Авторы

  • Мовлюда Абдурахмонова
    ISFT instituti

Биография автора

  • Мовлюда Абдурахмонова , ISFT instituti
    “Pedagogikava psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 22-PP-01 guruhi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.84500

Ключевые слова:

Kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma malaka kreativ tafakkur kreativ fikr o‘qituvchi talaba pedagogik mahorat.

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishida ta’limning tutgan o‘rni, kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hamda zamonga mos fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kreativ fikrlash va kreativ tafakkurning talabalarda rivojlantirish, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etish, zamonaviy bilim berishga qaratilgan bir qancha yondashuvlar haqida so‘z yuritilgan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 141 ~

TALABA O‘ZINI RIVOJLANTIRISHIDA TA’LIM JARAYONINING

TA’SIRI

Abdurahmonova Movluda Ismoilovna

ISFT instituti “Pedagogikava psixologiya” ta’lim yo‘nalishi

22-PP-01 guruhi 3-bosqich talabasi

movluda.abdurakhmonova85@gmail.uz


Annotatsiya:

Ushbu maqolada talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishida

ta’limning tutgan o‘rni, kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hamda zamonga mos
fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kreativ fikrlash va kreativ
tafakkurning talabalarda rivojlantirish, yangi muammolarni yangi texnologiyalar
orqali hal etish, zamonaviy bilim berishga qaratilgan

bir qancha yondashuvlar haqida

so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Kasbiy tayyorgarlik, ko‘nikma, malaka, kreativ tafakkur, kreativ

fikr, o‘qituvchi, talaba, pedagogik mahorat.

Annotation:

This article discusses the role of education in the self-development

of students, measures aimed at forming skills and thinking that will be needed in the
future, the development of creative thinking and creative thinking in students, solving
new problems through new technologies, and a number of approaches aimed at
providing modern knowledge.

Keywords:

Professional training, skills, qualifications, creative thinking,

creative thought, teacher, student, pedagogical skills.

Ma’lumki, taraqqiyotning barcha bosqichlarida jamiyat qobiliyatli, yuksak

ma’naviyatli, intelektual salohiyati yuqori bo‘lgan insonlarga, ishchi va xodimlarga
ehtiyoj sezishgan. Bunday shaxslarni tarbiyalashning yagona yo‘li ta’lim-tarbiyani
rivojlantirishdan iborat ekanligiga, shubhasiz qarashgan.

Ta’lim jarayonida talabalar ilmiy bilimlar bilan qurollanadilar, egallangan

bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikma va malakasiga ega bo‘ladilar. Natijada
talabalarda ilmiy dunyoqarash shakllanadi, mustaqil o‘qish va bilim orttirishda faollik
ta’minlanadi.

Darhaqiqat, Respublikamizning birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek: “Biz

iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o‘nglash,
ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un
bo‘lishni”- istayotgan bir davrda yashayapmiz.

13

Bu istak esa yoshlar ta’lim tarbiyasi

bilan shug’ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g’oyaviy-

13

M.M.Axmedjanov, B.Q.Xo‘jaev, Z.D.Hasanova Pedagogik mahorat Toshkent-2010


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 142 ~

siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo‘lish
lozimligini talab etmoqda.

Aynan talabalik – bu insonning barcha ichki sohalariga ta’sir ko‘rsatadigan

o‘zini o‘zi rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan davrdir. Talabada shaxsiy tanlov
asosida mustaqillik, ma’suliyatlilik va ichki faoliyatni rivojlantirish g’oyalari mavjud
bo‘lishi lozim. Bu boradagi qarashlar S.T.Shatskiy, A.S.Makarenkolarning
faoliyatida o‘z aksini topgan. Pedagogika fanida esa shaxsni shaxs sifatida
shakllantirishning nazariy asoslari Y.Komenskiy, A.Disterveg, L.N.Tolstoy,
K.D.Ushinskiy kabi bir qancha olimlar har bir bolaga xos bo‘lgan ichki
imkoniyatlarning asosiy manbaasi va pedagogik faoliyatning muhim maqsadi bolani
o‘z qobiliyatlarini ochilishiga yordam berishidir deb o‘qtirganlar.

14

Shunday ekan,

universitet yoki institut talabalarining o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayonining
xususiyatlarini tahlil qilish natijasida avvalo, uning kelajakdagi kasbiy faoliyatida
o‘zini o‘zi namoyon qilish istagi sifatida kasbiy yo‘nalishini nazarda tutamiz. O‘zini
o‘zi rivojlantirish qobiliyati hayotiy muammolarni hal qilish uchun bilim, ko‘nikma,
malakalarni mustaqil egallashga qaratilgan shaxsning individual psixologik
xususiyatlari bilan belgilanadi.Albatta, bu borada pedagoglarimizning ko‘magi
talabalarga qo‘l keladi.Bu ko‘maklar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-

o‘z oldiga haqiqatga yaqin maqsadlar qo‘yishga;

-

maqsadlarni o‘z imkoniyatlari bilan o‘zaro nisbatini aniqlashga;

-

o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishga;

-

aniq hatti-harakatni belgilashga;

-

sodir bo‘lgan vaziyatni to‘g’ri baholashga;

-

shaxsiy dasturining bajarilishini, o‘z hatti-harakatlari orqali maqsadiga

yaqinlashayotganliginidoimo tahlil qilib borishga.

Talabalarning o‘zini hurmat qilishi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘sish ko‘rsatkichi

ham shuncha yuqori bo‘ladi, o‘sishdagi muvaffaqiyatlar esa o‘quv jarayonlarini
tezlashtiradi, aksincha muvaffaqiyatsizliklar esa o‘qishni tashlab ketish istagini paydo
qilishi mumkin. Ruhiy tetiklik va qiziqish sezgilari o‘sishni yanada osonlashtiradi.

Pedagoglar tomonidan keltirilgan motivlar talabalar uchun o‘ta muhimdir.

Talabalar ham bunday o‘qituvchilarni ijobiy qabul qilishadi va ular to‘g’risida iliq
fikrda bo‘ladilar. Masalan: “O‘qituvchining o‘z fanini yaxshi bilishi va qiziqishi meni
hayron qoldirdi”, “Mashg’ulotlarning qiziqarli o‘tishi meni yanada fikrlashga
undaydi”, “Ayniqsa, jamoa bo‘lib ishlash, faoliyatimni kuchaytirishga yordam
beradi” kabi baholari o‘qituvchiga ham yoqadi, kuch beradi.

Shuni ta’kidalab o‘tish joizki, talabalarni o‘z o‘zini shakllantirishda

o‘qituvchining roli beqiyosdir. Bunda o‘qituvchi bir qancha talablarni bajarishni
taqozo etadi. Masalan: talabalarning ba’zilari muvaffaqiyatli, ba’zilari esa

14

M.M.Axmedjanov, M.Tojiyev, G.D.Tosheva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Toshkent-2018


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 143 ~

muvaffaqiyatsizligini ta’kidlamaslik, kuchlilarini kuchsizlari bilan taqqoslamaslik,
jamoa qarshisida talabalarni urishmaslik, individual suhbat qurish, kuchsiz
talabalarning kichik yutuqlarini rag’batlantirish, ammo keskin ta’kidlamaslik, har bir
talabaning ijobiy uchqunini topish va alohida yondashish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Talabani o‘qitish bu – ikki tomonlama faol harakat natijasidir. Talabalarning

o‘quv maqsadlariga bo‘lgan ijobiy munosabati asta – sekin shakllanadi, bu esa o‘z
navbatida o‘qituvchining asosiy maqsadli vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek,
talabalarda aniq va qat’iy o‘quv harakatlarini bajarish, o‘sishga o‘rgatish, ijodiy
fikrlash, zarur axborotni topish hamda baholab qaror qabul qilish malakalarini
shakllantirish talab etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining rivojlanishida kreativ tafakkurni

shakllantirish samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Buning uchun quyidagi
jarayonlar muhim ahamiyatga ega.

-

Talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;

-

Talabalarda kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab

chiqish;

-

Talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mavjud

imkoniyatalrdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash;

-

Talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi turli metod

va vositalar tizimini asoslash;

-

Ushbu jarayonlarda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash;

-

Egallangan nazariy-pedagogik bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga imkoniyat

beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.

Talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay

muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta’lim olayotgan talabalarda asta-sekin
kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga
ega o‘qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo‘ladi (Sternberg &
Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o‘quv-bilish muhiti talabalarda ta’lim
jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko‘nikmasining
rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in
Jensen, 2013).

15

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativ tafakkurga ega bo‘lishlari

ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog‘liq. “To‘laqonli

kreativlik xarakteriga ega ta’lim muhitini yaratish puxta o‘ylangan rejaga

tayanadi. O‘qituvchilar agarda o‘zlarining kreativ o‘qitish metod va strategiyalarini
qo‘llash (ya’ni keng ko‘lamda o‘ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da
katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni talabalar ongiga singdirishlari va o‘z

15

M.J.Mutalipova, M.P.Imomov Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Kreativ pedagogika asoslari moduli

bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua Toshkent-2022


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 144 ~

vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley,
2005)”. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar o‘rganayotgan
mavzuning mazmuni, o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish
imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al.,
2000)”.

16

Bizga ma’lumki, talabalik bu insoniyatning jamiki ichki sohalariga ta’sir

ko‘rsatadigan o‘zini o‘zi rivojlantirishi uchun qulay bo‘lgan davr bo‘lganligi uchun
mazkur davrning muhim yangiliklari dunyoqarashning kengayishi, ta’limda o‘zini
yaxlit tasavvur qilish (“Men” konsepsiya asosida), kasbiy o‘zini o‘zi anglashni
shakllanishi, o‘zini o‘zi rivojlantirishga bo‘lgan qobiliyatlar sanaladi. Talabalarning
o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilar ekanmiz,
biz avvalo, uning kelajakdagi kasbiy faoliyatida o‘zini o‘zi namoyon qilish istagi
sifatida kasbiy yo‘nalishini ko‘zda tutamiz. O‘z o‘zini rivojlantirish qobiliyati
yangicha bilim, ko‘nikma, malakalarni mustaqil egallashga qaratilgan shaxsning
individual psixologik xususiytalari bilan belgilanadi.

Shunga ko‘ra o‘z o‘zini rivojlantirishga erishgan, bilimli, kreativ qobiliyat va

tafakkurga ega talabalar boshqa talabalardan ajralib turadi. Ya’ni boshqalarning
xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi, o‘zini namoyon etishda o‘zgacha uslubni
tanlaydi, ba’zida mavzuga aloqador bo‘lmagan g’ayrioddiy savollarni beradi, yechimi
topilmagan topshiriqlardan zavqlanadi, g’oyalrni turli dalillar asosida muhokama
qilishni yoqtiradi, moammolarga yechim topishda noan’anaviy yondashuvlardan
foydalanadi.

Yuqorida keltirilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, oliy o‘quv yurtlarida

talabalarni hozirgi zamon talabi bilan hamoxangda tarbiyalash, olingan nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga qaratilgan
ta’lim-tarbiya vositalari, texnika hamda uslubiy yo‘riqlarni tadbiq etish talabalarni
o‘zini o‘zi rivojlantirishida yanada samarali natijalarni beradi. Albatta, bu borada
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da tahlil etilgan hamda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar
belgilab berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M.M.Axmedjanov, B.Q.Xo‘jaev, Z.D.Hasanova Pedagogik mahorat

Toshkent-2010

2.

M.J.Mutalipova, M.P.Imomov Pedagogik texnologiya va pedagogik

mahorat. Kreativ pedagogika asoslari moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua
Toshkent-2022

16

M.J.Mutalipova, M.P.Imomov Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Kreativ pedagogika asoslari moduli

bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua Toshkent-2022


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 145 ~

3.

M.M.Axmedjanov, M.Tojiyev, G.D.Tosheva Pedagogik texnologiyalar

va pedagogik mahorat Toshkent-2018

4.

I.S.Xotamov, M.K.Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov Kreativ

fikrlash Toshkent-2022

5.

www.org.net

6.

www.wikipedia.uz

7.

www.ziyo.net


Библиографические ссылки

M.M.Axmedjanov, B.Q.Xo‘jaev, Z.D.Hasanova Pedagogik mahorat Toshkent-2010

M.J.Mutalipova, M.P.Imomov Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Kreativ pedagogika asoslari moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua Toshkent-2022

M.M.Axmedjanov, M.Tojiyev, G.D.Tosheva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Toshkent-2018

I.S.Xotamov, M.K.Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov Kreativ fikrlash Toshkent-2022

www.org.net

www.wikipedia.uz

www.ziyo.net