2024-YILGI OʻZBEKISTON PARLAMENT SAYLOVIDA SIYOSIY PARTIYALAR ISHTIROKI VA VAZIFALARI

Аннотация

2024-yilgi Oʻzbekiston parlament saylovi – Oʻzbekistonda parlament quyi palatasi va hududiy vakillik organlari aʼzoligi uchun oʻtkazilgan saylovda siyosiy partiyalar ishtiroki, órni va vazifalari haqida so'z ketadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Тилаболдиева M. . (2025). 2024-YILGI OʻZBEKISTON PARLAMENT SAYLOVIDA SIYOSIY PARTIYALAR ISHTIROKI VA VAZIFALARI. Talqin Va Tadqiqotlar, (1(59). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/78838
Маргуба Тилаболдиева , Andijon davlat pedagogika instituti
magistri
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

2024-yilgi Oʻzbekiston parlament saylovi – Oʻzbekistonda parlament quyi palatasi va hududiy vakillik organlari aʼzoligi uchun oʻtkazilgan saylovda siyosiy partiyalar ishtiroki, órni va vazifalari haqida so'z ketadi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 117 ~

2024-YILGI OʻZBEKISTON PARLAMENT SAYLOVIDA SIYOSIY

PARTIYALAR ISHTIROKI VA VAZIFALARI

Tilaboldiyeva Marg‘uba Qo‘ldash qizi

Andijon davlat pedagogika instituti magistri


“Ishonaman, bo‘lg‘usi saylovlar xalqaro saylov standartlari va milliy saylov

qonunchiligiga to‘la muvofiq holda, kuchli raqobat muhitida bo‘lib o‘tadi”.

Shavkat Mirziyoyev

Annotatsiya:

2024-yilgi Oʻzbekiston parlament saylovi – Oʻzbekistonda

parlament quyi palatasi va hududiy vakillik organlari aʼzoligi uchun oʻtkazilgan
saylovda siyosiy partiyalar ishtiroki, órni va vazifalari haqida so'z ketadi.

Аннотация:

Парламентские выборы в Узбекистане 2024 года - участие,

роль и задачи политических партий в проводимых в Узбекистане выборах в
члены нижней палаты парламента и региональных представительных органов.

Abstract:

The 2024 Uzbekistan parliamentary election - the participation, role

and tasks of political parties in the election held in Uzbekistan for the membership of
the lower house of the parliament and regional representative bodies.

Kalit so‘zlar:

siyosiy partiya, saylov, parlament, markaziy saylov komissiyasi,

saylov uchastkasi, e-saylov.

Ключевые слова:

политическая партия, выборы, парламент, Центральная

ссыловская комиссия, избирательный участок, электронные выборы.

Key words:

political party, election, parliament, Central Election Commission,

polling station, e-election.


Saylov o‘zi nima?
Saylov – vakillarni tanlashning demokratik usuli. Saylov saylovchilarga ular

uchun qonunlar ishlab chiqadigan, hukumatni tuzadigan va muhim qarorlar qabul
qiladigan vakillarni tanlashda yordam beradi. Shunday qilib, saylov – bu odamlar o‘z
rahbarlarini muntazam ravishda tanlashi va agar xohlasa, ularni almashtirishi mumkin
bo‘lgan mexanizmdir. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki
ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish
yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganiga qarab parlamentga yoki
prezidentlikka saylash, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov
o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin.

Saylovlar tarixi
Ilk saylovlar miloddan avvalgi VI asrda demokratiyaning vatani bo‘lgan

Qadimgi Yunonistonda, keyinchalik Rim Respublikasida bo‘lib o‘tgan. Afinada ham,


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 118 ~

Rimda ham demokratik jarayonda ozod erkak fuqarolargina qatnasha olgan, xolos.
Ayollar va qullarda ovoz berish huquqi bo‘lmagan.

Tarixchilarning aytishicha, Afinada saylovlar juda kam bo‘lgan, chunki qadimgi

afinaliklar saylovni mansabdor shaxslarni tanlashning eng demokratik usuli deb
o‘ylamagan. Ular demokratiya faqat boylarga emas, balki oddiy odamlarga ham
ishlarni boshqarish imkonini berishi uchun nomzodlarni tasodifiy tanlash kerak deb
hisoblagan.

Demokratiya va zamonaviy saylovlar vatani hisoblangan, qadimiy Yunoniston

va Rimda saylovlar qay tarzda o‘tkazilgan? Xalqning xohish istagi inobatga
olinganmi yoxud barchasi yuqori amaldorlar qo‘lida bo‘lganmi? Ushbu savollarga
javob berishga harakat qilamiz.

Qadimiy davrlarda insonlar o‘z yetakchilarini ovoz berish orqali aniqlagan.

Umumxalq

kengashlarida

xalq

o‘z yetakchilarini saylagan. Shu tariqa

hukmronlikning dastlabki ko‘rinishlari shakllangan. Bu esa ibtidoiy davrning o‘ziga
xos demokratiyasi edi.

Bugungi barcha demokratik davlatlarda o‘tkaziladigan saylovlar uzoq tarixga

ega. Zamonaviy saylovlar tarixi, mamlakatning siyosiy hayotiga o‘z hissasini
qo‘shgan va xalq yig‘ilishlarida barcha ozod fuqarolar ishtirok etgan. Qadimgi
Yunoniston va Rimda saylovlarda xalq istagi mamlakat qonunchiligining asosini
tashkil qilgan.

Yunonistonda ochiq ovoz berish va qur’a tashlash yordamida maxfiy ovoz

berish usuli qo‘llanilgan. Saylov “varaqasi” vazifasini loviya doni bajargan: oq rangli
loviya “ijobiy” javobni, qora rangli loviya “salbiy” (qarshi) javobni bildirgan.

Qadimiy Afinada yana bir maxfiy ovoz berish usuli mavjud bo‘lgan. Unga

ko‘ra, faoliyati davomida demokratiya asoslariga xavf solinishi ehtimoli
kuzatilayotgan davlat arbobini xalq mamlakatdan tashqariga quvg‘in qilish huquqiga
ega bo‘lgan. Quvg‘in bo‘yicha ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan fuqaroga
sopoldan yasalgan buyum taqdim etilgan. Fuqaro Afinadan quvg‘in qilinishi kerak
bo‘lgan odamning ismini sopol buyumga yozgan va buyumni shahar maydonida
tashkil etilib, qo‘riqlanadigan maxsus joyda qoldirgan. Qaysi davlat arbobining
nomzodi ko‘p ovoz olsa, o‘sha shaxs quvg‘in qilingan.

Qadimiy Rimda saylovoldi tadbirlari saylovlar o‘tkazilishidan ancha ilgari

boshlangan. Nomzod hukumat a’zolariga saylovlarda ishtirok etishi to‘g‘risidagi
xohishini bildirgan. Shundan so‘ng saylovoldi tadbirlari boshlangan. Saylovoldi
tadbirlari quyidagicha o‘tkazilgan: nomzod oq libos kiyib (oq rangli libos
nomzodning xalq oldida vijdoni toza ekanligini anglatgan), saylovchilardan unga
ovoz berishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab, bozor va maydonlarga yo‘l
o‘lgan. Saylov kuni saylovchilar maxsus taxtachalarga o‘zlari ovoz bergan nomzod
ismini yozib katta savatga tashlagan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 119 ~

2024-yil 26-iyulda Markaziy saylov komissiyasi saylovni oʻtkazish boʻyicha

tegishli qaror qabul qilgan[1]. Komissiyaning 2024-yil 21-avgustdagi qaroriga koʻra
mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etish uchun ruxsat berildi[2].
2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Xalq deputatlari mahalliy
kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtdi[3]. Saylovda 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi:
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik
partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi,
Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi. Saylovlar „Mening tanlovim –
Obod Vatanim“ shiori ostida oʻtkazildi.

Markziy saylov komissiyasi nomzodlarning roʻyxatini 2024-yil 22-sentyabr kuni

eʼlon qildi. Shu kundan targʻibot jarayonlari boshlanib, 2024-yil 25-oktyabr kuniga
qadar davom etdi. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar, 75 nafari proporsional
tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylandi. Saylov
jarayonlari „E-saylov“ axborot tizimi orqali tashkil etildi. Qonunchilik palatasining
150 nafar deputati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi]]ning 65 nafar
deputati, 208 nafar tuman (shahar) deputati saylandi. Partiyalar tomonidan deputatlik
oʻrinlari uchun 90 mingga yaqin ishonchli vakillar ishtirok etdi.

2024-yil 28-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi ishtirokida

Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarning dastlabki natijalariga
bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida saylov jarayonlarida 15 mln 27 ming 529
nafar saylovchi ovoz berganligini maʼlum qildi [4]. Barcha saylov uchastkalarida
saylovchilar uchun qonunchiligimizda belgilangan sharoitlar yaratildi. Joylarda 5
ming 770 ta okrug va 11 ming 28 ta, jumladan, Xorijda istiqomat qilayotgan
Oʻzbekistonliklar uchun40 ta xorijiy mamlakatda 57 ta saylov uchastkasi tashkil
etilib, ushbu uchastkalarda 140 ming 388 nafar saylovchi ovoz berdi[5].

Saylov jarayonini kuzatishda MDH, ShHT, Turkiy davlatlar tashkiloti,

shuningdek, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining
to‘laqonli missiyasi tarkibida 850 nafardan ziyod xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar
ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan

birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga
tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi.

O‘z yurti va yashayotgan hududi taqdiriga daxldorligini his qilib, saylovlarda faol
qatnashayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot

qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada o‘tayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 120 ~

faolligi oshganini ta’kidlashdi. Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik,
Prezidentimizga sog‘lik-omonlik tilab duolar qildi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati

vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz
berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan
kafolatlangan.

O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash

saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazildi.

Saylov qonunchiligi ilg‘or demokratik standartlarga mos ravishda tubdan

takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi
boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning rolini
oshirish maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda
ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilangan edi.

Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Toshkent

shahrining Shayxontohur tumanidagi 427-saylov uchastkasida ovoz berdi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov ovoz berish uchun 116-saylov
uchastkasiga bordi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, deputat, Spiker o‘rinbosari

Aktam Haitov Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasida bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 21-saylov uchastkasida “Adolat” SDP Siyosiy

Kengashi raisi Robaxon Mahmudova ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Ekologiya partiyasi raisi Abdushukur Hamzayev saylovda ovoz berish uchun

poytaxtning Olmazor tumaniga bordi.

Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylovida deputatlik

o‘rinlari siyosiy partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik

partiyasi – 26 ta deputatlik o‘rni;

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 14 ta deputatlik o‘rni;
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – 13 ta deputatlik o‘rni;
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 12 ta deputatlik o‘rni;
O‘zbekiston Ekologik partiyasi – 10 ta deputatlik o‘rni.
Joriy yilgi saylovlarning yana bir e’tiborli jihati – bu jarayon ishtirokchilarining

o‘zaro munosabatlari to‘liq raqamlashtirilgan holda E-Saylov axborot tizimi orqali
amalga oshirilganida namoyon bo‘ldi. Mazkur axborot tizimi saylovlarning
ochiqligini yuqori bosqichga olib chiqdi. Mamlakatimizdagi saylovlar yuqori
demokratik tamoyillar asosida, ochiq va shaffof tarzda o‘tdi. Fuqarolar ham amalga
oshirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh bo‘lgan holda saylovlarda faol
ishtirok etishdi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 121 ~

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. „Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi“. saylov.uz (2024-

yil 26-iyul).

2. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy

Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar“. saylov.uz
(2024-yil 21-avgust). 2024-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi:
2024-yil 17-sentyabr.

3. „Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi“. saylov.uz (2024-

yil 26-iyul).

4. „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin

NIZAMXODJAYEVning

Qonunchilik

palatasi

va

mahalliy

kengashlarga

saylovlarning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan MATBUOT ANJUMANIDAGI
NUTQI“. saylov.uz.

5.

„https://saylov.uz/oz/press_service_in/o-zbekiston-respublikasi-markaziy-

saylov-komissiyasi-raisi-zayniddin-nizamxodjayevning-qonunchilik-palatasi-va-
mahalliy-kengashlarga-saylovlarning-dastlabki-natijalariga-bag-ishlangan-matbuot-
anjumanidagi-nutqi28-10“. saylov.uz.

6. Gazeta.uz

Библиографические ссылки

„Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi“. saylov.uz (2024-yil 26-iyul).

„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar“. saylov.uz (2024-yil 21-avgust). 2024-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-sentyabr.

„Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi“. saylov.uz (2024-yil 26-iyul).

„O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin NIZAMXODJAYEVning Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan MATBUOT ANJUMANIDAGI NUTQI“. saylov.uz.

https://saylov.uz/oz/press_service_in/o-zbekiston-respublikasi-markaziy-saylov-komissiyasi-raisi-zayniddin-nizamxodjayevning-qonunchilik-palatasi-va-mahalliy-kengashlarga-saylovlarning-dastlabki-natijalariga-bag-ishlangan-matbuot-anjumanidagi-nutqi28-10“. saylov.uz.

Gazeta.uz