Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 93 ~
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJODIY QOBILIYATLARINI
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Botirova Lobar Kamolovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs magistri
Annotatsiya.
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion
pedagogik texnologiyalar yordamida ijodiy fikrlashga o’rgatishga doir zaruriy
ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek maqolada ijodiy, innovatsion texnologiya,
maktabgacha ta’lim, maktab Yoshi kabi tushunchalar mazmuni ham yoritilgan.
Kalit so’zlar:
maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, qobiliyat, pedagogik texnologiya,
innovatsiya, ta’lim, tarbiya,interfaol metod.
Аннотация.
В данной статье содержится необходимая информация по
обучению дошкольников творческому мышлению с использованием
инновационных педагогических технологий. Также в статье рассматриваются
такие понятия, как творчество, инновационные технологии, дошкольное
образование и школьный возраст.
Ключевые слова
: дошкольное образование, воспитатель, креативность,
способности, педагогическая технология, инновация, образование, обучение,
интерактивный метод.
Abstract
. This article contains the necessary information on teaching preschool
children to think creatively using innovative pedagogical technologies. The article
also covers concepts such as creativity, innovative technology, preschool education,
and school age.
Keywords:
preschool education, educator, creativity, ability, pedagogical
technology, innovation, education, training, interactive method.
Shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi hozirgi paytda ayniqsa
dolzarb bo
‘
lib qoldi. Pedagogik amaliyotda faoliyatning turli sohalarida har bir
insonning ijodiy salohiyatini ochish, har kimda ijodiy tamoyillarni rivojlantirish,
o
‘
zini eng to
‘
liq va faol namoyon etish imkoniyatini beradigan usullarni faol izlash
mavjud. Pedagogikaning ushbu yo'nalishining asosiy sababi insonni hayotdagi
o'rnini, yo
‘
lini, faoliyat yo
‘
nalishini mustaqil ravishda belgilaydigan g
‘
ayrioddiy
shaxs sifatida tasavvur qilishdir. Shu sababli, bugungi kunda pedagogika, oldingi
avlodlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy tajriba va bilimlarni uzatishning
an'anaviy vazifalari bilan bir qatorda, shaxsning ijodiy rivojlanishi vazifalariga duch
kelmoqda, bu erda har bir inson o'z mavjudligining alohida ahamiyati va qadr-
qimmatiga, o
‘
ziga xosligiga ega bo'ladi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 94 ~
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maktabgacha ta'lim tashkilotining innovatsion
faoliyatidagi etakchi yo
‘
nalishlardan biridir. Ijodkorlik pedagogikasi ushbu
tashkilotlarning asosiy muammolaridan birini hal qilishi kerak – kundalik hayotdan
uzoqlashish, bu erda bola kundalik tajriba chegaralarida mavjud bo'lib, pedagogik
usullar yordamida muntazam ravishda ajratilgan va tartibga solingan.
Ushbu
muammoni hal qilish uchun, bir tomondan, bolalar ijodiyotining afzalliklarini
saqlaydigan, boshqa tomondan, bolaga o'zini namoyon qilish vositalarini
o'zlashtirishga yordam beradigan o'zaro ta'sir usullarini izlash kerak va mumkin.
Xususan, yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimi haqida
quyidagi fikrlarni bejizga bildirmagan edilar: “Aslida, farzandlarimiz tarbiyasida eng
asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi
o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Aynan maktabgacha ta’lim
sohasiga bo‘lgan e’tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin
yaratadi”.
Bilamizki, ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Ta’limiy faoliyatlarda innovatsion
pedagogik texnologiyalarni muntazam qo‘llar ekanmiz, bolaning shaxsiy
imkoniyatlari, menligi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodlar,
texnologiyalarga diqqat qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Innovatsiyon
pedagogik texnologiya - bola shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasi sifatida
pedagog mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda
qo’llanilayotgan interfaol usullar ta’lim samaradorligi hamda muhitini yaxshilaydi.
Tarbiyachining kasbiy mahorati oshadi. Bolalar ijtimoiy muhitda, jamoasida o’z
o’rnini his qila boshlaydi. Hozirgi kun talabi tez o’zgaruvchan, murakkab va o’zaro
bir-biriga bog’liq dunyoda o’z o’rnini topa oladigan shaxsni tarbiyalashdir. Ta’lim
innovatsiyasi deyilganda avvalo mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalardan
foydalanish nazarda tutiladi. Texnologik yondashuv asta-sekin takomillashib
innovatsion xarakterga ega bo’ldi. Har qanday yangilik egtiyoj natijasida yuzaga
keladi. Ehtiyoj qanchalik yuqori bo’lsa, uning samaradorlik darajasi ham
ko’tarilaveradi. Masalan maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviy yo’nalishdagi
mashg’ulotlar sistemasiga e’tibor berilganda, bu faoliyatda tarbiyachi obyekt bola
subyekt rolini o’ynagan edi. Ya’ni faqat bola tinglovchi, tarbiyachi notiq sifatida
gavdalangandi. Ammo barcha tajribalar ta’lim berishdagi bunday harakatlar samarali
bo’la ololmasligini tasdiqladi. Natijada ta’limni samaraliligini belgilay oladigan
yondashishlarni yuzaga keltirish zarurati tug’ildi. Ta’lim innovatsiyalari deyilganda
ko’z oldimizga albatta yangi pedagogik texnologiyalar gavdalanadi. Pedagog ta’lim
jarayonini innovatsiyalashda texnologiyani qo’llashni nazarda tutadi. Innovatsiya
yangilik kiritish bo’lsa, texnologiya- mahorat, san’at sifatida gavdalanib, innovatsion
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 95 ~
texnologiyalar yuzaga keladi. Demak, tarbiyachining innovatsion faoliyati, bu uning
pedagogik mahorati belgisidir. Innovatsion texnologiyalarning har bir turi bolalarda
faqatgina yangi bilim hosil qilishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularda har
tomonlama rivojlanish xizmat qila oladi. Ma’naviy savodxonligi sust bo’lgan inson
hayot davomida uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar oldida esankirab qolishi
mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ijodkorlikni faollashtirish
usullaridan foydalangan holda tashkillashtirilgan ijodiy o‘yin vazifalari, hayotiy
vaziyatlar ijodiy o‘yin va mashg‘ulotlardan foydalanish maktabgacha yosh davridagi
bolalarda kreativ yondashuv asosida estetik tarbiyani shakllantirishda katta ahamiyat
kasb etadi. Ijodiy tafakkurga ega bo‘lgan bola mashg‘ulotlarni tez o‘zlashtirish,
berilgan har bir ta’limiy va tarbiyaviy ta’limotlarni tezda ilg‘ab oladilar va hayotga
tatbiq etish xusuusiyatiga ega bo‘ladilar. Maktabgacha yoshdanoq kreativ fikrlay
oladigan estetik tafakkurga ega bo‘lgan bolalar kelajakda buyuk inson bo‘lib,
yetishadilar va o‘z navbatida kelajakda vatani ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Shunday qilib, maxsus ta’lim jarayonida barcha bolalar kreativ va ijodiy konstruktiv
muammolarni hal qilishning umumiy tamoyillarini shakllantiradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o’quv-uslubiy qo’llanma). -
Qarshi : Nasaf, 2011.
2. Ziyamuhammedov, Bo'ri, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnologiya-
zamonaviy o'zbek milliy modeli. Toshkent. 2009.y
3. Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash.
Maktabgacha ta’lim - T.:2005.
4. R.G‘.Qodirov “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”(2005)
5. “Bolalar iqtidorini erta aniqlashning psixologik-pedagogik metodikalari
majmuasi”.(2010)
6. Venger L.A., Dyachenko O.M. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun o‘yinlar va mashqlar”
7. Tunik E.E. “Ijodiy fikrlash diognostikasi” (2006)
8. Qishtimova I.M. “Ijodkorlikning Psixosemiotikasi” (2008)
9. Imametdinova R.Ya. “Bolalarning ijodiy qobiliyatlari” (2006)
10. Qodirova “Maktabgacha pedagogika”
