Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 50 ~
TASVIRIY SAN’AT TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI VA
TARBIYAVIY AHAMIYATI HAQIDA
Utepov Qalbay Ibraymovish
Ajiniyoz nomidagi NDPI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tasviriy san’at o‘quvchilarning estetik didini
shakllantirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va san’atga mehr uyg‘otishda muhim
vosita hisoblanadi. Maqolada bu yo‘nalishdagi ta’limning bolalar ruhiy va axloqiy
tarbiyasiga ijobiy ta’siri, shuningdek, sabr-toqat, mehnatsevarlik, go‘zallikka intilish
kabi fazilatlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Tasviriy san’at, rasm, milliylik, badiiy fikr, iqtidor.
Tasviriy san’at inson tafakkuri, didi va estetik qarashlarini shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi. Bu san’at turi nafaqat go‘zallikni anglash, balki uni yaratish,
tasvirlash va ifodalash vositasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi
kunda tasviriy san’at ta’limi orqali yosh avlodda nafosatga intilish, estetik didni
rivojlantirish, mehnatsevarlik va sabr-toqat kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish
imkoniyati mavjud. Ta’lim jarayonida tasviriy san’at orqali bolalar atrof-muhitni
chuqur idrok eta boshlaydi, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini tasvir orqali ifoda etishga
o‘rganadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar va maktab o‘quvchilari uchun
tasviriy san’at – bu nafaqat rasm chizish, balki ularning tasavvuri, tafakkuri va
dunyoqarashini boyituvchi vositadir. Shu bois, tasviriy san’at ta’limining maqsad va
vazifalarini to‘g‘ri belgilash hamda uning tarbiyaviy ahamiyatini chuqur o‘rganish
dolzarb masalalardan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsadi
barkamol, komil insonni ayniqsa, badiiy madaniyatini shakllantirishdir. Tasviriy
san’at o‘quv predmeti har bir inson uchun zarur bo‘lgan badiiy madaniyatga doir
elementar bilim va malakalar beradi. Chunki, har bir o‘quvchi kelajakda qaysi sohada
ishlashidan qat'iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish
vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo‘ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada
ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko‘rgazmalar va boshqa joylarda tanishish,
ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdek, ko‘pchilik
o‘quvchilar o‘zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga
to‘g‘ri keladi. Tasviriy san’at ta’limining bosh maqsadi — o‘quvchilarning estetik
didini rivojlantirish, ularni atrof-muhitdagi go‘zallikni ko‘ra bilishga, qadrlashga va
uni yaratishga o‘rgatishdan iborat. Bundan tashqari, bu ta’lim yo‘nalishi orqali
bolalarda ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va o‘zini ifodalash qobiliyatlari
shakllantiriladi. Tasviriy san’at yosh avlodni san’atga mehr qo‘ygan, ma’naviy boy,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 51 ~
vatanparvar, zukko va izlanuvchan shaxs qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Tasviriy
san’at ta’limining vazifalari, estetik tarbiyani shakllantirish – o‘quvchilarga
go‘zallikni anglash, san’at asarlarini tushunish va baholashni o‘rgatish. Ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirish – bola tasavvurini boyitish, yangi g‘oyalarni chizmachilik
orqali ifodalashga imkon yaratish, ko‘rish va kuzatish qobiliyatini kuchaytirish –
Atrofdagi predmet va hodisalarni chuqur va to‘g‘ri idrok etish malakasini
shakllantirish, texnik ko‘nikmalarni o‘rgatish – ranglar uyg‘unligi, chizish uslublari,
kompozitsiya yaratish, soyalar bilan ishlash kabi amaliy bilimlarni berish mehnat va
sabr-toqatga o‘rgatish – rasm chizish jarayonida aniqlik, puxtalik va mehnatsevarlik
singari sifatlarni tarbiyalashdan iborat.
Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me'morlar uchungina emas,
u o‘qituvchilar, injenerlar, mediklar, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar
uchun ham zarurdir. Ularning har biri o‘z faoliyatlarida rasm, sxemalar,
diagrammalar, eskizlar orqali so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan o‘z g‘oya va
fikrlarini tasvirlab ko‘rsatishga harakat qiladilar. Lekin bu maktablarda tasviriy,
amaliy va me'morchilik san’atlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak
ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Maktablar o‘z nomiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim
maktablari deb nomlanib, bolalarga boshqa fanlar qatori tasviriy, amaliy va
me'morchilik san’atlaridan umumiy, elementar bilim va malakalar berishni vazifa
qilib qo‘yadi. Yana shuni ham qayd qilish lozimki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari
rassomlarni tayyorlamaydi, iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirish bilan
ham shug‘ullanishni nazarda tutmaydi.
Rassomlar tayyorlash, iqtidorli bolalar bilan ishlash maktab to‘garaklarida,
maxsus maktab va akademik litseylarda, kollej va oliy o‘quv yurtlarida amalga
oshiriladi. Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida haddan ziyod, bolalarni
qiynab qo‘yadigan, ortiqcha zo‘riqishga olib keladigan topshiriqlar berishga harakat
qilish to‘g‘ri emas. Maktablarda tasviriy san’atdan beriladigan elementar bilim va
malakalarga yarasha o‘qitish metodlarini qo‘llash zarur bo‘ladi. Biroq tasviriy
san’atdan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida qo‘llanilayotgan o‘qitish
metodlarining ayrim jihatlaridan foydalanish inkor etilmaydi. Shuningdek, ulardan
to‘laligicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanish ham pedagogik jihatdan
to‘g‘ri emas.
Maktabda tasviriy san’at mashg‘ulotlarining vazifalari. Tasviriy san’at
darslarining o‘ziga xos, maxsus vazifalari borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklarni
ko‘ra bilish, idrok etish, tushunish va qadrlashga o‘rgatish, estetik va badiiy didni
o‘stirish, bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish, badiiy ijodiy qobiliyat va
fantaziyani rivojlantirish, tasviriy san’atning nazariy asoslari (yorug‘soya,
rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya) bilan tanishtirish, rasm ishlash, haykal
yasash, badiiy qurish-yasash, kuzatuvchanlik, ko‘rish xotirasi, chamalash qobiliyati,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 52 ~
fazoviy va obrazli tasavvurlarni, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish,
tasviriy, amaliy me'morchilik san’at asarlarini tushungan holda o‘qiy olishga
o‘rgatish, san’atga nisbatan qiziqish uyg‘otish, uni qadrlashga, sevishga o‘rgatish.
Tasviriy san’at darslarining qo‘shimcha vazifalari borliqni, hayotni bilishga
ko‘maklashish, milliy g‘urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish, bolalarda
axloqiy (vatanparvarlik), mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish, bolalarni turli
kasb va hunarlarga yo‘llash. Tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsadi va
vazifalari haqida to‘xtalganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda
o‘qitiladigan deyarli barcha o‘quv predmetlari bilan bog‘lanadi va ular yuzasidan
materiallarni o‘zlashtirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, u o‘qish, adabiyot,
geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida
ahamiyat kasb etadi.
Tasviriy san’at hattoki fizika, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun
ham foydalidir. Shuni ham qayd qilish lozimki, tasviriy san’at estetik tarbiyani
amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsada, u axloqiy, mexnat, ekologik, jismoniy tarbiya
darslari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Har qanday o‘quv predmeti ta’lim
mazmunida, albatta, o‘zbek halqi yaratgan beqiyos boy madaniy va ma’naviy
merosni o‘ziga asos qilib olishi lozim. Shunday ekan, o‘zbek halqining dunyoga
mashhur bo‘lgan me'morchilik, amaliy va tasviriy san’at asarlarini maktablarda
boshqa materiallarga qaraganda kengroq va chuqurroq o‘rgatilishi talab etiladi.
Shu bilan birga maktablarda ta’lim mazmunining viloyat va shaharlar bo‘yicha
tabaqalashtirilishi ham maqsadga muvofiqdir. Chunki, O‘zbekistonning viloyat,
shahar, hattoki qishloqlarida amaliy san’at va me'morchilikning rivojlanishida o‘ziga
xoslik bor. Buni Buxoro, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Rishton, Shahrisabz, Nurota,
Marg‘ilon, G‘ijduvon, Urgut, Xo‘jayli va boshqa shaharlarning san’atida ham yaqqol
ko‘rish mumkin. Milliy san’atimiz bizning faxrimiz, uni biz keng o‘rganishimiz
tabiiy xoldir. Lekin, jahonda xalqlar tomonidan tan olingan umuminsoniy badiiy
qadriyatlar ham mavjud. Ularni o‘quvchilarga o‘rgatmasdan turib, xalqimiz jahon
madaniyatida o‘z o‘rnini topa olmaydi. Aks holda, o‘quvchilarimiz milliy qobiqga
o‘ralishib qolib, jahon durdonalaridan bahramand bo‘la olmay qoladilar.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, ko‘p asrlik milliy-badiiy madaniyatimiz
(tasviriy san’at, dekorativ- amaliy san’at, me'morchilik san’ati) haqida tegishli
bilimlar berish bilan bir qatorda o‘quvchilarga tasviriy va amaliy san’atdan
beriladigan malakalarni unutmasligimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Oripov.Tasviriy san’at vauni o‘qitish metodikasi.
2. R. Hasanov. Maktabda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi.
3. S.Abdirasilov, B.Boymetov, N.Tolipov Tasviriy san’at.
4. B.Boymetov, N.Tolipov.Maktabdatasviriy san’at to‘garagi.
