JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yuldosheva Muhabbat Bayrambayevna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi
Ilmiy nazoratchi:
Navruzov Ulug’bek
MATEMATIK MUAMMOLARNI HAL QILISHDA HAMKORLIK VA GURUH
ISHLASHINING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematik muammolarni hal
qilish jarayonida hamkorlik va guruh ishining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda,
guruhiy muammolarni hal qilish faoliyatlari orqali o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni
kuchaytirish muhimdir. Maqolada o’quvchilarning birgalikda ishlash jarayonida o’zaro yordam
berish, fikr almashish va birgalikda yechimlar topishning ahamiyati ko’rsatilib, bunday
yondashuvlar o’quv jarayoniga qanday ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida misollar keltiriladi.
Shuningdek, boshlang’ich sinfda hamkorlik asosida o’quv faoliyatlarini tashkil etish bo’yicha
tavsiyalar beriladi.
Kalit so’zlar:
interfaollik, boshlang’ich ta’lim, matematik muammolar, hamkorlik, guruh
ishlashi, mantiqiy fikrlash, o’quv jarayoni, o’zaro yordam, fikr almashish.
Ma’lumki, ta’lim jarayoni o’quvchilarning bilim olishi, ko’nikma, malakalarni egallash, ularning
ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirishmaqsadiga yo’g’irilgan o’qituvchi va
o’quvchilarning o’zaro hamkorligi sanaladi.
Boshqacha qilib aytganda, ta’lim mazmunini o’qitish metodlari yordamida o’zlashitirishiga
erishishdir. Metod so’zi umumiy ma’noda muayyan erishish usulidir.O’qitish metodlari tom
ma’noda o’qituvchining bilimlarini o’quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytida ularni
o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olishidir.
Dars jarayonida o’quvchilar bilan ishlashda interfaol metodidan foydalanish samarali bo’ladi.
Interfaol inglizcha “interast” so’zidan olingan bo’lib, inter- hamkorlikda, akt-harakat qilmoq
ma’nosini bildiradi.
Interfaollik
deganda o’quvchining o’qituvchi bilan, o’quvchining o’quvchilar guruhi bilan
hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti o’zaro ta’sir ko’rsatish rejimida ishlashi tushuniladi.
Interfaol o’qitish- bu, avvalo, dialog tarzda o’qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar
tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir.
Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati- o’qitish jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayonining
faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni , voqea va hodisalarning
rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul
variantini tavsiya etadi.
O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variantdagi yechimni tavsiya
etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi har bir o’quvchiga, guruh
muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular o’rtasida fikr, axborot va tajriba
almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro
yordam muhitida sodir bo’lgani uchun o’quvhcilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar ,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
balki o’zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka
kirishishiga imkon beradi.
O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash o’quvchilarning o’zaro muloqotga kirishishini
tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib, umumiy, shu
bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga
kirishadilar. Ular o’rtasida bir-birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga
keladi.
Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini
o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi.
Interfaol usullar qo’llanilganda o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni
tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrlarini tahlil qilib,
asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga
ko’nikmalarini egallaydi.
O’qitishda interfaol metodning quyidagi xususiyatlari mavjud:
-insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo’lgan muloqot- o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida
qo’llaniladi;
-o’qitish jarayonida o’quvchilarga o’z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng
imkoniyatlar beriladi;
-o’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatidan qulay
muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi;
-o’quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli emas, balki
eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo’lishiga erishish
lozimligini anglaydilar;
-o’quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo’yilgan vazifalarni talab
darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to’g’riligni tekshirib ko’rish, taqdim
etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim.
Dars davomida izchil va maqsadga yo’naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli
vazifalarni o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llash
orqali o’quv materialini faol o’zlashtirishiga xizmat qiladi.
Bu metodlar guruhi o’quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuritish
ko’nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan chiqishning eng
maqbul yo’lini birgalikda topishlari, mo’ljalni to’g’ri olishga zamin tayyorlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, matematik muammolarni hal qilishda hamkorlik va guruh
bo’lib ishlash nafaqat bilim almashinuvini kuchaytiradi, balki o’quvchilarda muloqot,
muammoga turli nuqtayi nazardan yondashish va muammolarni ijodiy hal etish ko’nikmalarini
rivojlantiradi. Interfaol usullar yordamida tashkil etilgan guruh ishlarihar bir ishtirokchini faol
bo’lishga undaydi va o’zini erkin ifoda etishga imkon beradi. Natijada, o’rganuvchilar nafaqat
matematikani chuqurroq o’zlashitradi, balki jamoada ishlash madaniyatini ham egallaydi. Shu
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bois, zamonaviy ta’lim jarayonida hamkorlikka asoslangan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb
etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Matematika va uni o’qitish metodikasi-2021
2.
Umumiy metodika J.A.Usarov, A.K.Yusupov, D.M.Mahmudova
3.
Ma’lumotlar bazasi-24.09.2020
4.
Toshkent-2018
