Авторы

  • Алишер Турсунов
    Toshkent davlat texnika universiteti

Биография автора

  • Алишер Турсунов , Toshkent davlat texnika universiteti
    professori, i.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.84483

Ключевые слова:

Devid Rikardo klassik iqtisodiyot qiyosiy ustunlik nazariyasi iqtisodiy nazariya mehnat qiymat nazariyasi er renta nazariyasi tashqi savdo kapital bozor mexanizmi.

Аннотация

Mazkur maqolada klassik siyosiy iqtisod maktabining yetuk vakili Devid Rikardoning iqtisodiy qarashlari, u ilgari surgan nazariyalar va metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Muallif олимнинг iqtisodiy nazariyaga qo‘shgan hissasini, xususan, qiymat, ish haqi, foyda, renta, xalqaro savdo, kapital jamg‘arilishi, pul tizimi va davlat siyosati kabi muhim yo‘nalishlarda olib borgan tadqiqotlarini yoritadi


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 35 ~

DEVID RIKARDO: KLASSIK IQTISODIYOTDAGI O‘RNI VA NAZARIY

MEROSI

Tursunov Alisher Muxamadnazirovich

Toshkent davlat texnika universiteti professori, i.f.n.


Annotatsiya:

Mazkur maqolada klassik siyosiy iqtisod maktabining yetuk vakili

Devid Rikardoning iqtisodiy qarashlari, u ilgari surgan nazariyalar va metodologik
yondashuvlar tahlil qilinadi. Muallif олимнинг iqtisodiy nazariyaga qo‘shgan
hissasini, xususan, qiymat, ish haqi, foyda, renta, xalqaro savdo, kapital jamg‘arilishi,
pul tizimi va davlat siyosati kabi muhim yo‘nalishlarda olib borgan tadqiqotlarini
yoritadi

Kalit so‘zlar:

Devid Rikardo, klassik iqtisodiyot, qiyosiy ustunlik nazariyasi,

iqtisodiy nazariya, mehnat qiymat nazariyasi, er renta nazariyasi, tashqi savdo,
kapital, bozor mexanizmi.

Devid Rikardo (1772–1823)

— ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktabning

yetuk vakillaridan biri. U dastlab 1793–1812 yillar oralig‘ida tijorat faoliyati bilan
shug‘ullanib, moliya sohasidagi yuqori salohiyati tufayli o‘z davrining London
moliya doiralarida eng muvaffaqiyatli va badavlat shaxslaridan biriga aylangan.
Rikardo keyinchalik ilmiy izlanishlarga kirishib, iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga
salmoqli hissa qo‘shgan. U 1819–1823 yillar davomida Buyuk Britaniya parlamenti
a’zosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Devid Rikardo oʻzining iqtisodiy tadqiqotlarida aniq va toʻliq metodologiyasi

shziga xosligi bilan ajralib turadi.

Olimning tadqiqot mavzusi — jamiyatdagi boyliklarni taqsimlash qonuniyatlari

va ushbu taqsimotning ishlab chiqarish oʻsishiga ta'sirini aniqlashdan iborat boʻlgan.
U, asosan, qiymat, ish haqi, foyda, renta, kapital, xalqaro savdo, soliq siyosati va pul
tizimiga oid masalalarni tadqiq qilgan.

Uning tadqiqot obektlari iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va

iqtisodiy subektlar (ishchilar, kapital va er egalari) oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni oʻz
ichiga oladi.

Rikardoning tadqiqot metodologiyasi obektivlik, mantiqiy asoslanish va

iqtisodiy tamoyillarga tayanishi bilan ajralib turadi. U oʻz fikrlarini ilmiy nuqtai
nazardan shakllantirgan va iqtisodiy jarayonlarni tabiiy qonunlarga asoslanib tahlil
qilgan. Olim siyosiy manfaatlardan mustaqil ravishda real iqtisodiy hayotga mos
keladigan nazariyalarni ishlab chiqqan.

Olim har qanday iqtisodiy masalaga alohida va umumiy nazariy nuqtai nazardan

qarash imkonini beruvchi usulni qoʻllagan. Bu esa unga iqtisodiy tizimlarning


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 36 ~

umumiy tamoyillari aniqlash, shuningdek, turli iqtisodiy subektlar oʻrtasidagi
muammolarni chuqur tahlil qilish imkonini bergan.

Shuni alogʻida ta'kidlash joizki, D. Rikardoning metodologiyasining asosini

davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va xoʻjalik yurituvchi subektlarning erkin
faoliyatiga asoslangan iqtisodiy liberalizm gʻoyasi tashkil etgan. Bu yondashuv
klassik siyosiy iqtisod maktabiga xos hisoblanadi.

Rikardo iqtisodiyotning obektiv iqtisodiy qonunlar amal qiladigan murakkab

tizim ekanligini oʻrgangan va bu qonunlarning ishlashini ta'minlovchi mexanizmlar
mavjudligini ta'kidlagan. U siyosiy iqtisodni qiymat qonuniga boʻysunuvchi yaxlit
tizim sifatida asoslab bergan.

Rikardoning intellektual jozibasi oʻsha paytda va hozirda uning jasur

abstraksiyalarga boʻlgan taassurotli qobiliyatiga bogʻliq: u keng miqyosdagi muhim
muammolarni faqat bir necha strategik oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga olgan oddiy
analitik model orqali birlashtirgan va elementar manipulyasiyalardan soʻng, amaldagi
ahamiyatga ega boʻlgan taassurotli xulosalarga kelgan. Muxtasar qilib aytganda, u
Keyns keyinchalik muvaffaqiyat qozongan san'atni birinchi boʻlib oʻzlashtirgan. Bu
uning fikrlash uslubi Adam Smitning uslubidan ancha farq qilar edi va u iqtisodiy
diskurs uchun toʻliq yangi standartni oʻrnatdi.[1] Olim “Siyosiy iqtisod va soliqka
tortishning boshlanishi” (1817) asarida iqtisodiy jarayonlarning tabiiy qonunlarga
asoslanganligini koʻrsatadi. Asar soʻzboshisida u siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi
sifatida yaratilgan mahsulotning jamiyatda qanday taqsimlanishini belgilaydigan
qonuniyatlarni aniqlashni koʻrsatadi. Bu esa obektiv iqtisodiy qonunlarning
mavjudligini tan olishdir. "Iqtisodiy qonun" tushunchasini ilmiy muomalaga aynan D.
Rikardo kiritgan. Shunga qoʻshimcha, olim iqtisodiy jarayonlarga miqdoriy
yondashuvni qoʻllagan va tahlilda abstraksiya usulidan foydalangan. U individual
holatlarni istisno qilgan holda umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qilgan.

D. Rikardo Smitning “Millatlar boyligi” asaridagi moddiy ishlab chiqarish

mahsuli — mehnat ijtimoiy boylikning asosiy manbai degan fikriga qoʻshildi. Biroq
qiymatning mehnat nazariyasini ishlab chiqishda D. Rikardo Smitga nisbatan
izchilroq yondashdi va qiymat faqat mehnat bilan belgilanadi, deb ta'kidladi.
Olimning qiymat haqidagi nazariyasi qat'iy ravishda yagona manba — mehnatga
asoslanadi. Istisno faqat takror ishlab chiqarib boʻlmaydigan tovarlar — san'at
asarlari, oʻziga xos ta'mga ega vinolar va boshqa noyob ne'matlar uchungina
qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning qiymati ularning noyobligi bilan belgilanadi.

Olim jamiyatni uch tabaqaga — er egalari, kapital egalari (tadbirkorlar) va

ishchilarga — hamda ularga mos daromad turlariga — ijara (renta), foyda va ish haqi
— boʻlib chiqdi. Qiymatni ish haqi, foyda va rentalarning yigʻindisi deb bilgan A.
Smitdan farqli ravishda, Rikardo qiymat bu daromadlar yigʻindisi emas, balki ular


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 37 ~

qiymatning oʻzida taqsimlanadi, deb hisoblaydi. Shunday qilib, olim qiymatni ushbu
daromad shakllariga nisbatan ustuvor deb e'tirof etdi.

D. Rikardo mehnatni qiymatning yagona manbai deb tan olib, mehnat

unumdorligi oʻzgarmagan taqdirda ish haqining oʻzgarishi narxga ta'sir qilmasligini,
faqat mahsulot qiymatining tadbirkor va ishchi oʻrtasida qanday taqsimlanishini
oʻzgartirishini ta'kidladi. Ya'ni, mahsulot qiymatidagi ish haqi va foyda nisbati
oʻzgaradi. Rikardoning fikriga koʻra, ish haqi va foyda faqat qarama-qarshi nisbatda
oʻzgaradi: ish haqi kamayganda foyda ortadi, va aksincha. Shu bois, olimning
nazariyasi koʻpincha “sinflar oʻrtasidagi kelishmovchilik va adovat tizimi” deb
ataladi.

Olimning fikricha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining qiymati mehnat sarfi

yuqori boʻlgan unumdorligi past er uchastkalarida aniqlanadi. Unumdorligi yuqori
erlarda etishtirilgan mahsulotning ortiqcha qismi er egasiga renta sifatida beriladi.
Rikardoga koʻra, yuqori narxlar sifatsizroq ya'ni unumdorligi past boʻlgan erlarni
muomalaga jalb qilish zaruriyatidan kelib chiqadi. Eng katta mehnat sarfi bilan
etishtirilgan mahsulot narxni belgilovchi omil hisoblanadi, shuning uchun renta narx
tarkibiga uning ajralmas qismi sifatida kira olmaydi. Aksincha, renta yuqori narxlar
natijasidir va er egasi bu yo‘l bilan butun jamiyat hisobidan foyda koʻradi.

Rikardoning fikricha, renta — jamiyatda yaratilgan mahsulot qiymatidan

chegirma boʻlib, u faqat foyda va ish haqining kamayishi hisobiga ortadi. Binobarin,
aholining koʻpayishi natijasida rentaning oshishi foydaning tabiiy ravishda
kamayishiga olib keladi, bu esa kapital jamgʻarilishiga salbiy ta'sir koʻrsatadi.

D. Rikardo ish haqi nazariyasi sohasida A. Smitning “ish haqi erkin bozor

raqobati bilan tartibga solinishi, davlat esa unga aralashmasligi kerak” degan
gʻoyasini izchil davom ettirdi. U Smitning qarashlarini yanada chuqurlashtirib, ish
haqi odatda ishchi va uning oilasi uchun zarur boʻlgan yashash minimumi
chegarasida saqlanadi, deb hisoblaydi. Rikardoga koʻra, mehnatning ikki xil narxi
mavjud: tabiiy narx va bozor narxi. Mehnatning tabiiy narxi — ishchining oʻz
mehnati evaziga oʻzini va oilasini ta'minlashi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa
zaruriy ehtiyojlar uchun toʻlov qobiliyatidir. Agar bozor narxi tabiiy narxdan pasayib
ketsa, ishchilarning ahvoli ogʻirlashadi, aholining soni qisqaradi va faqat shundagina
mehnat narxi tabiiy holatga qaytadi. Bozor narxi esa — mehnatga boʻlgan talab va
taklif nisbatiga asoslanadi. Koʻpgina iqtisodchilar va tarixchilar bu gʻoyalar
shakllanishida Rikardoning doʻsti T. Maltusning ta'siri boʻlganini ta'kidlaydi. Ish haqi
doimiy pasayish tendensiyasiga ega, chunki ishchilar soni doimiy oshib boradi, biroq
ularga boʻlgan talab bu darajada tez oshmaydi. Olim fikricha, bu holat «aholi nufusi
qonuni» bilan bogʻliq boʻlib, ish haqi yashash minimumi chegarasida saqlanib qoladi.
Keyinchalik bu nazariya “ish haqining temir qonuni” deb nom oldi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 38 ~

Rikardo foyda nazariyasida ham oʻziga xos yondashuvni ilgari suradi. Uning

fikricha, foyda ish haqining miqdoriga bogʻliq: ish haqi qancha yuqori boʻlsa, foyda
shuncha kamayadi. Ish haqi esa inson hayoti uchun zarur tovarlar — oziq-ovqat,
kiyim va boshqalarning narxiga bogʻliq. Bu tovarlarning koʻpchiligini koʻpaytirish
texnologik jihatdan imkoni bor, shu bois foyda tabiiy ravishda kamayib boradi. Biroq
Rikardo bu jarayon toʻxtashi mumkinligini ham ta'kidlaydi: vaqt oʻtishi bilan
texnologik taraqqiyot, yangi mashinalarning joriy qilinishi, agronomik kashfiyotlar
tufayli zarur tovarlar narxi tushadi va foydaning kamayish tendensiyasi toʻxtaydi.

Takror ishlab chiqarish masalasida olim erkin raqobat va savdo tamoyillariga

asoslangan iqtisodiy tizim qonuniyatlarini tahlil qiladi. Biroq u ishlab chiqarilgan
tovarlar hajmi bilan ularga boʻlgan talab oʻrtasida nomutanosiblik yuzaga kelishini,
ya'ni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlarini oldindan koʻra olmagan. Bunday inqiroz
1825 yilda, Rikardo vafotidan ikki yil oʻtib, uning vatanida yuz berdi. U J.B. Seyning
mashhur “bozor qonuni”ni qoʻllab-quvvatlagan: “Mahsulot mahsulot evaziga sotiladi,
pul esa ayirboshlash vositasi xolos. Agar biror tovar haddan ziyod koʻp ishlab
chiqarilsa, u bozorga ortiqcha boʻladi, ammo bu holat barcha tovarlarga bir vaqtda
taalluqli emas.”

Pul nazariyasida Rikardo “Oltin ajdahosi toʻgʻrisida uch xat” (1809) asarida va

boshqa ishlarida pul muomalasini tahlil qiladi. U faqat oltin asosidagi pul tizimi
iqtisodiy barqarorlikni ta'minlay oladi, deb hisoblaydi. Oltin qisman yoki toʻliq
banknotalar bilan almashtirilishi mumkin, lekin bu faqat banknotlar belgilangan kurs
boʻyicha oltin bilan almashtirilgandagina foydali boʻladi. Shu sababli u “oltin
standart” tizimining tarafdori sanaladi. Rikardo pulning qadrsizlanishini banknotalar
haddan tashqari muomalaga chiqarilishi natijasida, ya'ni miqdoriy sabab bilan
izohlaydi.

Kapital jamgʻarilishi masalasida A. Smit va D. Rikardo umumiy nuqtai nazarga

ega boʻlib, boylikning manbai — kapital jamgʻarilishi ekanligini tan oladi. Biroq, D.
Rikardo kapital jamgʻarilishi ma'lum sharoitlarda jamiyatning keng qatlamlari
qashshoqlashuviga olib kelishi mumkinligini ham ta'kidlaydi. Mehnat qiymatning
yagona manbai hisoblanadi va qiymat ish haqi, foyda va rentaga boʻlinadi. Bu
boʻlinishda bir qismining oshishi boshqasining kamayishi hisobiga yuz beradi. Bu
fikr uni sinflar oʻrtasida iqtisodiy manfaatlar ziddiyatli, degan xulosaga olib keladi.
Biroq, shunga qaramay, olim davlat iqtisodiy jarayonlarga — ishlab chiqarish,
taqsimot va ayirboshlashga aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Smit va Rikardoga koʻra, kapital jamgʻarilishining ortishi ishchi kuchiga boʻlgan

talabni oshiradi, bu esa ish haqining oshishiga olib keladi. Ammo Smitda ish
haqining oshishi mehnasevarlikni kuchaytirsa, Rikardo nazarida bu ishchi sonining
koʻpayishiga olib keladi, natijada taklif ortib, ish haqi yana yashash minimumi
darajasiga qaytadi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 39 ~

Davlat siyosati borasida Rikardo iqtisodiy qonuniyatlarga asoslangan siyosatni

yoqlaydi. Soliq — davlat va xalq oʻrtasidagi asosiy vosita boʻlishi kerak, ammo
soliqlar haddan oshmasligi zarur. Agar davlat kapitalga koʻz olaytirsa, jamgʻarma
kamayadi, boylik ortmaydi, aholi qashshoqlashadi. Shu bois Rikardo “eng yaxshi
soliq — kam soliq” tamoyilini ilgari surgan.

Tashqi savdo borasida Rikardo A. Smitning gʻoyalarini takomillashtirib,

“qiyosiy ustunlik nazariyasi”ni ilgari surdi. Smit davlatlar oʻzida eng arzon ishlab
chiqariladigan mahsulotga ixtisoslashishi kerak, degan boʻlsa, Rikardo bu mahsulot
mutlaq arzon boʻlishi shart emas, balki nisbatan arzonroq boʻlsa kifoya, deb
hisoblaydi. Ya'ni, davlatlar ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan
mahsulotga ixtisoslashib, undan ortiq miqdorda ishlab chiqarib eksport qilishi,
qimmatga tushadigan tovarlarni esa import qilishi kerak. Bu xalqaro savdoni
rivojlantirib, umumiy farovonlikni oshiradi.

Shuni aogʻida ta'kidlash joizki, Rikardo oʻzining yagona iqtisodiy konsepsiyasi

asosida pul muomalasi, kredit, xalqaro iqtisodiy aloqalar, soliq, renta va xalqaro
mehnat taqsimoti boʻyicha chuqur nazariy qarashlar bildirdi. U sanoat inqilobining
ta'sirini yaxshi tushungan va klassik iqtisodiy tafakkurni yakunlovchi olim sifatida
e'tirof etilgan. Uning qiyosiy ustunlik nazariyasi hozirgi jahon iqtisodiy tartibining
asosiy tamoyiliga aylangan boʻlib, barcha iqtisodiyot darsliklarida muhim oʻrin
egallaydi..

Devid Rikardo klassik siyosiy iqtisod maktabining asosiy vakillaridan biri

boʻlib, iqtisodiy nazariyani yanada chuqurlashtirgan. U jamiyatdagi iqtisodiy
munosabatlarni tizimli ravishda tahlil qilgan, qiymatni mehnat asosida belgilash,
daromadlarning taqsimoti, ish haqi va foyda oʻrtasidagi nisbatlar, renta va xalqaro
savdo qonuniyatlarini asoslab bergan. Uning “qiyosiy ustunlik nazariyasi” jahon
savdo tizimining asosiga aylangan. Rikardo davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini
targʻib qilgan holda, iqtisodiy erkinlik, raqobat va qonuniyatlarga asoslangan
yondashuvni ilgari surdi. Uning qarashlari nafaqat zamonaviy iqtisodiy nazariyaga
asos boʻldi, balki amaliy siyosiy qarorlar qabul qilishda ham muhim rol oʻynadi.
Shunday qilib, Rikardoning ilmiy merosi bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab
qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Блауг, М.

100 великих экономистов до Кейнса / Пер. с англ. под ред. А.

А. Фофонова. — СПб.: ОМЕГА-Л, 2009. — 249 с.

2. Ядгаров Я.С. История экономических учений: Учебник. — 4-е изд.,

перераб. и доп. — М.: ИНФРА-М, 2009. — 480 с.

3. Tursunov A.M. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. –Т.: ―Ma‘rifat‖, 2023.

340 bet.

Библиографические ссылки

Блауг, М. 100 великих экономистов до Кейнса / Пер. с англ. под ред. А. А. Фофонова. — СПб.: ОМЕГА-Л, 2009. — 249 с.

Ядгаров Я.С. История экономических учений: Учебник. — 4-е изд., перераб. и доп. — М.: ИНФРА-М, 2009. — 480 с.

Tursunov A.M. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. –Т.: ―Ma‘rifat‖, 2023. 340 bet.