинград: Изд.
АН СССР
, 1950.
–
С.
206.
5
Frye R.N. "
Pre-Islamic and early Islamic cultures in Central Asia
" in "
Turko-Persia in historical perspective
", edited
by Robert L. Canfield, Cambridge University Press, 1991. P. 49.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 67 ~
bu turkiy xalqlardagi tasvir uslubiga xosdir.
K. Segledining nazariyasiga ko‘ra,
Xyōn
=
Chionit
=
Xiong-nu
–
bularning barchasini 350 va 450-
yillar oralig‘ida *Uar (xitoy
manbalaridagi Xua deb tiklangan) = Eftallar bilan tenglashtirgan edi, biroq keyinchalik
chuqurroq boshqa izlanishida (1969) u bu voqealarni 350-yil bilan belgilab, bu
qabilaning o‘rnashgan yerini Oltoy tog‘lari deb topgan. Qolaversa, u xitoy
yilnomalaridagi juan-juanlarni Uar/Xun va VI asr vizantiya manbalarida Uarxonitlar
yoki Uar, Xunnalar, Xunnlar deb atalgan Yevropa avarlari bilan tenglashtirgan
Turon tegralarini yuz yil boshqargan, ikki yirik imperiya
–
Sosoniy va Gupta
sulolalariga tahdid solgan Kidar xunlari imperiyasi o‘sha chog‘lardagi yozma
manbalarda to‘laqonli yoritilmagan bo‘lsa
-da, numizmatik topilmalar Panoniyalik
Priskning
“o‘zlarini kidarlar deb atovchi xunlar”
to‘g‘risidagi hikoyasining
tarixiyligini tasdiqlab bergan. Qolaversa, Panoniyalik Prisk eftallarning ittifoqchisi
bo‘lgan sosoniylar shahanshohi Perozga qarshi urushda yengilgan so‘nggi Kidar shohi
Kunxas
(yunoncha
κουνχας
) bo‘lganini yozgan, ko‘pchilik izlanuvchilar buni shaxs oti
emas, balki unvoni bo‘lgan deb chamalaydilar. Ehtimol, “xun tili” yoki baqtr tilidan
“xunlar xoni” yoki “xunlar xoni” so‘zining buzilgan yoki buzilgan o‘girmasi o‘rta
forschaga, so‘ngra undan yunonchaga o‘tgandir
Hindiston va Erondan topilgan yozma manbalarda hindlar “Oq xun” (
śveta
-
hūṇ
a
yoki
sita-
hūṇ
a
)
va “Qizil xun” (
hala-
hūṇ
a
)
deb, forslar esa ularni “Oq xion” va
“Qizil xion” deb o‘girishgani saqlanib qolgan
. Bu etnik nomlar geografik yo‘nalish va
hokimiyat markazlari bilan bog‘liq bo‘lib, Yevropa manbalarida “Qizil xunlar” sifatida
tilga olingan. Ular ayrim olimlar tomonidan kidarlar va alxonlar bilan bog‘langan. “Oq
xunlar” esa eftallar bilan bir guruh deb
qaralgan.
A.A. Ambarsumyanning ishonchli ilmiy xulosalariga ko‘ra, sosoniylar davrida
Eron tarixiy tafakkurida muhim semantik jarayon kuzatilgan. Unga ko‘ra, qadimiy epik
voqealar
–
ya’ni ko‘chmanchi xion xalqlari (
Hyōn
)ga qarshi olib borilgan urushlar
–
Sosoniylar zamonidagi chinakam siyosiy voqealar bilan chatishib ketgan
. Bu holat
tarixiy xotirada mif va real voqelikning o‘zaro qo‘shilishiga olib kelgan.
Natijada,
“xion” etnonimi ilgariroq, ayniqsa, zardushtiy an’analarida, afsonaviy Kaviy
Vishtaspga qarshi kurashgan xalqlar sifatida eslatiladigan xiyoniylar (
Hyaona
)ga
nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, sosoniylar davriga kelib, Turondan kelayotgan real
6
Nomád népek vándorlása Napkelettől napnyugatig (Kőrösi Csoma‑sorozat 8. kötet) 1969.
7
Ērān
against Tūrān
// Paradox Interactive Forums // http: paradoxplaza.com/forum/threads/eran-against-
turan.1385423/post-26551614.
8
Grenet F. Crise et sortie de crise en Bactriane-Sogdiane aux IVe
–
Ve s. de .
n. è: de l’héritage antique à l’adoption de
modèles sassanides
//
La Persia e l’Asia Centrale da Alessandro al X secolo
. Atti dei Convegni Lincei, 127.
–
Rome:
Accademia Nazionale dei Lincei, 1996.
–
Р
. 388, n. 57; Grenet
F. Les “Huns” dans les documents Sogdiens du mont
Mugh (aves un Appendice par N.Sims-Williams) // Studia Iranica
, 7. Études Irano
-
Aryennes offertes á Gilbert Lazard
.
–
Paris, 1989.
–
P. 165-184.
9
Амбарцумян
А
.
А
.
Проблема
племени
хйаона
по
данным
древнеиранских
и
среднеиранских
источников
.
Вестник Восточного института. 2000. № 2. С. 3
-
24; Амбарцумян А. А. Этноним «хйаона» в Авесте. Записки
Восточного отделения Российского археологического общества. Отв. ред. В. М. Массон. Т
. 1(26).
СПб
.:
Петербургское
Востоковедение
, 2002.
С
. 35-72.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 68 ~
siyosiy raqiblar, ya’ni xion
-kidarlar, eftallar va boshqa sharqdagi chorvador siyosiy
kuchlarga nisbatan ham ishlatilgan.
Bu jarayon, boshqacha aytganda, epik tasavvur bilan tarixiy voqelikning
qabiliylik va diniy-
ideologik tasnifda qo‘shilishi natijasida, "xion" atamasi Sosoniy
shaxanshohlari uchun ham mifologik, ham amaldagi dushmanni anglatuvchi umumiy
ramzga aylangan. Shu
tariqa, xionlar timsoli “Avesto” an’analaridagi qadimiy
“dushman xalq” timsolida davom etgan va keyingi sosoniylar siyosiy qarashlarida ham
saqlanib qolgan
Demak, “Avesto”dan boshlab to Ammian Marselingacha bo‘lgan yozma
manbalarda
Hyaona
,
Xyōn/Hyōn
,
Xwn
,
Chionitae
–
xionlar so‘nggi izlanishlarga ko‘ra,
“Avesto”da tilga olingan ushbu atama hech qanday etnik farq (masalan, o‘rta asrlardagi
eronliklar va turklar o‘rtasidagi farq)ni anglatish uchun qaratilmagan
. Shuni
ta’kidlash kerakki, agar yozma manbalarda xionlar kidarlar bilan aralashib ketgan
bo‘lsa, xionlar va eftallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rtasida chegara qo‘yish qiyin
emas. Bu V asrning birinchi yarmi va o‘rtalaridagi voqealarga tegishlidir.
Xionlar va Sosoniylar munosabatlari
Turon tegralarini ikki yuz yilcha boshqargan hamda ikki yirik imperiya
–
Sosoniylar va Guptalarga tahdid solgan Xionlar
o‘sha chog‘lardagi yozma manbalarda
to‘laqonli yoritilmagan
. Biroq turli tillardagi uzuq-
yuluq ma’lumotlar va numizmatik
materiallardan bu bo‘shliqni biroz to‘ldirish mumkin.
IV asr o‘rtalarida xionlar to‘g‘risidagi eng birinchi yozma ma’lumotlar rimlik
tarixchi Ammian Marsellin (lat.
Ammianus Marcellinus
) asarida uchraydi. Uning qayd
etilishicha, 350-yillar atrofida xionlar Eronning shimoli-sharqiy chegaralari orqali
Sosoniylar imperiyasiga hujum qilganlar. Bu harakat ularning mustaqil harbiy kuch
sifatida shakllanganini va Turonda siyosiy sub’ektga aylana boshlaganini ko‘rsatadi.
350
–
356 yillarda xionlar Zarafshon vodiysini egallab, keyinroq Amudaryo
bo‘ylarigacha yetib borishgan va Sosoniylarga chegaradosh bo‘lishgan. Oldiniga xion
xunlari chegarada tinchlikni saqlab qolishib, Sosoniy shahanshohlari bilan ittifoq
tuzadilar, biroq keyinroq
–
IV
yuzyillik so‘nggi –
V yuzyillik boshlarida ular bilan
raqobatlasha boshladilar.
IV asr boshlaridan boshlab Sosoniylarning sharqiy chegaralari
–
Baqtriya va
Tohariston qo‘shni chorvador xalqlar bosqiniga uchradi. Shuning uchun, yangi
tahdidlarga qarshi kurash shahanshoh Shopur II (309
–
379) tashqi siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Yozma manbalar tahliliga ko‘ra, Shopurning sharqqa
yurishlari mintaqadagi etnosiyosiy beqarorlikka javob harakterida bo‘lgan
10
Payne R. The Making of Turan: The Fall and Transformation of the Iranian East in Late Antiquity // Journal of Late
Antiquity.
–
2016.
–
№
9.
–
Р.
7.
11
JAMSHEED K. CHOKSY. XIIAONA- OR HUN RECONSIDERED // Acta Orientalia Academiae Scientiarum Hung.
Volume 65 (1)
. 2012. Р. 94.
12
ДМИТРИЕВ В.А
.
.ВОСТОЧНЫЕ КАМПАНИИ ШАПУРА II // Восток. –
2019. -
№2. –
С. 50 (49
-63).
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 69 ~
Shopur II ning 350-yillardagi yurishlari nafaqat Kushonshahr, balki Sosoniylar
yerlariga ham da’vogarlik qilgan xionlar qarshi edi. Shopur II ning keyingi –
370-
yillardagi sharqqa yurishlari esa xionlar sulolasi (kidarlar) va forslar o‘rtasidagi
to‘qnashuv
bilan bog‘liq bo‘lib, uning natijasida Sosoniylar Baqtriya–
Tohariston
ustidan nazoratni yo‘qotdilar va Yazdigerd II davrigacha bu hududni qayta tiklashga
urinishlar to‘xtatildi
Biroq keyinroq, siyosiy manfaatlar sharoitida xionlar sosoniylar bilan harbiy-
siyosiy ittifoq tuzadilar. Shu ittifoq doirasida xionlar hukmdori Grumbat (
Grumbates
)
boshchiligida ular Sosoniy qo‘shinlari tarkibida ittifoqchi kuch sifatida Vizantiyaga
qarshi urushlarda qatnashgan. Ammianning ma’lumotlariga ko‘ra, 359
-yilda
sosoniylar shahanshohi Shopur II (309
–
379) tomonidan Amida shahri (hozirgi Turkiya
hududidagi D
iyorbakir)ning qamalida xionlar muhim rol o‘ynagan.
Grumbat Ammian tomonidan “xionlarning yangi shohi” deb ataladi va u “o‘rta
yoshli, yuzi ajinli, aql-
zakovatli va ko‘plab harbiy yutuqlari bilan mashhur sarkarda”
sifatida tavsiflanadi. Uning o‘g‘li qamal chog‘ida halok bo‘ladi, bu voqea esa
Grumbatning qam
al vaqtidagi harakatlariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi kerak. Ushbu
voqea vizantiyalik muallifning axborot manbai sifatida nafaqat siyosiy-harbiy
vaziyatni, balki xionlarning ichki tuzilishi va ularning harbiy salohiyatini ham
namoyon etadi.
Xionlarning Sosoniylar bilan tuzgan bu ittifoqi, ularning o‘sha davrda o‘z
hududlarida (xususan, sharqiy chegaralarda) dushmanlar bilan yuzma-yuz kurash olib
borgani va ichki barqarorlikni saqlash uchun tashqi siyosiy manfaatlarni ko‘zda
tutganini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, Shopur II bilan bo‘lgan harbiy
-diplomatik
hamkorlik xionlarning mintaqa siyosiy landshaftidagi faol va pragmatik qatnashuvini
anglatadi.
Movses Xorenatsining ma’lumotlariga ko‘ra, xionlar 194–214 yillar oralig‘ida –
IV asr Bolo shahrini egallab olganlar. Ushbu ma’lumot, xionlar harakati va ularning
Turondagi birinchi siyosiy-
hududiy ta’sirini ko‘rsatadigan muhim dalillardan biridir.
Xitoy manbalarida, xususan, 335-yildan boshlab, ushbu Bolo shahri Nyumi
(Buxoro)dan biroz g‘arbda, Karshi vohasida bo‘lgani qayd etilgan. Bu haqda “Bey Shi”
(
北史
–
“Shimoliy tarix”) yilnomasida, G‘arbiy yurtlarga oid “kichik mulklar” orasida
Noshebo(lo) to‘g‘risida quyidagicha ma’lumot berilgan: “Noshebolo hukmdori
Yosada o‘z qarorgohini Bolo shahrida joylashtirgan.
U Nyumi (Buxoro)dan janubda,
Day (Dayvan)dan esa 3428 li (taxminan 1700 km) uzoqlikda. Yerlari tekis va unumli;
bu yerda sholi, bug‘doy va turli mevalar yetishtiriladi”
13
ДМИТРИЕВ В.А
.
.ВОСТОЧНЫЕ КАМПАНИИ ШАПУРА II // Восток. –
2019. -
№2. –
С. 53
-56.
14
Бичурин
Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии
в древние времена. В 3
-
х
томах. –
Том II. –
Москва –
Ленинград: Изд.
АН СССР
, 1950.
–
С.
218.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 70 ~
Bundan tashqari, ushbu manbada Noshebolo va Yuechji mulki Shi o‘rtasidagi
masofa 200 li ekani va bu geografik jihatdan Kesh (bugungi Shahrisabz)iga to‘g‘ri
kelishi qayd etilgan. Bu esa ushbu shahar va atrofidagi hududlarda xionlar va boshqa
chorvador xalql
ar ta’sirining qay darajada kengayganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, “Bey Shi”da yana bir muhim ma’lumot beriladi: unga ko‘ra, katta
Yuechji mulki hukmdori Sidolo (Kjɨ
-
tɨ
-
lɑ) juan
-juanlar (jujanlar) bilan xavfli
qo‘shnichilikdan qochish maqsadida o‘z qarorgohini Bolo shahriga ko‘chirgan. Bu esa
Bolo shahrining nafaqat strategik, balki siyosiy jihatdan ham ahamiyatli markazga
aylanganini anglatadi. Xususan, bu harakat Yuechji siyosiy elitasining juan-juanlar
singari tahdidlarga qarshi muhofaza qilish siyosatini yuritganini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, xionlar
To‘xoriston va unga tutash yerlarda yaxshilab o‘rnashib,
o‘z boshqaruv markazlarini shu yerga quradilar
. Buni ham arman, ham xitoy
manbalarida Bolo shahri xionlar, yuechji va boshqa sharqiy siyosiy kuchlar faoliyati
bilan bog‘liq muhim hududga aylangani va Balxning III–
IV asrlarda Markaziy Osiyo
etnosiyosiy jarayonlaridagi o‘rnini ko‘rsatadi.
IV
asrning ikkinchi yarmida Sosoniylar saroyi o‘zining shimoli
-sharqiy
hududlarini o‘sha chog‘larda “xunlar” nomi bilan tanilgan dasht chorvadorlariga berib
qo‘yadi. 350
-
yillardan Baqtriyada chorvador harbiy guruhlar bilan ilk bor to‘qnash
kelgan Shopur II ning urushlari xionlar va ulardan keyingi boshqa chorvador siyosiy
kuchlardan Eronning sharqini nazorat qilish uchun qariyb uch yuz yil davom etgan
kurashning boshlanishi bo‘lgan
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, “xion” etnonimi oldiniga zardushtiy an’analarida
mifologik dushman
–
Kaviy Vishtaspga qarshi kurashgan xalq sifatida eslatilgan
bo‘lsa, sosoniylar davrida u Turondan kelgan real siyosiy raqiblarga –
xion-kidarlar,
eftallar va boshqa
ko‘chmanchi xalqlarga nisbatan qo‘llanila boshlagan. Bu esa epik
va tarixiy voqelikning uyg‘unlashuvi natijasida “xion” atamasining ham mifologik,
ham chinakam dushman tushunchasini olganini ko‘rsatadi.
Xionlar IV
–
V asrlarda Turon hududida muhim etnosiyosiy kuch sifatida
shakllandi. Ular turli manbalarda turlicha nomlar bilan tilga olinib, ba’zida mifologik,
ba’zida esa real siyosiy raqib sifatida tasvirlangan. Xionlar Kidarlar, Eftallar kabi
sulolalar orqali Sosoniylar va Guptalar bilan raqobat va ittifoqlarda qatnashgan, bu esa
ularning mintaqadagi strategik o‘rnini ko‘rsatadi.
Etnik jihatdan ular eroniy, turkiy va oltoy unsurlar aralashmasidan iborat bo‘lib,
bu holat ularning murakkab shakllanish jarayonidan dalolat beradi. Xionlar tarixini
faqat harbiy kuch emas, balki madaniy va siyosiy fenomen sifatida baholash lozim.
15
Grenet F. Regional interaction in Central Asia and Northwest India in the Kidarite and Hephthalite periods // Indo-
Iranian languages and peoples. Proceedings of the British Academy.
–
№
116.
–
Oxford
, 2002.
–
P. 206
–
207.
16
Хатамова М.М. Turon va Eron tasavvurlarida Afrosiyob timsoli
// Turkologiya.
–
Toshkent, 2024.
–
№
3
–
4.
–
75-
б.
(68
–
88-betlar).
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 71 ~
Ularning tarixi Turon va Eron o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘chmanchi imperiyalar va
diniy tasavvurlarning kesishgan nuqtasini aks ettiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в
Средней Азии в древние времена. В 3
-
х томах. –
Том
II.
–
Москва –
Ленинград:
Изд. АН СССР, 1950. –
С. 206.
2. Frye R.N. "Pre-Islamic and early Islamic cultures in Central Asia" in "Turko-
Persia in historical perspective", edited by Robert L. Canfield, Cambridge University
Press, 1991. P. 49.
3. Nomád népek vándorlása Napkelettől napnyugatig (Kőrösi Csoma‑sorozat 8.
kötet) 1969.
4. Ērān against Tūrān // Paradox Interactive Forums // http:
paradoxplaza.com/forum/threads/eran-against-turan.1385423/post-26551614.
5. Grenet F. Crise et sortie de crise en Bactriane-Sogdiane aux IVe
–Ve s. de .n. è:
de l’héritage antique à l’adoption de modèles sassanides // La Persia e l’Asia Centrale
da Alessandro al X secolo. Atti dei Convegni Lincei, 127.
–
Rome: Accademia
Nazionale dei Lincei, 1996.
–
Р. 388, n. 57; Grenet F. Les “Huns” dans les documents
Sogdiens du mont Mugh (aves un Appendice par N.Sims-Williams) // Studia Iranica,
7. Études Irano
-
Aryennes offertes á Gilbert Lazard. –
Paris, 1989.
–
P. 165-184.
6.
Амбарцумян
А
.
А
.
Проблема
племени
хйаона
по
данным
древнеиранских
и
среднеиранских
источников
.
Вестник Восточного института. 2000. № 2. С. 3
-
24; Амбарцумян А. А. Этноним «хйаона» в Авесте. Записки Восточного
отделения Российского археологического общества. Отв. ред. В. М. Массон. Т.
1(26). СПб.: Петербургское Востоковедение, 2002. С. 35
-72.
7. Payne R. The Making of Turan: The Fall and Transformation of the Iranian
East in Late Antiquity // Journal of Late Antiquity.
–
2016.
–
№9. –
Р. 7.
8. JAMSHEED K. CHOKSY. XIIAONA- OR HUN RECONSIDERED // Acta
Orientalia Academiae Scientiarum Hung. Volume
65 (1). 2012. Р. 94.
9. ДМИТРИЕВ В.А..ВОСТОЧНЫЕ КАМПАНИИ ШАПУРА
II
// Восток. –
2019. -
№2. –
С. 50 (49
-63).
10. Grenet F. Regional interaction in Central Asia and Northwest India in the
Kidarite and Hephthalite periods // Indo-Iranian languages and peoples. Proceedings
of the British Academy.
–
№ 116. –
Oxford, 2002.
–
P. 206
–
207.
11. Хатамова М.М. Turon va Eron tasavvurlarida Afrosiyob timsoli //
Turkologiya.
–
Toshkent, 2024.
–
№ 3–
4.
–
75-
б.
(68
–
88-betlar).
12. Маршак Б.И. К вопросу о восточных противниках Ирана в
V
в. // СНВ,
вып. 10. М., 1971.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 72 ~
13. Оранский И.М. Введение в иранскую филологию / Под ред. чл.
-
корр.
Акад. наук СССР
проф. Фреймана А.А. –
Москва: Издательство восточной
литературы, 1960.
14. Ртвеладзе Э.В. К истории эфталитов
-
алхонов // Творческое наследие
народов Средней
Азии в памятниках искусства, архитектуры и археологии (Тез.
докл.). Ташкент, 1985.
15. Соловьев В.С. Средневековая культура Тохаристана (в свете раскопок в
Вахшской
долине). М., 1985.
16. Тревер К.В. Кушаны, хиониты и эфталиты по армянским источникам //
Советская
археология, ХХ
I
. М.
-
Л., 1954.
17. Малявкин А.Г. Танские хроники о государствах Центральной Азии.
Новосибирск, 1989.
18. Ильясов Дж.Я. Кочевники в Согдиане. Историко
-
культурный контекст
Орлатских
находок. –
Санкт
-
петербург, 2025.
19. Ильясов Дж. Об этнической принадлежности правителей Пенжикента //
Нумизматика
Центральной Азии. –
Вып.
VII.
–
Ташкент, 2004;
20. Бертельс Е.Э. Избранные труды. История персидско
-
таджикской
литературы. –
Москва:
Издательство восточной литературы, 1960.
