JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Islamova Durdonaxon Rustamxon qizi
Guliston davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA “PEDAGOGIKA TARIXI”
MODULINI JADIDLAR MEROSI ASOSIDA O‘QITISH PEDAGOGIK MUAMMO
SIFATIDA
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta’limni raqamlashtirish sharoitida “Pedagogika tarixi”
modulini jadidlar merosi asosida o‘qitishning dolzarbligi yoritilgan. Jadid pedagoglarining ilg‘or
g‘oyalari zamonaviy ta’lim muhitida qanday qo‘llanilayotganligi tahlil qilinib, raqamli
texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda tarixiy ongni, tarixiy ma’naviy ilmiy meroslar asosida
shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
Аннотация:
Аннотация: В статье подчеркивается актуальность преподавания модуля
“История педагогики” на основе джадидского наследия в условиях цифровизации
образования. Представлен анализ применения прогрессивных идей современных
педагогов в современной образовательной среде, показаны возможности использования
цифровых технологий для формирования исторического сознания у учащихся на основе
исторического, духовного и научного наследия
Annotation:
This article highlights the relevance of teaching the “History of Pedagogy” module
based on the Jadid heritage in the context of digitalization of education. It analyzes how the
progressive ideas of Jadid educators are being applied in a modern educational environment, and
shows the possibilities of forming historical consciousness in students based on historical
spiritual and scientific heritage using digital technologies.
Ilm deb o‘qimoq va yozmoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqqa
aytiladi. Ilm — dunyoning izzati, oxiratning sharofati. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va
muqaddas bir fazilatdir.
Abdulla Avloniy
Kirish.
Zamonaviy ta’lim tizimi jadal raqamlashtirilayotgan hozirgi davrda an’anaviy fanlarni
yangi texnologiyalar asosida o‘qitish zarurati ortib bormoqda. Xususan, “Pedagogika tarixi”
modulini o‘qitishda tarixiy merosni, aniqroq aytiladigan bo‘lsa, jadidlar pedagogik qarashlarini
raqamli vositalar orqali yetkazish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jadidlar g‘oyasi
— Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang. Bu haqda Shavkat
Mirziyoyev 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi
O‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bo‘lgan jadidchilik g‘oyasining
shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotlar
yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy
davlatchilik va mintaqaviy o‘ziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan
hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
“Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga
jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya
1
11.12.2023 dagi Sh.M.Mirziyoyevning “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Jadidchilik harakati vakillari – Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Ismoil G‘aspirali, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalar – zamonaviy
pedagogikaning asoschilari sifatida qaraladi. Ularning ilg‘or pedagogik g‘oyalari bugungi
raqamli ta’lim muhitida qayta talqin qilinishi, yosh avlod ongiga samarali yetkazilishi muhim
hisoblanadi. Yurtboshimiz o‘z nutqlari davomida: “Ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi
bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib
xizmat qilishi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib
bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari Yangi
O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir”
, — deb
ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur maqolada “Pedagogika tarixi” modulini raqamlashtirish sharoitida jadidlar merosiga
tayanib o‘qitish muammosi pedagogik muammo sifatida o‘rganiladi.
Metodologiya.
Ta’limni raqamlashtirish sharoitida “Pedagogik tarixi” modulini jadidlar merosi
orqali o‘qitish metodikasini takomillashtirish mavzusining pedagogik muammo sifatida qaralishi
ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘rganildi. Raqamli ta’lim sohasida ilmiy izlanishlar hozirgi
kunda juda keng miqyosda olib borilmoqda. Raqamli ta’lim (digital education) sohasida dunyo
bo‘ylab ko‘plab davlatlar, universitetlar va ilmiy markazlar faol izlanishda. Jahon sahnidagi
qator mamlakatlarda raqamli resurslardan foydalanishning innovatsion usullari keng joriyetilgan.
Jumladan, AQSHning - Stanford, MIT, Harvard kabi universitetlarda raqamli ta’lim
platformalari va pedagogikasi bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa,
Singapur – ta’lim texnologiyalari va raqamli savodxonlik bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri
bo‘lib qolmoqda. Innovatsion pedagogika va raqamli ta’lim uslubiyati bo‘yicha- Finlandiya,
raqamli infrastruktura va ta’limdagi texnologik integratsiya bo‘yicha- Janubiy Koreya, sun’iy
intellekt va raqamli ta’lim vositalarini joriy etishda -Xitoy, masofaviy ta’lim va raqamli ta’lim
loyihalari bo‘yicha- Avstraliya, raqamlashtirish bo‘yicha dunyo bo‘ylab nufuzli universitetlar va
tadqiqot markazlari ham talaygina.
Natijalar.
Tadqiqot natijalari quyidagicha:
1. Talabalar “Pedagogika tarixi” moduli doirasida jadidlar merosini raqamli vositalar orqali
o‘zlashtirishga yuqori qiziqish bildirishdi.
2. Raqamli materiallar (prezentatsiyalar, infografikalar, interaktiv mashqlar) jadidlarning
g‘oyalarini chuqur anglashda samarali bo‘ldi.
2
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Talabalar tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
erishdilar.
4. Pedagoglarning aksariyati bunday yondashuvni innovatsion va motivatsion deb baholashdi.
Quyida tadqiqot natijalariga asoslangan jadidlarning pedagogik qarashlari, ular yaratgan asarlar
va metodik yondashuvlaridan ba’zi muhim namunalarga to‘xtalamiz:
1. Pedagogik qarashlari
2. Asarlari:
Muallif
Asar nomi
Tavsifi
Abdulla Avloniy
“Turkiy Guliston yoxud axloq”
O‘quvchilarni
axloqiy
tarbiyalashga
qaratilgan
darslik.
Ismoil G‘aspirali
“Tarbiyayi atfol”
Bolalarni tarbiyalashga doir
metodik qo‘llanma.
Munavvar
qori
Abdurashidxonov
“Adibi avval”
Boshlang‘ich o‘qish kitobi,
savod
o‘rgatishga
mo‘ljallangan.
Abdurauf Fitrat
“Rahbari najot
,
Munozara”
Pedagogik, diniy va ijtimoiy
masalalarni yoritgan risolalar.
3. Metodik yondashuvlari:
a) Yangi usul (usuli jadid)
Jadidlar eski, yodlashga asoslangan usullar o‘rniga tushunishga, mantiqiy fikrlashga va
amaliyotga asoslangan metodikani ilgari surishdi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Darslar ona tilida, ko‘rgazmali qurollar yordamida, bosqichma-bosqich o‘rgatish asosida
olib borilgan;
b) Alifbe va savod o‘rgatish metodikasi
Jadid maktablarida arab yozuvi asosidagi fonetik (tovush) usuli bilan savod o‘rgatish keng
qo‘llangan. Bu usul harf-harf yodlatish emas, balki tovushlar orqali o‘rgatishni ko‘zlagan.
c) Tarbiya bilan ta’limni uyg‘unlashtirish
Darslar faqatgina bilim emas, balki insonparvarlik, vatanparvarlik, va axloqiy komillik
g‘oyalari bilan sug‘orilgan bo‘lgan.
Muhokama.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish sharoitida tarixiy-pedagogik
merosni, xususan, jadidlar qarashlarini zamonaviy vositalar orqali o‘qitish ta’lim sifati va
samaradorligini oshiradi. Bu esa raqamli pedagogika konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liq. Jadidlar
o‘z davrida o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, milliy uyg‘onish va zamonaviy bilimlarni
ommalashtirishga alohida e’tibor bergan bo‘lsalar, bugungi raqamli ta’lim aynan shu
tamoyillarni yangi shaklda amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mavjud muammo –
o‘quv resurslarining yetarli emasligi, kontentni raqamlashtirishdagi pedagogik va texnik
tayyorgarlik darajasi ham muhim omil bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar -
jadidona qarashlarning uzviy davomidir. Jadidlar maqsadi: yangilik, ilg‘orlik, zamonaviylik-
jadidlar asosiy maqsadi – eski va samarasiz ta’lim usullaridan voz kechib, zamonaviy bilimlar
asosida yangi ta’lim tizimini yaratish edi. Bugungi raqamli ta’lim ham xuddi shu ruhda:
an’anaviy auditoriya darslariga muqobil, raqamli, interaktiv, moslashuvchan yondashuvlarni
ilgari suradi. Uyg‘unlik nuqtasi: raqamli ta’lim – jadidlar boshlagan “yangilanish g‘oyasi”ning
zamonaviy bosqichidir.
Jadidlar metodikasi va raqamli vositalar
Jadidlar metodikasi
Raqamli ta’limga integratsiyalashuvi
Ko‘rgazmali dars usullari
Multimedia, video darslar, interaktiv simulyatsiyalar
Ona tilida o‘qitish
Lokal kontent, mobil ilovalar (mahalliylashtirilgan)
Mustaqil fikrlashga o‘rgatish
Konstruktivistik metodlar, ochiq savollar, gamifikatsiya
O‘quvchini faollikka undash
LMS tizimlari (Moodle, Google Classroom), testlar,
baholash vositalari
Tushunishga
asoslangan
savod
o‘rgatish
Fonetik interaktiv alifbo ilovalari, AR/VR imkoniyatlari
Pedagogik yondashuvdagi umumiyliklar sarasiga jadidlar merosining ra’qamli ta’lim
konsepsiyasidagi muqobil variant sifatida quyidagilarni namuna qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim- personalizatsiya: o‘quvchining qobiliyatiga mos material, axloqiy
tarbiya va jamiyatga xizmat- soft skills: axloq, kommunikatsiya, hamkorlik, innovatsion
yondashuv- texnologik yangiliklar, sun’iy intellekt asosida o‘qitish tushuniladi. An’anaviy va
raqamli ta’lim muhitida “Pedagogika tarixi” modulining o‘qitilishiga oid jihatlar solishtirilganda,
o‘qitish jihatlari qaysi kategoriyaning solishtirilishi, qanday omil bilan solishtirilayoganligi
muhimdir. Tadqiqot davomida o‘qitish uslubi, axborot manbalari, talabaning ishtiroki, baholash
usullari, moslashuvchanlik, yondashuvlar, texnologik imkoniyatlar, jadidlar merosidan
foydalanish, o‘qituvchi roli, talaba roli kabi muhim komponentlar taqqoslanib taqriban
quyidagicha xulosa qilindi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jihatlar
An’anaviy ta’lim muhiti
Raqamli ta’lim muhiti
O‘qitish uslubi
Ma’ruza,
seminar,
amaliy
mashg‘ulotlar
yuzma-yuz
o‘tkaziladi.
Videodarslar, vebinarlar, interaktiv
platformalar
orqali
masofaviy
taqdimotlar.
Axborot manbalariga
kirish
Kutubxona,
o‘qituvchining
tavsiya etgan adabiyotlari bilan
cheklanadi.
Elektron
kutubxonalar,
raqamli
bazalar,
onlayn
maqolalar
va
platformalarga keng kirish.
Talabaning ishtiroki
Asosan auditoriyada passiv
tinglovchi sifatida qatnashadi.
Forumlar,
testlar,
muhokama
xonalari orqali faol ishtirok etadi.
Baholash usullari
An’anaviy yozma ishlar, testlar
va
og‘zaki
savol-javoblar
orqali.
Onlayn testlar, avtomatlashtirilgan
baholash
tizimlari,
elektron
portfoliolar.
Moslashuvchanlik
Dars jadvali qat’iy, vaqt va
joyga bog‘liq.
O‘quvchi istagan vaqtda, istalgan
joydan foydalanishi mumkin.
Yondashuvlar xilma-
xilligi
Ko‘pincha yagona pedagogik
yondashuv
(o‘qituvchi
markazida).
Zamonaviy
yondashuvlar:
konstruktivizm, kollaborativ o‘qitish,
aralash ta’lim.
Texnologik
imkoniyatlar
Ovoz kuchaytirgich, slaydli
taqdimotlar, doska.
Multimedia vositalari, animatsiyalar,
interaktiv
ilovalar,
AR/VR
texnologiyalari.
Jadidlar
merosidan
foydalanish
Asosiy manba sifatida tarixiy
matnlar va arxiv hujjatlar.
Raqamlashtirilgan
qo‘lyozmalar,
videolavhalar, QR-kodli resurslar
orqali keng foydalanish.
O‘qituvchi roli
Bilim beruvchi va nazorat
qiluvchi.
Yo‘naltiruvchi, motivatsiya beruvchi,
fasilitator sifatida.
Talaba roli
Bilim oluvchi, tinglovchi.
Faol ishtirokchi, izlanuvchi, mustaqil
tadqiqotchi.
Xulosa va tavsiyalar.
“Pedagogika tarixi” modulini raqamli texnologiyalar yordamida, jadidlar
merosiga tayangan holda o‘qitish – nafaqat innovatsion yondashuv, balki zamonaviy ta’limda
milliy identitet va tarixiy ongni mustahkamlovchi samarali vositadir. Bunday tajribalarni
kengaytirish, metodik qo‘llanmalar yaratish va o‘quv resurslarini boyitish bo‘yicha tadqiqotlar
davom ettirilishi lozim.
Zamonaviy ta’lim tizimi jadal raqamlashtirilayotgan hozirgi davrda an’anaviy fanlarni yangi
texnologiyalar asosida o‘qitish zarurati ortib bormoqda. Xususan, “Pedagogika tarixi” modulini
o‘qitishda tarixiy merosni, xususan jadidlar pedagogik qarashlarini raqamli vositalar orqali
yetkazish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu modulni raqamlashtirilgan ta’lim
resurslari orqali o‘qitish, o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va pedagogik merosga bo‘lgan qiziqishni
oshirish bilan birga, ularni interaktiv o‘qitish vositalari orqali faol ishtirokchiga aylantiradi.
Jadidchilik harakati vakillari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ismoil G‘aspirali, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Avloniy va boshqalar – zamonaviy pedagogikaning asoschilari sifatida qaraladi.
Ularning ilg‘or pedagogik g‘oyalari bugungi kunda raqamli ta’lim muhitida qayta talqin qilinishi,
yosh avlod ongiga samarali yetkazilishi muhim hisoblanadi. Olib borilayotgan islohotlar
doirasida, jadidlarga bag‘ishlangan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va jamoat fondi,
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
viloyatlarda hududiy bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ishlarimizning mantiqiy
davomi sifatida Buxoro shahridagi tarixiy maskanda Jadidchilik tarixi muzeyi tashkil etilmoqda.
Bu murakkab davr tarixiga oid ilmiy va badiiy asarlar, “Tarixning noma’lum sahifalari”,
“Qatag‘on qurbonlari” nomli ko‘p jildli xotira kitoblari nashr etilmoqda. Badiiy va hujjatli
filmlar, ko‘rsatuvlar tayyorlanib, namoyish qilinmoqda. Xalqaro konferensiyalar, ko‘rgazmalar
va davra suhbatlari, xotira kechalari, seminarlar muntazam o‘tkazilmoqda
- deyiladi “Jadidlar:
milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada. Atoqli
ma’rifatparvarlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Ularning aziz
nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, ta’lim muassasalari, muzeylar, bog‘ va
xiyobonlar barpo etilmoqda. Raqamli texnologiyalar yordamida ta’limni rivojlantirish bugungi
kunda dunyoning har bir burchagida dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston hukumati
ham raqamli ta’lim resurslarini kengaytirishga katta e’tibor bermoqda. Shuningdek, o‘qituvchilar
va talabalar uchun yangi pedagogik metodlar va vositalarni ishlab chiqish kerakligi kundan-
kunga o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan, “Pedagogika tarixi” fanini raqamlashtirish orqali
ta’lim tizimining yangilanishi va uning sifatini oshirishga erishish mumkin. Shuningdek, tavsiya
sifatida modulga tatbiq qilib: “Pedagogika tarixi”ni raqamli muhitda jadidlar asosida o‘qitishda
jadidlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan interaktiv platforma yaratish mumkin.
Masalan, Avloniy, Fitrat, G‘aspirali hayoti asosida virtual ekskursiyalar qilish.
QR-kodli PDF darsliklar, testlar, video ma’ruzalar, sun’iy intellektga asoslangan
viktorinalar orqali o‘rganish jarayonini jonlantirish.
Jadidlar harakati – bu o‘z davrining innovatsion pedagogik modeli bo‘lib, bugungi raqamli ta’lim
bu yondashuvning texnologik davomidir. Ularning maqsadlari – ilmga asoslangan jamiyat qurish,
mustaqil fikrlovchi savodli aholi sonini oshirish va bu yo‘lda jon-jahdi bilan harakat qilmoqlikdir.
Zamonaviy o‘qitish uslublari– bugungi raqamli texnologiyalar orqali yanada keng imkoniyatlarni
qo‘lga kiritib, turmush tarzimizga tatbiq etishga imkoniyat yaratadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
11.12.2023 dagi Sh.M.Mirziyoyevning “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik
g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqidan
2.
https://president.uz/oz/lists/view/6919
3.
Avloniy A. Turkiston bolalari tarbiyasi. – Toshkent: 1918.
4.
Behbudiy M. Muallimlar uchun. – Samarqand: 1913.
5.
Fitrat A. O‘zbekistonda yangi maktab. – Toshkent: 1922.
6.
G‘aspirali I. Rus-turk maktablari haqida. – Qrim, 1906.
7.
Abduqodirov A. Jadidchilik harakati va pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 1998.
8.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
9.
UNESCO. ICT in Education.
10.
Ahmedov B. Pedagogika tarixi. – Toshkent: TDPU, 2021.
3
11.12.2023 dagi Sh.M.Mirziyoyevning “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqidan
