Авторы

  • Inamova Maxliyo Ayubjanovna
    Gulistan state pedagogical institute Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104001

Ключевые слова:

Intelektual ijodkorlik didaktik metodlar metodik tavsiya.

Аннотация

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining intelektual salohiyati va ijodkorligini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining intelektual salohiyati va ijodkorligini rivojlantirish va takomillashtirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z yuritamiz.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Guliston davlat pedagogika instituti,

“Pedagogika” kafedrasi, p.f.f.d PhD,

dotsent Samatova Dilrabo Yusufovna

taqrizi ostida

Inamova Maxliyo Ayubjanovna

Gulistan state pedagogical institute

Uzbekistan

Email:

Ikromovjasur40@gmail.com

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI INTELLEKTUAL VA IJODIY

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

АNNOTАTSIYА:

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining intelektual

salohiyati va ijodkorligini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada

maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining intelektual salohiyati va ijodkorligini rivojlantirish

va takomillashtirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z yuritamiz.

KАLIT SO‘ZLАR:

Intelektual, ijodkorlik, didaktik metodlar, metodik tavsiya.

KIRISH. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatli va

ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va ularning har tomonlamarivojlangan shaxs etib voyaga

yetkazish- davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun intelektual va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish

ularning kelajakdagi bilim olish jarayoniga muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida bu jarayon yanada qiziqarli, samarali va tezkor

amalga oshirilishi mumkin. Interaktiv vositalar, raqamli texnologiyalar va o‘yin shaklidagi

o‘qitish metodlari orqali bolalar predmetni idrok qilishining kuchliligi va yaxlitligi, u

to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lib, shuningdek, ijodiy qarorlar qabul qilish, tubdan yangi

g‘oyalarni yaratish, tafakkur o‘zgaruvchanligi va tezkorligi, mantiqiy va savodli mulohaza

yuritish, tizimli harakatlar, sintez-tahlil-sintez, ijodiy ifodalay bilish, umumlashtirish va

xulosalash, o‘z fikriga ega bo‘lish kabi tushunchalarni yanada oson o‘zlashtiradilar. Ushbu

maqolada intelektual va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning

o‘rni va samarali metodlar haqida so‘z yuritiladi.

MATERIAL VA USLUBLAR. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimida har tomonlama yetuk

va ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida

pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga

yo‘naltirilganligini ta’minlash ehtiyojini yuzasidan keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilib,

muayyan natijalarga erishilmoqda. «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, jumladan oliy ta’limga jamiyat taraqqiyotini

rivojlantirish, modernizatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi, yuqori talablarni qo‘ymoqda... »

«Milliy tafakkur salohiyatiga ega bo‘lgan iste’dodli yoshlarni tarbiyalash va ularni qo‘llab-

quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim» kabi muhim vazifalar belgilab

berilgan. Ushbu vazifalarini amalga oshirishda, jumladan, ta’lim jarayonini individuallashtirish,

integratsiyalash va uning samaradorligini ta’minlash orqali shaxsning intellektual salohiyatini

oshirish, bilim egallashning mustaqil, faol ijodiy metod va usullarini ta’minlash muammosi

intellektual-ijodiy

qobiliyatni

rivojlantirish

bilan

chambarchas

bog‘liq

ravishda

takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bundan tashqari maktabgacha ta’lim to‘g‘risida qabul

qilingan bir qancha qarorlar jumladan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risi”dagi qonuning

10-moddasida ta’lim

turlari sanab o‘tilib, uning birinchi turi – maktabgacha ta’lim

ekanligita’kidlangan. Shuningdek 11-moddasida “Maktabgacha ta’lim bola shaxsini yetuk,

maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qatiiy nazar boshqa ta’lim

muassasalarida oib boriladi”, - deyilgan. Aynan 2020-yil qabul qilingan Maktabgacha ta’lim va

tarbiyaning davlat standartlari asosiy maqsadi vazifalarida ham o‘quv-tarbiya jarayoniga

innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va

shunga o‘xshash bir qator maqsad va vazifalar belgilangan. Chunki jismonan sog‘lom, ma’nan

yetuk, ilimli insonlargina buyuk kelajakni yaratadi.

NATIAJALAR VA MUHOKAMALAR. Zamonaviy

texnologiyalar

quyidagi

jihatlari

bilan

bolalarning

intelektual va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi:

Bolalarning vizual va amaliy qobiliyatlarini birgalikda rivojlantirish;

Predmetni idrok qilishining kuchliligi va tafakkurning jadallashuvini interaktiv usullar orqali

mustahkamlash;

O‘quv jarayonini qiziqarli va tushunarli tarzda tashkil etish;

Bolalarning mantiqiy va savodli mulohaza yuritish qobiliyatlarini muntazam oshirish;

Mustaqil o‘rganish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bugungi kunda

maktabgacha ta’limda quyidagi texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda:

Interaktiv

doskalar - bolalarga jonli mashg‘ulotlar orqali mavzuni chuqur o‘rganish,

tushunish va eslab qolish imkonini beradi.

Raqamli o‘yinlar - bolalarning qiziqishini oshirib, ularning bilimlarini mustahkamlashga

yordam beradi.

Mobil ilovalar - maxsus dasturlar orqali bolalar mustaqil ravishda turli xil topshiriqlarni

bajara oladilar.

Virtual

reallik

texnologiyalari - bolalarning

fazoviy

tafakkurini rivojlantirish uchun

foydalaniladi.

Elektron darsliklar va multimedia materiallar - interaktiv mashg‘ulotlar orqali bilimlarni

mustahkamlashga xizmat qiladi. Intelektual va ijodiy qobiliyatlarni

rivojlantirish

uchun

quyidagi samarali metodlar qo‘llanilishi mumkin:

O‘yin metodlari - bolalar o‘yin jarayoni orqali tezroq va samaraliroq o‘rganadi va bu o‘yinlar

ham AKTdan foydalanilgan xolda ham turli xil matriallardan foydalanib amalga oshirilsa har

ikki turida ham yuqori samara beradi. Misol uchun Bolalar kayfiyatini gullarga yoki hayvonlarga

o‘xshatishda ularning intelektual bilimi shakllanishi bilan birga ijodkorligi shakllanadi. AKTdan

foydalanilganda tarbiyalanuvchiga biron bir topshiriq javobini boshqa topshiriqlar orqali

bajarilishini olish mumkin.

Vizual materiallardan foydalanish - grafikalar, animatsiyalar va jonli tasvirlar orqali

tushunchalarni tushuntirish. Bunda bola egallashi kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malaka


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tezlashib uning yodida uzoq vaqt saqlanib qolishiga ayni imkoniyatni yaratadi hamda bolada

dunyoni yaqindan anglash va zaruriy topshiriqlar o‘z-o‘zidan yuzaga kela boshlaydi.

Eksperiment va interaktiv mashg‘ulotlar - bolalar turli xil amaliy tajribalar orqali bilimlarni

osongina o‘zlashtiradilar va bu ularda amaliyotda sinab ko‘rish ko‘kmasi shakllanib boradi.

Qayta aloqa tizimidan foydalanish – bolalarning olingan bilim darajasi doimiy ravishda

baholanadi va o‘zlashtirish jarayoni nazorat qilinib kamchiliklar bartaraf etib boriladi.

Differensial yondashuv - har bir bolaning o‘ziga xos o‘rganish uslubiga moslashish.Zamonaviy

texnologiyalar yordamida bolalarning matematik qobiliyatlarini baholashda quyidagi usullardan

foydalanish mumkin:

Interaktiv testlar va topshiriqlar - bolalarning bilim darajasini aniqlash.

Elektron kundaliklar va monitoring tizimlari - bolaning o‘zlashtirish jarayonini kuzatish.

Ota-onalar bilan hamkorlik - bolaning rivojlanishini nazorat qilish va kerakli ko‘rsatmalar

berish.

Gamifikatsiya - bolalar uchun qiziqarli topshiriqlar orqali ta’lim jarayonini

motivatsiyalash.Zamonaviy

texnologiyalar

yordamida

bolalarning

matematik

tasavvurlarini rivojlantirish jarayonida ota-onalar va tarbiyachilar muhim rol o‘ynaydi:

Bunda har ikki tomon ham bolaning shaxs ekanligini qabul qilishi va hurmat qilishi.

Bolalar bilan muntazam shug‘ullanish - texnologik vositalarni bolaning yosh xususiyatiga

ko‘ra to‘g‘ri tanlash va qo‘llash.

Bolalarni rag‘batlantirish – bolada shakllantirilayotgan soha motivatsiyani oshirish va

qiziqishini saqlab qolish.

Ta’lim resurslaridan bolaning yosh, individual, psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri,

samarali va mos dasturlarni tanlash.

Har bir jarayonda bolani muntazam kuzatish va undagi oqsayotgan jihatlarni to‘ldirib borishga

birgalikda ko‘maklashish.

XULOSA: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun intelektual va ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Interaktiv o‘yinlar,

mobil ilovalar va boshqa innovatsion vositalar yordamida bolalar o‘z bilimlarini mustahkamlash

bilan birga, qiziqarli va samarali o‘rganish jarayonidan bahramand bo‘ladilar. Pedagoglar va ota-

onalar tomonidan texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali bolalarning kelajakdagi kasbiy

muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratiladi.

FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning

Taraqqiyot

Strategiyasi

to‘g‘risida.

PF-60-son.

28.01.2022//

https://lex.uz/docs/5841063

.

2.

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning

davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son

3.

M Shukurova (2025). Maktabgacha ta’limda zamonaviy texnologiyalar yordamida matematik

tasavvurlarni rivojlantirish. The latest pedagogical and psychological innovations in education.

International online conference, 14-20.

4.

J. Xalmuratova. Talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning mazmumi. “Ilm-

fan muammolari magistrantlar talqinida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

212-214.

5.

A. Sanaqulova. Maktab yo’qcha bolalarni ta’lim va o’qitishning zamonaviy texnologiyalari.

"Fan va innovatsiyalar" xalqaro ilmiy jurnali. B seriyasi. 1-jild 7-son. 28.10.2022. 625-637.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida. PF-60-son. 28.01.2022// https://lex.uz/docs/5841063.

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son

M Shukurova (2025). Maktabgacha ta’limda zamonaviy texnologiyalar yordamida matematik tasavvurlarni rivojlantirish. The latest pedagogical and psychological innovations in education. International online conference, 14-20.

J. Xalmuratova. Talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning mazmumi. “Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 212-214.

A. Sanaqulova. Maktab yo’qcha bolalarni ta’lim va o’qitishning zamonaviy texnologiyalari. "Fan va innovatsiyalar" xalqaro ilmiy jurnali. B seriyasi. 1-jild 7-son. 28.10.2022. 625-637.